OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Qarori
“Birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan, takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 21-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2178-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 46-47-son, 521-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2011-yil 7-dekabrdagi 16-son, 106-son “Birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan, takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga (roʻyxat raqami 2178, 2011-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 14-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-dekabr,
01/19-26/27-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2013-yil 31-dekabr,
55-son
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligining 2013-yil 31-dekabrdagi 01/19-26/27, 55-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Birja savdolariga qoʻyiladigan, shu jumladan takroran qoʻyiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qaror muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 57-modda), 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda) qarorlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 374-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 2-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:”.
2. Nizomning 1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Ushbu oʻzgartirishlar “Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” OAJ bilan kelishilgan.
“Oʻzbekiston Respublika tovar- xomashyo birjasi” OAJ raisi v. b. A. NAGAYEV
2013-yil 31-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 4-son, 54-modda)