15.12.2000 yildagi 175-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH, SHUNINGDEK AYRIMLARINI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB TOPISH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 6-dekabrdagi 311-II-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-644-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 29-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2020-y., 03/20/644/1415-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi O‘RQ-1076-sonli Qonuniga asosan 4-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 31-oktabr — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi 268-II-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 11-dekabrdagi 561-II-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 11-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 442-II-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 220-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi O‘RQ-763-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 187-moddasi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 189-moddasi ikkinchi qismining “a” bandidan “187” raqami chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 24-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda) 345-moddasining beshinchi qismidagi “187-192” raqamlari “188-192” raqamlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 165-moddasi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi mazmundagi 1791-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1791-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortishi —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 264-moddasining birinchi qismidagi “165” raqami chiqarib tashlansin, “1762” raqami esa “1762, 1791” raqamlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 16-moddasining ikkinchi qismidagi ikkinchi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Boshqaruv a’zolarini (Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bundan mustasno) Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga binoan Oliy Majlisning Kengashi tasdiqlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 22-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Markaziy bank Raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimidan ozod qilinadilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11—12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5—6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 15-moddasi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan zararlarni qoplash sudning qarori bilan shu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 40-moddasining beshinchi qismidagi “birlashishlari mumkin” degan so‘zlar “va boshqa birlashmalarga Qonunga muvofiq birlashishlari mumkin” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 77-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“77-modda. Yuridik shaxslar birlashmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat tashkilotlari o‘zlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va o‘zga birlashmalariga birlashishlari mumkin. Agar ishtirokchilarning qaroriga muvofiq uyushmaga (ittifoqqa) va o‘zga birlashmaga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish vazifasi yuklatilsa, bunday uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashma ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda xo‘jalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirilishi kerak yoxud tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xo‘jalik jamiyatlari tuzishi yoki ularda ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notijorat tashkilotlari o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalar yuridik shaxs hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning a’zolari o‘z mustaqilliklarini va yuridik shaxs huquqlarini saqlab qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalar o‘z a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning a’zolari ularning majburiyatlari bo‘yicha uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidar javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning nomi ularning asosiy faoliyatini ko‘rsatishi, unga “uyushmasi”, “ittifoqi” so‘zlari yoki birlashma turini ko‘rsatadigan boshqa so‘z kiritilgan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida yuridik shaxslar birlashmalari huquqiy mavqeyining xususiyatlari belgilanishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 773-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mijozning bankdagi hisobvaraqda turgan pul mablag‘lari Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul shaklida olinishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 985-moddasining birinchi qismidagi “shaxsga yetkazilgan zarar” degan so‘zlar “shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 990-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining Qonunga xilof qarorlari natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, ular mansabdor shaxslarining aybidan qat’i nazar, sudning qarori asosida qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining Qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar sudning qarori asosida qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarar ushbu Kodeksning 15-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 991-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin: “Sudning qarori bilan zararni qoplash zarar yetkazilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 1102-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tovar belgisiga bo‘lgan huquq tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 1103-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1103-modda. Tovar belgisidan foydalanish va uning daxlsizligi huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasi o‘ziga tegishli belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda alohida huquqqa ega. Tovar belgisiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritishdan iborat alohida huquq ham tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasiga tegishlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar belgisini Qonunda belgilangan tartibda har qanday tarzda muomalaga kiritish undan foydalanish deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar belgisini nashr etganda, uni ko‘pchilik oldida ijro etganda yoki undan o‘zgacha tarzda foydalanganda tovar belgisining o‘ziga ham, uning belgilariga ham biror-bir o‘zgartishlar kiritishga faqat unga bo‘lgan huquq egasining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar belgisining daxlsizligiga bo‘lgan huquq tovar belgisiga bo‘lgan huquq egasiga tegishlidir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 1078-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yozuvlardan nusxa ko‘chirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda) ikkinchi moddasi quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jamiyat qonun hujjatlarida man etilmagan va ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug‘ullanishi mumkin. Jamiyat muassislari ta’sis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarinigina sanab o‘tishga haqlidirlar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi O‘RQ-42-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 28-29-son, 260-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda) 15-moddasi beshinchi qismining birinchi xatboshisi “quyidagi hollarda” degan so‘zlardan keyin “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 14-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14-modda. Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va litsenziyani bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyani bergan organning qaroriga binoan quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilganda, u ayblanuvchi sifatida javobgarlikka tortilganidan boshlab sud hukmi Qonuniy kuchga kirgunga qadar yoxud oqlovchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxs litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgarganda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish muddatiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ advokat tomonidan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish uchun muddat belgilashi shart. Ko‘rsatilgan muddat olti oydan oshishi mumkin emas, advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga olib kelgan holatlarni advokat bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turgan litsenziyalovchi organ ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani bekor qilish litsenziyani bergan organ tomonidan quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning arizasiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar advokat unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsga nisbatan sud chiqargan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya sudning qaroriga binoan ham bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qaror u berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 15-moddasi uchinchi xatboshidan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini tugatish (litsenziya bergan organ tomonidan malaka komissiyasining qaroriga asosan)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 16-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16-modda. Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxs litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etganda, lekin agar mijoz talab qilsa avval qabul qilingan topshiriq bajarilib bo‘lgach;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning muomala layoqati belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organning litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran litsenziyaning amal qilishi tugatiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(I bo‘limining 18-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvardagi O‘RQ-319-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 5-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 108-modda) 7-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7-modda. Axborot olishni ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o‘zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonun hujjatlari bilan, shuningdek hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. Axborot olish imkoniyati qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e’lon qilish va tarqatish yo‘li bilan ta’minlanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(I bo‘limning 21-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 86-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-moddasi quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar kelishuvga erishmaganlari taqdirda esa sud tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi qismi sakkizinchi qism deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-680-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan – Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 3-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tekshirishlarni qayd etish daftari” — o‘tkazilgan tekshirishlar to‘g‘risidagi axborot yozib qo‘yiladigan maxsus daftar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 6-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6-modda. Tekshiruvchi mansabdor shaxslarga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishiga belgilangan namunadagi maxsus guvohnoma va ushbu Qonunning 9 va 12-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgani taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshiruvga auditorlik tashkilotlari va (yoki) ekspertlar jalb etilgani taqdirda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan nazorat qiluvchi organ va auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspert o‘rtasidagi shartnomaning ko‘chirma nusxasi albatta taqdim etiladi. Shartnomada auditor va (yoki) ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Auditor va (yoki) ekspert xulosasining to‘g‘riligi va uning Qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspertning javobgarligi tuziladigan shartnomaning zaruriy sharti hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvlari va ekspertizalarni o‘tkazish xarajatlari nazorat qiluvchi organlar hisobiga amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 9-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejali tekshirish, shu jumladan taftishdan o‘tkazish uchun, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, quyidagilar asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishni o‘tkazishning muvofiqlashtiruvchi rejasidan ko‘chirma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qiluvchi organning muvofiqlashtiruvchi reja asosida chiqargan buyrug‘i yoxud maxsus vakolatli organning rejadan tashqari tekshirish, shu jumladan taftish o‘tkazish to‘g‘risidagi hamda tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi va tekshiruvni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan qarorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish uchun qo‘zg‘atilgan jinoiy ish mavjudligi asos bo‘ladi. Bunda tekshiruvga xo‘jalik yurituvchi subyektning faqat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyati qamrab olinishi mumkin bo‘lib, bu haqda tekshiruvni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 10-moddasining ikkinchi qismidan “qoida tariqasida” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 12-moddasining birinchi qismidagi “nazorat qiluvchi organning buyrug‘i” degan so‘zlar “mansabdor shaxslar tarkibi va tekshiruvni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrug‘i” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) quyidagi mazmundagi 14-1-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14-1-modda. Muqobil tekshirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda muqobil tekshirishlar jinoyat ishlari yuzasidan tergov olib borish jarayonida tekshirish tayinlash to‘g‘risidagi qaror asosida yoxud nazorat qiluvchi organlar tomonidan maxsus vakolatli organning qaroriga binoan amalga oshiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda muqobil tekshirishlarga ularning tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan o‘zaro munosabatlari yuzasidangina yo‘l qo‘yiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 16-moddasi birinchi qismining beshinchi xatboshisi “organlarning” degan so‘zdan keyin “tekshiruvchi mansabdor shaxslarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tekshiruvga auditorlik tashkilotlarini va (yoki) ekspertlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlashiga halal bermaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlarni qayd etish daftariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozib qo‘yish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 18-moddasi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari a’zolarining faoliyatini tekshirish ularning vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 8-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8-modda. Litsenziya berishni rad etish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning litsenziya olish paytida hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatning xavfsizligini ta’minlash uchun sharoitlar yo‘qligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, zaharvandlik, alkogolizm tufayli dispanser hisobida turuvchi xodimlar mavjud bo‘lsa va ular o‘z xizmat vazifasi taqozosiga ko‘ra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan erkin foydalanish imkoniga ega bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan xodimlar mavjud bo‘lsa va ular o‘z xizmat vazifasi taqozosiga ko‘ra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan erkin foydalanish imkoniga ega bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs litsenziya olish paytida taqdim etgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 9-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9-modda. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyani bergan organning qaroriga binoan quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organlarning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlari uning tomonidan bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs qayta tuzilganda litsenziyani qayta rasmiylashtirish muddatiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyalovchi organ litsenziat tomonidan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish uchun muddat belgilashi shart. Ko‘rsatilgan muddat olti oydan oshishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziat bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turgan litsenziyalovchi organ ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) quyidagi mazmundagi 91-modda bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“91-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish va litsenziyani bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, uning o‘zgartirilishi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etilgan faoliyat turini amalga oshirish qoidalariga rioya etish yuzasidan majburiyatlar litsenziat tomonidan bir yil ichida takroran bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalovchi organning litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziat tomonidan litsenziyada belgilangan faoliyat turiga rioya etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran litsenziyaning amal qilishi tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyani bekor qilish litsenziyani bergan organ tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziatning arizasiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar litsenziat unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya sudning qaroriga binoan ham bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bekor qilish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi tugatilishi yoki litsenziya bekor qilinishi to‘g‘risidagi qaror mazkur qarorni qabul qilgan litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay asoslangan dalillar bilan yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1967-yil 31-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining balog‘atga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1967-yil, № 13, 1-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1967-yil 31-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida balog‘atga yetmaganlarning jamoat tarbiyachilari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1967-yil, № 13, 2-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil 31-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining balog‘atga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyalari to‘g‘risidagi hamda O‘zbekiston Respublikasida balog‘atga yetmaganlarning jamoat tarbiyachilari to‘g‘risidagi Nizomlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 31, 363-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 78-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini kuchga kiritish tartibi haqida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 79-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida”gi Qonuniga 1-ilovaning 9-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 36-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 246-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining VIII bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 11-12, 285-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonunlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining XII bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining II bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni I bo‘limining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining I bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni I bo‘limining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining I bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 181-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining I bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 124-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining I bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil № 9, 229-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 9-10-son, 179-modda; 2002-y., 1-son, 11-modda; 12-son, 220-modda; 2004-y., 1-2-son, 11-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 260-modda; , 2007-y., 52-son, 533-modda; 2012-y., 1-son, 5-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2020-y., 03/20/644/1415-son; 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)