05.02.2014 yildagi 22-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi va import qiluvchilar tomonidan davlat tilida markirovka qilinishi shart boʻlgan import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/407/0638-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, isteʼmol upakovkasiga (idishiga) ega boʻlgan dori vositalarini (TIF TN boʻyicha kodi 3004) import qilish davlat tilida majburiy markirovka qilingan holda amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import qilinadigan dori vositalarini markirovka qilish isteʼmol upakovkasiga (idishiga) isteʼmolchi uchun davlat tilidagi axborotni qistirma varaqa shaklida joylashtirish yoʻli bilan, upakovkasida qoʻshimcha markirovkasiz amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan qoʻyiladigan davlat tilidagi markirovkasi mavjud boʻlmagan taqdirda import qilinayotgan dori vositalarini ular Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgandan keyin, bojxona omborida saqlash vaqtida, guruhli upakovkaga davlat tilidagi qistirmalarning tegishli birliklarini joylashtirish yoʻli bilan markirovka qilishga yoʻl qoʻyiladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari markirovkasining davlat tilidagi matni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Dori-darmonlar va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasiga isteʼmol tovarlari olib kirishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 13-maydagi 127-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 5-son, 29-modda) 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 5-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-fevraldagi 22-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi va import qiluvchilar tomonidan davlat tilida markirovka qilinishi shart boʻlgan import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidalari
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/407/0638-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qoidalar “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-son qaroriga muvofiq ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi va import qiluvchilar tomonidan davlat tilida markirovka qilinishi shart boʻlgan import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish shartlarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/407/0638-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birka — ogʻirligini, borish joyini, tayyorlanishini, tarkibini, egasini yoki boshqa maʼlumotlarni belgilash uchun tovarni ishlab chiqarish vaqtida qoʻyiladigan yozuv yozilgan (qogʻoz, yogʻoch, karton, charm, metall va boshqalardan tayyorlangan) plastinka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
leybl — ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ip yoki tasma yordamida tovarga mahkamlanadigan, yozuv yozilgan yorliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markirovka — import qilinadigan tovarning isteʼmol upakovkasidagi va (yoki) idishdagi matn, rasmlar yoki maʼlumot beruvchi belgilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
stiker — etiketka yoki upakovkaga kirmagan qoʻshimcha maʼlumotlarni joylashtirish uchun xizmat qiladigan maxsus yelim qatlamli etiketka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idish — oʻzida mahsulotni joylashtirish uchun buyumni ifodalaydigan upakovkaning asosiy elementi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport idishi — mustaqil transport birligini hosil qiluvchi idish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
upakovka — mahsulotni shikastlanish va nobudgarchilikdan, atrof muhitni ifloslanishdan himoya qilishni taʼminlaydigan vosita yoki vositalar majmui, shuningdek mahsulotning aylanish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol upakovkasi — transport idishi funksiyasini bajarmaydigan, isteʼmolchiga mahsulot bilan birgalikda tushgan idish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
etiketka — tovarni ishlab chiqarishda ishlab chiqaruvchi korxonaning savdo markasi, nomi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati va (yoki) tovar toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda unga yopishtirilgan chizmali va matnli belgi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
formulyar, pasport — tovar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoziladigan varaq (daftar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat tilida markirovka qilinishi majburiy boʻlgan isteʼmol tovarlarini markirovka qilish shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasiga isteʼmol tovarlari olib kirishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 13-maydagi 127-son qaroriga 1-ilovaga kiritilgan hamda tovarning bir qismi boʻlgan va uning qiymatga kiruvchi isteʼmol upakovkasida bevosita chakana savdoga tushadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi va import qiluvchilar tomonidan davlat tilida markirovka qilinishi shart. Isteʼmolda boʻlgan tovarlarni markirovka qilish ushbu Qoidalarga muvofiq umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/407/0638-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan va ishlab chiqarish yoki boshqa tijorat faoliyati uchun moʻljallanmagan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari, xalqaro va hukumatlararo tashkilotlar, xorijiy davlatlarning ushbu tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan rasmiy tarzda (xizmat doirasida) foydalanish uchun, shuningdek ularning xodimlari uchun olib kiriladigan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazma namunalari, sinash, tatbiq etish va marketing uchun namunalar sifatidagi tovarlar ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan davlat tilida majburiy markirovka qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat tilidagi markirovkaning mahsulotga standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat tilidagi markirovka ushbu Qoidalarga ilova talablariga muvofiq isteʼmolchi uchun toʻliq va ishonchli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tovarning asosiy isteʼmol xususiyatlari va tavsifi, shuningdek ishlab chiqaruvchi korxonaning markirovkasidagi boshqa maʼlumotlar ushbu Qoidalarga ilovaga* muvofiq markirovkada davlat tilida koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qoidalarga ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilidagi markirovkaga ishlab chiqaruvchi korxonaning boshqa tillardagi markirovkasida mavjud boʻlmagan qoʻshimcha maʼlumotlar kiritilishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tilidagi markirovkada bayon qilingan maʼlumotlarning boshqa tillardagi ishlab chiqaruvchi korxonaning markirovkasiga muvofiqligini tahlil qilish imkonini bermaydigan ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan qoʻyilgan markirovka yuzasiga tovarning upakovkasiga stikerni yelimlash usuli bilan tovarni davlat tilida markirovka qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi va import qiluvchilar tomonidan davlat tilida markirovka qilinishi shart boʻlgan import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish ushbu Qoidalarga ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/407/0638-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlat tilida majburiy markirovka qilinadigan isteʼmol tovarlarini bojxonada rasmiylashtirish xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Import qiluvchi davlat tilida markirovka qilinishi shart boʻlgan tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgunga qadar import qilish yuzasidan oʻzi tuzadigan kontrakt shartlarida tovarni davlat tilida markirovka qilish talabini nazarda tutishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tovarni “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimida rasmiylashtirish uni tovardagi markirovka bilan tanlab solishtirgandan keyin bojxona organlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat tilida markirovka qilinishi shart boʻlgan olib kirilgan tovarlar davlat tilida markirovka qilinmagan shaklda “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimida bojxonada rasmiylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Erkin industrial (iqtisodiy) zonaga olib kiriladigan tovarlar “erkin muomala (import) uchun chiqarish” bojxona rejimida rasmiylashtirilgan hollarda davlat tilida markirovka qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tovarning davlat tilidagi markirovkasi matnining toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun import qiluvchi va sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Bojxona organlari tomonidan ushbu Qoidalarga ilovada koʻrsatilmagan davlat tilidagi markirovkadagi maʼlumotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-fevraldagi 22-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasiga isteʼmol tovarlari olib kirishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2013-yil 13-maydagi 127-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshidagi “Tovar markirovkasi (etiketka, birka, leybl)da” soʻzlari “Isteʼmol upakovkasi (idishi) (etiketka, birka, leybl)da” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Markirovka qilinadigan tovarlarning ayrim turlari toʻgʻrisidagi axborotning mazmuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
izoh chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 6-son, 67-modda; 2017-y., 14-son, 228-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.08.2023-y., 09/23/407/0638-son )