XORAZM VILOYaTI Xiva tumani hokimining
Qarori
IJTIMOIY MUHOFAZAGA MUHTOJ, ISh TOPIShDA QIYNALAYOTGAN ShAXSLARNI IShGA JOYLAShTIRISh UChUN ISh OʻRINLARINI BAND QILIB QOʻYISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Xorazm viloyati Xiva tumani hokimining 2012-yil 3-oktabrdagi 906-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 7, 17-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman.
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan shaxslarni 2012-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan kelib chiqqan holda 315 ta ish oʻrni, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz ota, yolgʻiz onalarga hamda koʻp bolali ota-onalar uchun 18 foiz (58 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 44 foiz (144 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 12 foiz (38 kishi);
nogironlar uchun 7 foiz (23 kishi);
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 3 foiz (26 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 3 foiz (11 kishi);
aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 7 foiz (21 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasini belgilaydi.
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarilishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolgʻiz ota, yolgʻiz onalarga hamda koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari tashkil qilinsin.
4. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyiladigan kasb va lavozimlar 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
5. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasin.
6. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
7. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu 1 oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismi Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
8. Qaror “Xiva tongi” gazetasida eʼlon qilinsin.
9. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (S. Ulliyev) bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-bandda koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazish vazifasi topshirilsin.
10. Ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazorat qilishni tuman hokimining oʻrinbosari U. Quvaqov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim D.S. ALLAKULIYEV
Xiva t.,
2011-yil 29-sentabr,
990-son