Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimining
Qarori
DENOV TUMANIDAGI IJTIMOIY MUHOFAZAGA MUHTOJ VA ISh TOPIShDA QIYNALAYOTGAN ShAXSLARNI IShGA JOYLAShTIRISh UChUN ISh OʻRINLARINI BAND QILIB QOʻYISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 8-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining ijrosini taʼminlash, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2013-yil tumanda aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ish oʻrinlarini band qilish maqsadida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining 2012-yil 14-sentabrdagi 01-7/142-sonli xatini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun Denov tumanidagi tashkilot, korxona, va muassasalardagi (keyingi oʻrinlarda tashkilot deb ataladi) xodimlarning roʻyxati boʻyicha oʻrtacha sonidan (ilovaga* asosan) 20 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida, shu jumladan:
*Ilova berilmaydi.
Oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun 51,0 foiz (450 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 35,5 foiz (315 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar 1,7 foiz (14 kishi);
nogironlar uchun 3 foiz (26 kishi);
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 4 foiz (36 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 2,4 foiz (22 kishi);
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 2,4 foiz (22 kishi);
Miqdorda ish oʻrinlari zaxirasini belgilaydi.
2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishni taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyati boʻyicha vazifalarini uygʻunlashtirish imkoniyatini beradigan oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasbi boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasbi boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari attestatsiyasidan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar xisobga olingan holda) beriladigan;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun — ularning kasbi boʻyicha tayyorgarligi xisobga olingan holda ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari.
3. Tumandagi barcha tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
4. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarning ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
5. Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan hamda nogiron shaxslar uchun ish oʻrinlari band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilganda tashkilot uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi:
ishlab chiqarish uchastkalari (sexlar) tashkil qilish uchun noturarjoy binolari birinchi navbatda ajratilishi;
ushbu ish joylarini barpo qilishda sarflangan mablagʻning bir qismini Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash;
(bandlik bilan maslaxatlashib yana boshqa imtiyozlar ham qoʻyilishi mumkin).
6. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori M. Xayrullayev bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-bandida koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorni bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
7. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari D. Allaberdiyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. MAMATQULOV
Denov sh.,
2012-yil 20-sentabr,
359-son