13.11.2012 yildagi PF-4483-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2017
 LexUZ sharhi
Shu jihatdan olganda O‘zbekiston Respublikasining yaqinda qabul qilingan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan me’yor va talablarni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilishi katta ahamiyat kasb etadi. Bunda tovar va moliya bozorlarida raqobatni cheklashga hamda ustunlik mavqeyini suiiste’mol qilishga olib keladigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka, shuningdek nohalol raqobatni, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning narxlarini sun’iy ravishda oshirish yoki tushirib yuborishni taqiqlashga alohida e’tibor qaratilishi lozim.