Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.05.2011 02.11.1992 yildagi PF-484-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.05.2011
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKADA IQTISODIY ISLOHOTNI AMALGA OShIRISh MASALALARIGA DOIR QARORLAR BAJARILIShINI NAZORAT QILUVChI JAMOAT KOMISSIYALARINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-maydagi PF-4315-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻzgartishlarni kuchaytirish, bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida boshqaruvga oid eng maqbul qarorlarni ishlab chiqish va roʻyobga chiqarish uchun davlat qaramogʻida boʻlmagan tuzilmalar va savdo-sanoat doiralari vakillarining keng ishtirok etishini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat nazorati komiteti va uning joylardagi organlari tarkibida respublikada iqtisodiy islohotni amalga oshirish masalalariga doir qarorlar bajarilishini nazorat qiluvchi jamoat komissiyalari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat komissiyalari eng tajribali va xolis tadbirkorlar, fermerlar va savdo sanoat doiralarining boshqa vakillaridan tuziladi, komissiyalarning raislari va aʼzolari esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat nazorati komiteti hamda uning respublika hududlaridagi boʻlinmalari tizimi rahbarlari va xodimlari uchun berilgan barcha vakolatlar va huquqlarga ega boʻladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika komissiyasining raisi ayni vaqtda Davlat nazorati komiteti raisining jamoatchilik asosidagi oʻrinbosaridir va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan lavozimga tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat, shahar va rayon komissiyalarining raislari ham respublika davlat nazorati hududiy organlari rahbarlarining jamoatchilik asosidagi oʻrinbosarlaridirlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat nazorati komitetining raisi tomonidan tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar komissiyalar faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari qilib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— iqtisodiy islohotlar masalalariga doir normativ hujjatlar majmui bajarilishini idoralararo nazorat qilish organlari ishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— korxonalar va xoʻjaliklar mustaqilligini kengaytirishga, bozor tuzilmalari va tarkibiy qismlarini vujudga keltirishga, koʻp tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishga, tadbirkorlikni, jumladan tashqi iqtisodiy sohadagi tadbirkorlikni kuchaytirishga qaratilgan Prezident farmonlarini va Oʻzbekiston Hukumati qarorlarini vazirliklar va idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, korxonalar va xoʻjaliklar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari qanday bajarayotganliklarini tekshirishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— joylarda ana shu sohalarda ijroiya intizomi holatini oʻrganish, bozor iqtisodiyotiga izchil oʻtishni taʼminlashga qaratilgan normativ hujjatlarning dastlabki loyihalarini tayyorlashda qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimiyat organlari, shuningdek turli iqtisodiy tuzilmalar bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— respublikaning muayyan korxonalarida, xoʻjaliklarida va hududlari va iqtisodiy islohotlar qanday amalga oshirilayotganligini tahlil qilish va bundan Oʻzbekiston Hukumatini xabardor etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— amaldagi normativ hujjatlarning moliyaviy va xoʻjalik mexanizmlariga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar kiritish, respublikada iqtisodiy islohotlarni roʻyobga chiqarishni kuchaytirish va jadallashtirishga qaratilgan boshqaruvga oid qabul qilinayogan qarorlar hamda qonun hujjatlarining huquqiy asosini yanada takomillashtirishga doir tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat nazorati komiteti bir hafta muddat ichida iqtisodiy islohotni amalga oshirish masalalariga doir qarorlar bajarilishini nazorat qiluvchi jamoat komissiyalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 2-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-484-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 12-son, 456-modda)