Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
HUKUMATLARARO BITIMLARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Eron Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida ularning bojxona maʼmuriyatlari oʻrtasida oʻzaro yordam toʻgʻrisida 1999-yil 12-iyunda Toshkent shahrida imzolangan Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida fuqaro muhofazasi (mudofaasi), favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida 1998-yil 6-mayda Moskva shahrida imzolangan Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati oʻrtasida huquqiy axborot almashish toʻgʻrisida 1998-yil 17-dekabrda Toshkent shahrida imzolangan Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1998-yil 17-dekabrda Toshkent shahrida imzolangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar) ni eksport va import qilishda bilvosita soliqlarni undirish prinsiplari toʻgʻrisidagi Bitim.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.S. Hamidov, M.Z. Usmonov, tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov Oʻzbekiston Respublikasining ushbu hujjatlarda nazarda tutilgan majburiyatlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 30-iyun,
319-son