Qashqadaryo viloyati Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining
Qarori
Shahrisabz tumanida 2014-yilda yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tumanda aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish borasida ishlab chiqilgan aniq va manzilli dasturlar asosida 2013-yilning oʻtgan davrida tumandagi tegishli boʻlim, idora, korxona va tashkilotlar tomonidan yangi ish joylari tashkil etish va aholini bandligini taʼminlash, tadbirkorlik, kichik biznes, kasanachilik va bandlikning boshqa samarali shakllarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Oʻtgan 6 oy davomida iqtisodiyot tarmoqlarida turli moliyaviy manbalar hisobidan jami 5.9 mingta yangi ish oʻrinlari (dasturga nisbatan 108,2 foiz) tashkil etildi.
Tahlillar yangi ish oʻrinlari yaratish yuzasidan yillik dastur parametrlari ortigʻi bilan bajarilishini koʻrsatmoqda.
Endigi asosiy vazifalardan biri 2014-yilda aholining bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlarni inobatga olgan holda aniq va manzilli dastur ishlab chiqilishini taʼminlashdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash va uning turmush farovonligini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri qilib belgilab berilgan.
Aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish 2014-yilda ham eng ustuvor masalalardan biri boʻlishini chuqur his qilgan holda tumandagi korxona va tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda tumanda 2014-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish dasturining loyihasini ishlab chiqish boʻyicha tuman hokimi boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruhlari ish olib bormoqda.
Ishchi guruhlari tomonidan har bir fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va aholi punktlaridagi mavjud imkoniyatlar, bundan tashqari joylarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan obyektlar hamda tadbirkorlik subyektlarining rejalari inobatga olinib, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kesimida aniq va manzilli dasturlar tayyorlanayapti. Shuningdek, moliyaviy mablagʻ miqdori va manbalari ham aniq hisob-kitob qilinmoqda.
Bundan tashqari, ijtimoiy obyektlarini foydalanishga topshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari, hududiy investitsiya dasturi, ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish hududiy dasturlari, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish dasturlari va boshqa yangi ish oʻrinlari yaratish koʻzda tutilgan dasturlardagi koʻrsatkichlar ham olib chiqilib ish oʻrinlari yaratish dasturiga kiritildi.
Shuningdek, tumandagi tijorat banklari boʻlinmalarining kredit portfelidan kelib chiqib aholiga va tadbirkorlik subyektlariga beradigan imtiyozli kreditlar hisobiga yaratiladigan ish oʻrinlari ham inobatga olinmoqda.
Tumanda 2012 — 2015-yillarga moʻljallangan dasturning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga erishish, aholi bandligini va yangi ish oʻrinlarini yaratishni taʼminlash maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga binoan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
2. Tuman Ishchi komissiyasi tomonidan 2014-yilda yangi ish joylari yaratish hududiy dasturlari parametrlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF–4058-sonli Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 477-modda) bilan tasdiqlangan moliyaviy inqirozga qarshi kurash choralari doirasida shakllantirilganligi maʼqullansin.
3. Tuman iqtisodiyot boʻlimi (S. Tursunov)ga:
ushbu parametrlar boʻyicha hokimlik bilan kelishgan holda 2014-yilda har bir qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida yaratiladigan yangi ish oʻrinlari parametrlarini yana bir marotaba tahlil qilib, tuman hokimligiga taqdim etish;
2014-yilda yangi ish joylari yaratish va aholi bandligini taʼminlash dasturining ijrosi monitoringini yuritishda investitsiya, lokalizatsiya, tarmoqlar, hududlarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va boshqa maqsadli dasturlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratishi belgilab qoʻyilsin.
4. Tumandagi barcha tijorat banklari rahbarlariga:
yangi kichik biznes subyektlari tashkil etish, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish, birinchi navbatda, mehnat bozorida tanglik kuzatilayotgan hududlarda, kichik hajmdagi korxonalar tashkil etishga kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar ajratishni 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan dastur koʻrsatkichlari parametrlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish;
tasdiqlangan reja-grafigiga muvofiq tijorat banklari tomonidan 2014-yilda yangi ish joylari yaratish uchun kreditlarning belgilangan muddatlarda ajratilishini qatʼiy nazoratga olish, mablagʻlar ajratilishini joylarga chiqqan holda hokimlik, tijorat banklari va tadbirkorlar ishtirokida muhokama etib, zarur choralarini koʻrish;
tuman Mikrokreditbank (S. Pulatov) hokimlik bilan birgalikda qishloq joylarda xizmat koʻrsatish va servis obyektlarini ishga tushirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish reja-jadvalini ishlab chiqish va amalga oshirish tavsiya etilsin.
5. Savdo-sanoat palatasi tuman boʻlimi (Sh. Xushvaktov) 2014-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi ish joylari tashkil etilishi va aholini ish bilan taʼminlashga keng jalb qilish boʻyicha ishlarni faollashtirsin.
6. Tuman hokimligining majmualari real sektor korxonalarni, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani qoʻllab-quvvatlash, kichik biznes, xizmat koʻrsatish va servis sohasi, kasanachilikni rivojlantirish hisobiga yangi joylarni koʻpaytirishni 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan dastur koʻrsatkichlari parametrlariga moslashtirsin.
7. Tuman moliya boʻlimi (A. Uzoqov) sugʻurta idoralari bilan birgalikda yirik sugʻurta idoralarining har bir qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlarida filiallari (vakolatxonalari) tarmogʻini kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlarini ishlab chiqib, har bir qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari kesimida 2014-yilda yangidan tashkil etiladigan obyektlarning manzilli roʻyxatlarini tasdiqlasin.
8. Ishchi komissiyasiga:
mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarini yangilash yoʻnalishi boʻyicha ish joylari tumanning 2014-yilga moʻljallangan investitsiya va tarmoq dasturlariga muvofiq;
sanoatda kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish hisobiga barpo etiladigan ish oʻrinlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047-sonli “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toʻldirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 34-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda) qaroriga, tarmoq va hududiy dasturlariga muvofiq;
qurilish-pudrat ishlarini kengaytirish, jumladan uy-joy qurilishi va taʼmirlash yoʻnalishida tashkil qilinadigan ish joylari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051-sonli “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 38-modda, 52-son, 560-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda) qaroriga, tarmoq va hududiy dasturga muvofiq;
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga tashkil etiladigan ish joylari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20-yanvardagi PQ-1041-sonli “Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 4-son, 21-modda) qaroriga, tarmoq va hududiy dasturlariga muvofiq;
kichik korxona va mikrofirmalarni tashkil etish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mikrokreditlash tizimini qoʻllab-quvvatlash;
xizmat koʻrsatish va servisni rivojlantirish;
uy mehnatining barcha shakllarini, shu jumladan korxonalar bilan mehnat shartnomalariga binoan kooperatsiya asosida kasanachilikni tashkil etish, milliy hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
noqonuniy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishni oldini olish, ularni rasmiylashtirish va yangidan tadbirkorlik tashkil etish ehtiyojida boʻlgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash natijasida yaratiladigan (tiklanadigan) ish oʻrinlari tumanda hokimlik huzuridagi tugatish boʻyicha doimiy ishlovchi maxsus komissiya bilan birgalikda moliyaviy sogʻlomlashtirish choralari qoʻllanilgan sharoitda ish joylarini tiklash, ulardagi boʻsh ish joylari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish imkoniyati boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalar hisobiga shakllantirilishi va qarorlarda belgilab berilgan vazifalarni hayotga izchil tatbiq etish orqali bandlik masalasini hal etishga alohida eʼtibor qaratish;
hududlar, tarmoqlar kesimida, ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan taʼminlash hududiy dasturlarini bajarilishining doimiy monitoringini amalga oshirish va bu boradagi tahliliy maʼlumot hamda hisobotlarni ishchi komissiyasiga taqdim etib borish topshirilsin.
9. Ish guruhiga joylarda qabul qilingan yangi ish oʻrinlari tashkil etish dasturlarini hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha istiqbolli dasturlar bilan mutanosibligini taʼminlash, har chorakda tahlil qilib tegishli oʻzgartirishlarni kiritish hamda muhokama qilib borish vazifasi yuklatilsin.
10. Tuman statistika boʻlimi (F. Turayev) tuman ishchi guruhi bilan birgalikda barcha chora-tadbirlar hisobiga 2014-yil davomida yaratiladigan yangi ish joylarining statistika hisobotlarida toʻliq va sifatli aks ettirilishini taʼminlasin.
11. Tuman boʻyicha 2014-yil davomida yaratiladigan yangi ish oʻrinlari hisobotini umumlashtirish va viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasiga belgilangan tartibda tasdiqlatib taqdim etish tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori A. Temirovga topshirilsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari raislari zimmasiga yuklatilsin.
13. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi F. NOROV
Shahrisabz t.,
2013-yil 7-avgust,
IV-21-08-son
Shahrisabz tumanida 2014-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish joylari yaratish
DASTURI
|
T/r |
Yoʻnalishlar |
2014-yil |
| | Jami barcha yoʻnalishlar boʻyicha yaratiladigan yangi ish oʻrinlari | 11094 |
| 1. | yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarini yangilash | 262 |
| 1.1. | yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish | 0 |
| 1.2. | mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish va kengaytirish | 262 |
| 2. | kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish | 2232 |
| 2.1. | kichik sanoat (oziq-ovqat, nooziq-ovqat, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqalar.) | 317 |
| 2.2. | qurilish-pudrat ishlarini kengaytirish, jumladan uy-joy qurilishi va taʼmirlash | 409 |
| 2.3. | xizmat koʻrsatish, savdo va umumiy ovqatlanish | 1605 |
| 3. | xususiy (yakka) va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish | 1385 |
| 4. | uy mehnatining barcha shakllarini rivojlantirish | 6225 |
| 4.1. | mehnat shartnomasi asosida korxonalarda kasanachilik ish oʻrinlarini tashkil etish | 135 |
| 4.2. | pudrat shartnomalari | 4456 |
| 4.3. | milliy hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish | 1634 |
| 5. | fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish | 755 |
| | shundan: | |
| 5.1. | fermer xoʻjaliklarida issiqxonalar tashkil etish hisobiga | 12 |
| 5.2. | fermer xoʻjaliklarida chorvachilikni rivojlantirish | 65 |
| 5.3. | fermer xoʻjaliklarida parrandachilikni rivojlantirish | 25 |
| 5.4. | fermer xoʻjaliklarida baliqchilikni rivojlantirish | 10 |
| 5.5. | fermer xoʻjaliklarida asalarichilikni rivojlantirish | 4 |
| 5.6. | fermer xoʻjaliklarida ishlab chiqarishni tashkil etish | 15 |
| 5.7. | fermer xoʻjaliklarining boshqa yoʻnalishlarini tashkil qilish va rivojlantirish | 492 |
| 5.8. | dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirish | 132 |
| 6. | ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish | 205 |
| |
shundan: |
|
| 6.1. | ishlab chiqarish infratuzilmasi (yoʻl va kommunikatsiyalar qurilishi, gaz, suv va elektr taʼminoti va boshqalar) | 20 |
| 6.2. | ijtimoiy infratuzilma obyektlari (maktablar, kasalxonalar, litseylar, kollejlar va boshqalar) | 130 |
| 6.3. | bozor infratuzilmasini rivojlantirish | 55 |
| 7. | ishlamayotgan korxonalarni faoliyatini tiklash | 30 |
| | shundan: | |
| 7.1. | tijorat banklariga berilgan bankrot korxonalar | 0 |
| 7.2. | ishlamasdan turgan, faoliyat koʻrsatmayotgan korxonalar | 30 |
Shahrisabz tumanida “2014-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi”ni ijrosi nazoratini amalga oshirish boʻyicha tuman ishchi komissiyasi
TARKIBI
| 1. | F. Norov | Tuman hokimi — ishchi komissiyasi raisi | |
| 2. | Gʻ. Sulaymonov | Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari — ishchi komissiya raisining oʻrinbosari | |
| 3. | Z. Xalilov | Tuman hokimining ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — ishchi komissiya raisining oʻrinbosari | |
| 4. | Sh. Rahmonova | Tuman hokimining oʻrinbosari, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi — ishchi komissiyasi raisining oʻrinbosari | |
| 5. | S. Tu�sunov | Tuman iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi | |
| 6. | A. Temirov | Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori — ishchi komissiyasi kotibi | |
| 7. | A. Uzokov | Tuman moliya boʻlimi boshligʻi | |
| 8. | F. Toʻrayev | Tuman statistika boʻlimi boshligʻi | |
| 9. | B. Togʻayev | Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi | |
| 10. | O. Qodirov | Tuman fermyerlar Kengashi raisi | |
| 11. | Sh. Xushvaqtov | Tuman savdo-sanoat palatasi boshligʻi | |
| 12. | B. Mamatov | “Mahalla” jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi | |
| 13. | Sh. Islomov | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashi raisi | |
| 14. | T. Gʻofurov | | Tuman tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish inspeksiyasi boshligʻi |
| 15. | Q. Almatov | | Tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi |
| 16. | | | Tuman tijorat banklari boshqaruvchilari |
| 17. | | | Tuman oʻrta-maxsus, kasb-hunar kollejlari rahbarlari |
| 18. | | Qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari | |
|
19. |
| | Tuman Kengashi deputatlari |
(“Kesh” gazetasi, 22.08.2013-y., 34-son)