Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.11.1995 yildagi 427-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON BANK TIZIMINI RIVOJLANTIRIShNING KOMPLEKS DASTURINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini qabul qilingan xalqaro normalarga muvofiq yanada takomillashtirish va jadal rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Banklari uyushmasining birinchi Ta’sis syezdida qabul qilingan O‘zbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar* ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Dasturni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Moliya vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Aloqa vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi Banklar uyushmasi, manfaatdor vazirliklar, idoralar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda Dasturning har bir bo‘limini bajarish bo‘yicha aniq tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya vazirligining Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-iyuldagi 362-son qarori amalda bo‘lishi muddatini 1997-yil 31-dekabrgacha uzaytirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Belgilab qo‘yilsinki, banklarning soliq olishdan ozod qilingan mablag‘lari O‘zbekiston Banklari uyushmasi orqali Dasturni amalga oshirishni mablag‘ bilan maqsadli ta’minlashga hamda tijorat banklarini rivojlantirishga teng ulushlarda yo‘naltiriladi. Mazkur qoida xususiy tijorat banklarini daromad solig‘i to‘lashdan ozod qilish qismida ularga joriy qilinmaydi (ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar ularning moddiy-texnika bazalarini mustaxkamlash va infratuzilmalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi).
(3-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy banki bilan birgalikda ajratilayotgan mablag‘larning Banklar uyushmasi va tijorat banklari tomonidan maqsadli foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks dasturiga muvofiq Banklar uyushmasi ishtirokida tashkil etiladigan tuzilmalar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga, shu jumladan, tegishli binolarning birinchi navbatda ajratilishiga ko‘maklashsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-oktabrdagi 497-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 9-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
427-son