Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hokimining
Qarori
2013-yilda avtomototransport vositalarini texnik koʻrigidan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar— bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;
4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalarning texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
Yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda oʻtkaziladi.
Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilsin.
5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.
6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari N. Boboyev zimmasiga yuklatilsin.
10. Qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. OMONOV
Dehqonobod t.,
2013-yil 15-fevral,
X-99/02-son
Tuman hokimining 2013-yil 15-fevraldagi X-99/02-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Dehqonobod tumanida 2013-yilda avtomototransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalarni texnika koʻrigini oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
| A. Uzoqov | — | tuman IIB yoʻl harakati xavfsizligi guruhi, avtomototransport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanishni nazorat etish guruhi katta inspektori, komissiya raisi |
| | | |
| | | Aʼzolari |
| | | |
| A.Doʻsatov | — | Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boʻlinmasi xodimi |
| | | |
| A.Uzoqov | — | tuman IIB YHXG jamoatchilik vakili |
Dehqonobod tuman hokimining 2013-yil 15-fevraldagi X-99/02-sonli qaroriga
2 ILOVA
2 ILOVA
Dehqonobod tumanida 2013-yilda avtomototransport vositalarining majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
| № | Avtoxoʻjalik va tashkilotlar nomi |
Joylashgan manzili |
Koʻrikdan oʻtadigan kun |
Vaqti | Koʻrik oʻtadigan joyi |
Transport vositasi soni |
| 1. | “Agrobiznes va transport” kolleji | Qarashina shaharchasi | 04.03.2013 | 09.00 | “Dehqonobod trans” MChJ avtosaroyida |
4 |
| 2. | Tuman Veterinariya boʻlimi | Qarashina shaharchasi | 05.03.2013 | 09.00 | 3 | |
| 3. | “Kaliyli oʻgʻitlar zavodi” | Beshbuloq shaharchasi | 07.03.2013 08.03.2012 |
09.00 | Kaliyli oʻgʻitlar zavodida |
50 |
| 4. | “Istiqlol” x/f | Qarashina shaharchasi | 11.03.2013 | 09.00 | “Dehqonobod trans” MChJ avtosaroyida |
15 |
| 5. | “Shodlik” x/f | Qarashina shaharchasi | 12.03.2013 | 09.00 | 5 | |
| 6. | “Abbos” x/f | Qarashina shaharchasi | 14.03.2013 | 09.00 | 10 | |
| 7. | “Dehqonobod trans” MChJ | Qarashina shaharchasi | 15.03.2013 | 09.00 | 20 | |
| 8. | “Oʻrmon xoʻjaligi” | Qarashina shaharchasi | 18.03.2013 | 09.00 | 7 | |
| 9. | Tuman “YXTPTFK” (AYB) | Qarashina shaharchasi | 19.03.2013 | 09.00 | 6 | |
| 10. | “Elektr tarmoqlari” | Qarashina shaharchasi | 25.03.2013 | 09.00 | 7 | |
| 11. | “Ulugʻbek” x/f | Dehqonobod shaharchasi | 02.04.2013 | 09.00 | 3 | |
| 12. | PUOOO “Zumkinjiring” | Xoʻjaipok qishlogʻi | 04.04.2013 | 09.00 | Kaliyli oʻgʻitlar zavodi �avtosaroyida |
4 |
| 13. | “DSENM” | Qarashina shaharchasi | 05.04.2013 | 09.00 | “Dehqonobod trans” MChJ avtosaroyida |
7 |
| 14. | “Tibbiyot birlashmasi” | Qarashina shaharchasi | 08.04.2013 | 09.00 | 4 | |
| 15. | “Vatanparvar” MKT | Qarashina shaharchasi | 11.04.2013 | 09.00 | 6 | |
| 16. | M.T.P D.A.J | Qarashina shaharchasi | 15.03.2013 | 09.00 | “Dehqonobod trans” MChJ avtosaroyida |
6 |
| 17. | “Pochta va telekommunikatsiya” | Qarashina shaharchasi | 16.04.2013 | 09.00 | 4 | |
| 18. | “Xalq tijorat banki” | Qarashina shaharchasi | 19.04.2013 | 09.00 | 2 | |
| 19. | “Abdirayimota” x/f | Qarashina shaharchasi | 22.04.2013 | 09.00 | 4 | |
| 20. | Tumandagi xususiy va fermer xoʻjaliklar | Qarashina shaharchasi | 06.05.2013 | 09.00 | 155 | |
| 21. | | Oqqishloq | 16.05.2013 | 09.00 | “Dolchin” avtosaroyida | 7 |