Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani hokimining
Qarori
2013-yilda avtomototransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani hokimining 2014-yil 27-yanvardagi X-47/1-sonli “Tumanda 2014-yilda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomini ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli, xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar — bir yilda ikki marta (birinchi marta — 1-martdan 30-iyungacha, ikkinchi marta — 1-sentabrdan 31-oktabrgacha):
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta:
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta:
tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda:
4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalarning texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-mart — 1-sentabrda;
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda;
jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilsin.
5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalar yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.
6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorning 3-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin:
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Vazirlar Maxkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin:
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A.Karimov zimmasiga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror 2013-yil 1-martdan kuchga kiradi.
Hokim R. MUXAMMADIYEV
Qamashi sh.,
2013-yil 27-fevral,
X-111/2-son
Qamashi tuman hokimining 2013-yil 27-fevraldagi X-111/2-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Qamashi tuman hududida 2013-yil avtomototransport vositalarini texnik koʻridan oʻtkazish komissiyasi tarkibi
| Komissiya raisi | | |
| Umarov Sanjar | |
Tuman IIB avtomototransport vositalarining texnik |
| Aʼzolari | | |
| Xujanov Allamurod | | Oʻzbekiston avtomobil va daryo transport agentligi hududiy boʻlinmasi xodimi |
| Kattayev Uktam | | tuman “Oʻzagrosugʻurta” boʻlimi boshligʻi |
| Suyunov Shavkat | | tuman YTXTPFK boshligʻi |
| Umirzoqov Olim | | tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasi inspektori |
| Buriyev Abduraxmon | | tuman “Avtomotohavaskorlar” jamiyati raisi |
| | | Viloyat Sinov va sertifikatlashtirish markazidan tumanga biriktirilgan vakil |
Qamashi tuman hokimining 2013-yil 27-fevraldagi X-111/2-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Qamashi tumanida mavjud boʻlgan tashkilot, korxona va avtoxoʻjaliklarga tegishli avtomototransport vositalarining 2013-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
J A D V A L I
| № |
Avtoxoʻjalik va tashkilotlar nomi |
Koʻrikdan oʻtadigan kun | Koʻrik oʻtadigan joyi | Transport vositasi soni |
| 1. | Xususiy korxonalar | 01.03.2013.y | Saroyida | 50 |
| 2. | MChJlar | 04.03.2013.y | Saroyida | 26 |
| 3. | Elektr tarmoqlari | 05.03.2013.y | Saroyida | 12 |
| 4. | Kimyolashtirish k | 06.03.2013.y | Saroyida | 12 |
| 5. | Kommunal xoʻjaligi va Fizioterapiya kasalxonasi va markaziy shifoxona | 07.03.2013.y | Saroyida | 32 |
| 6. | Paxta zovodi va Yoʻl qurilish korxonasi | 08.03.2013.y | Saroyida | 18 |
| 7. | Gazlashtirish va agrosanoat energiya | 12.03.2013.y | Saroyida | 12 |
| 8. | 98 OXJ | 13.03.2013.y | Saroyida | 63 |
| 9. | Agrobiznes va barcha kollejlar | 14.03.2013.y | Saroyida | 22 |
| 10. | MTP va MMTPlar | 15.03.2013.y | Saroyida | 45 |
Jadval tuzdi: Qamashi tumani IIB YHXG katta inspektori serjant S.Umarov.