O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BA’ZILARINI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASH TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining nizomi va tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 18-martdagi PF-4295-son Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Nazorat bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tugatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 27-may,
PF-4315-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-maydagi PF-4315-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 17-iyuldagi PF-440-son Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada iqtisodiy islohotni amalga oshirish masalalariga doir qarorlar bajarilishini nazorat qiluvchi jamoat komissiyalarini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 2-noyabrdagi PF-484-son Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada davlat nazorati tizimini takomillashtirishga oid ba’zi tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 16-fevraldagi PF-762-son Farmoni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Nazorat bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish to‘g‘risida” 2000-yil 17-fevraldagi PF-2546-son Farmoni.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Nazorat bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash to‘g‘risidagi nizom haqida” 2000-yil 29-martdagi F-1141-son farmoyishi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Nazorat bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 4-avgustdagi PF-2679-son Farmoni.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 25-son, 254-modda; 2017-y., 25-son, 521-modda)