30.12.2016 yildagi 422-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholisi va budjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlari yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholisi va budjet tashkilotlarini sifatli koʻmir va koʻmir briketlari bilan uzluksiz taʼminlash, koʻmir mahsulotlarini yetkazib beruvchi va taqsimlovchi tashkilotlar masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Koʻmir va koʻmir briketlariga (keyingi oʻrinlarda koʻmir mahsulotlari deb ataladi) boʻlgan ehtiyojni aniqlash, ularni budjet tashkilotlari hamda aholiga yetkazib berish va sotish Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-iyuldagi 177-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari tomonidan budjet mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan koʻmir va koʻmir briketlarini sotish, yetkazib berish, tashish, qabul qilish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda hamda Respublika aholisini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududlari boʻyicha 2016-2017-yillarning kuz-qish davrida aholi va budjet tashkilotlarini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha yigʻma reja va tadbirlar rejasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining 2017-yilda quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan hududiy distribyutorlik markazlari filiallarining roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining 2017-yilda koʻmir briketlari ishlab chiqarish boʻyicha asbob-uskunalar bilan jihozlanadigan hududiy distribyutorlik markazlari roʻyxati 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkoʻmir” UK koʻmirni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Temiryoʻlyonilgʻitaʼmin” boshqarmasining koʻmir omborlari manziliga yuklab joʻnatishni taʼminlaydi hamda yuklab joʻnatilayotgan koʻmirning sifati va hajmlari uchun javob beradi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Temiryoʻlyonilgʻitaʼmin” boshqarmasi koʻmir mahsulotlari sifatli saqlanishini hamda faqat aholiga va budjet tashkilotlariga sotilishini taʼminlaydi;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati koʻmirni “Oʻzbekkoʻmir” UK “Koʻmiryigʻish” stansiyasidan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining tegishli stansiyalarigacha tashishni taʼminlaydi hamda vagonlarning oʻz vaqtida berilishi va koʻmirning yetkazilishi uchun javob beradi;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari koʻmir mahsulotlari ishlab chiqarilgandan boshlab aholiga va budjet tashkilotlariga taqsimlanguniga qadar muhofaza qilinishini taʼminlash tadbirlarini amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir mahallada ichki ishlar organlari va davlat soliq inspeksiyalari koʻmir mahsulotlarining aholiga belgilangan tartibda taqsimlanishi va sotilishini taʼminlaydi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 772-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan koʻmir resurslari va ularni taqsimlash balansi doirasida yetkazib beriladigan koʻmir mahsulotlari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining harbiylashtirilgan qoʻriqlash naryadlari bilan muhofaza etilishi va hamrohlik qilinishi kerak boʻlgan yuklar roʻyxatiga kiritiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkoʻmir” UK va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ “Temiryoʻlyonilgʻitaʼmin” boshqarmasining koʻmir omborlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari koʻmir mahsulotlari zaxiralari shakllantirilishi, ularning manzilli taqsimlanishi hamda aholi va budjet tashkilotlariga uzluksiz yetkazib berilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, istisno tariqasida, “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatiga 2017-yil 1-martgacha aholi ehtiyojlari uchun koʻmir mahsulotlarini tashishga amaldagi preyskurant stavkalarining 50 foizi miqdorida chegirma bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror eʼlon qilingan sanadan boshlab 2017-yil 1-martgacha aholiga sotiladigan koʻmirga bir tonnasi uchun 126400 soʻm miqdorida chakana narx belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari uchun koʻmir mahsulotlariga narx belgilash darajasi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin hamda ularning narxi asossiz oshib ketishining oldini olish va unga barham berish chora-tadbirlarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga sotiladigan koʻmirning chakana narxlariga rioya etilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin hamda belgilangan tartib buzilganligi uchun aybdorlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq amaliy chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili budjet mablagʻlari xarajatlari prognozini shakllantirishda budjet tashkilotlari smetalarida koʻmir mahsulotlarini sotib olishni keyingi yil 1-oktabrgacha bir maromda moliyalashtirishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasining “Koʻmirning ulgurji-sotish narxiga maxsus ustama miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-martdagi 75-son qarori bilan belgilangan koʻmir tarmogʻi korxonalari tomonidan sotiladigan koʻmirning ulgurji-sotish narxiga qoʻshimcha maxsus ustama soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzbekkoʻmir” UK koʻmirning ulgurji-sotish narxiga maxsus ustama soliq solinadigan bazadan chiqarilishi hisobiga boʻshaydigan mablagʻlarning investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, kreditlarni toʻlashga va kon yuzasini ochish bilan bogʻliq qoʻshimcha ishlarni bajarishga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyati 4-ilovada nazarda tutilgan muddatlarda “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining ustav fondidagi aksiyalarning davlat ulushi boʻyicha dividendlar hisobiga 1 sutkada 30 tonna koʻmir briketlari ishlab chiqaruvchi 70 ta qurilma tayyorlanishini va “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatiga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Navoiy KMK” davlat korxonasi 4-ilovada nazarda tutilgan muddatlarda oʻz mablagʻlari hisobiga 1 sutkada 150 tonna koʻmir briketlari ishlab chiqaruvchi 14 ta qurilma tayyorlanishini va “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatiga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xalq bankining Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari hisobidan beriladigan qarz resurslari hisobiga “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankining 3 yil muddatga, shu jumladan imtiyozli davri 6 oy, yillik stavkasi 7,5 foiz, shu jumladan qayta moliyalashtiradigan bankning marjasi miqdori yiliga 0,5 foiz boʻlgan krediti 2017-yilda “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining hududiy distribyutorlik markazlari koʻmir omborxonalarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga koʻmir mahsulotlarining oylar boʻyicha yetkazib berilishi jadvallari bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatining buyurtmanomalari boʻyicha 3-ilovaga muvofiq hududiy distribyutorlik markazlarining filiallarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun yer uchastkalari berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda belgilangan pudrat tashkilotlariga hududiy distribyutorlik markazlari filiallarini qurish va rekonstruksiya qilishni loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir paytda amalga oshirishga 2017-yil 1-iyulgacha istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishining ekspert kuzatuvini taʼminlasin hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada koʻmir briketlari ishlab chiqarish va sotishni kompleks tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 2-iyuldagi 177-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y.. 7-son, 53-modda) 6-ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
422-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 15-modda, 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2018-y., 09/18/52/0629-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 19.03.2020-y., 09/20/170/0336-son; 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 09/22/551/0875-son)