Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2003 YIL 31 YaNVARDAGI 54-SONLI QARORIGA ASOSAN TUMAN HUDUDIDAGI BARChA YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLARGA TEGIShLI BOʻLGAN AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI 2012 YILDA MAJBURIY TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 8-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizom hamda 2012-yil 10-fevraldagi № 03-05/004-sonli yigʻilish bayoni talablaridan kelib chiqqan holda 2012-yilda tuman hududidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
1. Tumandagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlaridan roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishi taʼminlansin.
2. Tumandagi avtobuslar, mikroavtobuslar, avtomobillar, mototsikllar va tirkama ulamalarni davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish tuman Ichki ishlar boʻlimi (O. Mengliyev) va tuman Mudofaa ishlari boʻlimi (B. Suyunov)lar zimmasiga yuklatilsin.
3. Mazkur texnik koʻrikdan oʻtkazishda:
mulkchilar shakli va sigʻimidan qatʼi nazar, yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi transport vositalarining majburiy texnik koʻrigi:
birinchi marta 1-martdan 31-iyungacha, ikkinchi marta 1-sentabrdan oktyabrgacha oʻtkazilishi tashkillashtirilsin.
korxonalar, muassasalar, xususiy korxonalardagi mavjud avtobuslar, mikroavtobuslar, avtomashinalar, mototsikllar va tegishli ulov vositalari 1-martdan 30-iyungacha texnik koʻrikdan oʻtkazilsin;
tuman fuqarolariga tegishli boʻlgan barcha turdagi, shaxsiy transport vositalari 1-yanvardan 31-avgustga qadar texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari texnik koʻrik uchun muddatidan belgilangan tartibga rioya qilingan holda taqdim qilinishi mumkin.
4. Texnik koʻrikdan oʻtkazishda:
barcha transport vositalarining texnik holatini tekshirishda ularni tayyorlagan zavod koʻrsatmalariga asosan ishlatish qoida qoʻllanmalariga har bir harakatlanish qismini talabga javob berilishi;
korxona va tashkilotlar rahbarlaridan yoʻl harakati qoidalarida koʻrsatilganidek, transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlarga asosan texnik soz holda taʼminlanishini;
maxsus mashinalar, harakatlanuvchi taʼmirlash va tuzatish ustaxonalarining jihozlanganligiga alohida eʼtibor qaratish topshirilsin.
5. 2012-yilda texnik koʻrikni uyushqoqlik bilan sifatli oʻtkazish maqsadida, tuman hokimligining komissiyasi tuzilsin. Komissiya aʼzolarining tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1-ilova berilmaydi.
6. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (O. Mengliyev)ga har bir korxona, tashkilot va muassasalarda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazilishi boʻyicha 2-ilovaga asosan tasdiqlangan reja jadvalini tashkilotlar rahbarlariga yetkazish hamda oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yuklatilsin.
7. Tuman “Avtomotohavaskor” jamiyati (K. Abdullayev), Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti (J. Imomov), tuman Ichki ishlar boʻlimining yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (I. Sangilov) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi avtomototransport vositalarini va shahar elektr transport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan yoʻlovchilar tashish bilan shugʻullanuvchi transport vositalari haydovchilarini bir yilda bir marotaba yoʻl harakati qoidalari va yoʻl harakati xavfsizligi fanidan 30 soatlik dastur asosida mashgʻulot oʻtishlari uchun shart-sharoitlar yaratgan holda toʻliq jalb etilishini taʼminlasinlar.
8. Tumandagi har bir tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari hamda shaxsiy avtomashina egalari zimmasiga:
avtoulovlarni texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligi va oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish;
korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga alohida tartib oʻrnatish va xalq xoʻjaligi hisobidan boʻlgan ishga yaroqsiz, tiklanmaydigan va ishlatilmaydigan mashinalarni hisobidan chiqarish choralarini texnik koʻrikka qadar koʻrib chiqish vazifalari yuklatilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining 3-bandi talablaridan kelib chiqib, tuman Mudofaa ishlari boʻlimi, Ichki ishlar boʻlimi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻz yuqori tashkilotlarining qarori va ish reja asosida amalga oshirish nazarda tutilsin.
10. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (O. Mengliyev)ga texnik koʻrikni oʻtkazish shartlari boʻyicha tegishli tartibda tuman hokimligi yigʻilishi muhokamasiga kiritish topshirilsin.
11. Tumanda mototsikllar, tirkama-ulamalar hamda shaxsiy transport vositalaridan tushadigan majburiy sugʻurta badalini undirish sugʻurta tashkilotlari rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
12. Tuman hokimining 2011-yil 2-fevraldagi 60-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari v.b A. Ismailov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. MAMATQULOV
Denov sh.,
2012-yil 10-aprel,
152-son
Tuman hokimining 2012-yil 10-apreldagi 152-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
2012-yilda yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
| T/r |
Tashkilotlar nomi |
Texnik koʻrik | Transport soni | Izoh | |
| Oʻtkazish sanasi |
Texnik koʻrik oʻtkazish joyi | ||||
| 1. | Chagʻoniyon MChJ | 01.03.2012 | Chagʻoniyon MChJ da | 37 | |
| 2. | Suxrob-Fayz MChJ | 01.03.2012 | Chagʻoniyon MChJ da | 4 | |
| 3. | Azim-trans-Denov MChJ | 01.03.2012 | Chagʻoniyon MChJ da | 49 | |
| 4. | Chagʻoniyon-trans MChJ | 02.03.2012 | Chagʻoniyon-trans MChJ da | 23 | |
| 5. | Fayz �ChJ | 03.03.2012 | Fayz MChJ da | 51 | |
| 6. | Yusuf-trans-Denov MChJ | 05.03.2012 | Yusuf-trans MChJ da | 60 | |
| 7. | Zubayir-tex-taʼminot MMTP | 06.03.2012 | Zubayir-tex MMTP da | 33 | |
| 8. | Surxon-trans Denov MChJ | 07.03.2012 | Zubayir-tex MMTP da | 13 | |
| 9. | Oq yoʻl MChJ | 09.03.2012 | Oq yoʻl MChJ da | 3 | |
| 10. | Gulshoda-Tex-trans MChJ | 09.03.2012 | Oq yoʻl MChJ da | 17 | |
| 11. | Ahli-samar-trans MChJ | 09.03.2012 | Oq yoʻl MChJ da | 11 | |
| 12. | Ahliddin-Akram-trans MChJ | 09.03.2012 | Oq yoʻl MChJ da | 5 | |
| 13. | Qizil-suv-bekati korxonasi | 10.03.2012 | Oʻzida | 11 | |
| 14. | Al-sarlochin-ozod | 10.03.2012 | Oʻzida | 15 | |
| 15. | Denov NIG MChJ | 12.03.2012 | Denov gaz avtosaroyida | 12 | |
| 16. | Kompakt-Dizayin MChJ | 12.03.2012 | 5 | | |
| 17. | Denov GAZ MChJ | 12.03.2012 | 6 | | |
| 18. | Turkiston gazoil MChJ | 12.03.2012 | 3 | | |
| 19. | Denov Neft unitar korxonasi | 13.03.2012 | Oʻzida | 21 | |
| 20. | Denov tuman Et | 14.03.2012 | Denov tuman ET avtosaroyida | 2 | |
| 21. | Denov MES | 14.03.2012 | 3 | | |
| 22. | TUMS-7 ATS-16 | 14.03.2012 | Oʻzida | 3 | |
| 23. | Denov pochta | 15.03.2012 | Pochta Avtosaroyida | 3 | |
| 24. | Denov aloqa shoʻba korxonasi | 15.03.2012 | 2 | | |
| 25. | Temir yoʻl taʼmirlash | 16.03.2012 | Oʻzida | 10 | |
| 26. | Sanoat energiya montaj sh.x.t | 17.03.2012 | Sanoat energiya montaj sh.x.t saroyida | 8 | |
| 27. | Kislorodchi S.I.Ch.X | 17.03.2012 | 2 | | |
| 28. | Denov inkassatsiya boʻlimi | 19.03.2012 | Denov inkassatsiya boʻlimi | 6 | |
| 29. | Agro bank | 19.03.2012 | 1 | | |
| 30. | Savdogar bank | 19.03.2012 | 1 | | |
| 31. | Mik. kredit bank | 19.03.2012 | 1 | | |
| 32. | Karantin.Oʻta xaf. yuqum. kasal | 20.03.2012 | Oʻzida | 5 | |
| 33. | Xazarbogʻ KXKX kolleji | 22.03.2012 | Oʻzida | 6 | |
| 34. | Yurchi KXKX | 23.03.2012 | Yurchi KXKX | 4 | |
| 35. | Viloyat naslchilik xususiy korxonasi | 23.03.2012 | 3 | | |
| 36. | Denov markaziy kasalxonasi | 24.03.2012 | Denov markaziy kasalxona saroyida | 17 | |
| 37. | Denov SES | 24.03.2012 | 3 | | |
| 38. | Vatanparvar MKT | 26.03.2012 | Oʻzida | 15 | |
| 39. | Vatanparvar STK | 27.03.2012 | Oʻzid� | 19 | |
| 40. | Suv max.taʼmir. MChJ | 28.03.2012 | Oʻzida | 6 | |
| 41. | Xazarbogʻ kur.taʼmir. MChJ | 29.03.2012 | Oʻzida | 5 | |
| 42. | Surxon.avt.oʻquv.i/ch kom MChJ | 30.03.2012 | Oʻzida | 23 | |
| 43. | Oltin kuz agro.sanoat firmasi | 02.04.2012 | Oʻzida | 11 | |
| 44. | Denov taj.xoʻjaligi | 03.04.2012 | Oʻzida | 5 | |
| 45. | Denov shahar gaz filiali | 04.04.2012 | Oʻzida | 7 | |
| 46. | Denov tuman gaz filiali | 04.04.2012 | Oʻzida | 3 | |
| 47. | Sur.kuzatish stansiyasi | 05.04.2012 | Oʻzida | 2 | |
| 48. | Sur.gidreologiya stansiyasi | 06.04.2012 | Oʻzida | 4 | |
| 49. | Yo-Nasib xus.firma | 07.04.2012 | Oʻzida | 3 | |
| 50. | ATP-20 | 09.04.2012 | Oʻzida | 10 | |
| 51. | Denov shahar suvoqova i/ch kor | 10.04.2012 | Oʻzida | 4 | |
| 52. | Denov Mobil | 10.04.2012 | Oʻzida | 7 | |
| 53. | Surxon Denov tegirmon boshi | 11.04.2012 | Oʻzida | 3 | |
| 54. | Denov madaniyat va sport boʻlimi | 12.04.2012 | Denov madaniyat va sport boʻlimi saroyida | 6 | |
| 55. | Denov barakat meros | 12.04.2012 | 1 | | |
| 56. | Denov Ipak | 12.04.2012 | 1 | | |
| 57. | Denov sanoat qurilish | 12.04.2012 | 1 | | |
| 58. | Denov qishloq xoʻj.kimyo filiali | 13.04.2012 | Oʻzida | 18 | |
| 59. | Moddiy tex.taʼminot MChJ | 14.04.2012 | Moddiy tex.taʼminot MChJ saroyida | 17 | |
| 60. | Xusniddin f/x | 16.04.2012 | 1 | | |
| 61. | Denov obodonchilik MChJ | 17.04.2012 | Denov obodonchilik MChJ saroyida | 11 | |
| 62. | Denov tuman texmash i/ch kor | 17.04.2012 | 2 | | |
| 63. | Qurbonniyoz f/x | 17.04.2012 | 1 | | |
| 64. | Asadbek 21 asr f/x | 17.04.2012 | 2 | | |
| 65. | Guliston barakat x/f | 18.04.2012 | Guliston barakat x/f saroyida | 2 | |
| 66. | Maftunkor olam x\f | 18.04.2012 | 1 | | |
| 67. | Surxon oziq-ovqat sanoat x/j | 19.04.2012 | Surxon oziq-ovqat sanoat x/j saroyida | 16 | |
| 68. | Olimboy veterinar x/k | 19.04.2012 | 1 | | |
| 69. | Denov Erkaklar muruvvat uyi | 20.04.2012 | Oʻzida | 4 | |
| 70. | N. Mirzayev MChJ | 21.04.2012 | N. Mirzayev MChJ saroyida | 23 | |
| 71. | Axmadjon k.t.f.x | 21.04.2012 | 1 | | |
| 72. | Sivilizatsiya advokat | 21.04.2012 | 1 | | |
| 73. | Denov shahar MMN Founa tar.x/f | 21.04.2012 | 2 | | |
| 74. | 2516-Avtokorxona | 23-25.04.2012 | 2516-Avtokorxona saroyida | 123 | |
| 75. | Boxodir x/f | 23-25.04.2012 | 2 | | |
| 76. | Al servis Farxod | 23-25.04.2012 | 2 | | |
| 77. | Temir yoʻl savdo i/ch firma | 23-25.04.2012 | 1 | | |
| 78. | Kanvoy i.ch.x.f | 26-28.04.2012 | Oʻzida | 66 | |
| 79. | Denov MTP | 30.04.02.05 | Oʻzida | 53 | |
| 80. | Lochin-D | 03.05.2012 | Lochin-D Avtosaroyida | 18 | |
| 81. | Denov avtotransport servis MChJ | 03.05.2012 | 2 | | |
| 82. | Xomid x/f | 03.05.2012 | 2 | | |
| 83. | Surxon avtosavdo MChJ | 03.05.2012 | 1 | | |
| 84. | Binokor shirkati | 03.05.2012 | 1 | | |
| 85. | Afrosiyob goʻsht sut-savdo i/ch MChJ | 04.05.2012 | Oʻzida | 5 | |
| 86. | Lochin f/x | 05.05.2012 | Oʻzida | 8 | |
| 87. | Denov Obodanlashtirish boʻlimi | 06.05.2012 | Oʻzida | 3 | |
| 88. | Denov YXPTFK | 07.05.2012 | Oʻzida | 27 | |
| 89. | Temir yoʻlchi SIChK | 07.05.2012 | Oʻzida | 2 | |
| 90. | Denov vino, aroq hissadorlik jamiyati | 08.05.2012 | Denov vino, aroq xis. jam. saroyida | 4 | |
| 91. | Shashmaʼkashshob agrosanoat firmasi | 08.05.2012 | 8 | | |
| 92. | Toʻpalang qoratogʻ I.T.B | 10.05.2012 | Toʻpalang qoratogʻ I.T.B saroyida | 21 | |
| 93. | Mardon f/x | 10.05.2012 | 2 | | |
| 94. | Chorvador f/x | 11.05.2012 | Oʻzida | 4 | |
| 95. | Denov Xolchiyon MMTP | 11.05.2012 | Oʻzida | 3 | |
| 96. | Abu-Bakir xus.korxonasi | 11.05.2012 | Oʻzida | 5 | |
| 97. | Akbar-Bam koʻp tar.i/ch firmasi | 12.05.2012 | Denov tuman IIB YHXB da | 2 | |
| 98. | Eshqobil f/x | 12.05.2012 | 2 | | |
| 99. | Sohibqiron kompleksi | 12.05.2012 | 1 | | |
| 100. | Yaxshi niyat servis K.T.X.F | 12.05.2012 | 2 | | |
| 101. | Surxon-Vtarsermet sh.k | 14.05.2012 | 1 | | |
| 102. | Xusniya muslim xus.korxonasi | 14.05.2012 | 1 | | |
| 103. | Denov Xolchiyon qurilish MChJ | 14.05.2012 | 2 | | |
| 104. | Boburbek Safarov MChJ | 14.05.2012 | 1 | | |
| 105. | Toʻra-Qurbon koʻp.tar. i/ch firmasi | 15.05.2012 | 1 | | |
| 106. | Ismoil f/x | 15.05.2012 | 1 | | |
| 107. | Mumin Tuksabo fer.xuj | 15.05.2012 | 1 | | |
| 108. | Temir biton kor | 15.05.2012 | 1 | | |
| 109.� | Multivel MChJ | 15.05.2012 | 1 | | |
| 110. | Mustaqillik f/x | 15.05.2012 | 1 | | |
| 111. | Qoʻrgʻon k.t.s.i.ch.k | 16.05.2012 | 1 | | |
| 112. | Semurut x/k | 16.05.2012 | 2 | | |
| 113. | Umid sut tovar i/ch x/f | 16.05.2012 | 1 | | |
| 114. | Baxtiyor Yangiboyev x/k | 16.05.2012 | 2 | | |
| 115. | Al.Servis Arginal MChJ | 17.05.2012 | Oʻzida | 5 | |
| 116. | Juameva.X.J k.t.i.k | 18.05.2012 | | 1 | |
| 117. | Aziza bonu Azizbek | 18.05.2012 | | 1 | |
| 118. | Agro qurilish taʼmir savdo | 18.05.2012 | Oʻzida | 3 | |
| 119. | Chagʻoniyon gazeta muharriri | 18.05.2012 | | 1 | |
| 120. | Axad Mir Brek MChJ | 19.05.2012 | Oʻzida | 4 | |
| 121. | Goʻzallik bogʻi x\k | 21.05.2012 | Denov tuman IIB YHXB da | 1 | |
| 122. | Chagʻoniyon KTXF | 21.05.2012 | 2 | | |
| 123. | �urilish matr. tam . korxona | 21.05.2012 | 1 | | |
| 124. | Surxon oltin kuz MChJ | 21.05.2012 | 2 | | |
| 125. | Qodirov Axmat f/x | 22.05.2012 | Denov tuman IIB YHXB da | 1 | |
| 126. | Anvar-N | 22.05.2012 | 1 | | |
| 127. | Denov tuman statistika boʻlimi | 22.05.2012 | 1 | | |
| 128. | Kuzss-surxon MChJ | 22.05.2012 | 1 | | |