Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2020 04.03.2013 yildagi 62-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotganda ko‘zdan kechirish majburiy bo‘lgan tovarlar Ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2006-yil 4-maydagi 75-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-sonli “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-son va “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida” 2013-yil 29-yanvardagi PQ-1913-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek bojxonada amalga oshirilayotgan ko‘zdan kechirishlar mexanizmini takomillashtirish va samaradorligini oshirish, bojxona nazoratini amalga oshirishda davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining javobgarligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotganda ko‘zdan kechirish majburiy bo‘lgan tovarlar Ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2006-yil 4-maydagi 75-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 4-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-martdagi 62-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotganda ko‘zdan kechirish majburiy bo‘lgan tovarlar Ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2006-yil 4-maydagi 75-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“respublikaning bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan va ko‘rsatib o‘tilgan Ro‘yxatga kiritilgan tovarlar yuk bojxona deklaratsiyalari taqdim etish joylarida puxta ko‘zdan kechirilishini ta’minlasin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 21 — band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. Belgilansinki, ko‘rsatib o‘tilgan Ro‘yxatga kiritilgan tovarlarni chegaradosh bojxona postlarida ko‘zdan kechirilishi quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarga ilova qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar o‘zaro bir-biriga muvofiq bo‘lmagan yoxud tashilayotgan tovarlarning to‘liq nomi va kodlari Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimiga muvofiq kamida 6 ta belgi darajasida ko‘rsatilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazoratining texnik vositalarini qo‘llash yakunlari bo‘yicha amaldagi ma’lumotlarning tovarga ilova qilingan hujjatlardagi ma’lumotlarga nomuvofiqligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining yuk bo‘lmasiga bevosita (erkin) kirish imkoniyati mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga respublikaning boshqa huquqni muhofaza qilish organlari yoki respublika davlat boshqaruvi boshqa organlaridan tushgan materiallar, shuningdek xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa davlat organlaridan hamda xalqaro tashkilotlardan olingan bojxonada ko‘zdan kechirishni amalga oshirish zarurligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat bojxona xizmati organlari xodimlarida bojxona qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida asosli gumoni mavjud bo‘lganda majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ko‘zdan kechirish davlat bojxona xizmati organi xodimining bildirgisi asosida hamda bojxona posti boshlig‘ining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 10-son, 127-modda)