ILOVA
| Tartib raqami |
Imtiyozlar va ragʻbatlantirishlar turi |
Korxonalar turi |
Kafolatlar va imtiyozlar mazmuni |
Qonun hujjatlari |
| I. |
Kafolatlar |
| | |
|
1. |
2 |
3 |
4 |
5 |
| 1. |
Qonun bilan berilgan kafolatlar |
Qoʻshma korxonalar va chet ellik yuridik shaxslar |
Oʻzbekiston Respublikasining keyinchalik qabul qilingan qonun hujjatlari investitsiyalash shartlarini yomonlashtiradigan boʻlsa chet el investitsiyalariga nisbatan investitsiyalash paytida amalda boʻlgan qonun hujjatlari uzogʻi bilan oʻn yil davomida qoʻllaniladi. |
“Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatini kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (11-modda) |
| 2. |
Mulkni saqlab qolish kafolati |
Qoʻshma korxonalar va chet ellik yuridik shaxslar |
Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari natsionalizatsiya qilinishi mumkin emas. |
�Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatini kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (12-modda) |
| 3. |
Foydani chet elga oʻtkazish kafolati |
Qoʻshma korxonalar va chet ellik yuridik shaxslar |
Chet ellik investorlarning qonuniy faoliyatlari natijasida olgan foyda va boshqa mablagʻlarini chet el valyutasida chet elga hech qanday cheklashsiz oʻtkazishlari kafolatlanadi. |
“Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (13-modda) |
| 4. |
Ish haqini chet elga oʻtkazish kafolati |
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda ishlovchi chet ellik jismoniy shaxslar |
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ishchi va xizmatchilari, maʼmuriyati, nazorat kengashi aʼzolari tarkibiga ajnabiy fuqarolar kirishi mumkin. |
“Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (25-modda, 2-qism) |
| 5. | Sugʻurta himoyasi | Chet ellik investorlar |
Chet el investitsiyalarini sugʻurtalash tizimi chet ellik investorlarni: |
“Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (15 modda, 4-qism) |
| II. | Imtiyozlar | | | |
| 6. |
Foyda (daromad)dan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar |
Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha korxonalar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar |
1996-yil 1-apreldan boshlab korxonalarning foydasi (daromadi)dan olinadigan soliq stavkasi: |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1996-yil 20-martdagi PF-1411-son Farmoni (2-band) |
| 7. |
Foyda (daromad)dan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar |
Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha korxonalar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar |
Hisobot yili yakunlari boʻyicha korxonalar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti hajmi oʻsishidan olingan erkin almashtiriladigan valyutadagi tushum foyda (daromad)dan olinadigan soliq toʻlashdan ozod qilinadi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1996-yil 20-martdagi PF-1411-son Farmoni (3-band) |
| 8. |
Foyda (daromad)dan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar |
Qoʻshma korxonalar |
Chet el kapitalining ustav fondidagi ulushi 30 foizdan koʻp boʻlgan qoʻshma korxonalarning, shuningdek chet el korxonalarining, ularning filiallarining, vakolatxonalarining va shoʻba korxonalarining foydasiga — 25 foiz soliq solinadi. |
“Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (6-modda, 3-band) |
| 9. |
Foyda (daromad)dan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar |
Qoʻshma korxonalar |
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiyasi dasturiga kiritilgan loyihalarga kapital mablagʻlar ajratayotgan chet el kapitali ishtirokidagi qoʻshma korxonalar oʻz ishining dastlabki besh yilida soliq toʻlashdan ozod qilinadilar. |
“Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (11-modda, 4-band) |
| 10. |
Foyda (daromad)dan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar |
Qoʻshma korxonalar |
Xorijiy qatnashchining ustav fondidagi ulushi 30 foizdan ortiq boʻlgan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlab chiqarishga (uzum vinolari va meva-rezavor vinolari, mast qiluvchi ichimliklar tayyorlashdan tashqari), xalq isteʼmol mollari va binokorlik materiallari ishlab chiqarishga,tibbiyot uskunalari, qishloq xoʻjaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun mashinalar va uskunalar ishlab chiqarishga, ikkilamchi xomashyoni va roʻzgʻor chiqindilarini tayyorlash, qayta tayyorlashga ixtisoslashgan qoʻshma korxonalar, ularning filiallari va shoʻbalari roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab ikki yil davomida soliq solishdan ozod etiladilar. |
“Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (11-modda, 2 va 4-bandlar) |
| 11. |
Foyda (daromad)dan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar |
Barcha korxonalar |
Umumiy vazifalarni hal etish uchun ustav fondiga (kapitaliga) jamlangan badallar, ulushlar va boshqa aniq maqsadga qaratilgan moliyaviy mablagʻlar ana shu umumiy vazifalarni hal etish uchun maxsus tuzilgan yuridik shaxslarning daromadlari hisoblanmaydi va ular soliq solish obyekti boʻlmaydi. |
“Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (3-modda, 4-qism) |
| 12. |
Foyda (daromad)dan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar |
Barcha korxonalar |
Quyidagilar: |
“Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (11-modda, 1-band) |
| 13. |
Foyda (daromad)dan olinadigan soliqlar boʻyicha imtiyozlar |
Barcha korxonalar |
Yangi tashkil etilgan korxonalar (birjalar, tayyorlov, ulgurji, taʼminlovchi-sotuvchi, vositachi va savdo-tijorat korxonalaridan tashqari) tashkil topgan (roʻyxatdan oʻtkazilgan) paytdan eʼtiboran birinchi yili belgilangan stavkaning 25 foizi miqdorida, ikkinchi yili 50 foizi miqdorida soliq toʻlaydilar. |
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (10-modda) |
| 14. |
Foyda (daromad)dan olinadigan soliqlar boʻyicha imtiyozlar |
Barcha korxonalar |
Soliq solish bazasi quyidagi summaga kamaytiriladi: |
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (10-modda, 1 qism) |
| 15. |
Foyda (daromad)dan olinadigan soliqlar boʻyicha imtiyozlar |
Barcha korxonalar |
Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha olinadigan foizlar va dividendlar soliq solishdan ozod qilinadi. |
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (15-modda) |
| 16. |
Foyda (daromad)dan olinadigan soliqlar boʻyicha imtiyozlar |
Turistik tashkilotlar |
Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar boʻlgan davrda ammo davlat roʻyxatidan oʻtgan paytidan eʼtiboran uzogʻi bilan uch yil muddatga daromad (foyda) soligʻini toʻlashdan ozod etiladilar. |
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (10-modda) |
| 17. |
Foyda (daromad)dan olinadigan soliqlar boʻyicha imtiyozlar |
Barcha korxonalar, shu jumladan, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar |
Bolalar uchun tovarlar, badiiy hunarmandchilik buyumlari va oʻyinchoqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar foydadan olinadigan soliqni 10 foizli stavka boʻyicha toʻlayd�lar. |
Vazirlar Mahkamasining “Yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 29-apreldagi 166-son qarori (6-band) |
| 18. |
Foyda (daromad)dan olinadigan soliqlar boʻyicha imtiyozlar |
“Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi va “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi tizimidagi chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar |
Ustav jamgʻarmasida xorijiy investorning ulushi kamida 50 foizni tashkil etgan qoʻshma korxonalar, soliqning butun miqdorini xalq isteʼmol tovarlari, birinchi navbatda bolalar uchun tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga qayta investitsiya qilganlari taqdirda, foyda (daromad)dan olinadigan soliqdan ozod etiladilar: |
Vazirlar Mahkamasining “Yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 29-apreldagi 166-son qarori (7-band) |
| 19. |
Foyda (daromad)dan olinadigan soliqlar boʻyicha imtiyozlar |
Xorijiy yuridik shaxslar, qoʻshma korxonalar |
Ajnabiy yuridik shaxslarning, Oʻzbekiston va ajnabiy — yuridik shaxslar hamda fuqarolar ishtirokidagi qoʻshma korxonalarning daromadlari boʻyicha soliq solinadigan bazasi shunday korxonalarning rezerv fondi yoki shunga oʻxshash maqsadga moʻljallangan fondlarga ajratmalari summasi bu fondlarning miqdori ustav fondining 25 foiziga yetgunga qadar korxonalar daromadlarining 20 foizi miqdorida kamaytiriladi. |
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (4-modda) |
| 20. |
Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar |
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha korxonalar, shu jumladan, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar |
Quyidagilar soliqdan ozod etiladilar: |
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (19-modda) |
| 21. | Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar |
Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha korxonalar, shu jumladan, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar |
1996-yil 1-apreldan boshlab eksport qiluvchi korxonalar eksport qilinuvchi tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish uchun foydalangan moddiy resurslar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini toʻlashdan ozod etiladilar. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida” 1996-yil 20-martdagi PF-1411-son Farmoni (4-band). |
| 22. | Aksiz soligʻi boʻyicha imtiyozlar |
Barcha korxonalar, shu jumladan, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar |
Oʻzi ishlab chiqargan tovarlar chet elga yetkazib berilganda aksiz olinmaydi. |
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (23-modda). |
| 23. | Mulkka solinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar | Barcha korxonalar |
Yangi ochilgan korxonalarning mol-mulkiga roʻyxatga olingan kundan boshlab dastlabki ikki yil davomida soliq solinmaydi. Soliq boʻyicha bu imtiyoz tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalarning, ular filiallari va tarkibiy boʻlinmalari asosida tuzilgan korxonalarga, shuningdek korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar huzurida tuzilgan korxonalarga (basharti ular ana shu korxonalardan ijaraga olingan uskunalar bilan ishlasa) taalluqli emas. |
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (35-modda, “e” bandi) |
| 24. | Mulkka solinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar | Turistik tashkilotlar |
Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarga tashkil etilgan paytidan boshlab dastlabki foyda olguniga qadar boʻlgan davrda, ammo davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan eʼtiboran uzogʻi bilan uch yil mu�datda soliqqa tortilmaydi. |
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (35-modda, “j” bandi) |
| 25. |
Qimmatbaho qogʻozlar operatsiyalariga solinadigan soliqlar boʻyicha imtiyozlar |
Barcha korxonalar |
1995-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining dividendlar holida qimmatli qogʻozlarning aylanishidan, qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish narxlari oʻrtasidagi tafovutdan olingan daromadlari uch yil muddatgacha soliqqa tortilishdan ozod qilinsin. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 7-sentabrdagi PF-1270-son Farmoni (6-band) |
| 26. |
Yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar |
Chet ellik yuridik shaxslar, qoʻshma korxonalar va ularning filiallari |
Chet el yuridik shaxslari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el yuridik shaxslari va fuqarolari ishtirokida tashkil etilgan xorijiy yuridik shaxslar, qoʻshma korxonalar hamda ularning filiallari — basharti, chet ellik ishtirokchining Ustav fondidagi ulushi 30 foizdan ortiq boʻlsa, roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran ikki yil davomida yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinadilar. |
“Yer soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (9-modda, “j” bandi) |
| 27. |
Transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar |
Barcha korxonalar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar |
Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, tashkil etilgan vaqtidan boshlab dastlabki foyda olguniga qadar boʻlgan davrda, ammo davlat roʻyxatidan oʻtgan paytidan �ʼtiboran uzogʻi bilan uch yil muddatga soliqdan ozod qilinadilar. |
“Transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashina va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi Qonun (5-modda, 1-bandi) |
| 28. |
Soliq solish boʻyicha imtiyozlar |
Tijorat banklari, shu jumladan chet el sarmoyasi ishtirokidagi banklar |
Barcha tijorat banklari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, shu jumladan chet el sarmoyasi ishtirokidagi tijorat banklari, shuningdek chet el banklarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va vakolatxonalari 1994-yil iyulidan 1997-yil 31-dekabrgacha budjetga toʻlanadigan korxonalar daromadidan olinadigan soliq, korxonalar mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi, transport vositalari egalaridan olinadigan soliqlardan ozod qilingan. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-iyuldagi 362-son va 1995-yil 9-noyabrdagi 427-son qarorlari |
| 29. |
Mahsulot keltirish va chiqarishni soddalashtirish |
Qoʻshma korxonalar va chet ellik yuridik shaxslar |
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni litsenziyasiz eksport qilishga va oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulot import qilishga haqlidir. Oʻzi ishlab chiqargan, eksportga yetkazib beriladigan mahsulotlar hamda oʻzining ehtiyojlari uchun korxona tomonidan import qilinadigan mahsulotlar roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. |
“Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (17-modda) |
| 30. |
Boj poshlinalari boʻyicha imtiyozlar |
Chet el inv�stitsiyalari ishtirokidagi korxonalar va bu korxonalarning ajnabiy xodimlari |
Oʻzbekiston Respublikasiga chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun va ajnabiy xodimlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulk boj poshlinasi toʻlashdan ozod qilinadi. |
“Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (18-modda) |
| 31. | Boj poshlinalari boʻyicha imtiyozlar |
Mulkchili� shaklidan qatʼi nazar �archa korxonalar, shu jumladan, xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar |
Qu�idagi tova�lardan boj poshlinalari olinmaydi: |
Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 20-martdagi 114-son qarori (2-bandi) |
| 33. | Mulkni sotib olish huquqi |
Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar |
Yer uchastkalari: |
“Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (2-modda, 2-qism) |
| 34. |
Eng koʻp qulayliklar va erkin savdo tartiblari yaratish |
Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha korxonalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar |
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining boj hududiga olib kelinadigan va Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-oktabrdagi 389-son qaroriga 1-ilovaga muvofiq mamlakatlarning boj hududidan kelib chiqqan tovarlardan boj poshlinalari stavkalari joriy etilgan vaqtdan boshlab boj poshlinasi olinmaydi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Import boj poshlinalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida” 1995-yil 7-oktabrdagi 389-son qarori (1, 2-bandlar) |