XORAZM VILOYATI Urganch shahar hokimining
Qarori
ShAHARDAGI TRANSPORT VOSITALARINI MAJBURIY TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2021-yil 26-maydagi 27-141-sonli “Xorazm viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 3-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlari Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq transport vositalarining 2012-yilda majburiy texnik koʻrigini tashkil qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan, qaror qilaman:
1. Shahardagi yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda YXX boshqarmasi organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari, shuningdek trolleybuslar quyidagi davriylikka muvofiq majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
a) tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobil, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan (haydovchining oʻrnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar 1 yilda 2 marotaba (birinchi marta 1-martdan 30-iyungacha va ikkinchi marta 1-sentabrdan 31-oktabrgacha);
b) ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan (mazkur qarorni “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) transport vositalari ikki yilda bir marta;
v) ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan xolda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari(mazkur qarorni “a” kichik bandida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) bir yilda bir marta;
g) yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalari 1-martdan 30-iyungacha va jismoniy shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalari 1-yanvardan 31-avgustgacha.
1-2 ilovalar berilmaydi.
3. Shahardagi sugʻurta tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi qonuni ijrosini taʼminlash borasidagi ishlarni tashkillashtirsin.
4. Shahar tibbiyot birlashmasi (O.Niyazmetov) texnik koʻrik davrida haydovchilarning tibbiy holatini tekshirish, Viloyat Atmosfera havosini muhofaza qilish inspeksiyasi boshligi (B.Sadullayev) transport vositalarining atmosferaga chiqarayotgan zaharli gazlarni oʻlchashda komissiya aʼzolariga amaliy yordam koʻrsatsinlar.
5. Ushbu qaror shahar hokimligining rasmiy nashri boʻlgan “Urganch oqshomi”gazetasi orqali eʼlon qilish muharriri (S. Avezov)ga topshirilsin.
6. Transport vositalarini texnik koʻrikka jalb qilishda Yoʻl harakati xavfsizligi guruhiga shahar mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, shahar fuqarolar yigʻini raislari, shahar ichki ishlar boʻlimi xodimlari va jamoatchilik asosida amaliy yordam koʻrsatsin.
7. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan shahar Urganch shahar hokimining 3-fevral 2012-yilgi 106-q-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin.
8. Shahar Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasiga avtomatotransport vositalarining texnik koʻrigi natijalari boʻyicha shahar hokimligiga 2012-yil 10-noyabrgacha yozma axborot berish vazifasi topshirilsin.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari O. Sapayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim I.R. YoQUBOV
Urganch sh.,
2012-yil 28-avgust,
1418-k-son