Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2013 25.10.2002 yildagi 26-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.12.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQ JINOYaT VA MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI IShLAR BO‘YIChA SUD AMALIYoTINING AYRIM MASALALARI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, ayrim hollarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni asossiz javobgarlikka tortish, ularga nisbatan adolatsiz jazo tayinlash, shu jumladan ish bo‘yicha hech bir zarurat bo‘lmaganda ham ularni muayyan huquqdan mahrum qilish va axloq tuzatish ishi jazosini umumiy asoslarda belgilashga yo‘l qo‘yilmoqda. Bu esa, ularni bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat uchun foydali bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatidan mahrum etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda sudlar tomonidan qonunlarning to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda sudlarga tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquq va erkinliklarining kafolatlari haqidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilishlari shartligi tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuniga ko‘ra, tadbirkorlik — tegishli subyektlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkalchilik asosida o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti o‘z faoliyati natijasida cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish, mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni tasarruf qilish, shuningdek mahsulot yetkazib beruvchi va iste’molchilarni erkin tanlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunga muvofiq tuzilgan shartnoma shartlarini bajara olmaganlik oqibatida kelib chiqqan moddiy zarar (boy berilgan foyda) mavjudligining o‘zi tadbirkorni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu nizolar fuqarolik munosabatlariga taalluqli bo‘lib, fuqarolik yoki xo‘jalik protsessual qonunlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda bunday nizolarni ko‘rib chiqish chog‘ida, sud shaxsning xatti-harakatida muayyan jinoyat tarkibi mavjud degan xulosaga kelsa, qonunda belgilangan tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jinoyat kodeksining tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi ayrim moddalari dispozitsiyasida shaxsni javobgarlikka tortish uchun unga nisbatan muqaddam ma’muriy jazo qo‘llanilgan bo‘lishi shartligi nazarda tutilgan. Bunda, MJtKning 37-moddasida belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar, shuni e’tiborda tutishlari kerakki, aybdorning muqaddam tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyati uchun JK 72-moddasi tartibida belgilangan sinov muddati davrida, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni o‘tashi davomida yoki jazoni o‘tab bo‘lgandan so‘ng sudlanganlik holati tugallanmasdan, yoxud qonunda belgilangan tartibda olib tashlanmasdan tadbirkorlikka oid huquqbuzarlikni sodir etganda ham uning muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishi talab qilinadi. Jinoyat kodeksi muayyan moddalarining tegishli qismlari dispozitsiyalarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lgan jinoyat sodir etilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlar, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat ishlarini ko‘rishda yuridik shaxs tashkil etgan holda bunday faoliyat bilan shug‘ullanayotgan kichik va o‘rta biznes subyektlari rahbarlarining g‘ayriqonuniy harakat yoki harakatsizligi JKning iqtisodiyot asoslari va xo‘jalik sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi boblaridagi moddalar dispozitsiyasi bilan qamrab olinsa, qo‘shimcha ravishda mansabdorlik jinoyatlari bilan kvalifikatsiya qilinmasligini nazarda tutishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tushuntirilsinki, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini JK 167-moddasi bilan javobgarlikka tortishda mulkchilik shakllariga alohida e’tibor qaratilishi, jumladan xususiy firma va korxonalar, dehqon (fermer) xo‘jaliklari mulkdorlari o‘z mulklarini shaxsiy maqsadlarda tasarruf qilganliklari uchun ushbu modda bilan javobgarlikka tortilishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati umumiy xususiy mulkchilikka asoslangan hollarda, mulkdorlardan biri bunday mulkni talon-toroj etsa, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun, bu haqda mulkdorlar vakolatli organining belgilangan tartibda qabul qilingan qarori yoki mulkdorlarning arizasi mavjud bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlar qilmishni JK 184-moddasi bilan kvalifikatsiya qilishda tadbirkor amalda olgan foyda (daromad)dan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan bo‘lishi shartligiga e’tibor berishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foyda (daromad)ni qasddan yashirishning belgilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlar undirishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 483-sonli qaroriga 1-Ilovada qat’iy ko‘rsatilgan bo‘lib, bular: hujjatlarni soxtalashtirish (tuzatish, noqonuniy to‘g‘rilash); qalbaki boshlang‘ich buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish; foydalanilmagan moddiy xarajatlarni ishlab chiqarish hisobiga qo‘shib hisobdan chiqarish; korxonada ishlamaydigan, lekin hisobda turadigan xodimlarga ish haqi yozish yo‘li bilan mehnatga haq to‘lash xarajatlarini oshirish; sotishdan olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni qasddan kamaytirish); moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini va amortizatsiya (eskirish) miqdorini sun’iy ravishda oshirish yoki normativ (limit)larni noto‘g‘ri qo‘llash; hujjatlarni yo‘q qilish yoki ularni taqdim etishni rad etish; sotish joylarida buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlar bilan tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan mahsulot (tovar)larning mavjud bo‘lishi; davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan va soliq organlarida hisobda turmasdan xo‘jalik (tadbirkorlik) faoliyatini yuritish; davlat soliq xizmatining yozma bildirishnomasi mavjud bo‘lgani holda ikki va undan ortiq manbalardan daromad oluvchi jismoniy shaxslar tomonidan barcha daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etmaslikdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlarni ko‘rishda sudlarning e’tibori tadbirkorning qilmishida yuqorida qayd etilgan holatlardan biri mavjud bo‘lishi zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 184-moddasi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan “ancha miqdor”, “ko‘p miqdor” va “juda ko‘p miqdor” tushunchalariga baho berishda olingan foyda (daromad)ning miqdoridan emas, balki to‘lanmagan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlar summasidan kelib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun mazmuniga ko‘ra (Soliq kodeksining 133-moddasi) agar soliq, yig‘im, boj yoki boshqa majburiy to‘lovlarni biron turi bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalar o‘rni, boshqa tur bo‘yicha qasddan to‘lanmagan summalar o‘rnini to‘liq qoplasa, shaxs ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq, yig‘im, boj yoki boshqa majburiy to‘lovlarni biron turi bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalar o‘rni, boshqa turi bo‘yicha qasddan to‘lanmagan summalar o‘rnini qisman qoplagan hollarda esa, shaxsning javobgarligi masalasi to‘langan va to‘lanmagan summalar o‘rtasidagi farqning miqdoridan kelib chiqqan holda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlar tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonunlari, “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga rioya etilganligiga, jumladan, nazorat qiluvchi organlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga aralashmaganligiga, tekshirishning qonuniyligi, davriyligi va belgilangan muddatlarda o‘tkazilganligiga hamda “Tekshirishlarni ro‘yxatga olish Kitobi”ga bu haqda tegishli yozuvlar kiritilganligiga e’tibor berishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, ish materiallarida nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan rejadan ko‘chirma (ruxsatnoma), tekshiruvchi organ bilan auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi, xodimda tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjudligiga, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati mustaqilligini cheklashga qaratilgan xatti-harakat (hisob raqamidagi mablag‘ni asossiz to‘xtatib turish, mablag‘larni boshqa maqsadlarda ishlatishga majburlash kabi)larga ahamiyat berishlari zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday qonunbuzarlik hollariga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan sudlar, tegishli munosabat bildirishlari va ularni MJtK 2411-moddasi bilan javobgarlikka tortish masalasini, yetarli asoslar aniqlangan hollarda esa, belgilangan tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda (tegishli aksiz markalarisiz va hokazo) muomalaga kiritish (JK 1861-moddasi) deganda, uni haq evaziga sotish yoki tijorat maqsadida boshqa moddiy qimmatliklarga ayirboshlash, shuningdek garovga qo‘yish, qarz evaziga o‘tkazish tushuniladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasi va Jinoyat kodeksining 189-moddasida nazarda tutilgan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzishning subyekti sifatida faqat belgilangan tartibda savdo yoki xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tushuniladi. Bu huquqbuzarlik tovarlar bevosita savdo qoidalari buzib muomalaga kiritilganda (sotilganda), shuningdek, xizmat ko‘rsatish qoidalari buzilganda sodir etilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur moddalarning dispozitsiyasi havolaki (blanket) dispozitsiya bo‘lganligi sababli, Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomada va ayblov xulosasida savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarining aynan qaysi bandi talabi buzilganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunga ko‘ra belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish deganda tadbirkorlik subyektlarining vakolatli davlat organlari (hokimlik yoki adliya idoralari)da davlat ro‘yxatiga olinishi tushuniladi. Davlat soliq inspeksiyalari tomonidan beriladigan “Qayd guvohnomasi” ularning ichki idoraviy hujjati bo‘lib, uning mavjud emasligi yoki muddati o‘tganligi faktining o‘zi tadbirkorlik subyektlarini JK 188-moddasi bilan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, shaxs tadbirkorlik faoliyati tugatilgandan so‘ng ham bunday faoliyatni davom ettirsa, u JK 188-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatning subyekti bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-iyundagi PF-3076 va 11-iyuldagi PF-3105-sonli farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-maydagi 154-sonli, 13-iyundagi 208-sonli, 12-iyuldagi 248 va 249-sonli, 19-iyuldagi 257-sonli, 20-avgustdagi 295-sonli qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan va Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 31-avgustda 1169-raqami bilan ro‘yxatga olingan “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan iste’mol tovarlarini olib kelish va sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovar moddiy boyliklarini olib kirishning va muomalaga kiritishning yangi tartibi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan sudlar mazkur toifadagi ishlarni ko‘rishda ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga asoslanishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 245-moddasiga ko‘ra shaxs huquqbuzarlik faktini inkor etgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi har qanday ish uning ko‘rib chiqilishi qaysi vakolatli davlat organiga (mansabdor shaxsga) taalluqliligidan qat’i nazar, sudlar tomonidan ko‘riladi. Shuning uchun ham sudlar bunday ishlarni o‘z ish yurituvlariga mone’liksiz qabul qilishlari va mazmunan hal etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga ko‘ra teng yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ hujjatlar bir-biriga zid kelgan hollarda keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi. Jumladan, bojxonaga doir qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda sudlar ushbu masalada Bojxona kodeksida belgilangan normalarni qo‘llashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tushuntirilsinki, qonunga ko‘ra yakka tartibda o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlar ham xo‘jalik yurituvchi subyektlar doirasiga kiradi. Shu tufayli bunday shaxslar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollarini ularning sifati va ishlab chiqarish markasini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotilishi, shuningdek sotish maqsadida olinishi MJtK 164-moddasi bilan emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘rishu kodeksning 166-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudlarga tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat ishlari yuzasidan huquqiy asoslar mavjud bo‘lgan hollarda aybdorlarni muayyan huquqdan mahrum etmasdan ularga axloq tuzatish ishi jazosini o‘z ish joylarida o‘tashlikni belgilash maqsadga muvofiqligi tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Uqtirilsinki, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslar jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplagan, aybiga iqrorlik va chin ko‘ngildan pushaymonlik bildirgan hollarda, sudlar JK 65, 66, 70, 71-moddalariga asosan ularni jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasini muhokama qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 25-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-son