OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
SOLIQ HISOBOTINING ShAKLLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 21-yanvarda 1760-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 4-martdagi 23, 2013-8-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2439, 22.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq qaror qilamiz:
1. Quyidagi soliq hisobotining shakllari tasdiqlansin:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha 1-ilovaga muvofiq;
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha 2-ilovaga muvofiq;
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha 3-ilovaga muvofiq;
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
aksiz soligʻi boʻyicha 4-ilovaga muvofiq;
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq va tijoratbop topilma bonusi boʻyicha 5-ilovaga muvofiq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha 6-ilovaga muvofiq;
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha 7-ilovaga muvofiq;
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha 8-ilovaga muvofiq;
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha 9-ilovaga muvofiq;
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq boʻyicha 10-ilovaga muvofiq;
yagona ijtimoiy toʻlov, fuqarolarning sugʻurta badallari va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha 11-ilovaga muvofiq;
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha 12-ilovaga muvofiq;
(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
budjetdan tashqari Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar boʻyicha 13-ilovaga muvofiq;
(1-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30-sonli qarori (roʻyxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
davlat boji boʻyicha 14-ilovaga muvofiq;
yagona soliq toʻlovi boʻyicha 15-ilovaga muvofiq;
(15-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
yagona yer soligʻi boʻyicha 16-ilovaga muvofiq;
(16-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-sonli qarori (roʻyxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
qatʼiy belgilangan soliq boʻyicha 17-ilovaga muvofiq;
bozorlar boʻyicha 18-ilovaga muvofiq;
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimlar boʻyicha 19-ilovaga muvofiq.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 15-apreldagi 30-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1760-1, 30.05.2011-y.) muvofiq oʻn toʻqqizinchi, yigirmanchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 238-modda)
2. 2007-yil uchun soliq va majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar 2007-yilda amalda boʻlgan tartib va shakllarda taqdim etiladi.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-dekabr,
111-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 29-dekabr,
2007-66-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda; 2011-y., 22-23-son, 238-modda)