OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
“STRATEGIK VA MONOPOL MAHSULOTLAR, XOM AShYo VA MATERIALLARNI BIRJA VA KIMOShDI SAVDOLARIGA QOʻYILIShINI NAZORAT VA MONITORING QILISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 6-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2125-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 30-noyabrdagi 01/15-1-10/38-sonli “Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2125-5, 12.12.2018-y.) asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi).
Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-iyundagi 185-son “Mahsulotlarning monopol turlarini tovar-xomashyo birjasi orqali sotish roʻyxatini yanada kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 25-son, 262-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 182-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2010-yil 23-iyundagi 4-son “Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2125, 2010-yil 26-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 30-son, 256-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v. b. U. TURDIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 14-fevral,
3-son
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2012-yil 14-fevraldagi 3-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Strategik va monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarni birja va kimoshdi savdolariga qoʻyilishini nazorat va monitoring qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima “(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda)” degan soʻzlardan keyin “2011-yil 21-iyundagi 185-son “Mahsulotlarning monopol turlarini tovar-xomashyo birjasi orqali sotish roʻyxatini yanada kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 25-son, 262-modda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Nizomda:
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 212-modda), “Raqobat toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 1-son, 5-modda) qonunlariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 5-son, 57-modda), 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda), 2011-yil 21-iyundagi 185-son “Mahsulotlarning monopol turlarini tovar-xomashyo birjasi orqali sotish roʻyxatini yanada kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 25-son, 262-modda) qarorlariga muvofiq strategik, monopol mahsulotlar, xomashyo va materiallarning birja savdolariga qoʻyilish jadvallarini, mahsulotlarning realizatsiya qilish hajmlari va narxlarini nazorat va monitoring qilish tartibini belgilaydi”;
2-band “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarorining 1 va 2-ilovalarida” degan soʻzlardan keyin “2011-yil 21-iyundagi 185-son “Mahsulotlarning monopol turlarini tovar-xomashyo birjasi orqali sotish roʻyxatini yanada kengaytirish va hajmlarini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 1-ilovasida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 10-son, 109-modda)