Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining nizomi va tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 18-martdagi PF-4295-son Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Nazorat boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tugatilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 27-may,
PF-4315-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-maydagi PF-4315-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF–5086-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 521-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-apreldagi PF-3592-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari hamda tashkiliy-nazorat masalalari boʻyicha Davlat maslahatchilari bilan kelishilgan holda” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Tashkiliy-kadrlar xizmati bilan kelishilgan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF–5086-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 521-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PF–5086-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 521-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-maydagi PF-4315-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 17-iyuldagi PF-440-son Farmoni.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada iqtisodiy islohotni amalga oshirish masalalariga doir qarorlar bajarilishini nazorat qiluvchi jamoat komissiyalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 2-noyabrdagi PF-484-son Farmoni.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada davlat nazorati tizimini takomillashtirishga oid baʼzi tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 16-fevraldagi PF-762-son Farmoni.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Nazorat boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish toʻgʻrisida” 2000-yil 17-fevraldagi PF-2546-son Farmoni.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Nazorat boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisidagi nizom haqida” 2000-yil 29-martdagi F-1141-son farmoyishi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Nazorat boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 4-avgustdagi PF-2679-son Farmoni.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 25-son, 254-modda; 2017-y., 25-son, 521-modda)