Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.05.2012 19.09.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1857
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qumitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 19.09.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1857
Кучга кириш санаси
29.09.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.05.2012
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASDIQLANGAN MAHALLIYLAShTIRISh DASTURI LOYIHALARI AMALGA OShIRILAYOTGAN KORXONALAR TOMONIDAN SOLIQ VA BOJXONA IMTIYOZLARINI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 19-sentabrda 1857-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 18-apreldagi 39, EG-01/14-1414, 6, 2012-16 va 01-02/8-6-sonli “Tasdiqlangan mahalliylashtirish dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2365, 17.05.2012-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-maydagi “2008––2010-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-879-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 198-modda) muvofiq qaror qilamiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilova qilinayotgan Tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2006-yil 18-avgustda 75, 2006-36, 01-02/8-16-son bilan tasdiqlangan “Tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2006-yil 24-avgust, roʻyxat raqami 1619 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 34-35-son, 353-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R.AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 26-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 26-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-32-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S.NOSIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 26-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/8-51-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 26-avgustdagi 90, 2008-32, 01-02/8-51-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-maydagi “2008-2010-yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-879-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 22-23-son, 198-modda) muvofiq ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash hamda ular tomonidan daromadlarni alohida-alohida hisob yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-maydagi PQ-879-son qarorining 2 va 3-ilovalarga koʻrsatilgan qarorni qabul qilingan sanasida kiritilgan korxonalar 2008-yil 28-maydan 2011-yil 1-yanvargacha quyidagilarni toʻlashdan ozod etiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar va ular uchun ehtiyot qismlar, shuningdek mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda texnologik jarayonda foydalaniladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan komponentlar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar boʻyicha foyda soligʻidan, yagona soliq toʻlovidan (soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qoʻllaydigan subyektlar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari boʻyicha mulk soligʻidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-maydagi PQ-879-son qarorining 2 va 3-ilovalariga uni qabul qilinganidan (2008-yil 28-maydan) soʻng kiritilayotgan yangi korxonalar uchun ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan soliq va bojxona imtiyozlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturiga yangi loyihalarni kiritish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan sanasidan boshlab, agar qarorning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan soliq va bojxona imtiyozlari yuqorida koʻrsatilgan qarorning 2a, 3a va 4-son ilovalariga kiritilgan korxonalar uchun 2008-yil 28-maydan 2009-yil 1-yanvargacha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablagʻlar yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga, shuningdek faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni kengaytirishga, rekonstruksiya qilishga, modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xomashyo va materiallar sotib olishga, Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga jalb qilingan korxonalarning muhandis-texnik xodimlarini ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan soliq va bojxona imtiyozlarini rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2005-yil 2-aprel, roʻyxat raqami 1463 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 105-modda) bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soliqlar va bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etish natijasida boʻshagan mablagʻlar maqsadga muvofiq foydalanilmagan taqdirda, bu mablagʻlar jarima jazosini, shu jumladan penyani hisoblagan holda, qonun hujjatlariga muvofiq budjetga toʻliq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar va ularni qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 1. Foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadni foyda soligʻidan ozod qilish koʻrinishidagi imtiyozni qoʻllash uchun korxonalar mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (xarajatlar) boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Foyda soligʻi hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 29-dekabrdagi “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 111, 2007-66-son qarori (2008-yil 21-yanvar, roʻyxat raqami 1760 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha soliq hisoboti shakllari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. Yagona soliq toʻlovi boʻyicha imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi hisoblangan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliq solish xususiyatlarini hisobga olib, yagona soliq toʻlovi boʻyicha nazarda tutilgan imtiyoz mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum summasiga qoʻllanadi. Aytib oʻtilgan imtiyozni qoʻllash uchun korxonalar mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 29-dekabrdagi “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 111, 2007-66-son qarori (2008-yil 21-yanvar, roʻyxat raqami 1760 —Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq hisoboti shakllari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 3. Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish fondlarini mol-mulk soligʻidan ozod qilish koʻrinishidagi imtiyozni qoʻllash uchun korxonalar mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari boʻyicha soliq solish bazasini alohida-alohida hisobini yuritishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyoz mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun chetdan olib kelingan, biroq normativ muddatlarda oʻrnatilmagan asosiy fondlar uchun qoʻllanilmaydi. Bunday mol-mulk boʻyicha soliq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisoblanadi va toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mol-mulk soligʻi hisob-kitobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 29-dekabrdagi “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 111, 2007-66-son qarori (2008-yil 21-yanvar, roʻyxat raqami 1760 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha soliq hisoboti shakllari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar asosiy ishlab chiqarish fondlaridan faqat mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanilmasa, imtiyoz realizatsiya qilishdan olingan sof tushumda mahalliylashtirilayotgan mahsulotning salmogʻidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 29-dekabrdagi “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 111, 2007-66-son qarori (2008-yil 21-yanvar, roʻyxat raqami 1760 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarni mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq hisoboti shakllarining 5-son ilovasida koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, agar asosiy ishlab chiqarish fondlarining qoldiq qiymati korxona boʻyicha umuman 1500 mln.soʻmni, realizatsiya qilishdan olingan sof tushumda mahalliylashtirilayotgan mahsulotning salmogʻi 25 foizni tashkil etsa, soliq solinmaydigan asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati 375 mln.soʻmni (1500 x 25/100) tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 4. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar va ular uchun ehtiyot qismlar, shuningdek respublikada ishlab chiqarilmaydigan va mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish chogʻida texnologik jarayonda ishlatiladigan komponentlarni bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno) ozod etish boʻyicha imtiyoz erkin muomalaga chiqarish rejimiga oʻtkazish bojxona rasmiylashtiruvi paytida va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining belgilangan tartibda beriladigan xulosasi asosida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda chetdan olib kelinadigan ehtiyot qismlarga (chetdan olib kelinadigan texnologik asbob-uskunalar qiymatida hisobga olinmaydigan), soliq solinadigan oborot, shu jumladan nol stavka boʻyicha oborot uchun ishlatiladigan komponentlarga hisoblab yozilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi tayyor mahsulot boʻyicha budjetga toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida kamaytiriladi (hisobga olinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hududiy davlat bojxona xizmati organlari bojxona toʻlovlarini toʻlamasdan chetdan tovar olib kelgan yuridik shaxslar reyestrlari va taqdim etilgan imtiyozlar hisobini yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tovar erkin muomalaga chiqarilganidan keyin hududiy davlat bojxona xizmati organlari har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 10-kuniga qadar (yuridik shaxsning tegishliligi boʻyicha) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalariga Chetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar va ular uchun ehtiyot qismlar, shuningdek respublikada ishlab chiqarilmaydigan va mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish chogʻida texnologik jarayonda ishlatiladigan komponentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni ushbu Nizomning ilovasiga binoan taqdim etishlari kerak. Davlat soliq organlari maʼlumot olingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan joydagi tuman davlat soliq inspeksiyasiga mazkur maʼlumotni yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat soliq xizmati organlariga yuboriladigan axborotda quyidagilar majburiy tartibda koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ehtiyojlari uchun tovarlar import qiluvchi, bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilingan yuridik shaxsning nomi va STIRi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik tovar yetkazib beruvchining nomi, kontrakt raqami va uning kontraktni bojxona organida hisobga qoʻyish chogʻida berilgan roʻyxat raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar nomi, ularning soni va taqdim etilgan imtiyozlar summasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Imtiyozni qoʻllagan holda chetdan olib kelingan texnologik asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek komponentlaridan maqsadga koʻra foydalanmaslik holatlari aniqlanganda davlat soliq xizmati organi aniqlangan holat toʻgʻrisida hujjatlarni tuzadi, ular uch ish kuni mobaynida tegishli davlat bojxona xizmati organiga yuboriladi. Maqsadga koʻra foydalanilmagan texnologik asbob-uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shuningdek komponentlariga toʻgʻri keladigan bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar summasi jarima jazosini, shu jumladan penyani hisoblagan holda, Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida nizomda (2005-yil 2-aprel, roʻyxat raqami 1463 –– Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 105-modda) nazarda tutilgan tartibda budjetga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 1. Mahalliylashtirish Dasturini amalga oshirish doirasida majburiyatlarni bajarishni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Loyiha Mahalliylashtirish Dasturidan chiqarilganda loyihani amalga oshiruvchi korxona Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining loyihani mahalliylashtirish Dasturidan chiqarish toʻgʻrisidagi qarori kuchga kirgan paytdan boshlab mazkur Nizomning 1-bandida keltirilgan soliq va bojxona imtiyozlaridan mahrum etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mahalliylashtirish Dasturida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishni taʼminlamagan va shu asosda mahalliylashtirish Dasturidan chiqarilgan korxonalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ilgari chetdan olib kirilgan tovarlarning (komponentlarning) qoldiq qismida bojxona toʻlovlari boʻyicha budjet bilan qayta hisob-kitoblarni amalga oshirishlari shart. Qayta hisob-kitoblar jarima jazosi qoʻllanilmagan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda qayta hisoblangan bojxona toʻlovlari boʻyicha toʻlangan mablagʻlarni chegirgan holda 8840 “Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari” hisobvaragʻida (mahalliylashtiriladigan mahsulot qismida) aks ettiriladigan ishlatilmagan mablagʻlarning qoldigʻini mahalliylashtirish Dasturidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror kuchga kirgan kundan boshlab uch kun mobaynida budjetga oʻtkazib berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur mablagʻlar oʻz vaqtida oʻtkazib berilmagan hollarda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning qoidalari imtiyoz davri tugagandan soʻng, yaʼni mahalliylashtirish Dasturida belgilangan muddatlar tugagandan soʻng foydalanilmagan mablagʻlar qoldigʻiga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yil yakuni boʻyicha mahalliylashtirish Dasturida nazarda tutilgan majburiyatlarni toʻliq bajarishni taʼminlamagan, biroq mahalliylashtirish Dasturidan chiqarilmagan korxonalar boʻyicha mahalliylashtiriladigan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan komponentlar boʻyicha xulosa berish Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha Maxsus komissiyaning qarori boʻyicha oʻtgan yilda imtiyozlarni qoʻllagan holda chetdan olib kirilgan komponentlarning qoldigʻini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
§ 2. Soliq toʻlovchilar masʼuliyati hamda davlat soliq va bojxona xizmatlari organlarining nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Korxonalar taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlarini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish hamda mazkur Nizom va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vaqtida toʻlash va hisob-kitoblar taqdim etish uchun javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Soliq va bojxona imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq va bojxona xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq va Bojxona kodekslariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri B.XOʻJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 26-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-0/66-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.GʻANIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 26-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EG-01/10-4912-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan mahalliylashtirish Dasturi loyihalari amalga oshirilayotgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
____________________ davlat soliq boshqarmasi

Chetdan olib kelinayotgan texnologik asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, shuningdek respublikada ishlab chiqarilmaydigan va mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish chogʻida texnologik jarayonda ishlatiladigan komponentlar toʻgʻrisidagi maʼlumot 20__yil “___” choragi uchun
‎

T/R‎

Oluvchining nomi

Oluvchining yuridik manzili‎‏ Oluvchining STIRi‎‏ Chet ellik tovar yetkazib beruvchining nomi‎‏ Kontraktning raqami Kontraktning bojxona organida hisobga qoʻyilgan roʻyxat raqami Chetdan olib kelingan tovar

‎Imtiyoz summasi

‎nomi

oʻlchov birligi

miqdori

1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎___‎‎___________‎‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎(sana)

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
OʻzRDBQ ________________ viloyat boshqarmasining boshligʻi ____________ ____________________________
‎ ‎ ‎ ‎ ‎

‎‎‎(imzo) ‎

(F.I.Sh.)

M.Oʻ. ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 39-son, 396-modda)