Samarqand viloyati Bulungʻur tumani hokimining
Qarori
Bayram kunlarida tuman hududida Davlat bayrogʻini koʻtarish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 27-modda) talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-iyundagi PQ-1984-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, mazkur bayramni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududining “Mustaqillik” bayrami tadbirlari boʻlib oʻtadigan “Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi oʻyingohda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi 2013-yil 27-avgust kunidan boshlab 3-sentabrgacha, har kuni soat 06-00 da koʻtarilib, 22-00 da tushirilsin.
2. Tuman hududida yuqorida belgilangan kun va vaqtlarda Davlat bayrogʻi koʻtariladigan korxona, muassasa, tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonun hamda mazkur qaror talablarini bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B. Latipov zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim X. ABJALOV
Bulungʻur sh.,
2013-yil 17-avgust,
556-Q-son