OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI MUVOFIQLAShTIRISh VA RIVOJLANTIRISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
“Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 14-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1919-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 521-modda) va 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 36-son, 477-modda) farmonlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 4-martdagi 2009-18-son “Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1919, 2009-yil 9-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 126-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 28-yanvar,
2014-03-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 28-yanvardagi 2014-03-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruq muqaddimasidagi “Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan soʻzlar “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) 1-bandning oʻn birinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan soʻzlar “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “oldi-sotdi shartnomalarini” degan soʻzlar “tegishli shartnomalarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 8-banddagi “besh” degan soʻz “oʻn” degan soʻz bilan almashtirilsin;
g) 40-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 47-banddagi “har oʻn ish kunida, biroq oldingi hisobot choragi oxirgi ish kunining yakunidan kechiktirmasdan” degan soʻzlar “har oyning birinchi ish kunida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 7-son, 76-modda)