Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
ILOVA
1-ILOVA
2-ILOVA
|
Haydovchilik toifalari |
Tibbiy moneliklar |
|
“A” toifa |
1. Koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan 0,6 dan past yaxshi koʻradigan koʻzda, 0,2 dan past yomonroq koʻradigan koʻzda. Ruxsat etiladigan korreksiya miopiya va gipermetropiya uchun 8,0 D, shu jumladan kontaktli linzalar bilan, astigmatizmda — 3,0 D (sfera va silindrning yigʻindisi 8,0 D-dan oshmasligi kerak). Ikki koʻzdagi linzalar kuchining farqi 3,0 D-dan oshmasligi kerak. 2. Shox pardaning refraksion jarrohlik amaliyotlaridan soʻnggi (keratotomiya, keratomilez, keratokoagulyatsiya, refraksion keratoplastika) 3 oygacha davri yoki asoratlari mavjud va refraksiya +8,0 D dan –8,0 D gacha oshgan holat. 3. Koʻrish faoliyatining jiddiy buzilishlari bilan kuzatiladigan koʻz pardasining surunkali kasalliklari, qovoqlarning turgʻun oʻzgarishlari, shu jumladan, ularning shilliq pardalari, koʻrish va koʻz olmasining harakatini cheklovchi qovoq mushaklarining parezlari. 4. Jarrohlik yoʻli bilan bartaraf qilib boʻlmaydigan koʻz yoshlanishi. 5. Paralitik gʻilaylik va koʻzlarning hamjihat harakatlarining boshqa buzilishlari. 6. Turli etiologiyali gʻilaylik natijasida kelib chiqqan turgʻun diplopiya. 7. Spontan nistagm. 8. Har qanday meridiandagi koʻrish maydonining 20 gradusdan koʻpga cheklanishi. 9. Rang ajratish buzilishlari (monoxromaziya, dixromaziya, protanopiya, deyteranopiya). 10. Toʻr parda va koʻrish nervining degenerativ va distrofik kasalliklari (pigmentli retinit, koʻrish nervining atrofiyasi, toʻr pardaning koʻchishi). 11. Bir qoʻl kafti yoki oyoq panjasining yoʻqligi, shuningdek harakatning jiddiy qiyinlashuviga olib keluvchi qoʻl kafti va oyoq panjasining deformatsiyasi. 12. Qoʻl barmoqlari yoki falangalarning yoʻqligi, shuningdek qoʻldagi falangalararo boʻgʻimlarning harakatsizligi: oʻng yoki chap qoʻl bosh barmogʻining ikki falangasini yoʻqligi; oʻng qoʻldagi ikkita yoki undan ortiq barmoqlar yoʻqligi yoki harakatsizligi, yoki bir barmoqda boʻlsa ham toʻliq buklanib tirishish. chap qoʻldagi uchta yoki undan ortiq barmoqlar yoʻqligi yoki harakatsizligi, yoki bir barmoqda boʻlsa ham toʻliq buklanib tirishish. 13. Oyoqlarning 6 sm va undan ortiqroq kaltalanishi. Oyoqning uzunligi 75 sm dan ortiqroq (tovon suyagidan son suyagi katta koʻstining oʻrtasigacha) boʻlsa, oyoq suyaklari, yumshoq toʻqimalari va boʻgʻimlarida defektlar mavjud boʻlmasa va harakatlar hajmi saqlangan boʻlsa tekshiriluvchilar yaroqli deb hisoblanishi mumkin. 14. Yaqqol nevrologik simptomatikasi bilan kechadigan kalla suyaklarining travmatik deformatsiyalari va defektlari. 15. Bir quloqning toʻliq karligi, ikkinchi quloqning soʻzlashuv nutqini 3 metrdan kam masofada, pichirlash nutqini 1 metr masofada qabul qilishi holatlarida, yoki soʻzlashuv nutqini har bir quloqda 2 metrdan kam boʻlgan masofada qabul qilishi. 16. Xolesteatoma, granulyatsiya yoki polip (epitimpanit) bilan asoratlangan oʻrta quloqning bir tomonlama yoki ikki tomonlama surunkali yiringli yalligʻlanishi. Fistula simptomining mavjudligi. 17. Surunkali yiringli mastoidit, mastoidektomiyadan keyingi asoratlar (kista, oqma yara). 18. Vestibulyar analizatori faoliyatini buzilishiga olib keluvchi turli etiologiyadagi kasalliklar, bosh aylanishi sindromi, nistagm (Menyer kasalligi, labirintitlar, turli etiologiyadagi vestibulyar krizlar va boshqalar). 19. Bachadon va qinning tushishi, rektovaginal va qovuq-qin oqma yaralari, toʻgʻri ichak sfinkteri butunligining buzilishi, moyak yoki urugʻ tizimchasining istisqosi, harakatni chegaralovchi churralar. |
|
“B” toifa |
1. Koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan 0,6 dan past yaxshi koʻradigan koʻzda, 0,2 dan past yomonroq koʻradigan koʻzda. Taksi haydovchilari va operativ xizmat transport vositalari haydovchilari (tez tibbiy yordam, yongʻin xavfsizligi, militsiya, avariya-qutqaruv xizmati, harbiy avtomobil noziri) uchun koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan 0,8 dan past bir koʻzda, ikkinchi koʻzda 0,4 dan past. Ruxsat etiladigan korreksiya miopiya va gipermetropiya uchun 8,0 D, shu jumladan kontaktli linzalar bilan, astigmatizmda — 3,0 D (sfera va silindrning yigʻindisi 8,0 D-dan oshmasligi kerak). Ikki koʻzdagi linzalar kuchining farqi 3,0 D-dan oshmasligi kerak. 2. “A” toifaning 2 — 19-bandlariga qaralsin. 3. 150 sm dan past boʻlgan boʻy. |
|
“S” toifa |
1. Koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan 0,8 dan past yaxshi koʻradigan koʻzda, 0,4 dan past yomonroq koʻradigan koʻzda. Ruxsat etiladigan korreksiya miopiya va gipermetropiya uchun 8,0 D, shu jumladan kontaktli linzalar bilan, astigmatizmda — 3,0 D (sfera va silindrning yigʻindisi 8,0 D-dan oshmasligi kerak). Ikki koʻzdagi linzalar kuchining farqi 3,0 D-dan oshmasligi kerak. 2. “A” toifaning 2 — 19-bandlariga qaralsin. 3. 160 sm dan past boʻlgan boʻy. 4. Umumiy jismoniy rivojlanishi past. |
|
“D” toifa |
1. “S” toifaning 1 — 4-bandlariga qaralsin. 2. Yoʻlovchi transporti uchun — nutq buzilishlari va logonevroz (duduqlanish)ning ogʻir shakllari. |
|
“E” toifa |
1. Tirkama ulanadigan “B”, “S” yoki “D” toifali transportga taalluqli tibbiy moneliklar. 2. Oyoqlarning birining 6 sm va undan ortiqroq kaltalanishi. |
|
Tramvay, trolleybus boshqarish |
1. “S” toifaning 1 — 4-bandlariga qaralsin. 2. Yurak ritmning sunʼiy implantant boshqaruvi. |
|
Konstruktiv tavsiflar boʻyicha belgilangan transport vositalarini boshqarish moneliklari (nogironlar uchun qoʻl bilan boshqariladigan avtomobil va motoaravachalar) |
1. “A” toifaning 1 — 10-bandlariga qaralsin. 2. Bir qoʻl kafti yoki oyoq panjasining yoʻqligi, shuningdek harakatning jiddiy qiyinlashuviga olib keluvchi qoʻl kafti va oyoq panjasining deformatsiyasi (transport vositasiga tegishli konstruktiv moslamalar oʻrnatilgan holatlar bundan istisno). 3. Qoʻl barmoqlari yoki falangalarning yoʻqligi, shuningdek qoʻldagi falangalararo boʻgʻimlarning harakatsizligi: oʻng yoki chap qoʻl bosh barmogʻining ikki falangasining yoʻqligi; oʻng qoʻldagi ikkita yoki undan ortiq barmoqlar yoʻqligi yoki harakatsizligi, yoki bir barmoqda boʻlsa ham toʻliq buklanib tirishish. chap qoʻldagi uchta yoki undan ortiq barmoqlar yoʻqligi yoki harakatsizligi, yoki bir barmoqda boʻlsa ham toʻliq buklanib tirishish (kaft kuchi va ushlab olish faoliyati saqlangan holatlar bundan istisno). 4. “A” toifaning 14 — 19-bandlariga qaralsin. |
3-ILOVA
| format A-5 | |||||||||
| | |
083/h shakldagi tibbiy |
|||||||
| Oʻzbekiston Respublikasi | | |
maʼlumotnoma |
||||||
| Sogʻliqni saqlash vazirligi | | | | | | ||||
|
___________________________ |
| | | | | | |||
|
(muassasa nomi) |
| | | | | | |||
| | | | | | | | | | |
|
Haydovchining (haydovchilikka nomzodning) |
|||||||||
| | | | | | | | | | |
| Familiyasi _________________________________ | |||||||||
| Ismi ______________________________________ | |||||||||
| Otasining ismi _____________________________ | |||||||||
| Tugʻilgan sanasi va yoshi _______________________ | |||||||||
| Yashash joyi _____________________________________________________________ | |||||||||
| Ish joyi ________________________________________________________________ | |||||||||
| Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasi 20___ yil “____” _____________________________ | |||||||||
| | | | | | | | | | |
|
Tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha |
|||||||||
| | | | | | | | | | |
| 1. “A” toifadagi transport vositasini boshqarishga ____________________________. | |||||||||
| 2. “B” toifadagi transport vositasini boshqarishga _____________________________. | |||||||||
| 3. “S” toifadagi transport vositasini boshqarishga _____________________________. | |||||||||
| 4. “D” toifadagi transport vositasini boshqarishga _____________________________. | |||||||||
| 5. “E” toifadagi transport vositasini boshqarishga _____________________________. | |||||||||
| 6. Tramvay boshqarishga __________________. | |||||||||
| 7. Trolleybus boshqarishga __________________. | |||||||||
| 8. Yollanib ishlashga __________________. | |||||||||
| 9. Alohida belgilar _______________________________________________________ | |||||||||
| _______________________________________________________________ | |||||||||
| _______________________________________________________________ | |||||||||
| Ushbu maʼlumotnomani amal qilish muddati | 20____ yil “____” ________gacha. | ||||||||
| | | | | | | | | | |
|
3,5 x 4,5 rasm |
| | | | |||||
| | Komissiya raisi |
(F.I.O.) |
__________________ | ||||||
| | | | | |
(imzo) |
||||
| | |||||||||
| | Kotib |
(F.I.O.) |
__________________ | ||||||
| | | M.Oʻ. | | | | |
(imzo) |
||