06.05.1998 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va
Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro himoyasi (mudofaasi), favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 30-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq ikki xalq oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro himoyasi (mudofaasi), favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi hamkorlik ikkala davlat ravnaqi va xavfsizligiga koʻmaklashishini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala mamlakat uchun favqulodda vaziyatlar tugʻdirayotgan xavfni anglab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro himoyasi (mudofaasi), favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf qilish sohasida ilmiy-texnikaviy axborot bilan almashish oʻzaro qiziqish uygʻotishini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha, shuningdek atrof-muhit monitoringini tashkil etish boʻyicha kelishilgan siyosat oʻtkazilishini talab etuvchi ikkala mamlakat ekologik tizimlarining oʻzaro bogʻliqligidan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan birining kuch va vositalari bilan bartaraf etib boʻlmaydigan favqulodda vaziyatlar kelib chiqishi ehtimolini hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf qilish maqsadida ikkala davlatning muvofiqlashtirilgan harakatlariga boʻlgan ehtiyojni eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf qilish sohasidagi ahamiyatini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimda ishlatiladigan atamalar quyidagi maʼnolarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“soʻrayotgan Tomon” — yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlarni, jihoz va taʼminlash materiallarini yuborishni iltimos qilib boshqa Tomonga murojaat qiluvchi Tomon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“taqdim qiluvchi Tomon” — yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlarni, jihoz va taʼminlash materiallarini yuborish toʻgʻrisidagi boshqa Tomonning soʻrovini qondiruvchi Tomon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vakolatli organ” — ushbu Bitimni bajarish bilan bogʻlik boʻlgan ishlarga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish uchun har bir Tomon tayinlaydigan organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yordam koʻrsatish boʻyicha guruh” — yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan va zarur jihozlar bilan taʼminlangan taqdim qiluvchi Tomonning tashkil qilingan mutaxassislar guruhi, shu jumladan harbiy xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“favqulodda vaziyat” — odam talofatlariga, odamlar sogʻligʻiga yoki tabiiy atrof-muhitga ziyon yetkazishga, katta moddiy talofatlar va odamlar hayotiy faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, xavfli tabiiy hodisa, falokat, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida maʼlum bir hududda yuzaga kelgan vaziyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“favqulodda vaziyatni oldini olish” — oldindan oʻtkaziladigan va favqulodda vaziyat paydo boʻlish xavfini imkon qadar kamaytirishga, shuningdek u paydo boʻlganda odamlar sogʻligʻini saqlash, tabiiy atrof-muhitga ziyon miqdorini va moddiy talofatlarni kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmuasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“favqulodda vaziyatni bartaraf etish” — favqulodda vaziyat yuzaga kelganda odamlar hayotini qutqarish va sogʻligʻini saqlash, tabiiy atrof-muhitga ziyon va moddiy talofatlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyat zonasini cheklashga, unga xos boʻlgan xavfli omillarning amal qilishini tugatishga qaratilgan avariya-qutqarish, va, boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“favqulodda vaziyat zonasi” — favqulodda vaziyat yuzaga kelgan hudud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“avariya-qutqarish ishlari” — odamlarni, moddiy va madaniy boyliklarni qutqarish, favqulodda vaziyat zonasida tabiiy muhitni himoyalash, favqulodda vaziyatni cheklash va unga xos boʻlgan xavfli omillarni tugatish yoki eng kam mumkin boʻlgan darajaga yetkazish boʻyicha harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jihozlar” — materiallar, texnik va transport vositalari, yordam koʻrsatish boʻyicha guruhning anjomlari hamda guruh aʼzolarining shaxsiy anjomlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“taʼminlash materiallari” — favqulodda vaziyat natijasida zarar koʻrgan aholi orasida taqsimlash uchun moʻljallangan moddiy vositalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Vakolatli organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Bitim bajarilishi boʻyicha Tomonlarning vakolatli organlari boʻlib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boʻyicha vazirlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya tomonidan — Rossiya Federatsiyasi Fuqaro mudofaasi, favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha vazirlik hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boshqa vakolatli organ tayinlangan holda Tomonlar diplomatik kanallar orqali bir-birlarini yozma ravishda xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Hamkorlik shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik quyidagilarni koʻzda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli texnogen va ekologik jarayonlarni, shuningdek tabiiy hodisalar monitoringini tashkil qilish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarni oldindan aytib berish va ular oqibatlarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini favqulodda vaziyatlardagi, shu jumladan birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha harakatlarga tayyorlashni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat tuzilmalarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha oʻzaro harakatlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat avariyalari, falokatlar va tabiiy ofatlar natijasida mumkin boʻlgan ifloslanishlar bilan bogʻliq atrof-muhit va aholi uchun xavfni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot loyihalarini qoʻshma rejalashtirish, ishlab chiqish va amalga oshirish, ilmiy-texnikaviy adabiyot va tadqiqot ishlari natijalari bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot, davriy nashrlar, metodik va boshqa adabiyot, video- va fotomateriallar, shuningdek texnologiyalar bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma konferensiya, seminar, ishchi maslahatlashishlar, oʻquv mashqlari va tayyorgarlik mashqlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma nashrlar va dokladlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa Tomon davlatining oʻquv muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash, stajorlar, oʻqituvchilar, olim va mutaxassislar bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari oʻrtasida oʻzaro harakatni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnika, mulk va jihozlar bilan taʼminlashda oʻzaro yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha harakatlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlarini bartaraf etishda oʻzaro yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli organlari oʻrtasida kelishilishi mumkin boʻlgan fuqaro himoyasi (mudofaasi), favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi boshqa faoliyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Tashkilot va muassasalar oʻrtasidagi hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar maqsadga muvofiq boʻlgan hollarda fuqaro himoyasi (mudofaasi), favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan davlat muassasa va tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Qoʻshma komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni bajarish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish uchun Tomonlarning vakolatli organlari fuqaro himoyasi (mudofaasi), favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasida hamkorlik boʻyicha Qoʻshma komissiyani taʼsis etadilar, uning tarkibi, vazifalari va ish tartibini belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Vakillarni qabul qilish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimda koʻzda tutilgan va bevosita favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyatda ishtirok etish uchun boshqa Tomon vakillarini qabul qiluvchi Tomon, agar Tomonlar oʻrtasida boshqacha kelishilmasa, ularning oʻz davlati hududida boʻlish va koʻchishi bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlarni qoplaydi. Qabul qiluvchi Tomon davlatining hududiga borish va uning hududidan chiqish xarajatlari yuboruvchi Tomon tarafidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha soʻrovlarni amalga oshiruvchi organlar boʻlib Tomonlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrayotgan Tomonning favqulodda vaziyat tusi toʻgʻrisida axborot taqdim etilgan, zarur yordam turi va miqdori koʻrsatilgan soʻrovi asosida yordam taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim qiluvchi Tomon soʻrayotgan Tomonning murojaatini eng qisqa muddatda koʻrib chiqadi va yordam taqdim etish boʻyicha oʻzining imkoniyatlari, miqdori va shartlari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlarga rahbarlik ushbu guruhlar rahbarlari orqali soʻrayotgan Tomonning vakolatli organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Yordam turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish yuzasidan yordam berish yordam koʻrsatish guruhlarini, taʼminot ashyolarini joʻnatish yoʻli bilan yoki boshqa soʻralgan tarzda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish guruhlari favqulodda vaziyatlar zonasida avariya-qutqaruv ishlarini bajarishga safarbar etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrayotgan Tomon yordam koʻrsatish guruhlari rahbarlarini favqulodda vaziyat yuz bergan zonadagi holat hamda muayyan ish joyidagi ahvoldan xabardor qiladi, zarur boʻlganida mazkur guruhlarni tarjimonlar va aloqa vositalari bilan taʼminlaydi, shuningdek ularning muhofazasini, bepul tibbiy yordam koʻrsatishni oʻz zimmasiga oladi va ularning harakatlarini muvofiqlashtirib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish guruhlari favqulodda vaziyatlar zonasida kamida 72 soat mobaynida mustaqil ravishda ish olib borishlari uchun yetarli darajada taʼminlanishlari kerak. Zaxiralar tugaganida soʻrayotgan Tomon mazkur guruhlarni, agar Tomonlar qoʻshimcha ravishda boshqacha yoʻsinda kelishib olmagan boʻlsalar, ularni kelgusi ishi uchun lozim boʻlgan vositalar bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Yordam koʻrsatish guruhlarining davlat chegaralarini kesib oʻtishi shartlari va ularning soʻrayotgan Tomon davlati hududida boʻlishi rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish guruhi soʻrayotgan Tomonning davlat chegarasini Tomonlarning milliy qonunlarida belgilangan pasportlarga koʻra xalqaro aloqalar uchun ochilgan oʻtkazish punktlari orqali kesib oʻtadilar. Guruh rahbari yordam koʻrsatish guruhi aʼzolarining roʻyxati hamda taqdim qiluvchi Tomonning masʼul organlari tarafidan uning vakolatini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish guruhining aʼzolari soʻrayotgan Tomonning davlat hududida boʻlgan chogʻlarida bu davlat qonunlariga boʻysunishga majburdirlar. Bunda ular mehnat qonunlari va unga bogʻliq masalalarda taqdim qiluvchi Tomonning yurisdiksiyasi ostida boʻladilar. Yordam koʻrsatish guruhi tarkibidagi harbiy xizmatchilar taqdim qiluvchi Tomonning harbiy kishilar maqomini tartibga solib turuvchi qonunlariga boʻysunadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish guruhlarining koʻchishi, ularning jihoz va ashyolarini tashish avtomobil, temir yoʻl, suv yoki havo transporti orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan transport turlaridan foydalanish tartibi Tomonlarning vakolatli organlari tomonidan tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yordam berish uchun jihozlar hamda taʼminot ashyolarini olib kirish va olib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda yordam berish uchun soʻrayotgan tomonning davlat hududiga olib kiriladigan va taqdim qiluvchi Tomonning davlat hududidan olib chiqiladigan jihozlar hamda taʼminot ashyolari bojxona bojlari, yigʻim hamda soliqlaridan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jihozlar va taʼminot ashyolarining bojxona rasmiylashtirilishi Tomonlarning vakolatli organlari tomonidan beriladigan yordam koʻrsatish guruhi tarkibi, olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan jihoz va taʼminot ashyolarining roʻyxati koʻrsatilgan bildirishnomalarga asosan osonlashtirilgan yoʻsinda va ustuvor tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish guruhlariga jihozlar hamda taʼminot ashyolaridan boshqa biror-bir tovarlarni tashib oʻtish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish ishlari tugallanganidan soʻng olib kirilgan jihozlar soʻrayotgan Tomonning hududidan olib chiqilishi kerak. Agar muayyan sababga koʻra jihozlarni olib chiqib ketishning iloji boʻlmasa, ular soʻrayotgan Tomonning vakolatli organiga kelishilgan shartlarda yordam tariqasida bepul qoldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda soʻrayotgan Tomonning vakolatli tashkilotlari va bojxona organlarini, qoldirilayotgan jihozlarning turlari, miqdori va joyini koʻrsatgan holda, xabardor qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchilarga zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish uchun lozim boʻlganida soʻrayotgan Tomonning davlat hududiga narkotik moddali tibbiy dori-darmonlar yetarli miqdorda olib kirilishi mumkin. Bu holda yordam koʻrsatish guruhining rahbari soʻrayotgan va taqdim qiluvchi Tomonlarning bojxona organlariga narkotik moddali tibbiy dori-darmonlarning nomlari hamda miqdori koʻrsatilgan deklaratsiyani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday tibbiy dori-darmonlar soʻrayotgan Tomonga topshirilmaydi va bu Tomon vakillari nazoratida faqat malakali tibbiy xodimlar tomonidan qoʻllanadi. Ishlatilmay qolgan narkotik moddali tibbiy dori-darmonlar ularning nomlanishi va miqdori koʻrsatilgan hujjatlar asosida soʻrayotgan Tomonning bojxona organlari nazorati ostida chiqarilishi kerak. Sarflangan narkotik moddali tibbiy dori-darmonlar xususida soʻrayotgan Tomonning bojxona organlariga ularning ishlatilganligi toʻgʻrisida yordam koʻrsatish guruhining rahbari hamda shifokori tomonidan imzolanib, soʻrayotgan Tomonning organi idorasi vakili tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Havo kemalaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim qiluvchi Tomonning vakolatli organi soʻrayotgan Tomonning vakolatli organiga yordam koʻrsatishda havo kemalaridan foydalanishga qaror qilinganligini xabar qiladi va ularning turi va alohida belgilari, yoʻnalishi, ekipaj aʼzolarining soni, yukning qandayligi, uchish va qoʻnish joyi va vaqtini maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrayotgan Tomon oʻz davlati hududidagi muayyan joyga uchib oʻtishga ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parvozlar Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti va Tomonlardan har biri belgilagan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Xarajatlarni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrayotgan Tomon yordam qiluvchi Tomonga, agar Tomonlar boshqacha yoʻsinda kelishgan boʻlmasalar, yordam berish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrayotgan Tomon oʻziga yordam koʻrsatish iltimosidan voz kechishi mumkin, biroq bu holda taqdim qiluvchi Tomon u sarflagan xarajatlarning qoplanishini talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xarajatlarning qoplanishi, agar Tomonlar boshqacha yoʻsinda kelishgan boʻlmasalar, taqdim qiluvchi Tomondan talabnoma kelib tushishi bilanoq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim qiluvchi Tomon yordam koʻrsatish guruhi aʼzolarini sugʻurta qiladi. Sugʻurtani rasmiylashtirish boʻyicha xarajatlar ham yordam berish boʻyicha umumiy xarajatlarga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim qiluvchi Tomon havo kemalarining uchib oʻtishi, koʻnish, aerodromda qoʻnib turishi va undan uchib ketishi uchun, shuningdek aeronavigatsion xizmatlar uchun haq toʻlashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havo kemalarining yonilgʻisi hamda ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun taqdim qiluvchi Tomon xarajatlarini qoplash masalalari har bir aniq holatda alohida hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Zararni qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrayotgan Tomon yordam koʻrsatish guruhi aʼzolarining jarohatlanishi yoki halok boʻlishi bilan bogʻliq xarajatlarni, agar bu hodisa mazkur Bitimni amalga oshirish boʻyicha vazifalarni bajarish chogʻida yuz bergan boʻlsa, oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yordam koʻrsatish guruhi aʼzosi ushbu Bitimda koʻzda tutilgan vazifalarni bajarish chogʻida soʻrayotgan Tomonning davlat hududida yuridik yoki jismoniy shaxsga ziyon yetkazsa, zararni yordamga muhtoj Tomon yordam koʻrsatayotgan oʻz fuqarolari zarar yetkazgan holda qoʻllanadigan qonunlarga muvofiq ravishda qoplaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordam koʻrsatish guruhi aʼzosining qasddan yoki qoʻpol eʼtiborsizlik orqasida yetkazgan zararini taqdim qiluvchi Tomon toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Axborotdan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim doirasidagi faoliyat natijasida olingan axborot, Tomonlar davlatlarining qonunlariga binoan oshkor etilmaydigan axborotdan tashqari, odatdagi amaliyot va koʻrsatmalar asosida eʼlon qilinadi va ishlatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Bahslarning hal qilinishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimni talqin qilish va qoʻllash borasida kelib chiqadigan bahslar Tomonlar oʻrtasida muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga binoan ushbu Bitimga uning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadigan alohida protokollar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim Tomonlar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisidagi soʻnggi yozma bildirishnoma sanasidan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim cheklanmagan muddatga tuziladi. Tomonlarning har biri yozma ravishda ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitimning amal qilishi Tomonlardan biri uning amal qilishini toʻxtatish qarori toʻgʻrisidagi bildirishnomani olgan sanadan boshlab olti oy oʻtgach toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Bitim amal qilishining toʻxtatilishi uning amal qilishi toʻxtatilishidan avval boshlangan, biroq oxiriga yetkazilmagan, unga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatga, agar Tomonlar boshqacha yoʻsinda kelishgan boʻlmasalar, daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moskva shahrida 1998-yil 6-mayda ikki nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, ikkala matn bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)