Fargʻona viloyat hokimining
Qarori
Viloyatda ijara munosabatlarini tartibga solish hamda qoʻllaniladigan ijara haqining yagona eng kam stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-sonli qaroriga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2012-yil 11-dekabrdagi 02/14-3577-sonli xatiga muvofiq qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan 2012-yil 10-dekabrda tasdiqlangan tartib hamda faoliyat turlariga nisbatan davlat mulkidan foydalanish boʻyicha 2013-yil uchun belgilangan ijara haqining eng kam stavkalari amalda foydalanish uchun qabul qilinsin.
2. Faoliyat turlariga nisbatan davlat mulkidan foydalanganlik uchun belgilangan ijara haqining eng kam stavkalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasi mazkur ilovada koʻrsatilgan yagona eng kam miqdordagi ijara stavkalaridan ijara haqining shartnoma qiymatini belgilashda tayanch sifatida foydalansin.
3. Davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Chekka hududlarda joylashgan qishloq va togʻlik hududlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-sonli qaroriga asosan davlat mulki boʻlgan binolar va xonalarda joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining nol stavkasi belgilansin.
6. Shahar va tuman hokimliklariga:
6.1. Hududlaridagi korxona va tashkilotlar tasarrufida boʻlgan foydalanilmay boʻsh turgan davlat obyektlarini doimiy xatlovdan oʻtkazib borish hamda oʻtkazilgan xatlov natijalari boʻyicha maʼlumotlarni Davlat mulkini ijaraga berish markaziga muntazam taqdim etib borishi belgilansin.
6.2. Balansida saqlovchilarning mansabdor shaxslari ularning tasarrufida boʻlgan foydalanmayotgan hamda ijaraga berilayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davlat mulkini ijaraga berish markaziga oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli berilishi uchun shaxsan javob beradilar.
7. Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi (M. Sadiqov), viloyat Moliya boshqarmasi (N. Xodjayev), viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi (Z. Teshaboyev), viloyat oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi (I. Nosirov) xamda viloyatdagi davlat muassasalari oʻz tizimlari va tasarruflarida boʻlgan foydalanilmay boʻsh turgan noturar obyektlarini viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUK bilan birgalikda xatlovdan oʻtkazib borish hamda ijaraga berilgan mulklarni doimiy monitoring qilib borsin.
8. Viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasi (Sh. Egitaliyev) xatlov natijasida aniqlangan foydalanilmay boʻsh turgan obyektlarni belgilangan tartibda tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish ishlarini jadallashtirsin.
9. Mazkur qarordan kelib chiqqan xolda viloyat hokimining 2011-yil 23-dekabrdagi 257-sonli qarorining 1 va 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10.Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari A. Poʻlatov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Sh. GʻANIYEV
Viloyat hokimining 2012-yil 28-dekabrdagi 260-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Fargʻona viloyatida noturar binolar va ularni ijaraga berilgan maydonlar uchun qoʻllaniladigan ijara haqining yagona eng kam miqdordagi stavkalari
|
(Bir yilga umumiy foydalanish maydonining 1 kv.m uchun soʻm hisobida) | |||
| T/r | Faoliyat turining kodlari |
Ijarachilarning faoliyat turlari |
1 kv.m uchun yillik ijara stavkasi |
| | |
SANOAT |
|
| 1. | 11200 | Yonilgʻi sanoati | 2500 |
| 2. | 13100 | Kimyo sanoati | 2500 |
| 3. | 13300 | Neft-kimyo sanoati | 2500 |
| 4. | 14100 | Mashinasozlik | 2500 |
| 5. | 14200 | Dastgohsozlik va asbobsozlik sanoati | 2500 |
| 6. | 14300 | Hisoblash vositalari sanoati | 2500 |
| 7. | 14400 | Traktor va qishloq xoʻjalik mashinasozligi | 2500 |
| 8. | 14500 | Qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozlik | 2500 |
| 9. | 14600 | Engil va oziq-ovqat sanoati mashinasozligi hamda maishiy priborlar ishlab chiqarish | 2000 |
| 10. | 14710 | Sanitar-texnik va gaz uskunalari hamda buyumlari ishlab chiqarish | 2500 |
| 11. | 14800 | Metall konstruksiya va buyumlar sanoati | 2500 |
| 12. | 14900 | Mashina va uskunalar taʼmirlash | 2500 |
| 13. | 14780 | Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari | 2500 |
| | |
Oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz sanoati |
|
| 14. | 15100 | Yogʻoch tayyorlov sanoati | 2500 |
| 15. | 15200 | Yogʻochni qayta ishlash sanoati | 2500 |
| 16. | 15300 | Sellyuloza-qogʻoz sanoati | 2500 |
| 17. | 16100 | Qurilish materiallari sanoati | 2500 |
| | |
Engil sanoat |
|
| 18. | 17100 | Toʻqimachilik sanoati | 2500 |
| 19. | 17200 | Tikuvchilik sanoati* | 2500 |
| 20. | 17300 | Charm, moʻyna va poyabzal sanoati | 2500 |
| 21. | 17900 | Engil sanoatning boshqa sohalari | 2500 |
| | |
Oziq-ovqat sanoati |
|
| 22. | 18100 | Oziq-ovqat sanoati (baliq, goʻsht, yogʻ-pishloq, va sut sanoatidan tashqari) | 2500 |
| 23. | 18200 | Goʻsht va sut sanoati | 2500 |
| 24. | 18300 | Baliqchilik sanoati | 2500 |
| 25. | 19210 | Un yorma ishlab chiqarish sanoati | 2500 |
| 26. | 19220 | Kombikorm (aralash ozuqa) ishlab chiqarish sanoati | 2500 |
| 27. | 19700 | Sanoatning boshqa sohalari | 2500 |
| | |
Sanoatning boshqa sohalari |
|
| 28. | 19300 | Tibbiyot sanoati | 2500 |
| 29. | 19400 | Nashriyot sanoati | 7000 |
| 30. | 19740 | Kiyim-kechak, va gazlamadan tayyorlangan boshqa buyumlarni kimyoviy tozalash, boʻyash, yuvish va ularga ishlov berish* | 3000 |
| 31. | 19900 | Sanoat-xoʻjalik boshqaruvi | 7000 |
| | |
Qishloq xoʻjaligi |
|
| 32. | 21100 | Oʻsimlikchilik (shu jumladan issiqxona xoʻjaligi) 1 ga. nisbatan | 1000000 |
| 33. | 21200 | Chorvachilik | 1200 |
| 34. | 21300 | Baliqchilik (shu jumladan urugʻchilik) 1 ga. nisbatan | 1000000 |
| 35. | 22200 | Veterinariya xizmati | 2500 |
| 36. | 22300 | Qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar | 2500 |
| 37. | 30000 | Oʻrmon xoʻjaligi (shu jumladan bogʻlar) 1 ga. nisbatan | 1000000 |
| | |
Transport va aloqa |
|
| 38. | 51111 | Umumfoydalanishdagi yerusti temiryoʻl transporti | 2500 |
| 39. | 51121 | Avtomobil xoʻjaligi (avtosaroy, taksisaroy, avtobekatlar, garaj, avtoyuvish) | 2500 |
| 40. | 51520 | Aholi buyurtmasi boʻyicha yuklarni tashish va boshqa transport-ekspeditsiya xizmati | 4500 |
| 41. | 52100 | Pochta aloqasi | 2500 |
| 42. | 52200 | Kuryerlik xizmati | 5000 |
| 43. | 52300 | Elektr-kabel aloqasi | 5000 |
| 44. | 52300 | Elektr-radio, uyali aloqa va peydjir aloqa kompaniyalari uchun (mahkamlash perimetri, texnologik maydonlar va inshootlar bilan) | 21000 |
| | |
Qurilish |
|
| 45. | 60000 | Qurilish | 2500 |
| 46. | 66000 | Loyiha, loyiha qidiruv va qidiruv tashkilotlari | 2500 |
| | |
Savdo va umumiy ovqatlanish |
|
| 47. | 71100 | Ulgurji savdo | 7000 |
| 48. | 71130 | Ulgurji savdo bozorlari | 18000 |
| 49. | 71200 | Chakana savdo | 7000 |
| 50. | 71300 | Umumiy ovqatlanish* | 7000 |
| 51. | 71200 | Kitob doʻkonlari * | 1000 |
| 52. | 71400 | Madaniy-maishiy va xoʻjalik buyumlarini ijaraga berish | 7000 |
| 53. | 71500 | Xalq isteʼmol mollarini olish va sotishda vositachilik xizmati | 11000 |
| 54. | 80000 | Moddiy-texnika taʼminoti va sotish | 7000 |
| 55. | 82000 | Axborot-hisoblash xizmati | 7000 |
| 56. | 82100 | Internet va kompyuter tarmogʻi boʻyicha xizmat koʻrsatish | 7000 |
| 57. | 83000 | Koʻchmas mulk bilan muomala | 7000 |
| 58. | 84300 | Reklama, vakolatlik xizmati | 7000 |
| 59. | 84400 | Auditorlik faoliyati | 7000 |
| 60. | 84500 | Marketing tadqiqotlari, tijorat faoliyati, moliya va boshqaruv muassasalari boʻyicha maslahat xizmati | 7000 |
| 61. | | Geologiya va yer va suv osti boyliklarini qidirish, geodeziya va gidrometerologiya xizmati | 12500 |
| 62. | 87100 | Tahririyat va nashriyot | 4000 |
| 63. | 87300 | Metall chiqindilari va chiqindi xomashyolarini yigʻuvchi tayyorlov idoralari | 4000 |
| 64. | 90100 | Turar joy xoʻjaligi | 4000 |
| 65. | 90220 | Mehmonxona xoʻjaligi | 8000 |
| 66. | 90300 | Maishiy xizmatning noishlab chiqarish turlari | 4000 |
| 67. | 90300 | Sartaroshxona, suratxona, chevarxona va poyabzal taʼmirlash ustaxonalari. | 6000 |
| 68. | 90300 | Lombard | 9000 |
| 69. | 90300 | Hammomlar uchun | 12000 |
| 70. | 90300 | Saunalar va hovuzlar uchun | 24000 |
| | |
Sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy taʼminot |
|
| 71. | 91510 | Sogʻliqni saqlash | 5000 |
| 72. | 91600 | Dam olish va sayyohlik* | 5000 |
| 73. | 91611 | Madaniy dam olish va koʻngil ochar tadbirlarini tashkil etish markazlari (bilyardxonalar, avtomat oʻyinlari, diskoteka va boshqalar) | 8000 |
| 74. | 91700 | Jismoniy tarbiya va sport* | 2500 |
| 75. | 71212 | Dorixona**, koʻzoynak va tibbiy asbob-uskunalar sotish doʻkonlari | 4000 |
| | |
Xalq taʼlimi |
|
| 76. | 92100 | Oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash (oʻquv kurslari bilan)* | 4000 |
| 77. | 92200 | Ishchilarni va boshqa xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish* | 3500 |
| 78. | 92310 | Bolalar umumtaʼlim maktablari (nodavlat tashkilotlari uchun)* | 2000 |
| 79. | | Umumtaʼlim muassasalarida umumiy ovqatlanish xizmatlari* | 2500 |
| 80. | 92400 | Maktabgacha tarbiya muassasalari (nodavlat tashkilotlari uchun) | 2000 |
| 81. | 93000 | Madaniyat va sanʼat* | 7000 |
| 82. | 93132 | Koʻrgazmalar | 6000 |
| 83. | 93160 | Istirohat va madaniyat bogʻlari* | 5000 |
| 84. | 93170 | Botanika va hayvonot bogʻlari* | 5000 |
| 85. | | Televideniye va radioeshittirish tahririyatlari | 5000 |
| 86. | 93620 | Kinostudiya, ovoz yozish studiyalari | 8000 |
| 87. | 95000 | Fan va ilmiy xizmat koʻrsatish | 3000 |
| |
Moliya-kredit faoliyatlari |
| |
| 88. | 96000 | Moliya, kredit va nafaqa taʼminoti (sugʻurta va auditorlik faoliyatlaridan tashqari) | 7000 |
| 89. | 96100 | Bank faoliyati | 7000 |
| | |
Boshqa faoliyat turlari |
|
| 90. | 96200 | Sugʻurta | 7000 |
| 91. | 97800 | Sud va huquq muassasalari | 6000 |
| 92. | 97820 | Advokatlar kollegiyasi va huquqiy maslahatxonalari | 6000 |
| 93. | 98000 | Jamoat birlashmalari | 2000 |
| 94. | 80200 | Omborxona uchun | 7000 |
| 95. | | Davlat muassasalariga idora uchun ijaraga berilgan joylar uchun | 3000 |
| 96. | | Nodavlat muassasalariga idora uchun ijaraga berilgan joylar uchun | 11000 |
| 97. | | Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari | 8000 |
| 98. | | Engil va boshqa turdagi avtomobillarni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish (shu jumladan vulkanizatsiya) | 3000 |
| 99. | | Tuproq va urugʻ holatlarini tekshiruvchi laboratoriyalar | 5000 |
| 100. | | Turli xizmatlarga pul toʻlash (paynet) | 20000 |
| 101. | | Madaniy meros boʻlgan bino va inshootlarida savdo faoliyati | 11000 |
| 102. | | Madaniy meros boʻlgan bino va inshootlarida umumiy ovqatlanish xizmati* | 9500 |
| 103. | | Aviakassa (shu jumladan transport va temir yoʻl va boshqalar) | 11000 |
| 104. | | Bankomatlar | 100000 |
| 105. | | Non va bulochka mahsulotlari ishlab chiqarish | 7000 |
Izoh:
* Chekka hududlarda joylashgan qishloq va togʻlik hududdagi tumanlarda (qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha) joylashgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkasi 25 foizga kamaytirilgan xolda ijara haqi hisoblanadi.
** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.06.2009-yildagi 07/10-41-sonli yigʻilish qarorini 11-bandiga asosan mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, QVP-larda ochilgan dorixona shoxobchalari ijara xaqi toʻlashdan ozod etilgan.
*** Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2012-yildagi № 02/1-74-sonli topshirigʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Savdo boshqarmasi tizimi boʻlimlariga qarashli yopiq harbiy shaharcha va uzoq garnizonlarda joylashgan davlat koʻchmas mulkini ijaraga berishda ijara haqining “0” stavkasi qoʻllaniladi.
Viloyat hokimining 2012-yil 28-dekabrdagi 260-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Ijara haqi stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar
| T/r |
Bino va xonalarning joylashgan oʻrni va turlari boʻyicha |
Qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar | |
| Shahar hududi boʻyicha |
Tumanlar hududi boʻyicha | ||
| 1. | Binolarni hududiy zonalari boʻyicha koeffitsiyenti (Kz) | 1,5 | 1,3 |
| 2. | Binolarni qurilish turi boʻyicha koeffitsiyent (Kq) | — | — |
| | Jumladan: | — | |
| | alohida turadigan binolar uchun | 1,5 | 1,3 |
| | qoʻshimcha qurilgan binolar uchun | 1,3 | 1,2 |
| | binoning tom qismi uchun | 0,4 | 0,4 |
| | cherdak qismi uchun | 0,4 | 0,3 |
| | boloxona qismi uchun | 0,3 | 0,3 |
| | yarim yertoʻla qismi uchun | 0,3 | 0,2 |
| | yertoʻla qismi uchun | 0,3 | 0,2 |
| 3. | Tutash hududdan foydalanish koeffitsiyenti (Kh) | 1,5 | 1,3 |
| 4. | Binodan foydalanishda qulaylik (tijorat) koeffitsiyenti (Ko) (asosiy avtotransport yoʻllari boʻylab joylashish, ikkinchi darajali avtotransport yoʻllariga chiqishda joylashish va boshqalar). | 1,5 | 1,3 |
| | Uyali aloqa kompaniyalarining binolarning tom qismidagi qurilmalari uchun | 0,4 | 0,4 |
Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovini (ijara toʻlovining tayanch stavkasi) hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ts = Es * Kz * (Kq * Kh * Ko)
Bunda:
Ts — bir yilga bir kv.m uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi:
Es — bir yilga bir kv.m uchun eng kam ijara stavkasi.
Viloyat hokimining 2012-yil 28-dekabrdagi 260-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Chekka hududlarda joylashgan qishloq va togʻlik hududdagi tumanlar roʻyxati
1. Togʻlik hududlar:
1.1. Soʻx tumani (tuman markazidan tashqari);
1.2. Fargʻona tumanidagi Shoximardon va Yordon qishloqlari.
2. Chekka hududlarda joylashgan qishloqlar:
2.1. Yozyovon tumanidagi Yangiobod KFY;
2.2. Bogʻdod tumanidagi Uch-uy va Karimbobo qishloqlari;
2.3. Rishton tumanidagi Yoyilma va Mehnatobod qishloqlari;
2.4. Beshariq tumani Shodoqoziq va Eshon qishloqlari;
2.5. Dangʻara tumanidagi Abdusamat va Oq-jar qishloqlari;
2.6. Oʻzbekiston tumanidagi Begobod, Shoʻrsuv va Oʻqchi qishloqlari.
Izoh: chekka hududlarda joylashgan qishloq va togʻlik hududdagi tumanlarda joylashgan davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkasi 25 foizga kamaytirilgan holda ijara haqi hisoblanadi.