O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIG‘INING
buyrug‘i
DARYo TRANSPORTINI TEXNIK IShLATISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 7-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 990-2]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 26-oktabrdagi 26-sonli “Daryo transportini texnik ishlatish qoidalari, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 990-7, 10.11.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi PF–3080-sonli “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 10-son, 77-modda), 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-sonli “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 327-modda) farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-oktabrdagi 342-sonli “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2002-y., 10-son, 56-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining boshlig‘i tomonidan 2000-yil 30-noyabrdagi 01/960-son bilan tasdiqlangan Daryo transportini texnik ishlatish qoidalariga (ro‘yxat raqami 990, 2000-yil 6-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 23-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 8-avgust,
142-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 36-son, 420-modda)