Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimining
Qarori
IJTIMOIY MUHOFAZAGA MUHTOJ VA ISh TOPIShDA QIYNALAYOTGAN ShAXSLARNI IShGA JOYLAShTIRISh MAQSADIDA 2013 YIL UChUN ISh OʻRINLARINI BAND QILIB QOʻYISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining 2012-yil 28-avgustdagi № 87-sonli aloqa xatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan tuman hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
1. Band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash maqsadida maxsus ishchi guruhi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish (2-ilovaga muvofiq) xodimlar soni 20 va undan ortiq kishini tashkil etadigan korxonalar jami 7 foiz (215 kishi), shundan nogironlar uchun ish oʻrinlarining eng kam soniga muvofiq 3 foiz (11 kishi) miqdorida va 4 foiz (204 kishi) uchun ish joylarini band qilib qoʻyish yoki barpo etish belgilansin.
Jumladan, umumiy band qilib qoʻyilgan yoki barpo etiladigan ish joylariga nisbatan:
a) yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar 10 foiz (21 kishi);
b) oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar 50 foiz (108 kishi);
v) muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar 25 foiz (31 kishi);
g) nogironlar 3 foiz (11 kishi);
d) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar 5 foiz (10 kishi);
e) jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar 7 foiz (14 kishi);
3. Ish beruvchilar ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalariga va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasin.
Bunda:
nogironlar uchun salomatligi va mehnat faoliyatiga nisbatan qoʻyiladigan belgilangan talablar hisobga olingan holda mehnat vazifasini toʻsiqsiz bajarish imkonini beruvchi ish joylari;
yoshlar uchun, ular umumtaʼlim muassasalarini tamomlaganlaridan keyin bir yil davomida shogirdlik ish joylari yoki maxsus kasb-hunar tayyorgarligini talab qilmaydigan ish joylari;
14 yoshga toʻlmagan bolalari bor yolgʻiz ota, yolgʻiz onalarga hamda koʻp bolali ota-onalarga bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bajarishni birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi, oʻzgaruvchan jadvalli ish joylari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun kasb tayyorgarligi hisobga olingan ishlar.
4. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmda ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlab, bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yil boshlangungacha yozma ravishda axborot berishni taʼminlasin.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish korxona, muassasa, tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlab, bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga birinchi chorak tugagandan keyin 10 kundan kechikmay yozma ravishda axborot berish vazifasi yuklatilsin.
6. Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilganda korxona, muassasa va tashkilotlar uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi:
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini Tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdorda ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan qoplash huquqiga ega boʻladi.
7. Korxona, muassasa va tashkilotlar har chorakda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga 3-ilovaga muvofiq axborot berib borish yuklatilsin.
8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori A. Saparovga bir hafta muddatda mazkur qarorni ilovalarda koʻrsatilgan korxona, muassasa va tashkilot rahbarlari eʼtiboriga quyidagilar yetkazilsin:
korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan ish oʻrinlarining band qilib qoʻyilishi;
ushbu ish oʻrinlariga qarorning 2-bandida koʻrsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining ish oʻrinlarni band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmagan korxona, muassasa va tashkilotlarga jarimalar solish toʻgʻrisida yozma axborotni berib borish topshirilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari E. Boboqulov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim K. RAVShANOV
Chiroqchi t.,
2012-yil 10-sentabr,
X-728/09-son
Tuman hokimining 2012-yil 10-sentabrdagi X-728/09-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2013-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha ishchi komissiya
TARKIBI :
| 1 | Z. Ruzikulova | Tuman hokimining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, komissiya raisi |
| 2 | E. Bobokulov | Tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari |
|
AʼZOLARI | ||
| 3 | A. Saparov | Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori |
| 4 | I. Ibragimov | Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi |
| 5 | E. Xudoynazarov | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi raisi |
| 6 | B. Joʻrayev | “Mahalla” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi |
| 7 | G. Qarshiyeva | Tuman TMEK raisi |
Tuman hokimining 2012-yil 10-sentabrdagi X-728/09-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Chiroqchi tuman boʻyicha 2013-yil uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan shaxslar uchun eng kam ish joylari belgilangan korxonalar
ROʻYXATI
| T/r | Tashkilot va korxonalar nomi | Korxonalarda roʻyxatda turgan xodimlar soni | Belgilangan ish joylarining eng kam miqdori | Jami | Korxonada ishlayotgan ijtimoiy himoyaga muhtojlar soni | Haqiqatda barpo etiladigan yoki ajratiladigan ish joylari soni | Shundan: | |||||||||
| nogironlar uchun 3 foiz | boshqa toifadagilar uchun 4 foiz | nogironlar soni | boshqa toifadagilar soni | Nogironlar soni | Shundan yoshlar uchun soni | Boshqa toifadagilar soni | Yolgʻiz ota-onalar hamda 14 yoshgacha va nogiron bolali onalar | Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar | Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar | Pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlar | Jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilganlar | Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni boshqa toifalari uchun | ||||
| 1 | ISTIQLOL PARRANDACHILIK MChJ | 84 | 2 | 2 | 5 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 3 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 |
| 2 | Paxta tozalash OXJ | 488 | 14 | 20 | 34 | 10 | 1 | 2 | 2 | 19 | 2 | 10 | 5 | 1 | 1 | 0 |
| 3 | Chiroqchi tumani Mashina traktor parki MChJ | 68 | 2 | 3 | 5 | 1 | 0 | 1 | 0 | 3 | 1 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 4 | BINOKOR-7 I Ch KORXONASI | 43 | 1 | 2 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 5 | ASILTURON QURUVChI UJKTIChK | 46 | 1 | 2 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 6 | Avtomobil yoʻllari boshqarmasi | 81 | 2 | 3 | 5 | 2 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 2 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 7 | Chiroqchi markaziy shifoxonasi-1 | 2012 | 60 | 80 | 140 | 54 | 3 | 4 | 1 | 77 | 3 | 59 | 12 | 2 | 1 | 0 |
| 8 | Qashqadaryo qurilish MChJ | 98 | 3 | 4 | 7 | 3 | 0 | 0 | 0 | 4 | 1 | 1 | 1 | 1 | 0 | 0 |
| 9 | Chiroqchi maishiy xizmat kolleji | 96 | 3 | 4 | 7 | 3 | 1 | 0 | 0 | 3 | 0 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 10 | Chiroqchi agrobiznes kolleji | 79 | 2 | 3 | 5 | 2 | 0 | 0 | 0 | 3 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 11 | Chiroqchi sport pedagogika kolleji | 86 | 3 | 3 | 6 | 3 | 0 | 0 | 0 | 3 | 1 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 12 | Chiroqchi torjilgʻa agrobiz kolleji | 68 | 2 | 3 | 5 | 2 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 |
| 13 | Chiroqchi xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji | 64 | 2 | 3 | 5 | 1 | 0 | 1 | 1 | 3 | 0 | 1 | 1 | 1 | 0 | 0 |
| 14 | Qoratelpak kasb-hunar kolleji | 65 | 2 | 3 | 5 | 2 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 |
| 15 | Chiroqchi yengilsanoat kasb-hunar kolleji | 64 | 2 | 3 | 5 | 3 | 0 | 0 | 0 | 3 | 1 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 16 | Yangi hayot agrosanoat kolleji | 75 | 2 | 3 | 5 | 2 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 1 | 1 | 1 | 0 | 0 |
| 17 | Chiroqchi iq-t sersiv kasb-hunar kolleji | 58 | 2 | 2 | 4 | 2 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 18 | Beshchashma qurilish kasb-hunar kolleji | 69 | 2 | 3 | 5 | 5 | 0 | 0 | 0 | 3 | 1 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 19 | Chiroqchi-kvars i ch korxonasi | 46 | 1 | 2 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 20 | Mikrokreditbank Chiroqchi | 47 | 1 | 2 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 21 | “ESKI ANHOR” irrigatsiya tizimi boshqarmasi | 77 | 2 | 3 | 5 | 1 | 0 | 1 | 0 | 3 | 1 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 22 | “ChIROQChI GʻIShT ZAVODI” masʼuliyati cheklangan jamiyat | 48 | 1 | 2 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 1 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 |
| 23 | Qumdaryo oʻrmon xoʻjaligi | 41 | 1 | 2 | 3 | 0 | 0 | 1 | 1 | 2 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 24 | “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” Chiroqchi filiali | 84 | 3 | 3 | 6 | 3 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 25 | Obodonlashtirish korxonasi | 161 | 4 | 6 | 10 | 4 | 0 | 0 | 0 | 6 | 2 | 1 | 1 | 1 | 1 | 0 |
| 26 | AT Xalq banki | 103 | 3 | 4 | 7 | 3 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | 1 | 2 | 0 | 1 | 0 |
| 27 | AT Gʻalla bank | 47 | 1 | 2 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 28 | Aholiga xizmat koʻrsatish jamoa birlashmasi | 56 | 1 | 2 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| 29 | Ozoda jamoa korxonasi | 44 | 1 | 2 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 30 | Chiroqchi tuman Sanitariya — epidemiologiya nazorat markazi | 86 | 2 | 3 | 5 | 2 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 |
| 31 | Chorvador sh.x | 72 | 2 | 3 | 5 | 2 | 0 | 0 | 0 | 3 | 1 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 32 | Shoʻrquduq Transport kasb-hunar kolleji | 67 | 2 | 3 | 5 | 2 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 |
| 33 | Koʻkdala Pedagogika kolleji | 66 | 2 | 3 | 5 | 2 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 |
| 34 | Chiroqchi Qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji | 114 | 3 | 5 | 8 | 3 | 0 | 0 | 0 | 5 | 1 | 2 | 1 | 0 | 1 | 0 |
| 35 | Chiroqchi Iqtisodiyot kasb-hunar kolleji | 112 | 3 | 4 | 7 | 3 | 0 | 0 | 0 | 4 | 1 | 0 | 1 | 1 | 1 | 0 |
| 36 | Chiroqchi Sanoat kasb-hunar kolleji | 86 | 2 | 3 | 5 | 2 | 0 | 0 | 0 | 3 | 1 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 |
| 37 | Chiroqchi Transport kasb-hunar kolleji | 162 | 4 | 6 | 10 | 4 | 0 | 0 | 0 | 6 | 1 | 1 | 1 | 1 | 2 | 0 |
| 38 | Chiroqchi Agro bank | 46 | 1 | 2 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 |
| |
Jami |
5229 |
147 | 209 | 356 | 133 | 5 | 11 |
5 |
204 | 21 | 108 | 51 | 10 | 14 | 0 |
Tuman hokimining 2012-yil 10-sentabrdagi X-728/09-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
| Tashkilot nomi | | | |
| _______________________________ | | | |
| ________________________________ | Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman markaziga taqdim etiladi. | ||
| Yuridik manzili: | | | |
| _________________________________ | | | |
| _________________________________ | | | |
| | | | |
|
201____ yilning______ choragida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida | |||
| |
AXBOROT |
| |
| 1. Hisobot yilida mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga muvofiq nazarda tutilgan band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari soni_____ish oʻrni, shu jumladan nogironlarni ishga joylashtirish uchun______ish oʻrni. | |||
| 2. Band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirilganlar soni: | |||
|
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar toifalari |
Hisobot davrining yakuniy holatiga koʻra ishlayotganlar (kishi) |
Shundan ishga joylashtirilganlar | |
|
hisobot chorakda |
yil boshidan | ||
| Jami: | | | |
| Shu jumladan: | | | |
| Oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar | | | |
| Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar | | | |
| Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar | | | |
| Nogironlar | | | |
| Bandlikka koʻmaklashuvchi tuman markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar | | | |
| Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar | | | |
| Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarning boshqa toifalari | | | |