Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2018 04.05.2006 yildagi 75-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA ChEGARASI ORQALI OLIB OʻTILAYOTGANDA KOʻZDAN KEChIRISh MAJBURIY BOʻLGAN TOVARLAR ROʻYXATINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-sonli “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 9-martdagi PQ–302-son qarori 12-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda koʻzdan kechirish majburiy boʻlgan tovarlar roʻyxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan va koʻrsatib oʻtilgan Roʻyxatga kiritilgan tovarlar yuk bojxona deklaratsiyalari taqdim etish joylarida puxta koʻzdan kechirilishini taʼminlasin;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-martdagi 62-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 127-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar respublikaning bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda ularni bojxonada koʻzdan kechirishni amalga oshirishning samaradorligi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan Roʻyxatga kiritilgan tovarlarni chegaradosh bojxona postlarida koʻzdan kechirilishi quyidagi hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlar oʻzaro bir-biriga muvofiq boʻlmagan yoxud tashilayotgan tovarlarning toʻliq nomi va kodlari Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq kamida 6 ta belgi darajasida koʻrsatilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazoratining texnik vositalarini qoʻllash yakunlari boʻyicha amaldagi maʼlumotlarning tovarga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlarga nomuvofiqligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining yuk boʻlmasiga bevosita (erkin) kirish imkoniyati mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga respublikaning boshqa huquqni muhofaza qilish organlari yoki respublika davlat boshqaruvi boshqa organlaridan tushgan materiallar, shuningdek xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa davlat organlaridan hamda xalqaro tashkilotlardan olingan bojxonada koʻzdan kechirishni amalga oshirish zarurligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat bojxona xizmati organlari xodimlarida bojxona qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida asosli gumoni mavjud boʻlganda majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda koʻzdan kechirish davlat bojxona xizmati organi xodimining bildirgisi asosida hamda bojxona posti boshligʻining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-martdagi 62-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 10-son, 127-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda koʻrsatib oʻtilgan Roʻyxatga eksport-import operatsiyalari tendensiyalariga koʻra oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 4-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 19-son, 162-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda; 2013-y., 10-son, 127-modda)