Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.07.2015 17.05.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2365
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori , 17.05.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2365
Кучга кириш санаси
27.05.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.07.2015
Hujjat 27.05.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASDIQLANGAN MAHALLIYLAShTIRISh DASTURI LOYIHALARI AMALGA OShIRILAYOTGAN KORXONALAR TOMONIDAN SOLIQ VA BOJXONA IMTIYOZLARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 17-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2365]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 23-iyundagi 54, EG-01/14-3170, 96, 2015-17, 01-02/8-16-sonli “Tasdiqlangan mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2697, 14.07.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 29-iyuldagi “2011—2013-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1590-son qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturini shakllantirish va amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 154-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 235-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 26-avgustdagi 90, 2008-32 va 01-02/8-51-son bilan tasdiqlangan “Tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1857, 2008-yil 19-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 396-modda ) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GANIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EG-01/14-1414-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-16-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/8-6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 18-apreldagi 39, EG-01/14-1414, 6, 2012-16 va 01-02/8-6 - son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 29-iyuldagi “2011—2013-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1590-son qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi “Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturini shakllantirish va amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 154-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 235-modda) muvofiq tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash hamda ular tomonidan daromadlarni alohida-alohida hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom quyidagi korxonalarga tatbiq etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 29-iyuldagi PQ-1590-son qarorining 1 va 2-ilovalariga kiritilganlarga — 2014-yil 1-yanvargacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari boʻyicha Mahalliylashtirish Dasturiga kiritilganlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan korxonalar quyidagilarni toʻlashdan ozod etiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar boʻyicha foyda soligʻidan, yagona soliq toʻlovidan (soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllaydigan subyektlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari boʻyicha mol-mulk soligʻidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chetdan olib kelinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan komponentlar (keyingi oʻrinlarda import tovarlari deb yuritiladi) uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq mahalliylashtirish Dasturiga kiritilgan korxonalarga mazkur Nizomning 2-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan sanasidan boshlab, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan imtiyozlar esa – agar qarorning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan oydan keyingi oyning 1 sanasidan boshlab tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablagʻlar korxonalar yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga, faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni kengaytirishga, rekonstruksiya qilishga, modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishga, korxonalarning muhandis-texnik xodimlarini ragʻbatlantirishga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashtirishga (ITTKI), shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini pasaytirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 105-modda) bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar va ularni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadni foyda soligʻidan ozod qilish koʻrinishidagi imtiyozni qoʻllash uchun korxonalar mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (xarajatlar) boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Foyda soligʻi hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 29-dekabrdagi 111, 2007-66-son qarori (roʻyxat raqami 1760, 2008-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq hisoboti shakllari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi hisoblangan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliq solish xususiyatlarini hisobga olib, yagona soliq toʻlovi boʻyicha nazarda tutilgan imtiyoz mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum summasiga qoʻllanadi. Aytib oʻtilgan imtiyozni qoʻllash uchun korxonalar mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 29-dekabrdagi 111, 2007-66-son qarori (roʻyxat raqami 1760, 2008-yil 21-yanvar) bilan tasdiqlangan Yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq hisoboti shakllari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish fondlarini mol-mulk soligʻidan ozod qilish koʻrinishidagi imtiyozni qoʻllash uchun korxonalar mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari boʻyicha soliq solish bazasining alohida-alohida hisobini yuritishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun chetdan olib kelingan, biroq normativ muddatlarda oʻrnatilmagan asosiy fondlar uchun qoʻllanilmaydi. Bunday mol-mulk boʻyicha soliq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) muvofiq hisoblanadi va toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mol-mulk soligʻi hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 29-dekabrdagi 111, 2007-66-son qarori (roʻyxat raqami 1760, 2008-yil 21-yanvar) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha soliq hisoboti shakllari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar asosiy ishlab chiqarish fondlaridan faqat mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanilmasa, imtiyoz realizatsiya qilishdan olingan sof tushumda mahalliylashtirilayotgan mahsulotning salmogʻidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 29-dekabrdagi 111, 2007-66-son qarori (roʻyxat raqami 1760, 2008-yil 21-yanvar) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha soliq hisoboti shakllarining Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobining 5-ilovasida koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, agar asosiy ishlab chiqarish fondlarining qoldiq qiymati korxona boʻyicha jami 1500 mln. soʻmni, realizatsiya qilishdan olingan sof tushumda mahalliylashtirilayotgan mahsulotning salmogʻi 25 foizni tashkil etsa, soliq solinmaydigan asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati 375 mln. soʻmni (1500 x 25/100) tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar va ularni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyoz erkin muomalaga chiqarish rejimiga oʻtkazish bojxona rasmiylashtiruvi paytida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining belgilangan tartibda beriladigan xulosasi asosida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda chetdan olib kelinadigan ehtiyot qismlarga (chetdan olib kelinadigan texnologik asbob-uskunalar qiymatida hisobga olinmaydigan), soliq solinadigan oborot, shu jumladan, nol darajali stavka boʻyicha oborot uchun ishlatiladigan komponentlarga hisoblab yozilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi tayyor mahsulot boʻyicha budjetga toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida kamaytiriladi (hisobga olinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat bojxona xizmatining hududiy organlari bojxona toʻlovlarini toʻlamasdan chetdan tovar olib kelgan yuridik shaxslar reyestrlari va taqdim etilgan imtiyozlar hisobini yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat bojxona xizmatining hududiy organlari har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 10-kuniga qadar (yuridik shaxsning tegishliligi boʻyicha) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga yuridik shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlarini toʻlamasdan chetdan olib kelinadigan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarishi tashkil etilmagan yoki ichki bozor ehtiyojini hajmi, sifati va texnik parametrlari boʻyicha qoniqtirmaydigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va ular uchun ehtiyot qismlar, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonda foydalanadigan komponentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda taqdim etadilar. Davlat soliq boshqarmalari maʼlumot olingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida uni yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan joydagi tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat soliq xizmati organlariga yuboriladigan maʼlumotda quyidagilar majburiy tartibda koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilingan yuridik shaxs – tovarlar import qiluvchisining nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik tovar yetkazib beruvchining nomi, shartnoma raqami va uning bojxona organida shartnomani hisobga qoʻyish chogʻida berilgan roʻyxat raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import tovarlarining nomi, ularning miqdori va taqdim etilgan imtiyozlar summasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Imtiyozni qoʻllagan holda olib kelingan import tovarlarini maqsadga koʻra foydalanmaslik holatlari soliq toʻlovchining moliya-xoʻjalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) vaqtida aniqlanganda davlat soliq xizmati organlari aniqlangan holatlar toʻgʻrisida hujjatlar tuzadi va uch ish kuni mobaynida ularni tegishli davlat bojxona xizmati organlariga yuboradi. Maqsadga koʻra foydalanilmagan import tovarlariga toʻgʻri keladigan bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar summasi jarima sanksiyalarini, shu jumladan, penyani hisoblagan holda, Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 1463, 2005-yil 2-aprel) nazarda tutilgan tartibda budjetga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirish doirasida majburiyatlarni bajarishni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Loyiha mahalliylashtirish Dasturidan chiqarilgan sanadan boshlab loyihani amalga oshiruvchi korxona mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan soliq va bojxona imtiyozlaridan mahrum etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Korxonalar tomonidan mahalliylashtirish Dasturining prognoz parametrlarini bajarilishi ustidan monitoring Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mahalliylashtirish Dasturida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishni taʼminlamagan va shu asosda mahalliylashtirish Dasturidan chiqarilgan korxonalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ilgari chetdan olib kirilgan tovarlarning (komponentlarning) qoldiq qismida bojxona toʻlovlari boʻyicha budjet bilan qayta hisob-kitoblarni amalga oshirishlari shart. Qayta hisob-kitoblar jarima sanksiyalari qoʻllanilmagan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda qayta hisoblangan bojxona toʻlovlari boʻyicha toʻlangan mablagʻlarni chegirgan holda 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” hisobvaragʻida (mahalliylashtiriladigan mahsulot qismida) aks ettiriladigan ishlatilmagan mablagʻlarning qoldigʻini mahalliylashtirish Dasturidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror kuchga kirgan kundan boshlab uch kun mobaynida budjetga oʻtkazib berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur mablagʻlar oʻz vaqtida oʻtkazib berilmagan hollarda qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning qoidalari imtiyoz davri tugagandan soʻng, yaʼni, mahalliylashtirish Dasturida belgilangan muddatlar tugagandan soʻng foydalanilmagan mablagʻlar qoldigʻiga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Soliqlar va bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etish natijasida boʻshagan mablagʻlar maqsadga muvofiq foydalanilmagan taqdirda, bu mablagʻlar jarima sanksiyasini, shu jumladan, penyani hisoblagan holda, qonun hujjatlariga muvofiq budjetga toʻliq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kuniga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga va Iqtisodiyot vazirligiga soliq imtiyozlarining hajmi toʻgʻrisida maʼlumotni korxonalar kesimida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yil yakuni boʻyicha mahalliylashtirish Dasturida nazarda tutilgan majburiyatlarni toʻliq bajarishni taʼminlamagan, biroq mahalliylashtirish Dasturidan chiqarilmagan korxonalar boʻyicha mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan komponentlar boʻyicha xulosa berish Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha idoralararo Maxsus komissiyaning qarori boʻyicha oʻtgan yilda imtiyozlarni qoʻllagan holda chetdan olib kelinadigan komponentlarning qoldigʻini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Korxonalar taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlarini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish hamda qonun hujjatlar va mazkur Nizomga muvofiq oʻz vaqtida toʻlash va hisob-kitoblar taqdim etish uchun javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Soliq va bojxona imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat davlat soliq va bojxona xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida Nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎____________________ davlat soliq boshqarmasi‎‎
‎‎

‎‎Chetdan olib kelinadigan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarishi tashkil etilmagan yoki ichki bozor ehtiyojini hajmi, sifati va texnik parametrlari boʻyicha qoniqtirmaydigan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va ular uchun ehtiyot qismlar, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonda foydalanadigan komponentlar toʻgʻrisidagi maʼlumot 20___yil “___” choragi uchun

‎‎

T/r‎‏

Oluvchining nomi‎‏

Oluvchining yuridik manzili

‎‏Oluvchining STIR

‎‏Chet ellik tovar yetkazib beruvchining nomi

Shartnomaning raqami‎‏

Shartnomaning bojxona organida hisobga qoʻyilgan roʻyxat raqami‎‏

Chetdan olib kelingan tovar

Imtiyoz summa si‎

nomi

oʻlchov birligi

miqdori

1.

2.‎

3.‎

4.‎

5.‎

6.‎

7.‎

8.‎

9.‎

10.‎

11.‎

‎‎

__________________‎‎

‎‎

(sana)‎‎

‎‎

‎‎OʻzR DBQ ________________________________________________________________________ viloyat

‎‎‎boshqarmasining boshligʻi _________________________ ‎‎_________________________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎

‎‎M.Oʻ.

‎‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 224-modda)