Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 27.06.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2472
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yo‘l harakati xavfsizligi. Texnik ko‘rik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang);
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.04 Tibbiy ko‘rik]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 27-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2472]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-son “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 31-32-son, 317-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 11-iyundagi 16, 14-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Ushbu Nizom haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “A”, “B”, “S”, “D” va “E” toifalaridagi avtomototransport vositalari hamda tramvay va trolleybus (bundan buyon matnda transport vositasi deb yuritiladi) haydovchilari va haydovchilikka nomzodlar, ularning sog‘lig‘i transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini aniqlash maqsadida ushbu Nizomda belgilangan tartibda majburiy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Haydovchilar, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatib o‘tilgan haydovchilardan tashqari, har ikki yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar tibbiy ko‘rikdan har yili o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Haydovchilikka nomzodlar tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini olish uchun majburiy ravishda dastlabki tibbiy ko‘rikdan, transport vositalarining haydovchilari esa majburiy ravishda davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport vositalarining biron bir toifasini (“A”, “B”, “S”, “D” va “E”) boshqarish huquqiga hamda ushbu toifa bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tish muddati tugamagan tibbiy xulosaga ega va quyi toifadagi (misol uchun “A” toifa “B” toifaga nisbatan quyi hisoblanadi) transport vositalarini boshqarishga nomzodlar qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tishlari shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Haydovchilar va haydovchilikka nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari hamda belgilangan tartibda litsenziyaga ega bo‘lgan xususiy tibbiyot tashkilotlari (bundan buyon matnda tibbiyot tashkiloti deb yuritiladi) qoshida tashkil etiladigan tibbiy haydovchilik komissiyalari (bundan buyon matnda tibbiy komissiya deb yuritiladi) tomonidan pullik asosda amalga oshiriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoshida tibbiy komissiyalar tashkil etiladigan davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari tomonidan belgilanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini aniqlash uchun dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasasining tibbiy komissiyasi tomonidan bepul amalga oshiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-maydagi 16-son va Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 6-maydagi 17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-4, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2025-y., 10/25/2472-4/0477-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-iyun)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tibbiy komissiya quyidagi tarkibda tibbiyot tashkiloti rahbariyatining buyrug‘iga asosan tashkil etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terapevt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkolog;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixiatr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kardiolog;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
travmatolog-ortoped;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarroh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nevropatolog;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oftalmolog;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kotib.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Zarur hollarda, ya’ni tibbiy komissiya shifokorlarining soha yo‘nalishiga tegishli bo‘lmagan kasalliklar aniqlanganda, tibbiy komissiya tarkibiga boshqa shifokor mutaxassisi jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati uch kalendar kunidan oshmasligi kerak. Murakkab, qo‘shimcha tibbiy tekshiruv talab etiladigan holatlarda ushbu muddat tibbiyot tashkiloti rahbari tomonidan asoslangan holda o‘n kalendar kunigacha uzaytirilishi mumkin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan shaxslarga mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq 083/h shakldagi elektron tibbiy ma’lumotnoma (bundan buyon matnda 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma deb yuritiladi) beriladi va ushbu tibbiy ma’lumotnomada tibbiy ko‘rik natijalari ko‘rsatib o‘tiladi. Bunda, 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuklab olinadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim muassasalari hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek, imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom (bundan buyon matnda Milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom deb yuritiladi) talablari asosida milliy haydovchilik guvohnomalarini olish uchun haydovchilikka nomzodlar va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tadigan haydovchilar tomonidan 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim qilinadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun haydovchilar va haydovchilikka nomzodlar tibbiy komissiyaga pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatni ko‘rsatadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchi shaxslarga tibbiy komissiya tomonidan alohida ambulator tibbiy karta (025/h shakli) rasmiylashtiriladi va ularning ro‘yxati yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shaxslar flyuorografik tekshiruvidan, RW qon tekshiruvidan va O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan Transport vositalarini boshqarishga doir tibbiy qarshi ko‘rsatmalar ro‘yxati (bundan buyon matnda Tibbiy qarshi ko‘rsatmalar deb yuritiladi) bo‘yicha quyidagi mutaxassislar ko‘rigidan o‘tishlari shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terapevt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkolog;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixiatr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kardiolog;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
travmatolog-ortoped;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarroh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nevropatolog;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oftalmolog.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan 55 va undan ortiq yoshdagi shaxslar EKG tekshiruvidan ham o‘tishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tgan bir yil mobaynida flyuorografik tekshiruvidan o‘tgan shaxslar qo‘shimcha ravishda flyuorografik tekshiruvidan o‘tishlari talab etilmaydi. Bunda oxirgi flyuorografik tekshiruvi natijalari taqdim etilishi lozim.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Haydovchilikka nomzodlar va haydovchilar transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishidan bir oy oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 35-bandiga muvofiq agar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (bundan buyon matnda DYHXX deb yuritiladi) hududiy organlari yoki avtotransport tashkilotlaridagi mansabdor shaxslarda haydovchining sog‘lig‘iga nisbatan shubha tug‘ilgan bo‘lsa, unga belgilangan muddatdan oldin kasbiga layoqati bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tish uchun yo‘llanma berilishi mumkin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 36-bandiga muvofiq agar haydovchi kasbiga layoqati bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tishdan bo‘yin tovlasa yoki u tibbiy komissiya tomonidan avtomototransport vositalarini boshqarishga noloyiq deb topilsa unga doir hujjatlar hududiy DYHXX xodimi tomonidan, belgilangan tartibda avtomototransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish masalasini ko‘rib chiqish uchun sud idoralariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchini tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tkazish haqidagi qaror hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘linmalarining boshlig‘i yoki guruhlarining katta inspektori, ular bo‘lmaganda esa ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 37-bandiga muvofiq avtomototransport vositalarini mast holda boshqarganligi uchun boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar, milliy haydovchilik guvohnomasini qaytarib olish uchun, mahrum qilish muddatidan qat’i nazar, ma’muriy jazo muddati nihoyasiga yetgach, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 53-bandiga muvofiq tibbiy komissiya tomonidan qayta tekshiruvdan o‘tish muddati belgilangan shaxslarga milliy haydovchilik guvohnomasini berishda “Alohida belgilar uchun” joyida “Tibbiy ma’lumotnoma majburiy” degan yozuv kiritiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tibbiy ko‘rik o‘tkazilayotgan tibbiyot tashkilotida tibbiy ko‘rikning ayrim turlarini o‘tkazish imkoni bo‘lmagan taqdirda, haydovchi tibbiy komissiyaning qaroriga ko‘ra boshqa tibbiyot tashkilotiga qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan pullik asosda o‘tish uchun yuborilishi mumkin. Bunda, haydovchiga qaysi tibbiyot tashkilotiga borishi, uning joylashgan manzili aniq ko‘rsatilishi lozim.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Haydovchilarning transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish Tibbiy qarshi ko‘rsatmalar ro‘yxatiga asosan amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tibbiy ko‘rik natijalari tibbiy komissiya tomonidan ochilgan ambulator tibbiy kartaga (025/h shakli) kiritiladi. Unda haydovchining yoki haydovchilikka nomzodning sog‘lig‘i holati aks ettiriladi va tibbiy komissiyaning transport vositasi boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan haydovchi yoki haydovchilikka nomzod transport vositasini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosani har bir shifokor o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha Tibbiy qarshi ko‘rsatmalar ro‘yxatiga asoslangan holda beradi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Transport vositalarini boshqarishga yaroqsiz deb xulosa qabul qilingan taqdirda shifokor ushbu xulosaga asos bo‘lgan Tibbiy qarshi ko‘rsatmalar ro‘yxatining aniq bandlarini ko‘rsatadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma transport vositasini boshqarishga yaroqlilik to‘g‘risidagi asosiy tibbiy hujjat bo‘lib, tibbiy komissiya raisi tomonidan to‘ldiriladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchi va haydovchilikka nomzodlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar hamda 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomalar nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazida (Data center) saqlanadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tibbiy qarshi ko‘rsatmalar ro‘yxatida belgilangan hollarda istisno tariqasida transport vositalarini boshqarishga ruxsat berish (individual yondashuv) tibbiy komissiyalar tomonidan quyidagi asoslarda amalga oshirilishi mumkin:
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasallik turi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkiloti (bo‘limi) xulosasi asosida;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
protez bandlik va mehnat munosabatlari organlari protez ustaxonalarida nazorat ko‘rigidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida (maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan (qo‘l bilan boshqariladigan) va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarishga ruxsat etilayotgan chap oyog‘i to‘liq yoki qisman amputatsiya qilingan shaxslarga).
(25-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-apreldagi 23, 32-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-1, 12.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2472-1/1213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Istisno tariqasida ruxsat berilgan taqdirda tibbiy komissiya xulosasi 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomaga “individual yondashuv asosida ruxsat etilgan” degan yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Istisno tariqasida avtotransport vositalarini boshqarishga ruxsat berilayotgan shaxslarga ruxsat etilgan to‘la vazni 3500 kilogrammdan ortiq bo‘lgan, maxsus tovushli va yorug‘lik signallari bilan jihozlangan, yoki xavfli yuklarni, shuningdek yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan, haydovchi o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo‘lgan avtomobillarni boshqarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-bob. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271. Nogironligi bo‘lgan shaxslar maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil transport vositalarini boshqarishga yaroqli ekanliklarini aniqlash uchun pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatni ko‘rsatgan holda ariza bilan turar joydagi davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasasining tibbiy komissiyasiga murojaat qiladi.
(271-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-maydagi 16-son va Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 6-maydagi 17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-4, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2025-y., 10/25/2472-4/0477-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-iyun)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasasining tibbiy komissiyasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati 3 kalendar kundan oshmasligi kerak. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati murakkab, qo‘shimcha tibbiy ko‘rik talab etilganda davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasasining tibbiy komissiyasi rahbari tomonidan, asoslangan xolda, 14 kalendar kuniga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasasining tibbiy komissiyasi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxsga 083h shaklidagi tibbiy ma’lumotnoma faqat “B” toifasidagi shaxsiy transport vositasini boshqarishga yaroqli yoki yaroqsiz deb beriladi.
(272-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 15-maydagi 16-son va Ichki ishlar vazirining 2025-yil 6-maydagi 17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-4, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2025-y., 10/25/2472-4/0477-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-iyun)
(O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-maydagi 16-son va Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 6-maydagi 17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2472-4, 28.05.2025-y.) asosan 273-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-iyun — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2025-y., 10/25/2472-4/0477-son)
(O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-maydagi 16-son va Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 6-maydagi 17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2472-4, 28.05.2025-y.) asosan 274-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-iyun — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.05.2025-y., 10/25/2472-4/0477-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275. Quyidagilar maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan (qo‘l bilan boshqariladigan) uzatgichli yengil transport vositasini boshqarishga tibbiy ko‘rsatma hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatning ifodalangan chegaralanishiga sabab bo‘ladigan oyoq kaft deformatsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oyoqning 7 sm va undan ortiqroq kaltaligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yoki ikkala son suyagining amputatsion cho‘ltoqligi, cho‘ltoqlik qaysi qismdan bo‘lishi va protezlash imkoniyatidan qat’iy nazar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir yoki ikkala oyoq boldir sohasining amputatsion cho‘ltoqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir tomonlama son yoki boldir qismi cho‘ltog‘i, ikkinchi oyoqning harakat yoki statik faoliyatining ifodalangan darajadagi buzilishi bilan (oyoq panjasining amputatsion cho‘ltoqligi, deformatsiyasi, qon tomir kasalliklari, yirik periferik nervlarning shikastlanishi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yurish, o‘tirish faoliyatining buzilishiga olib keluvchi umurtqa pog‘onasi, tos yoki ikkala oyoqlarning turg‘un deformatsiyasi yoki kasalliklari (oyoqlarning ankilozlovchi poliartriti, og‘ir darajadagi kifoskolioz va spondiliti, psevdoartroz, endarterit II va III darajasi, filoyoqlilik va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tirish holati saqlangan pastki oyoqlarning parezi yoki falajligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chap oyoq qon tomir va nerv tolalarining shikastlanishi, ifodalangan trofik buzilishlari bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276. Quyidagilar avtomatik transmissiya vositasi yordamida transport vositasini boshqarishga tibbiy ko‘rsatma hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chap qo‘l yoki kaftning yo‘qligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chap oyoq yoki oyoq panjasining yo‘qligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kaft yoki chap oyoq panjasining deformatsiyasi, harakatning ifodalangan buzilishlari bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chap son yoki boldir cho‘ltoqligi, bir vaqtning o‘zida chap qo‘lning yo‘qligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ng kaft barmoq yoki falangalarining yo‘qligi, shuningdek, falangalararo bo‘g‘imlarning harakatsizligi (bosh barmoqning 2 ta falangasi yo‘qligi, bosh barmoq saqlangan holda, o‘ng qo‘lning ikkita va undan ortiq barmoqlarining yo‘qligi yoki harakatsizligi, yoxud bitta barmoqning keltiruvchi funksiyasining yo‘qligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil harakatlanish layoqatining I va II darajali buzilishi bilan kechuvchi chap tomonlama gemiparez.
(21-bob O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 25-apreldagi 23, 32-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2472-1, 12.05.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2472-1/1213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tibbiy komissiyalar tomonidan beriladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Transport vositalarini boshqarishga yaroqli deb topilgan shaxslarga 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnomada uning haqiqiy ekanligini tekshirish imkonini beruvchi QR-kod (matrik shtrixli kod) bo‘ladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ko‘zoynak yoki eshitish apparati bilan transport vositalarini boshqarishga yaroqli deb topilganda tibbiy ma’lumotnomaning “alohida belgilar” so‘zlaridan so‘ng “ko‘zoynak (kontakt linza) taqish majburiy” yoki “eshitish apparati majburiy” degan belgi qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma unda ko‘rsatib o‘tilgan muddatgacha amal qiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Haydovchilikka nomzod yoki haydovchi tibbiy komissiya tomonidan tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha transport vositasini biron bir toifasini yoki umuman transport vositalarini boshqarishga noloyiq deb topilgan taqdirda unga beriladigan 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnomada ushbu haqida tegishli belgi qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha javobgarlik va nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tibbiy ko‘rikning sifatli o‘tkazilishiga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazuvchi tibbiyot tashkilotining rahbari javobgar hisoblanadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 30-oktabrdagi 43-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 27-oktabrdagi 57-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-2, 30.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tibbiy ko‘rik natijalari yuzasidan noroziliklar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Nizomning talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAYITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 5-iyun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
(O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbining tasviri)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
Haydovchining (haydovchilikka nomzodning)
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha
MA’LUMOTNOMA
№
Tibbiy muassasa nomi:
(Tibbiy ko‘rik o‘tkazuvchi tashkilotning nomi)
F.I.O.
(Oluvchining F.I.O.)
JSHSHIR
(Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami)
Pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami
(Seriya va raqam)
Tug‘ilgan sanasi va yoshi
(kk.oo.yyyy (yosh))
Yashash joyi
(Doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili)
Ish joyi
(Tashkilot nomi)
Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish sanasi
(kk.oo.yyyy)
Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha
XULOSA*
1. “A” toifadagi transport vositasini boshqarishga
2. “B” toifadagi transport vositasini boshqarishga
3. “C” toifadagi transport vositasini boshqarishga
4. “D” toifadagi transport vositasini boshqarishga
5. “E” toifadagi transport vositasini boshqarishga
6. Tramvay boshqarishga
7. Trolleybus boshqarishga
8. Yollanib ishlashga
9. Alohida belgilar
Ushbu ma’lumotnomaning amal qilish muddati
kk.oo.yyyy gacha.
Komissiya raisi (F.I.O)
Hujjatni imzolagan tibbiy komissiya tarkibi
(F.I.O.)
(Hujjatning
haqiqiyligini
tasdiqlovchi
QR-kod)
(Hujjat
noyob
raqami)
QR-kod skaner qilinganda, ushbu hujjatning nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy axborot resursidan ssv.uz domeni orqali generatsiya qilinadi. 083/h shakldagi tibbiy ma’lumotnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Xulosaning 1 — 8-bandlari to‘g‘risiga yaroqli yoki yaroqsiz degan belgi qo‘yiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 29-son va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 9-sentabrdagi 21-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2472-3, 26.09.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 26-son, 343-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2018-y., 10/18/2472-1/1213-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 01.12.2023-y., 10/23/2472-2/0914-son; 27.09.2024-y., 10/24/2472-3/0755-son; 28.05.2025-y., 10/25/2472-4/0477-son)