QAShQADARYo VILOYATI Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining
Qarori
Shahrisabz tumanida 2013-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tumanda aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish borasida ishlab chiqilgan aniq va manzilli dasturlar asosida 2012-yilning oʻtgan davrida tumandagi tegishli boʻlimlar, idoralar korxona va tashkilotlar tomonidan yangi ish joylari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlik, kichik biznes, kasanachilik va bandlikning boshqa samarali shakllarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Oʻtgan 6 oy davomida iqtisodiyot tarmoqlarida turli moliyaviy manbalar hisobidan jami 5,7 mingta yangi ish oʻrinlari (dasturga nisbatan 103,4 foiz) tashkil etildi.
Tahlillar yangi ish oʻrinlari yaratish yuzasidan yillik dastur parametrlari ortigʻi bilan bajarilishini koʻrsatmoqda.
Endigi asosiy vazifalardan biri 2013-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha barcha imkoniyatlarni inobatga olgan holda aniq va manzilli dastur ishlab chiqilishini taʼminlashdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash va uning turmush farovonligini oshirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri qilib belgilab berilgan.
Aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish 2013-yilda ham eng ustuvor masalalardan biri boʻlishini chuqur his qilgan holda tumandagi korxona va tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda tumanda 2013-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratish dasturining loyihasini ishlab chiqish boʻyicha tuman hokimi boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruhlari ish olib bormoqda.
Ishchi guruhlari tomonidan har bir fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va aholi punktlaridagi mavjud imkoniyatlar, bundan tashqari joylarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga kiritilgan obyektlar hamda tadbirkorlik subyektlarining rejalari inobatga olinib fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kesimida aniq va manzilli dasturlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, moliyaviy mablagʻ miqdori va manbalari ham aniq hisob-kitob qilinmoqda.
Bundan tashqari, ijtimoiy obyektlarni foydalanishga topshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari, hududiy Investitsiya dasturi ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish hududiy dasturlari, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish dasturlari va boshqa yangi ish oʻrinlari yaratish koʻzda tutilgan dasturlaridagi koʻrsatkichlar ham olib chiqilib ish oʻrinlari yaratish dasturiga kiritilmoqda.
Shuningdek, tumandagi tijorat banklari boʻlinmalarining kredit portfelidan kelib chiqib aholiga va tadbirkorlik subyektlariga beradigan imtiyozli kreditlar hisobiga yaratiladigan ish oʻrinlari ham inobatga olinmoqda.
Tumanda 2012 — 2015-yillarga moʻljallangan dasturning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga erishish, aholi bandligini va yangi ish oʻrinlarini yaratishni taʼminlash maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga binoan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
2. Tuman hokimining oʻrinbosarlari mavjud tabiiy resurslar va xalq xoʻjaligida alohida ahamiyatga ega boʻlgan sohalarda ishlab chiqarilayotgan xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlab tayyor mahsulotni chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar barpo etish va faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar quvvatidan toʻliq foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlasin.
3. Tuman iqtisodiyot boʻlimi (S. Tursunov)ga ushbu dastur koʻrsatkichlari parametrlari boʻyicha ikki kun muddatda korxonalar bilan kelishilgan xolda 2013-yilda har bir hudud (mahallalar)da tashkil etiladigan ish oʻrinlari parametrlari boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqib tuman hokimligiga taqdim etsin.
4. Tijorat banklari rahbarlari yangi kichik biznes subyektlari tashkil etish, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirish, birinchi navbatda, mehnat bozorida tanglik kuzatilayotgan hududlarda, kichik hajmdagi korxonalar tashkil etishga kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar ajratishni 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan dastur koʻrsatkichlari parametrlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish tavsiya etilsin.
5. Savdo-sanoat palatasi tuman boʻlimi (N. Avloqulov) 2013-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan yangi ish joylari tashkil etilishi va aholini ish bilan taʼminlashga keng jalb qilish boʻyicha ishlarni faollashtirsin.
6. Tuman hokimligining majmualari real sektor korxonalarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani qoʻllab-quvvatlash, kichik biznes, xizmat koʻrsatish va servis sohasi, kasanachilikni rivojlantirish hisobiga yangi joylarni koʻpaytirishni 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan dastur koʻrsatkichlari parametrlariga moslashtirsin.
7. Ishchi guruhiga:
yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarini yangilash yoʻnalishi boʻyicha ish joylari tumanning 2013-yilga moʻljallangan investitsiya va tarmoq dasturlariga muvofiq;
sanoatda kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish hisobiga barpo etiladigan ish oʻrinlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047-sonli “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toʻldirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga, tarmoq va hududiy dasturlariga muvofiq;
qurilish-pudrat ishlarini kengaytirish, jumladan uy-joy qurilishi va taʼmirlash yoʻnalishida tashkil qilinadigan ish joylari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-yanvardagi PQ-1051 sonli “Uy joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha pudrat ishlarini kengaytirishni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga, tarmoq va hududiy dasturga muvofiq;
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga tashkil etiladigan ish joylari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20-yanvardagi PQ-1041 sonli “Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga tarmoq va hududiy dasturlariga muvofiq;
kichik korxona mikrofirmalarni tashkil etish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mikrokreditlash tizimini qoʻllab-quvvatlash;
xizmat koʻrsatish va servisni rivojlantirish;
uy mehnatining barcha shakllarini, shu jumladan korxonalar bilan mehnat shartnomalariga binoan kooperatsiya asosida kasanachilikni tashkil etish, milliy hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;
norasmiy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarni aniqlab, ularni rasmiylashtirish va yangidan tadbirkorlik tashkil etish ehtiyojida boʻlgan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash natijasida yaratiladigan (tiklanadigan) ish oʻrinlari tuman hokimligi, davlat mulki boshqarmasi bilan birgalikda moliyaviy sogʻlomlashtirish choralari qoʻllanilgan sharoitda ish joylarini tiklash ulardagi boʻsh ish joylari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish imkoniyati boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalar hisobiga shakllantirilishi va qarorlarda belgilab berilgan vazifalarni hayotga izchil tatbiq etish orqali bandlik masalasini hal etishga alohida eʼtibor koʻrsatsinlar.
8. Ishchi guruhiga joylarda qabul qilingan yangi ish oʻrinlari tashkil etish dasturlarini hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha istiqbolli dasturlar bilan mutanosibligini taʼminlash, har chorakda tahlil qilib tegishli oʻzgartirishlarni kiritish hamda muhokama qilib borish vazifasi yuklatilsin.
9. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Temirov):
Ushbu Dastur koʻrsatkichlari parametrlaridan kelib chiqqan holda tuman iqtisodiyot boʻlimi bilan birgalikda ish oʻrinlarini tashkil etilishi boʻyicha hududlar, tarmoqlar kesimida, ish oʻrinlari tashkil etish va aholini ish bilan taʼminlash hududiy dasturlarini bajarilishining doimiy monitoringini amalga oshirish va bu boradagi tahliliy maʼlumot hamda hisobotlarni ishchi komissiyasiga taqdim etib borish topshirilsin.
10. Tuman statistika boʻlimi (F. Turayev) tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Temirov) bilan birgalikda barcha chora-tadbirlar hisobiga yaratilayotgan yangi ish joylarining statistika hisobotlarida toʻliq va sifatli aks ettirilishi taʼminlansin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari Gʻ. Sulaymonov, Z. Xalilov va D. Diyorovalar zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi U. YaRAShOV
Shahrisabz t.,
2012-yil 27-iyul,
IV/12-29-son
Shahrisabz tumanida 2013-yil uchun yaratiladigan ish oʻrinlari
| t/r |
Yoʻnalishlar |
Jami |
Shu jumladan: | |||||||||||||
| Namaton QFY |
Shamaton QFY |
Oʻzbekiston QFY | Kunchiqar QFY | Dukchi QFY | Toʻdamaydon QFY | Kutchi QFY | Shakarteri QFY | Oq-suv QFY | Miraki QFY | Xitoy QFY | Xisorak QFY | Moʻminobod QFY |
Shahar MFY lar | |||
| I. | Jami yaratiladigan ish oʻrinlari | 11090 | 342 | 474 | 365 | 547 | 433 | 416 | 479 | 516 | 353 | 368 | 428 | 434 | 392 | 5543 |
| |
shu jumladan: |
| | | | | | | | | | | | | | |
| 1. | Yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarni yangilash | 520 | 0 | 20 | 0 | 0 | 0 | 0 | 12 | 10 | 0 | 10 | 0 | 0 | 0 | 468 |
| 2. | Kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish | 3429 | 40 | 55 | 98 | 136 | 26 | 52 | 22 | 102 | 178 | 239 | 62 | 25 | 118 | 2276 |
| |
shundan: |
| | | | | | | | | | | | | | |
| 2.1. | sanoatda | 317 | 6 | 0 | 20 | 20 | 0 | 0 | 0 | 0 | 6 | 2 | 0 | 0 | 0 | 263 |
| 2.2 | qurilish-pudrat ishlarini kengaytirish, jumladan uy-joy qurilishi va taʼmirlash | 409 | 0 | 0 | 32 | 32 | 0 | 0 | 0 | 59 | 0 | 0 | 0 | 0 | 33 | 253 |
| 3. | Yakka va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish | 2567 | 137 | 190 | 106 | 219 | 143 | 166 | 192 | 206 | 88 | 56 | 159 | 41 | 12 | 852 |
| 4. | Uy mehnatining barcha shakllarini rivojlantirish | 3290 | 141 | 172 | 141 | 184 | 223 |
132 | 240 | 170 | 17 | 7 | 18 | 16 | 220 | 1609 |
| 5. | Fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish (parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik va boshqalar) | 755 | 16 | 17 | 20 | 7 | 41 | 26 | 10 | 18 | 64 | 0 | 186 | 309 | 41 | 0 |
| 6. | Ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish | 409 | 8 | 20 | 0 | 0 | 0 | 40 | 3 | 10 | 6 | 55 | 3 | 43 | 0 | 221 |
| 7. | Ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash | 120 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 0 | 1 | 117 |
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashining
2012-yil 27-iyuldagi IV/12-29-sonli qaroriga
2-ILOVA
2012-yil 27-iyuldagi IV/12-29-sonli qaroriga
2-ILOVA
Shahrisabz tumanida “2013-yilda ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturi”ni ishlab chiqish va ijrosi monitoringini taʼminlash boʻyicha hududiy ishchi komissiya
TARKIBI
| 1. | F. Norov | Tuman hokimi — ishchi guruh raisi | |
| 2. | Gʻ. Sulaymonov | Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari — ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari | |
| 3. | Z. Xalilov | | Tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi komissiya rahbarining oʻrinbosari — ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari |
| 4. | D. Diyorova | | Tuman hokimining oʻrinbosari v/b, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi — ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari |
| 5. | Ashirov | | Tuman prokurori |
| 6. | S. Tursunov | Tuman iqtisodiyot boʻlimi boshligʻi | |
| 7. | A. Temirov | Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori, ishchi komissiyasi kotibi | |
| 8. | A. Uzoqov | Tuman moliya boʻlimi boshligʻi | |
| 9. | F. Toʻrayev | Tuman statistika boʻlimi boshligʻi | |
| 10. | A. Tilovov | Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi | |
| 11. | N. Avloqulov | Tuman savdo-sanoat palatasi boshligʻi | |
| 12. | A. Saidov | “Mahalla” jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi | |
| 13. | Sh. Islomov | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashi raisi | |
| 14. | T. Gofurov | Tuman tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish boshligʻi | |
| 15. | B. Xalimov | | Tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi |
| 16. | | | Tuman tijorat banklari boshqaruvchilari |
| 17. | | | Tuman oʻrta-maxsus, kasb-hunar kollejlari rahbarlari |
| 18. | | | Qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari |
| 19. | | Tuman Kengashi deputatlari |