Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani hokimining
Qarori
Tumandagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani hokimining 2014-yil 24-yanvardagi 53-q-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi 54-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining 2003-yil 19-fevraldagi “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi 56-sonli buyrugʻi talablarini bajarish hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalari, Xoʻjaobod tumani ichki ishlar boʻlimining 2013-yil 29-yanvardagi 12-sonli xatini koʻrib chiqib qaror qilaman:
1. Xoʻjaobod tumani ichki ishlar boʻlimining 2013-yil 29-yanvardagi 12-sonli xati inobatga olinsin.
2. Tumandagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalarini texnik koʻrigi joriy yilning 1-yanvaridan 31-avgust kuniga qadar oʻtkazilishi taʼminlansin.
3. Shaxsiy avtotransportlarning texnik koʻrigi davrida avtohavaskorlar jamiyatiga aʼzo qilishda yaqindan yordam berish tuman ichki ishlar boʻlimi yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi (A. Ismoilov) zimmasiga yuklatilsin.
4. Yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan avtotransport vositalarini Nizomning 5-bandidagi “a” kichik bandiga asosan kichik majburiy texnik koʻrigi 1-martdan 30-iyungacha oʻtkazilsin.
5. Xoʻjaobod tumani hududidagi barcha tashkilot, korxona muassasalar, xususiy subyektlar, fermerlar va MMTP avtotransport vositalarini 2013-yil davomida davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish boʻyicha tuman nazorat komissiyasining 1-ilovaga* hamda Xoʻjaobod tumani hududida joylashgan barcha tashkilot, korxona, qishloq xoʻjaligi, fermer xoʻjaliklari, MMTPlar hamda xususiy firmalariga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini 2013-yil majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
*1-ilova berilmaydi.
6. Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi (K. Mirzakarimov)ga yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtotransport vositalarini texnik koʻrigini bajarilishi yuzasidan 2013-yilning avgust oyida tuman hokimligiga axborot berish vazifasi yuklatilsin.
7. Tuman “Haqiqat” roʻznomasi (T. Shermatov)ga gazetada mazkur qarorni eʼlon qilish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2011-yil 4-fevraldagi 7-f sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari D. Anorboyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim E. YaKUBOV
Xoʻjaobod t.,
2013-yil 16-fevral,
229-k-son
Xoʻjaobod tumani hokimining 2013-yil 16-fevraldagi 229-q-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Xoʻjaobod tumani hududida joylashgan barcha tashkilot, korxona qishloq xoʻjaligi, fermer hoʻjaliklari, MMTPlar hamda xususiy firmalariga tegishli boʻlgan avtotransport vositalarini 2013-yil majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
jadvali
| № |
Hoʻjalik va tashkilot nomi | T/Vlar soni | Oʻtkaziladigan kun | Manzili | ||
| Avtomashina | Tirkama | Moto | ||||
| 1 | Ergash ota XSTIChF | 1 | | | 03.03.13 y | Joyida |
| 2 | Xoʻjaobod GEOSI | 25 | 1 | | 04.03.13 y | Joyida |
| 3 | Imkon sayqali | 1 | | | 14.03.13 y | Joyida |
| 4 | Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi | 2 | | | 16.03.13 y | YXXG |
| 5 | Savay oqboʻrasoy | 5 | | | 17.03.13 y | Joyida |
| 6 | Avtomobil maktabi | 12 | 1 | | 18.03.13 y | Joyida |
| 7 | GOLDENBIRD MChJ | 3 | 1 | | 22.03.13 y | Joyida |
| 8 | Tuman pochta boʻlimi | 1 | | | 28.03.13 y | YXXG |
| 9 | Vodiy tabobati | 2 | | | 28.03.13 y | YXXG |
| 10 | Hamkor inverst elegant xususiy korxonasi | 5 | | | 30.03.13 y | Joyida |
| 11 | Tuya Kamar | 9 | 2 | | 07.04.13 y | YXXG |
| 12 | Bogʻishamol KTCh isf | 4 | | | 28.03.13 y | YXXG |
| 13 | Xoʻjaobod Avtoyoʻlovchi | 2 | | | 13.03.13 y | YXXG |
| 14 | Barchinoy KTCh isf | 4 | | | 13.03.13 y | Joyida |
| 15 | Garagura Yulduzi | 1 | | | 13.03.13 y | YXXG |
| 16 | APK hamkorbank | 4 | | | 14.03.13 y | YXXG |
| 17 | Xoʻjaobod fayz MXK | 4 | | | 15.03.13 y | YXXG |
| 18 | Mustahkam fayz tekstil XK | 1 | | | 18.03.13 y | Joyida |
| 19 | Tibbiyot kolleji | 1 | | | 18.04.13 y | YXXG |
| 20 | Nilufar MChJ | 1 | | | 18.04.13 y | YXXG |
| 21 | Agroservis MChJ | 1 | | | 18.04.13 y | YXXG |
| 22 | Nil Granit MChJ | 3 | | | 19.04.13 y | YXXG |
| 23 | Shans xususiy firmasi | 1 | | | 19.04.13 y | YXXG |
| 24 | Xoʻjaobod textizm | 5 | | | 21.04.13 y | Joyida |
| 25 | Xoʻjaobod obodonlashtirish | 2 | | | 25.04.13 y | Joyida |
| 26 | Zaif eshituvchi bolalar | 1 | | | 27.04.13 y | Joyida |
| 27 | Sarvinoz textizm XK | 1 | | | 29.04.13 y | Joyida |
| 28 | Oltin vodiy textizm | 7 | 2 | | 03.05.13 y | YXXG |
| 29 | Avtohamroh | 4 | | | 03.05.13 y | YXXG |
| 30 | Bunyodkor qurilish | 2 | | | 03.05.13 y | Joyida |
| 31 | Ibrohim ota | 7 | 1 | | 03.05.13 y | Joyida |
| 32 | Nargiz 97 | 1 | | | 03.05.13 y | Joyida |
| 33 | Ganch xich keng tarmoqli firma | 1 | | | 03.05.13 y | Joyida |
| 34 | Xoʻjaobod tuman katta terak | 44 | | | 03.05.13 y | YXXG |
| 35 | Vodiy keng tarmoqli i/ch firmasi | 1 | | | 03.05.13 y | Joyida |
| 36 | Avazxodjaqov x/k | 1 | | | 02.06.13 y | YXXG |
| 37 | Xoʻjaobod tuman mustahkam f/x | 4 | | | 02.06.13 y | YXXG |
| 38 | Transport kolleji | 5 | | | 02.06.13 y | YXXG |
| 39 | Oʻzagorosugʻurta kompaniyasi | 1 | | | 02.06.13 y | YXXG |
| 40 | Sebo tekstil and x/k | 1 | | | 02.06.13 y | Joyida |
| 41 | Xoʻjaobod TAYB | 7 | | | 10.06.13 y | YXXG |
| 42 | Xoʻjaobod TTB | 9 | | | 10.06.13 y | YXXG |
| 43 | Qishloq xoʻjalik kolleji | 4 | | | 10.06.13 y | YXXG |
| 44 | Qishloq xoʻjalikkimyo | 3 | | | 10.06.13 y | YXXG |
| 45 | Savdo ishlab chiqarish MChJ | 10 | | 1 | 10.06.13 y | YXXG |
| 46 | Xoʻjaobod-mangʻit f/x | 1 | | | 10.06.13 y | YXXG |
| 47 | Sarxad trans | 6 | | | 10.06.13 y | YXXG |
| 48 | Manak f/x | 1 | | | 10.06.13 y | Joyida |
| 49 | Qandolat lyuks MChJ | 1 | | | 10.06.13 y | Joyida |
| 50 | VODIY ISTIQLOL MAShALI | 1 | | | 11.06.13 y | Joyida |
| 51 | Andijon texagrotizm MTP MChJ | 1 | | | 11.06.13 y | Joyida |
| 52 | Ishonch Shaxzoda x/f | 1 | | | 11.06.13 y | Joyida |
| 53 | Umid 2001 f/x | 1 | | | 11.06.13 y | YXXG |
| 54 | Dorixona urikor f/x | 1 | | | 11.06.13 y | Joyida |
| 55 | Baxt jahon AND x/k | 1 | | | 11.06.13 y | Joyida |
| 56 | Munduz XIChF | 1 | | | 11.06.13 y | Joyida |
| 57 | Qorabuloq chorvadori | 1 | | | 12.06.13 y | YXXG |
| 58 | Turon hiloli MChJ | 1 | | | 12.06.13 y | YXXG |
| 59 | INV XKTF | 1 | | | 12.06.13 y | Joyida |
| 60 | YUVENA x/f | 2 | | | 12.06.13 y | YXXG |
| 61 | Anor | 3 | | | 12.06.13 y | YXXG |
| 62 | Otabek x/f | 1 | | | 12.06.13 y | YXXG |
| 63 | Mirishkor usta MChJ | 8 | | | 12.06.13 y | Joyida |
| 64 | Vizatiya x/f | 1 | | | 12.06.13 y | YXXG |
| 65 | Shodlik gullari x/k | 1 | | | 12.06.13 y | YXXG |
| 66 | Sebo tekstil AND x/k | 1 | | | 12.06.13 y | YXXG |
| 67 | Xoʻjaobod yogʻdusi x/k | 1 | | | 12.06.13 y | Joyida |
| 68 | Dilkushod x/k | 1 | | | 12.06.13 y | YXXG |
| 69 | Zebiniso MChJ | 1 | | | 12.06.13 y | YXXG |
| 70 | Kafolat hamkor shodligi x/k | 1 | | | 15.06.13 y | YXXG |
| 71 | Hayot koʻp tarmoqli IchtF | 1 | | | 15.06.13 y | YXXG |
| 72 | Qurilish kasb-hunar kolleji | 4 | | | 15.06.13 y | YXXG |
| 73 | Nodir agrosanoat firmasi | 1 | 1 | | 15.06.13 y | Joyida |
| 74 | Yorqin ota f/x | 4 | | | 15.06.13 y | Joyida |
| 75 | GANCH x/k tarmoqli | 1 | | | 15.06.13 y | Joyida |
| 76 | Qishloq xoʻjalik x/k | 1 | | | 15.06.13 y | Joyida |
| 77 | Sulton bironi koʻrki x/k | 1 | | | 15.06.13 y | YXXG |
| 78 | 17-son kar bolalar maktab-internati | 1 | | | 15.06.13 y | YXXG |
| 79 | DONXOLM x/f | 1 | | | 15.06.13 y | Joyida |
| 80 | Sardor Bobur x/k | 1 | | | 15.06.13 y | Joyida |
| 81 | Tyemak x/k | 1 | | | 15.06.13 y | Joyida |
Tuman hududidagi shaxsiy avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish jadval asosida hududlarda oʻtkaziladi.