Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 20.01.2009 yildagi PQ-1041-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IShLAB ChIQARISh VA IJTIMOIY INFRATUZILMANI YaNADA RIVOJLANTIRISh YuZASIDAN QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zamonaviy ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning ildam rivojlanishini ta’minlash, shu asosda iqtisodiyotning barqaror hamda jadal taraqqiy topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va respublika mintaqalarining tabiiy hamda iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek yangi ish o‘rinlarini shakllantirish va aholining, ayniqsa yoshlarning bandligini, odamlarning daromadlarini oshirish va farovonligini yuksaltirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Respublika yo‘l jamg‘armasining 1-ilovaga* muvofiq Avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish doirasida eng serqatnov uchastkalarda yo‘llarni to‘rtta polosagacha kengaytirgan holda yer polotnosini tayyorlash borasidagi yo‘l ishlarini jadallik bilan olib borish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda tayyorlangan 2009-yilda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadal barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash Dasturining asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zbekenergo” DAK, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, Respublika yo‘l jamg‘armasi, “O‘zavtoyo‘l” DAK bilan birgalikda 1-2-ilovalarda ko‘rsatilgan loyihalar bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar hamda loyiha-smeta hujjatlarining o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, xo‘jalik birlashmalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar, investitsiya loyihalari tashabbuskorlarining shaxsiy mablag‘lari, shuningdek ixtisoslashtirilgan tarmoqlar rivojlanish jamg‘armalarining mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, tijorat banklari va xalqaro moliya institutlarining kreditlari ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish hamda modernizatsiyalash bo‘yicha ishlarni moliyalashning asosiy manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zbekenergo” DAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘ztransgaz” AK, “O‘zavtoyo‘l” DAK, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentlari rahbarlari zimmasiga Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash Dasturlarining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2009-yilda Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini jadal barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash Dasturlarining amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha Maxsus komissiya tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin, Komissiyaga, zarur hollarda, tasdiqlangan Dastur parametrlariga tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash Dasturlarining amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumining majlislarida har oyda ko‘rib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 20-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-1041-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 4-son, 21-modda)