Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROGʻI TOʻGʻRISIDA
1-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining sxematik va rangli tasviri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir.
(2-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasining timsoli boʻladi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
4-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi — bayroqning butun uzunligi boʻylab oʻtgan toʻq moviy rang, oq rang va toʻq yashil rangli uchta endan tarkib topgan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi matodir.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining oʻrtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar oʻtkazilgan.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida oʻn ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan.
(4-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oq rangli yangi oy va oʻn ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning oʻrtasidan 75x30 santimetrga teng toʻgʻri toʻrtburchakka sigʻadigan qilib joylashtirilgan.
(4-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oq rangli yangi oy vertikal holatda doʻng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan boʻlib, diametri 30 santimetrli doiraga sigʻadi.
(4-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻn ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sigʻadi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, oʻrta qatorda toʻrtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.
(4-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) doimiy ravishda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashining;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining;
sudlarning;
prokuratura organlarining binolarida;
(5-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi OʻRQ-853-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2) doimiy ravishda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashining;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining majlislar zallarida;
(5-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi OʻRQ-853-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3) doimiy ravishda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raislarining;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisining;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining;
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi raislarining;
viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining;
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlarining xizmat xonalarida;
(5-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi OʻRQ-853-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan bayram kunlarida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining qarorlari bilan belgilangan markaziy koʻchalarda, maydonlarda, boshqa jamoat joylarida va obyektlarda;
(5-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati aʼzolari, xalq deputatlari Kengashlarining deputatlari saylovi yoki referendum kunlarida — ovoz berish oʻtkazilayotgan binolar va xonalarda;
Oldingi tahrirga qarang.
6) Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari binolarida yoki hududlarida va transport vositalarida — xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga hamda vakolatxonalar va muassasalar joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq;
(5-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7) xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning xalqaro huquq normalariga, diplomatik protokol qoidalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishining tasdiqlangan dasturiga muvofiq transport vositalarida, vokzallarda, aeroportlarda, yurish yoʻnalishi boʻyicha va boshqa tashrif obyektlarida;
8) rasmiy shaxslar sifatida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa rasmiy delegatsiyalari rahbarlari, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari boshliqlari tushgan chet eldagi dengiz va daryo kemalarida, boshqa transport vositalarida;
9) Oʻzbekiston Respublikasi kemalar qatnovi inspeksiyasining kemalar reyestrida roʻyxatga olingan dengiz va daryo kemalarida;
10) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy birlashmalarida, qoʻshilmalarida va qismlarida, shuningdek boshqa harbiy tuzilmalarida — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
11) doimiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida;
(5-modda birinchi qismining 11-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
12) sport maydonlarida — Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlarini, milliy terma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida hamda xalqaro sport musobaqalarining Oʻzbekiston Respublikasi sport terma komandalarining vakillari boʻlgan gʻoliblarini mukofotlash marosimlarini oʻtkazish vaqtida koʻtariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻiga nisbatan hurmatni taʼminlagan holda, undan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan obyektlarda, shuningdek umummilliy bayramlarda, sport musobaqalarida, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida, madaniy va oʻzga ommaviy tadbirlarda, rasmiy xalqaro tadbirlarda, tantanali tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotira sanalarini nishonlashda, jamiyat va davlat arboblarining, harbiy xizmatchilarning dafn marosimlarida hamda boshqa hollarda, shu jumladan yogʻoch dastani (bayroq dastasini) ishlatmasdan foydalanilishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi OʻRQ-853-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻiga nisbatan hurmatni taʼminlagan holda, undan jamoat joylarida, binolar va boshqa obyektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash boʻlgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilishi mumkin.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi OʻRQ-853-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalari davlat reyestri yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestriga kiritilgan havo kemalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati hisobida turuvchi eksperimental havo kemalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqam belgilariga;
(51-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining asosiy chegara belgisiga qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida davlat organlarining ramziy belgilarida (bayroq, emblema — geraldik belgi, vimpel va boshqa ramzlar) va ularning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytlarida, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlarining asosi yoki elementi sifatida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida predmetlarda, oʻquv-tarbiya jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanilishi mumkin.
(51-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi OʻRQ-853-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida rasmiy xalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi vakili boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻiga nisbatan hurmatni taʼminlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolar va boshqa obyektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash boʻlgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilishi mumkin.
Harbiy yoki boshqa davlat xizmatida boʻlgan shaxslarning kiyim-boshida va farqlovchi nishonlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanilishi mumkin.
Xalqaro sport musobaqalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi chempionatlari uchun sport kiyim-boshini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanilishi mumkin.
(51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi OʻRQ-853-sonli Qonuniga asosan uchinchi — oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari yoki reklama materiallariga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oʻtkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas, bundan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻiga nisbatan hurmatni taʼminlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan ustki kiyim-boshni bezatish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga tegishlilikni belgilash maqsadida foydalanish mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻiga nisbatan hurmatsiz munosabatda boʻlishga, shu jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻidan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi oʻchgan holda va boshqa nomaʼqul tarzda foydalanishga;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻidan biror-bir narsa uchun ustki yopingʻich sifatida foydalanishga;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻini stollarga, oʻrindiqlarga, stullarga toʻshashga yoki uning tasvirini tushirishga va undan qoplama sifatida foydalanishga, shuningdek uni oʻtiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga toʻshashga yoki uning tasvirini tushirishga;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻidan kiyim-bosh, dastroʻmol yoki koʻrpa-toʻshak sifatida, shuningdek buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanishga;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilarni poyabzalga, dastroʻmolga, koʻrpa-toʻshakka, ichki kiyimga, sochiqlarga, qutilarga (oʻrovlarga), bir marta foydalanish va tashlab yuborish uchun moʻljallangan buyumlarga bosib chiqarishga yoki uning tasvirini boshqacha tarzda tushirishga;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻidan va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-axloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda yoxud ularni tahqirlash hisoblanadigan boshqacha tarzda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramziy belgilari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻiga oʻxshash boʻlishi mumkin emas.
(52-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi OʻRQ-853-sonli Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi:
ushbu Qonun 5-moddasining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda soat 6 da koʻtariladi va soat 22 da tushirib qoʻyiladi;
ushbu Qonun 5-moddasining 5-bandida nazarda tutilgan hollarda ovoz berish yoki referendum oʻtkazish davrida koʻtarib qoʻyiladi;
ushbu Qonun 5-moddasining 7-bandida nazarda tutilgan hollarda xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarining, boshqa rasmiy delegatsiyalarning tashrif buyurishidan 24 soat oldin koʻtariladi va ular joʻnab ketganidan keyin 24 soat mobaynida tushirib qoʻyiladi.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarilganda, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi (binoning old tomoniga qarab turganda) chap tomondan koʻtarilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi bilan bir vaqtda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarilganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat bayrogʻining oʻlchami Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining oʻlchamidan katta boʻlmasligi kerak, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining koʻtarilish balandligi esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat bayrogʻining koʻtarilish balandligidan past boʻlmasligi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi bilan bir vaqtda xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari koʻtarilganda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi xalqaro huquq normalariga va diplomatik protokol qoidalariga muvofiq koʻtariladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi xorijiy davlatlar va (yoki) xalqaro tashkilotlar bayroqlari bilan bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil oʻlchamga ega boʻlishi kerak.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
8-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi binolarning asosiy kirish joyida yoki buning uchun maqbul boʻlgan boshqa joyda, yoxud tegishli tutqichi boʻlgan dastada, yo boʻlmasa flagshtokda bayroqning dastasi binoning old tomoni bilan koʻpi bilan 45 gradusli burchak hosil qiladigan tarzda koʻtariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻtarib qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining matosi yer sathidan kamida 2,5 metr balandlikda boʻlishi kerak.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
9-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Motam munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi motamga moslab koʻtariladi. Bunday hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi dastasi yoki flagshtokning yuqori uchiga bayroq enining 1/20 qismiga teng boʻlgan kenglikdagi qora tasma bogʻlanadi, tasmaning ikki uchi bayroqning butun eni uzunligida osilib turadi.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi motam munosabati bilan flagshtokda koʻtarilgan taqdirda u flagshtok uzunligining 1/3 boʻlagicha tushirib qoʻyiladi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
10-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi va uning tasviri katta-kichikligidan qatʼiy nazar, hamma vaqt ushbu Qonunga ilova qilinayotgan rangli va sxematik tasviriga aniq mos boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻini tayyorlash, saqlash va yoʻq qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda.
Ushbu Qonun ijrosini taʼminlash tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻidan va uning tasviri tushirilgan belgilardan butun (yirtilmagan, teshilmagan), toza (ifloslanmagan), rangi oʻchmagan holda va maʼqul tarzda foydalanish uchun masʼuliyat ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻidan va uning tasviri tushirilgan belgilardan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan davlat organlarining zimmasiga yuklatiladi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 7-iyuldagi OʻRQ-853-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12-modda.
Ushbu Qonunning Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, shuningdek xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazorat esa ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-273-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 51-son, 484-modda)
13-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek Oʻzbekistonda turgan boshqa shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻini hurmat qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonunchiligini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 18-noyabr,
407-XII-son
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi
(Rangli tasviri)
(Rangli tasviri)
Oldi tomoni
Orqa tomoni
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi
(Sxematik tasviri)
(Sxematik tasviri)

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 1-son, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2010-y., 51-son, 484-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 08.07.2023-y., 03/23/853/0462-son; 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)