Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimining
Qarori
Tumanda 2013-yilda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomining ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
3. Transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar – bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar koʻrikka transport vositasi — shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;
4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi.
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda oʻtkaziladi.
jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilsin.
5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.
6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Gʻ. Sulaymonov zimmasiga yuklatilsin.
10. Qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim F. NOROV
Shahrisabz t.,
2013-yil 8-fevral,
X-122/2-son
Shahrisabz tuman hokimining 2013-yil 8-fevraldagi X-122/2-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Shahrisabz tumanida mavjud boʻlgan tashkilot, korxona va avtoxoʻjaliklarga tegishli avtomototransport vositalarining 2013-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
| T/r |
Avtoxoʻjalik va |
Joylashgan manzili |
Koʻrikdan oʻtadigan kun |
Vaqti | Koʻrik oʻtadigan joyi |
Transport vositasi soni |
| 1. | Agro bank | I. Yoʻli koʻchasi | 1.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 2. | Ipak Yoʻli banki | I. Yoʻli koʻchasi | 1.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 2 |
| 3. | Ipoteka bank | I. Yoʻli koʻchasi | 4.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 3 |
| 4. | Xalq banki | I. Yoʻli koʻchasi | 4.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 5. | Turon bank | I. Yoʻli koʻchasi | 5.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 2 |
| 6. | “Hisor” oʻrmon xoʻjaligi | I. Yoʻli koʻchasi | 5.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 4 |
| 7. | Kafolat DASK | Qunduzak koʻchasi | 6.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 8. | Agrosugʻurta DASK | T. Baxodir koʻchasi | 6.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 9. | Don rizq-roʻzimiz | Beruniy koʻchasi | 7.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 6 |
| 10. | Shahrisabz farm | Beruniy koʻchasi | 7.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 11. | Tibbiyot kolleji | I. Yoʻli koʻchasi | 11.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 12. | Pedagogika kolleji | Loliston q/q | 11.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 5 |
| 13. | Soliq idorasi | Gʻ. Gʻulom koʻchasi | 12.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 14. | Toʻra Asqar k/k | Gʻ. Gʻulom koʻchasi | 12.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 2 |
| 15. | Paxta tozalash zavodi | I. Yoʻli koʻchasi | 13.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 4 |
| 16. | MTP DAJ | I. Yoʻli koʻchasi | 13.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 4 |
| 17. | Sharq k/k | Paxtakor q/q | 14.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 5 |
| 18. | Abdurauf k/k | Paxtakor q/q | 14.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 4 |
| 19. | Veterinariya boʻlimi | Paxtakor q/q | 15.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 2 |
| 20. | PMK-1 | Nekuz koʻchasi | 15.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 4 |
| 21. | Qishloq xoʻjalik kolleji | T. Bahodir koʻchasi | 18.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 10 |
| 22. | Kesh-Al-Luqmon firmasi | I. Yoʻli koʻchasi | 18.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 2 |
| 23. | Non zavodi | T. Bahodir koʻchasi | 19.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 5 |
| 24. | Meros MChJ | T. Bahodir koʻchasi | 19.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 2 |
| 25. | Vatanparvar maktabi | Sinabogʻ q/q | 20.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 12 |
| 26. | Dunyo MChJ | Andijon koʻchasi | 20.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 27. | Chorshanba qishloq xoʻjalik kolleji | Chorshanbe qoʻrgʻoni | 22.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 8 |
| 28. | Alisher Axtam f/x | Chorshanbe qoʻrgʻoni | 22.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 2 |
| 29. | Chorshanbe USTKK | Chorshanbe qoʻrgʻoni | 25.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 6 |
| 30. | 2-sonli shifoxona | Chorshanbe qoʻrgʻoni | 25.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 15 |
| 31. | Qashqadaryo telekom | I. Yoʻli koʻchasi | 26.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 3 |
| 32. | Kimyo OHJ | I. Yoʻli koʻchasi | 26.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 6 |
| 33. | B. Fayziyev k/k | Pillakashlik koʻchasi | 27.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 6 |
| 34. | PMK-130 ABZ | Pillakashlik koʻchasi | 27.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 5 |
| 35. | Mark suvdrenaj | Tutzor mahallasi | 28.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 8 |
| 36. | Moliya boʻlimi | I. Yoʻli koʻchasi | 28.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 37. | Tibbiyot birlashmasi | I. Yoʻli koʻchasi | 29.03 | 8.00 | Avtosaroyi | 11 |
| 38. | Akademik litsey | V. Berdiyev koʻchasi | 29.03 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 39. | Kesh-tur-trans | Gʻ. Gʻulom koʻchasi | 1-2.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 34 |
| 40. | Kenjayev M. MChJ | Paxtakor koʻchasi | 3.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 12 |
| 41. | Shaxzodbektrans | Andijon koʻchasi | 4.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 33 |
| 42. | Miroqi lyuks | Choshtepa q/q | 5.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 13 |
| 43. | Estana-servis | I. Yoʻli koʻchasi | 8-9.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 61 |
| 44. | Roziqov N. MChJ | Paxtakor q/q | 10.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 12 |
| 45. | Ilhom MChJ | Nizomiy koʻchasi | 11.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 18 |
| 46. | Poʻlatbobo MChJ | Nekuz koʻchasi | 12.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 26 |
| 47. | ShTEU-Avto MChJ | Choshtepa q/q | 15.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 25 |
| 48. | Katodtrans MChJ | Chorshanbe qoʻrgʻoni | 16.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 36 |
| 49. | Boqiyev A. MChJ | I. Yoʻli koʻchasi | 17.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 24 |
| 50. | Avtouyushma korxonasi | Paxtakor q/q | 18.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 20 |
| 51. | Transformerinvest | I. Yoʻli koʻchasi | 19.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 16 |
| 52. | Shuhrat-Al-Loʻqmon | X. Baxshi koʻchasi | 22.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 23 |
| 53. | Oqsaroy toʻq. LTD | Beruniy koʻchasi | 23.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 8 |
| 54. | Himolay Hindiston | Pillakashlik koʻchasi | 23.04 | 13.00 | Avtosaroyi | 5 |
| 55. | Sharob-aroq zavodi | I. Yoʻli koʻchasi | 24.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 8 |
| 56. | Avtoyoʻl MChJ | Andijon koʻchasi | 25.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 14 |
| 57. | Neftbaza | I.Yoʻli koʻchasi | 26.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 14 |
| 58. | Koʻz kasalligi shifoxonasi | Tezguzar q/q | 29.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 2 |
| 59. | Xumoyun MChJ | V. Berdiyev koʻchasi | 30.04 | 13.00 | Avtosaroyi | 8 |
| 60. | Obodonlashtirish boshqarmasi | Nizomiy koʻchasi | 30.04 | 8.00 | Avtosaroyi | 6 |
| 61. | Maxsus sanitar korxonasi | Nizomiy koʻchasi | 1.05 | 13.00 | Avtosaroyi | 6 |
| 62. | Asadbek k/k | I. Yoʻli koʻchasi | 1.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 5 |
| 63. | Ural-Sharq korxonasi | Qorasuv q/q | 1.05 | 13.00 | Avtosaroyi | 3 |
| 64. | SES korxonasi | I. Yoʻli koʻchasi | 2.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 16 |
| 65. | Oqsuv irrigatsiya tashkiloti | I. Yoʻli koʻchasi | 3.05 | 13.00 | Avtosaroyi | 10 |
| 66. | Qashqadaryo ET | Beruniy koʻchasi | 6-7.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 44 |
| 67. | Shahrisabz MET | Beruniy koʻchasi | 8.05 | 13.00 | Avtosaroyi | 10 |
| 68. | Sado trikotaj firmasi | Beruniy koʻchasi | 8.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 2 |
| 69. | XATP-12 | I. Yoʻli koʻchasi | 10.05 | 13.00 | Avtosaroyi | 15 |
| 70. | Beruniy oromgohi | I. Yoʻli koʻchasi | 10.05 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 71. | MK-9 | I. Yoʻli koʻchasi | 13.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 22 |
| 72. | Avtomobilchi MChJ | I. Yoʻli koʻchasi | 14.05 | 13.00 | Avtosaroyi | 24 |
| 73. | PMK-531 | Nizomiy koʻchasi | 15.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 3 |
| 74. | PMK-227 | Nizomiy koʻchasi | 15.05 | 13.00 | Avtosaroyi | 5 |
| 75. | Kuzatish stansiyasi | I. Yoʻli koʻchasi | 16.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 3 |
| 76. | Murodulla Sh. k/k | Beruniy koʻchasi | 16.05 | 13.00 | Avtosaroyi | 5 |
| 77. | Shahrisabz AYFB | Nizomiy koʻchasi | 17.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 8 |
| 78. | Hisorak suv ombori | Miraki qoʻrgʻoni | 20.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 22 |
| 79. | PMS-214 | Tanxoz qoʻrgʻoni | 21.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 10 |
| 80 | Noʼruda materiali | Tanxoz qoʻrgʻoni | 22.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 20 |
| 81. | GES korxonasi | Tanxoz qoʻrgʻoni | 23.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 3 |
| 82. | Miraki sanatoriyasi | Tanxoz qoʻrgʻoni | 23.05 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 83. | ATP MChJ | Tanxoz qoʻrgʻoni | 24.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 6 |
| 84. | Ayollar muruvvat uyi | Uloch q/q | 24.05 | 13.00 | Avtosaroyi | 3 |
| 85. | Shahrisabz-35 MChJ | I. Yoʻli koʻchasi | 27.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 40 |
| 86. | Oqsaroy MChJ | Irgʻovul q/q | 28.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 8 |
| 87. | Zbasirxash MMTP | Duxchi q/q | 28.05 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 88. | Geologiya qidiruv ekspeditsiyasi | I. Yoʻli koʻchasi | 29-30.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 34 |
| 89. | Humo temir-beton | Miraki qoʻrgʻoni | 31.05 | 8.00 | Avtosaroyi | 22 |
| 90. | Geologiya qoʻriqxona | Narimon q/q | 3.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 4 |
| 91. | Explod MChJ | Yangi q/q | 3.06 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 92. | Doʻstyorov M. k/k | Ommagʻon q/q | 4.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 93. | Ergash oʻgʻli Abduvali | Ommagʻon q/q | 4.06 | 13.00 | Avtosaroyi | 3 |
| 94. | Botir Polvon MChJ | F. Xoʻjayev koʻchasi | 5.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 95. | Agrosuvjixoz inv | Namaton q/q | 5.06 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 96. | Yulduz firmasi | Sagdiy koʻchasi | 6.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 97. | Toʻron MChJ | Yangi q\q | 6.06 | 13.00 | Avtosaroyi | 2 |
| 98. | Oʻzgidromet korxonasi | I. Yoʻli koʻchasi | 7.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 99. | Shahri-Kesh firmasi | I. Yoʻli koʻchasi | 7.06 | 13.00 | Avtosaroyi | 3 |
| 100. | Gisarak trest MChJ | Pillakashlik koʻchasi | 10-11.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 50 |
| 101. | Saidov B. k/k | Beruniy koʻchasi | 12.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 3 |
| 102. | Ergashev Oʻ firmasi | Tanxoz qoʻrgʻoni | 12.06 | 13.00 | Avtosaroyi� | 2 |
| 103. | Soʻgʻdiyona MChJ | Chorshanbe qoʻrgʻon | 13.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 10 |
| 104. | Matbuot tarqatuvchi | I. Yoʻli koʻchasi | 14.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 2 |
| 105. | Alfiya MChJ | Gʻ. Gʻulom koʻchasi | 14.06 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 106. | Chorvador fermer xoʻjaligi | Duxchi q/q | 17.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 107. | Savinur kesh firmasi | Gʻ. Gʻulom koʻchasi | 17.06 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 108. | Ekokonserva barak | Pillakashlik koʻchasi | 18.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 6 |
| 109. | Nurullo MChJ | Chorqi q/q | 18.06 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 110. | Xazrati Imom masjidi | Malikashdar koʻchasi | 19.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 111. | Kesh yogʻdusi firmasi | Kunchiqar koʻchasi | 19.06 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 112. | Isayev hamkor korxonasi | Fargʻona koʻchasi | 20.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 113. | Baxriniso firmasi | Yangi q/q | 20.06 | 13.00 | Avtosaroyi | 2 |
| 114. | Jasmin intertrans | Zingiron koʻchasi | 21.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 2 |
| 115. | Shahlo firmasi | Qorapoycha q/q | 21.06 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 116. | Himoya advokatlik firmasi | Nizomiy koʻchasi | 24.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 117. | Olimjon firmasi | Nekuz koʻchasi | 24.06 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 118. | Feruz k/k | I. Yoʻli koʻchasi | 25.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 3 |
| 119. | Kesh nur makoni firmasi | Yangi q/q | 25.06 | 13.00 | Avtosaroyi | 1 |
| 120. | A. Temur k/k | Fargʻona koʻchasi | 26.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 2 |
| 121. | Kesh mehri koʻzi OJ | Sheroziy koʻchasi | 26.06 | 13.00 | Avtosaroyi | 3 |
| 122. | Yusupov. N firmasi | Qorasuv q/q | 27.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 2 |
| 123. | Sodiq nur baralla | T. Bahodir koʻchasi | 27.06 | 13.00 | Avtosaroyi | 2 |
| 124. | Mahobat qurilish | Xojimaydon q/q | 28.06 | 8.00 | Avtosaroyi | 3 |
| 125. | Maryam oʻgʻli firmasi | I. Yoʻli koʻchasi | 28.06 | 13.00 | Avtosaroyi | 3 |