08.07.2011 yildagi 202-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QAROVSIZ QOLGAN HAYVONLARNI TUTISH VA SAQLASH BILAN BOG‘LIQ XIZMATLAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash masalalarini tartibga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, shuningdek qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish xizmatlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Moliya vazirligining 2011-yil 1-avgustdan boshlab 1-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari, shahar va tuman davlat veterinariya bo‘limlarining faoliyat ko‘rsatayotgan itlarni tutish brigadalari negizida shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzurida qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 2-ilovaga* muvofiq ro‘yxat bo‘yicha shahar va tuman davlat veterinariya bo‘limlari asosiy vositalarining bir qismini belgilangan tartibda tegishli shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari balansiga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chalarda va boshqa joylarda qarovsiz qolgan, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni tutishni tashkil etish, shuningdek ularni vaqtincha saqlash uchun maxsus joylar barpo etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlar va hayvonlarga jarohat yetkazgan yoxud nojo‘ya harakat qilinmaganda ularga hujum qilgan hayvonlarni keyinchalik ularni karantinda saqlash uchun veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga olib kelish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar quturgan taqdirda tegishli veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari bilan birgalikda ish olib borishni tashkil etish, shuningdek o‘lgan hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda zararsizlantirish.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011—2013-yillarda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish dasturi 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash qoidalari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash qoidalariga rioya qilish yuzasidan nazoratni kuchaytirsin hamda ushbu Qoidalar buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlarining taqdimnomasi bo‘yicha qarovsiz qolgan, shu jumladan egasiz va kasal hayvonlarni quturish joylarida, quturish kasalligi ko‘p uchrashi xavfi bo‘lgan epizootik hududlarda otib tashlashni tashkil etsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan kelishgan holda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalariga o‘lgan hayvonlarning jasadlarini yo‘q qilish uchun krematoriylar qurishga belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratsinlar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tegishli veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga itlarni o‘z vaqtida vaksinatsiya qilish uchun ularni saqlaydigan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida itlarni quturishga qarshi majburiy vaksinatsiya qilishning har yili belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quturish aniqlangan taqdirda karantin zonasidagi va tahdid zonasidagi quturishga moyil barcha hayvonlarning quturishga qarshi profilaktik vaksinatsiya qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar uchun antirabik vaksinalarning zarur zaxirasi yaratilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya haqidagi qonunchilikda nazarda tutilgan quturish profilaktikasi bo‘yicha boshqa veterinariya tadbirlari o‘tkazilishini ta’minlasin.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi o‘rtasida hayvonlar tishlab olganda va boshqa jarohatlar yetkazganda darhol sog‘liqni saqlash muassasalariga murojaat qilish to‘g‘risida doimiy tushuntirish ishlarini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanganlar murojaat qilgan taqdirda quturishga qarshi vaksinatsiyani tezkorlik bilan o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quturish yuqishi xavfi ta’sirida bo‘lgan aholi guruhini (qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari, o‘rmon xo‘jaligi xodimlari hamda ixtisoslashtirilgan ovchilik brigadalarining ovchilarini) muntazam ravishda vaksinatsiya qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar uchun antirabik vaksinalarning zarur zaxirasini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda, belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilagan hamda jamoat tartibini va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rgan holda Qarovsiz qolgan hayvonlarni otib tashlash to‘g‘risidagi yo‘riqnomani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalarini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va ularni kadrlar bilan to‘ldirish uchun obodonlashtirishga ajratiladigan mablag‘lar doirasida zarur budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qaroriga 1-ilovaning “Asosiy ishlab chiqarish xodimlari” bo‘limidagi yettinchi satrga “qarovsiz qolgan hayvonlarni tutadigan ishchilar” so‘zlari qo‘shilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida odamlar va hayvonlarning quturishi kasalligiga qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 18-yanvardagi 32-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 1-son, 3-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Xo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 8-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-sonli qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlarida itlar va mushuklarni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu qoidalar O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarida itlar va mushuklarni (xizmat itlari bundan mustasno) saqlash tartibini belgilaydi hamda itlar va mushuklarning barcha egalari, shu jumladan yuridik shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Itlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va vaksinatsiya qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholi punktlarida itlar ro‘yxatga olinishi va har yili qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Bu tegishli veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ro‘yxatga olish itlarni dastlabki vaksinatsiya qilishda amalga oshiriladi. Itlarni ro‘yxatga olishda itlarning egalariga belgilangan tartibda itlarni veterinariya pasporti beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har yili qayta ro‘yxatdan o‘tkazish itlarni takroran vaksinatsiya qilishda amalga oshiriladi. Bu haqda itlarni veterinariya pasportiga tegishli ma’lumotlar kiritiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tegishli veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga itlarni quturishga qarshi o‘z vaqtida vaksinatsiya qilish uchun itlarni saqlaydigan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lum qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Zotidan qat’i nazar, 3 oylikdan boshlab itlar vaksinatsiya qilinishi kerak. Yangi sotib olingan itlar, agar ular vaksinatsiya qilingan muddat noma’lum bo‘lsa, sotib olingandan keyin bir hafta muddatda vaksinatsiya qilinishi hamda veterinariya pasporti rasmiylashtirilishi va ro‘yxatga olinishi kerak.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Itlarni ro‘yxatga oladigan veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaksinatsiya qilishda xarajatlar belgilangan tartibda qoplangan holda veterinariya pasportini va jeton shaklidagi ro‘yxatga olish belgisini (itning bo‘yinbog‘iga mahkamlanadi) yoki mikrochiplar (teri ostiga kiritiladi) berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
itlarning egalarini ushbu Qoidalar bilan tanishtirishga majbur. Bu it egasining itni veterinariya pasportiga qo‘yiladigan imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Itlar va mushuklarni saqlashga nisbatan qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sanitariya-gigiyena va veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilish itlar va mushuklarni saqlashning majburiy sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Barcha itlar, zarur hollarda esa ular bilan birga saqlanadigan boshqa quturishga moyil hayvonlar ham uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada nazarda tutilgan tartibda quturishga qarshi emlash vaksinasi bilan profilaktik emlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ko‘p qavatli uyning alohida kvartirasida qo‘shnilarning va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining roziligi bilan bittadan ortiq bo‘lmagan itni va bitta mushukni saqlashga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida uyda itlarni saqlashga faqat bog‘langan holda, erkin sayr qildirishda - atrofi o‘ralgan hududda ajratilgan holda saqlashga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Itlar ochiq joylarda sayr qildirilganda va turar joy binolarida itlarning egalari tinchlik saqlanishini ta’minlashlari — ertalab soat 8.00 gacha va kechqurun 22.00 dan keyin itlarning vovillashining oldini olishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
itlar va mushuklarni umumiy foydalaniladigan joylarda: zinapoya maydonchalari, cherdaklar, yerto‘lalarda, shuningdek oshxonalar, balkonlar va umumfoydalanishdagi peshayvonlarda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘riqchi itlarni ta’lim va tibbiyot muassasalarida saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
itlar va mushuklarni umumiy ovqatlanish korxonalariga, oziq-ovqat do‘konlari va boshqa do‘konlarning savdo va ishlab chiqarish zallariga olib kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
itlar va mushuklarni ko‘pchilik boradigan joylarda (plyaj, hovuz, favvoralarda va hokazolarda) cho‘miltirish yoki yuvish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mast holatdagi shaxslar va 14 yoshdan kichik bolalarning itlarni sayr qildirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
itlar bilan jamoat joylarida bo‘lish va jamoat transportiga chiqish taqiqlanadi, ushbu Qoidalarning 12 va 13-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldini olish mumkin bo‘lgan itlar va mushuklarning o‘lishiga yoki jarohatlanishiga olib kelgan itlar va mushuklarni tashlab ketish, ularga jarohat yetkazish, ularni qarovsiz holda qoldirish, ularga ozor berish yoki jismoniy va ma’naviy azob berish, ularga nisbatan boshqa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan harakatlarni sodir etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
itlar va mushuklarni sanitariya-epidemiologiya va veterinariya xizmatlarining ruxsatisiz bolalar muassasalarining zoologiya burchaklarida saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Itlar ochiq joylarda yoki buning uchun maxsus ajratilgan maydonlarda sayr qildiriladi, bu yerlar har doim ozoda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Itning egasi it qochib ketmasligi yoki odamlar yoki boshqa hayvonlarga hujum qilmasligi choralarini ko‘rishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
It bo‘yinbog‘iga jeton mahkamlangan holda yetovda olib yurib sayr qildirilishi kerak. Jetonda identifikatsion raqami ko‘rsatilishi kerak.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
It ochiq joylarda sayr qildirilganda u tumshuqbog‘da va 2 metrgacha uzunlikdagi yetovda, jamoat joylarida 1 metrgacha uzunlikdagi yetovda bo‘lishi kerak, tumshuqbog‘siz va yetovsiz faqat maxsus ajratilgan maydonlarda sayr qildirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Itlar va mushuklarni transportning jamoat transportidan boshqa barcha yer usti turlarida olib yurishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik itlar va mushuklarni jamoat transportida ularning sog‘lig‘iga xavf solmaydigan va ular qochib keta olmaydigan ko‘chma qurilmalarda, shuningdek yo‘lovchilarning xotirjamligi buzilishini istisno etgan shartlarga rioya qilgan holda olib yurishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ko‘chalarda va boshqa jamoat joylarida yetovsiz yurgan itlar va mushuklar hatto bo‘yinbog‘i, jetoni va tumshuqbog‘i bo‘lgan taqdirda ham, ularning zoti va vazifasidan qat’i nazar, tutib olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlarida itlar va mushuklarni tutish odamlar va hayvonlarning quturish va boshqa zararli kasalliklarga chalinishining oldini olish, shuningdek odamlar va hayvonlarni tishlab olishini bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tutib olingan itlar, zotidan qat’i nazar, 5 kun mobaynida it tutish xizmatlarida saqlanadi va it egasi murojaat qilgan va itning uniki ekanligi (veterinariya pasporti) tasdiqlangan va saqlash xarajatlari to‘langan taqdirda egasiga qaytarilishi mumkin.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘rsatib o‘tilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin tutib olingan, kasallik belgilari bo‘lmagan zotli itlar saqlash xarajatlari to‘langandan keyin manfaatdor shaxslarga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ko‘chmas mulk egalari yoki unda xo‘jalik yuritadigan shaxslar o‘z obyektlari va hududlarida qarovsiz qolgan hayvonlar bo‘lishiga yoki ularni ovqatlantirishga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Bunday hayvonlar paydo bo‘lgan taqdirda darhol shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limi xodimlarini chaqirish zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. It va mushuklarni sotib olish, sotish, olib kelish va olib ketishga hayvonning sog‘lig‘i to‘g‘risida veterinariya hujjatlari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Itlar va mushuklar egalarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Har qanday hayvon egasining mulki hisoblanadi va har qanday mulk singari qonun bilan muhofaza qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Hayvon egasidan sudning qaroriga ko‘ra yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha olib qo‘yilishi mumkin.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Itning egasi o‘z itini yetovga bog‘langan holda va tumshuqbog‘da cheklangan vaqt mobaynida yolg‘iz qoldirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Itlarning egalari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrofdagi odamlar va hayvonlarning xavfsizligini ta’minlaydigan zarur choralarni ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
itlarning qo‘shnilar tinchligini buzib tinimsiz vovillashiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
itlar va mushuklarning umumfoydalanishdagi joylarni (kirish joylarini, zinapoya maydonchalarini, liftlarni, bolalar maydonchalarini, yo‘lkalarni, yo‘laklarni, ko‘kalamzorlashtirilgan va obodonlashtirilgan hududlarni va hokazolarni) iflos qilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumfoydalanishdagi joylarda itlar va mushuklar qoldirgan ekskrementlarni olib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
itlar va mushuklar qoldiradigan ekskrementlarni darhol yig‘ishtirib olish uchun o‘zi bilan anjom olib yurish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
itlarni sotib olishda va boshqa joyga ko‘chganda ularni tegishli veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tkazish va har yili qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek zarur ma’lumotlarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ma’lum qilish;
(19-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
itlarni veterinariya pasportini taqdim etish hamda itlarni tekshirish va kasallikning oldini oluvchi emlash uchun veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga olib kelish;
(19-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududga kirishda it borligi to‘g‘risida ogohlantiradigan taxtacha o‘rnatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
it yoki mushuk odamlarni yoki hayvonlarni tishlagan taqdirda uni darhol tekshirish va 10 kun muddat ajratib qo‘yish uchun veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga olib kelish hamda birinchi va takroriy veterinariya ko‘rigi haqidagi ma’lumotnomani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlaridan olish va uni tishlashdan jabrlangan shaxsga darhol topshirish;
(19-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar quturish kasalligiga chalinganligi haqidagi har bir shubhalanishda darhol veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlarini xabardor qilish va ularni ajratib qo‘yish uchun zarur choralar ko‘rish;
(19-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasal itlar va mushuklarni hayvonlar ajratib qo‘yiladigan maxsus xizmatlarga topshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
itlar o‘lgan taqdirda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga, yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga xabar berish hamda o‘lgan itning jasadini tashlab yubormaslik, uni itni veterinariya pasportini ilova qilgan holda tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limiga topshirish.
(19-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayvonlar egalari qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(19-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chalarda va boshqa joylarda qarovsiz qolgan, shu jumladan egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni tutishni tashkil qiladilar, shuningdek ularni vaqtincha saqlash uchun maxsus joylar barpo etadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlar va hayvonlarga jarohat yetkazgan yoxud nojo‘ya harakat qilinmaganda ularga hujum qilgan hayvonlarni keyinchalik karantin qilish uchun veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga olib keladilar;
(20-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar quturgan taqdirda tegishli veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari bilan birgalikda ish olib borilishini tashkil etadilar, shuningdek o‘lgan hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya etgan holda zararsizlantiradilar.
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 772-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘lgan va daydi itlar hamda mushuklar aniqlanganda bu haqda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limiga xabar qiladilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar quturganligiga shubhalanilganda qisqa muddatlarda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlariga va sog‘liqni saqlash organlariga xabar qiladilar.
(21-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari:
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida itlarni quturishga qarshi majburiy vaksinatsiya qilishni har yili belgilangan muddatlarda o‘tkazadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quturish aniqlangan taqdirda karantin zonasidagi va tahdid zonasidagi quturishga moyil barcha hayvonlarni quturishga qarshi profilaktik vaksinatsiya qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvonlar uchun antirabik vaksinalarning zarur zaxirasini yaratadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya haqidagi qonunchilikda nazarda tutilgan quturish profilaktikasi bo‘yicha boshqa veterinariya tadbirlarini o‘tkazadilar;
(22-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veterinariya talablari bajarilishini nazorat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sog‘liqni saqlash organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanganlar murojaat qilgan taqdirda quturishga qarshi vaksinatsiyani tezkorlik bilan o‘tkazadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quturish yuqishi xavfi ta’sirida bo‘lgan aholi guruhini (qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari, o‘rmon xo‘jaligi xodimlari hamda ixtisoslashtirilgan ovchilik brigadalarining ovchilarini) muntazam ravishda vaksinatsiya qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar uchun antirabik vaksinalar va immunoglobulinning zarur zaxirasini yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ushbu Qoidalarning bajarilishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Qoidalarga rioya etilishini ichki ishlar organlari qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat qiladilar.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Qoidalar buzilgan taqdirda belgilangan tartibda ichki ishlar organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Qoidalar buzilganligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Ushbu Qoidalarning buzilganligi uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Qoidalarning buzilganligi uchun itlar va mushuklarning egalari belgilangan tartibda javob beradilar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 28-son, 290-modda; 2017-y., 33-son, 857-modda, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son; 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2021-y., 09/21/658/0998-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)