Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998 15.02.1991 yildagi 225-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat budjetining hamda mahalliy budjetlarning soliqlar tarzidagi daromadlar manbalarini belgilab beradi, bu soliqlarni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad davlat ijtimoiy kafolatlarining moliyaviy bazasini ta’minlashdan, huquqiy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishdan, O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatidagi maqomini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq xalqaro to‘lovlarni markazlashtirilgan asosda amalga oshirish uchun barqaror moliyaviy manbalarni ta’minlashdan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasi muomalasini barqarorlashtirishdan, tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanishni va atrof muhitni muhofaza etishni rag‘batlantirishdan iboratdir.
(muqaddimaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi soliqlar, soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari, soliqlarni to‘lash tartibi, soliq solish yuzasidan beriladigan imtiyozlar, qonunni buzganlik uchun javobgarlik hamda soliqlar to‘lash munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarni hal etishning umumiy tartibi belgilanadi. Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning faoliyatini soliq yo‘li bilan tartibga solish quyidagi umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— manbalaridan qat’i nazar, barcha daromadlardan soliq to‘lanishi majburiyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— barcha hududiy-ma’muriy pog‘onalar uchun yagona bo‘lgan umumdavlat soliq siyosatini mahalliy hokimiyat idoralarining umumdavlat soliq siyosati doirasida soliqlarga oid qonun chiqarish faoliyatidagi mustaqilligi bilan uyg‘un holda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— o‘z faoliyati bilan eng muhim ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etishga ko‘maklashayotgan samarali ishlovchi korxonalarga imtiyoz berish, shuningdek xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllarini rag‘batlantirish sistemasi orqali soliq mezonlarining rag‘batlantiruvchi ahamiyatini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— deklaratsiyalar hamda tanlab o‘tkaziladigan tekshirish va taftishlar uyushtirish asosida barcha subyektlarning soliq to‘lovlari yuzasidan olgan majburiyatlari ustidan moliyaviy nazorat qilish, qonunlarni buzuvchilarga nisbatan iqtisodiy choralar ko‘rish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunga muvofiq daromad keltiradigan tadbirkorlik faoliyati va o‘zga faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining hududida quyidagi soliqlarni to‘laydilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar foydasiga (daromadiga) solinadigan soliq;
(muqaddima uchinchi qismining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat uchun soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz solig‘i;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning mol-mulkiga solinadigan soliq;
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddima uchinchi qismining oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddima uchinchi qismining yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun olinadigan soliq,
(muqaddimaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-sonli Qonuni asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovlarining summasi O‘zbekiston Respublikasi budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar, Toshkent shahri budjetlariga va boshqa mahalliy budjetlarga har yili kelasi moliyaviy yil uchun budjet tasdiqlanayotganida belgilanadigan normativlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
(muqaddimaning yettinchi va sakkizinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 521-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 177-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekiston qonun hujjatlariga binoan o‘z hududida korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlarni belgilaydi.
(muqaddimaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 521-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 177-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Sovetlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq va soliq siyosatining umumiy yo‘nalishiga asoslangan holda o‘z hududlarida olinadigan mahalliy soliqlarni belgilaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqning aniq turini belgilangan hokimiyat idorasi yoki u vakil qilgan boshqa idora:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliq to‘lovchini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliq solinadigan obyektni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliq stavkalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliq solish bo‘yicha imtiyozlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— soliqning amal qilish muddatini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(muqaddimaning oxirgi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning qoidalaridan qat’i nazar, quyidagilar soliq to‘lovchilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar — barcha manbalardan olinadigan daromadlar bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlar — O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlar bo‘yicha.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni asosida qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOB. KORXONALAR FOYDASIGA (DAROMADIGA) SOLINADIGAN SOLIQ
(I bob nomi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Soliq to‘lovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar foydaga solinadigan soliqni to‘lovchilardir, ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatib o‘tilganlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkil etilgan:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklar va sug‘urta tashkilotlari (Markaziy bank va uning muassasalari bundan mustasno);
(1-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
videosalonlar (video namoyish punktlari), kim oshdi savdolari, kazinolar, video va audio kassetalarni ko‘paytirish, ijaraga berib turish, pul yutuqli o‘yin avtomatlaridan foydalanish, lotereya o‘yinlarini, ommaviy konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazish orqali daromad oladigan korxonalar daromadga solinadigan soliq to‘lovchilardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar foydaga (daromadga) solinadigan soliq bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil tarzda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar korxonalarining xo‘jalik birlashmalari yil davomida budjet bilan hisob-kitoblarni hukumatning ruxsati bilan markazlashtirilgan tarzda amalga oshirishlari mumkin.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Soliqqa tortiladigan obyekt
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotni, ishlarni va xizmatlarni (bundan keyin matnda “mahsulot” deb yuritiladi) realizatsiya qilishdan tushadigan foyda (zarar), shuningdek asosiy faoliyatdan tushadigan boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyatdan tushadigan daromadlar va tegishli xarajatlar summasiga kamaytirilgan favqulodda daromadlar summasidan iborat bo‘lgan, korxonaning umumiy xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda foydaga solinadigan soliq obyekti hisoblanadi. Mahsulotni realizatsiya qilishdan tushadigan foyda (zarar) mahsulotni realizatsiya qilishdan tushadigan, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, bojxona to‘lovlari va yig‘imlarisiz tushum hamda mahsulot tannarxiga qo‘shiladigan ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlari o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotni realizatsiya qilishdan tushadigan tushum, shuningdek asosiy faoliyatdan tushadigan boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyatdan tushadigan daromadlar va tegishli xarajatlar summasiga kamaytirilgan favqulodda daromadlar summasidan iborat bo‘lgan, korxonaning umumiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromad — daromad solig‘i obyekti hisoblanadi. Mahsulot tannarxida va soliq solinadigan bazani hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan xarajatlar ro‘yxati, shuningdek asosiy faoliyatdan keladigan boshqa daromadlar, moliyaviy faoliyatdan keladigan daromadlar, favqulodda daromadlar va ularga doir chiqimlar tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlaydigan nizom bilan belgilab qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida tartibda soliqqa tortiladigan boshqa korxonalar faoliyatida o‘z hissasi bilan qatnashishdan olingan dividendlar, foizlar bo‘yicha daromadlar soliq solish obyektida hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy vazifalarni hal etish uchun ustav fondiga (kapitaliga) jamlanadigan badallar, ulushlar va boshqa aniq maqsadga qaratilgan moliyaviy mablag‘lar ana shu umumiy vazifalarni hal etish uchun maxsus tuzilgan yuridik shaxsning daromadlari hisoblanmaydi va ular soliq solish obyekti bo‘lmaydi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Soliq solish bazasini hisoblab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunga muvofiq soliq to‘lovchi deb hisoblangan korxonalarga soliq solish maqsadlarida moddiy va unga tenglashtirilgan o‘zga xarajatlar, shuningdek majburiy to‘lovlar, chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shimcha qiymat solig‘i, aksizlar, respublika hududidan tashqariga olib ketilayotgan xomashyo resurslari va mahsulotlarga solinadigan soliqlari, mol-mulkka, transport vositalarining egalariga solinadigan soliqlar;
(4-moddaning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya fondiga, O‘zbekiston Respublikasi Aholini ish bilan ta’minlash fondiga ajratiladigan summalar, majburiy sug‘urta to‘lovlari summalari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadigan boshqa majburiy to‘lovlar;
(4-modda birinchi qismining uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi 421-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 126-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muddati uzaytirilgan va muddati kechiktirilgan ssudalar bo‘yicha foizlar summasidan tashqari qisqa muddatli bank kreditlari uchun to‘lanadigan foizlar summasi;
(4-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibdagi renta to‘lovlari summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lash davrida hisoblab chiqilgan va realizatsiya qilingan mahsulot tannarxining kalkulatsiyasida hisobga olingan asosiy ishlab chiqarish fondlarini to‘liq tiklash uchun sarflanadigan amortizatsiya ajratmalarining summasi. Bunda ishlab chiqarishni to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan normalarga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyasi ishtirokida tashkil etilgan korxonalar, bunday korxonalarning boshqa mamlakatlar yoki respublikalarning hududida O‘zbekiston Respublikasi korxonalari ishtirokida tashkil etilgan shu’ba korxonalari va filiallari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chet el korxonalari, basharti, xalqaro va respublikalararo shartnomalar hamda amaldagi qonunlarda o‘zga qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, asosiy ishlab chiqarish fondlarini to‘liq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalarini respublika korxonalari uchun belgilangan normalar bo‘yicha va tartibda ajratadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara to‘lovi (moliya lizingi bo‘yicha hisob-kitob). Bunda asosiy fondlarning hammasini yoki muayyan qismini ijaraga olgan, shu jumladan bu fondlarni mulkdordan sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan yoki moliya lizingidan foydalanadigan korxonalar ijaraga olingan asosiy fondlarni to‘la tiklash uchun amortizatsiya ajratmalarini ijara haqiga (moliyaviy lizing bo‘yicha hisob-kitoblarga) qo‘shadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyum-natura shaklida bo‘lmay, ammo korxonaga daromad keltiruvchi yoki daromad olish uchun sharoit yaratuvchi sotib olinadigan nomoddiy aktivlarning summasi. Intellektual mulkka va boshqa nomoddiy mulk obyektlariga bo‘lgan huquq olinganda bu huquqning qiymati nomoddiy xarajatlar tarkibiga qo‘shiladi. “Nomoddiy aktivlar” moddasi bo‘yicha qilinadigan xarajatlarni amortizatsiya ajratmalari singari yalpi daromaddan chiqarib tashlashga ruxsat etiladi. Chiqarib tashlash tartibi to‘lovchi tomonidan belgilanadi. Bunda amortizatsiya muddati besh yildan oshmasligi kerak;
(4-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq nomoddiy aktivlarga bo‘lgan huquqlardan foydalanish bilan bog‘liq barcha turdagi to‘lovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar sertifikatsiyasi, maslahatlar berish, axborot va auditor xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha ishlarga haq to‘lashga ketadigan xarajatlar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yong‘indan saqlash va qorovullik xizmati uchun chet korxonalarga to‘lanadigan haq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa xizmati va hisoblash markazlari xizmatlari uchun haq to‘lashga ketgan xarajatlar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunlarga muvofiq xizmat safarlariga ketgan xarajatlar summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi normalarga muvofiq vakillik qilish maqsadlariga sarflangan summalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama uchun amaldagi me’yorlar bo‘yicha ketgan xarajatlar summasi;
(4-moddaning o‘n beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona soliq solish davri tugashi kuniga qadar amalga oshirgan bo‘lib, realizatsiya qilingan mahsulotlar (xizmatlar) qiymatiga kiritilgan moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan holda korxonaning yalpi daromadi soliq solish bazasi sifatida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning o‘n yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklarning soliq solish bazasi yuqorida sanab o‘tilgan xarajatlar va majburiy to‘lovlardan tashqari xarajatlar hamda ajratmalarning quyidagi summalariga, chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklardan vaqtincha foydalanishga olingan kredit resurslari uchun to‘lovlar, operatsiya sarf-xarajatlari, pul mablag‘lari va qimmatbaho xomashyolarini tashish va saqlash sarf-xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob-kitob va joriy schyotlar bo‘yicha, depozit schyotlar, aholi jamg‘armalari, Davlat sug‘urtasi schyotlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan va to‘langan foizlar;
(4-modda o‘n to‘qqizinchi va yigirmanchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
banklarning rezerv va sug‘urta fondlariga bank ustav fondining 25 foiziga yetguncha qilinadigan banklar daromadlarining 20 foizidan iborat bo‘lgan ajratmalar miqdoriga kamaytiriladi. Omonat banki uchun rezerv fondiga ajratma normativi O‘zbekiston Respublikasi Davlat banki tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta tashkilotlarining soliq solish bazasi ushbu moddada sanab o‘tilgan xarajatlar va majburiy to‘lovlardan tashqari xarajatlar va ajratmalarning quyidagi summalariga, chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha berilgan to‘lovlar summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yilining oxiriga kelib amal qilishi to‘xtamagan sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta va qayta sug‘urta qilish majburiyatlari bo‘yicha amalga oshirilgan va ustama qo‘yib hisoblab chiqilgan summalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tgan yillarda yuz bergan hodisalar yuzasidan oxiriga yetkazilmagan sug‘urta to‘lovlarining summalarini, shu jumladan da’vo muddati doirasidagi majburiyatlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta to‘lash hollari ro‘y berganu, biroq ko‘rilgan ziyon miqdorlari taqdim etilmagan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta summasini o‘z ichiga oladigan sug‘urta va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari bo‘yicha xarajatlar summalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sug‘urta va rezerv fondlariga ajratmalar summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sug‘urta va rezerv fondlariga ajratmalar daromad summasidan foizlar tarzida amalga oshiriladi. Ajratmalar foizi sug‘urta tashkiloti tomonidan sug‘urtaning har bir turi uchun tuzilgan sug‘urta shartnomalarining miqdori va amal qilish muddatiga, sug‘urta majburiyatlarining hajmiga sug‘urta ishlaridagi tavakkalchilikning xarakteriga, avval amal qilgan shartnomalar bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlarning miqdoriga hamda sug‘urtaning muayyan turidagi va umuman sug‘urta tashkiloti faoliyatida yuzaga keladigan o‘zga alohidaliklarga asoslanib, mavjud litsenziyalarga muvofiq holda belgilanadigan normativlarning jamlamasi bo‘yicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sug‘urta tashkilotining sug‘urta va rezerv fondlariga ajratmalar miqdori sug‘urta tashkiloti ustav fondining 25 foiziga yetgunicha sug‘urta tashkilotlari daromadlarining 20 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) sug‘urta tashkiloti sug‘urta to‘lashga sabab bo‘ladigan hodisalar yuz berishining oldini olish va bu to‘g‘rida ogohlantirish chora-tadbirlariga (ehtiyot choralariga) sarflaydigan mablag‘lar summasiga kamaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sug‘urtasi depozitlar bo‘yicha foizlardan olgan pul summasi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining daromadlari bo‘yicha soliq solinadigan bazasi shunday korxonalarning rezerv fondi yoki shunga o‘xshash maqsadga mo‘ljallangan fondlarga ajratmalari summasi bu fondning miqdori ustav fondining 25 foiziga yetgunga qadar korxonalar daromadlarining 20 foizi miqdorida kamaytiriladi.
(qism O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Moddiy xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq solish bazasini hisoblab chiqish chog‘ida korxonaning moddiy xarajatlariga (ishlab chiqarishning qaysi bosqichida qilinishidan qat’i nazar) to‘langan va realizatsiya qilingan mahsulot tannarxining kalkulatsiyasida hisobga olingan quyidagi xarajatlar kiradi, chunonchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chetdan sotib olinadigan hamda mazkur korxonada ishlov beriladigan, qayta ishlanadigan xomashyo va materiallarga qayta sotish maqsadida sotib olinadigan xomashyo va materiallardan tashqari ketadigan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning ishlab chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan materiallar sotib olishga ketadigan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy fondlarga kirmaydigan asboblar, moslamalar, inventarlar, uskunalar, korjomalar hamda realizatsiya qilingan mahsulot tannarxiga kiritiladigan narxi past hamda tez eyiladigan boshqa ashyolarning eskirishiga ketadigan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olinib korxonada montaj qilinishi va qo‘shimcha ravishda ishlov berilishi lozim bo‘lgan komplektlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarga qilinadigan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet korxonalar yoki korxonaning o‘z mustaqil balansiga ega bo‘lgan bo‘linmasi tomonidan bajariladigan ishlab chiqarish xarakteridagi ishlar va xizmatlarga ketadigan xarajatlar. O‘z mustaqil balansiga ega bo‘lgan bo‘linma bajaradigan ishlar va ko‘rsatadigan xizmatlar uchun to‘lanadigan haq ana shunday bo‘linmaning daromadlari tarkibiga qo‘shiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologiya maqsadlariga, boshqa turdagi energiya hosil qilish, isitish, o‘z transporti uchun foydalanish maqsadida sarflanadigan barcha turdagi yoqilg‘ini chetdan sotib olishga ketadigan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning ishlab chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi energiyani sotib olishga, shu jumladan bu energiyani xo‘jalik ichida transformatsiyalash va uzatishga ketadigan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-razvedka va geologiya qidiruv ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy ishlab chiqarish fondlarini ta’mirlashning barcha turlarini (joriy, o‘rtacha, tubdan ta’mirlash) o‘tkazish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erlarni rekultivatsiyalash, shu jumladan chet tashkilotlar tomonidan bajariladigan rekultivatsiya ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy xomashyodan foydalanish, ildizi bilan sotiladigan daraxtlar uchun belgilangan limitlar doirasida suv xo‘jaligi tizimidan olinadigan suv uchun to‘lanadigan haq. Bunda tabiiy resurslar uchun boshqa turdagi to‘lovlar, shu jumladan ijara shaklidagi to‘lovlar va jarimalar korxonalarda qoladigan daromad hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olinayotgan resurslarning narxiga kiritilmagan idishlar va o‘rash materiallarining qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol yetkazib beruvchining kuchi bilan mollarni tashish, yetkazib berish va saqlashga qilinadigan xarajatlar. (Basharti, mollarni tashish, yetkazib berish, shu jumladan ortish-tushirish ishlari, saqlash uchinchi tashkilotlar yoxud pul to‘lovchining o‘z kuchi bilan amalga oshirilsa, molning narxiga qo‘shilmaydi, biroq ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli moddalariga kiritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moddiy resurslarga qilinadigan, mahsulotlarning tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlardan qayta tiklanadigan chiqitlarning qiymati chiqarib tashlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi moddiy xarajatlar va ularga tenglashtirilgan xarajatlar ro‘yxatiga aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bog‘liq aniqliklarni kiritishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Soliq stavkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydaga (daromadga) soliq solinganda quyidagi stavkalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) foydaga solinadigan soliqni to‘laydigan korxonalarga — 37 foiz soliq solinadi. Qishloq xo‘jalik mahsuloti yetishtiruvchi korxonalar foydasiga tabaqalashtirilgan stavkalar bo‘yicha, lekin 20 foizdan oshmagan miqdorda soliq solinadi. Soliq stavkalarining aniq miqdorini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish hajmida mahsulot eksporti kamida 30 foizni tashkil etadigan korxonalar foydaga (daromadga) solinadigan soliqni belgilanganiga nisbatan ikki baravar kamaytirilgan stavka bo‘yicha to‘laydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalarga mo‘ljallangan assortimentdagi tovarlar, badiiy hunarmandchilik buyumlari va o‘yinchoqlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar foydaga solinadigan soliqni 10 foizli stavka bo‘yicha to‘laydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarayotgan mahsulotlari hajmida bolalarga mo‘ljallangan tovarlar, badiiy hunarmandchilik buyumlari va o‘yinchoqlar kamida 20 foizni tashkil etadigan korxonalar foydaga solinadigan soliqni amaldagi stavkadan 30 foiz kamaytirilgan stavka bo‘yicha to‘laydilar.
(6-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-sonli Qonuni asosida uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda;)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar va sug‘urta tashkilotlariga daromad solig‘i 35 foizli stavka bo‘yicha solinadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim banklar uchun soliqlarning pasaytirilgan stavkalarini, lekin 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilashga haqlidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) videosalonlardan (video namoyish punktlaridan), kimoshdi savdolari, kazinolar, pul yutuqli o‘yin avtomatlaridan, davlatga qarashli bo‘lmagan organlar o‘tkazadigan lotereya o‘yinlaridan, ommaviy konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazishdan olinadigan daromadlarga — 60 foiz soliq solinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ustav fondida chet el kapitalining ulushi 50 foiz va bundan ortiq bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarining foydasiga, ustav fondining miqdoriga qarab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300 mingdan 1 million AQSh dollariga teng bo‘lgan summaga 20 foiz soliq solinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 million AQSh dollariga teng va bundan ortiq bo‘lgan summaga 16 foiz soliq solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav fondida chet el kapitali bo‘lgan qo‘shma korxonalar xorijiy qatnashchilarining daromadlari chet elga o‘tkazilayotganda, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, ularga 10 foiz miqdorda soliq solinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daromadlar chet elga qaysi valyutada o‘tkazilayotgan bo‘lsa soliq summasi shu valyutada to‘lanadi.
(6-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ajnabiy yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan hamda manbai O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan dividendlardan, foizlardan, mualliflik huquqlaridan olgan daromadlariga, basharti O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zgacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, — doimiy vakolatxonalar orqali 20 foiz (fraxtdan tushadigan daromadlardan tashqari) soliq solinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) xalqaro tashish ishlarini amalga oshirganligi uchun ajnabiy yuridik shaxslarga to‘lanadigan fraxt daromadlari summasiga — 6 foiz soliq solinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) korxonaning aksiyalardan keladigan dividendlar bo‘yicha daromadlariga hamda o‘zga korxonalarning ustav fondiga kiritgan kapitaldan oladigan boshqa daromadlariga, renta to‘lovlariga (royaltiga) — 15 foiz soliq solinadi”.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Soliq stavkalarini o‘zgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq stavkalarining miqdori, shuningdek soliq imtiyozlarining tarkibi va bu imtiyozlarni berish tartibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi kelgusi moliyaviy yil uchun budjet tasdiqlanayotganida aniqlik kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Soliq to‘lovlarini budjetga o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovlarining summasi har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining budjetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjetiga, viloyatlar, Toshkent shahri va boshqa mahalliy budjetlarga o‘tkaziladi.
(I bob O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 521-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 177-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOB. KORXONALAR FOYDASIGA (DAROMADIGA) SOLINADIGAN SOLIQLAR BO‘YIChA IMTIYOZLAR
(II bob nomi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Soliqdan ozod etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi korxonalar foydaga (daromadlarga) solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) xodimlarining umumiy sonida o‘rta maktablarning va hunar-texnika bilim yurtlarining o‘quvchilari kamida 75 foiz bo‘lgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) nogironlar uchun protez-ortopediya buyumlari, anjomlari ishlab chiqarishga, shuningdek xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ishlayotganlarning kamida 50 foizini urush va mehnat nogironlari, veteranlari tashkil etuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari bo‘lmish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) axloq tuzatish-mehnat muassasalarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) shahar passajir transporti (taksidan, marshrutli taksidan tashqari) korxonalari, passajirlar tashish bilan bog‘liq xizmatlar yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash hamda tiklash ishlarini amalga oshirishdan kelgan foydalari bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash va qurish ishlarini amalga oshirishdan kelgan foydalari bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) pochta aloqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91) “Toshkentuyjoyjamg‘armabank” bilan shartnoma tuzgan korxonalar, o‘z xodimlari uchun uy-joy sotib olishga ishlatiladigan foyda bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92) “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi va “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi tizimlarida amal qilayotgan, ustav fondida xorijiy investor ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan korxonalar, agar ular soliqning barcha summasini xalq iste’moli tovarlari, birinchi navbatda bolalarga mo‘ljallangan assortimentdagi tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga va kengaytirishga reinvestitsiya qilsa;
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-sonli Qonuni asosida 91 va 92 bandlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda;)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) notijorat korxonalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) ustav fondida chet el kapitalining ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokida ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga yo‘llanadigan foydasi (daromadi) bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan shartlarida javob beradigan va ustav faoliyatida o‘z ishlab chiqarish va (yoki) ishlab chiqarayotgan mahsulotga ko‘rsatilayotgan servis xizmatining ulushi xo‘jalik faoliyatidan keladigan tushum umumiy hajmining 60 foizidan ortig‘i to‘g‘ri keladigan korxonalar chet el investitsiyalari ishtirokida ishlab chiqarish korxonalari jumlasiga kiradi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-sonli Qonuni asosida 11-band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar notijorat korxonalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faqatgina davlat budjeti mablag‘lari hisobidan pul bilan ta’minlanadigan, xarajatlarini qoplash uchun tasdiqlangan smetalar doirasida budjetdan dotatsiyalar oladigan korxonalar va tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xayriya birlashmalari, uyushmalari va jamg‘armalari, xalqaro xayriya tashkilotlari, diniy birlashmalar va boshqa tashkilotlar, agar ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijtimoiy-xayriya maqsadlarida yoki ta’sis hujjatlarida aytib o‘tilgan tadbirkorlik faoliyatidan daromad olishni nazarda tutmaydigan boshqa maqsadlarda tuzilgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) moliyaviy va o‘zga mablag‘larni ushbu tashkilot xodimlarining yoki a’zolarining shaxsiy manfaatlari uchun taqsimlamaydigan va investitsiyalamaydigan (Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnati uchun mukofotlash bundan mustasno) bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydaga (daromadga) solinadigan soliqdan, shuningdek, Markaziy bank va uning muassasalari ozod qilinadi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Yangi tuzilgan korxonalar uchun imtiyozlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tashkil etilgan korxonalar (birjalar, tayyorlov, ulgurji, ta’minlovchi-sotuvchi, vositachi va savdo-tijorat korxonalaridan tashqari) tashkil topgan (ro‘yxatdan o‘tkazilgan) paytdan e’tiboran birinchi yili belgilangan stavkaning 25 foizi miqdorida va ikkinchi yili 50 foizi miqdorida soliq to‘laydilar.
(10-modda birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu imtiyoz avval amal qilib turgan korxonalar, ularning filiallari va tarmoq bo‘linmalari asosida tuzilgan korxonalar uchun, shuningdek korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar huzurida tuzilgan bo‘lib, ulardan ijaraga olingan uskunalar yordamida ishlayotgan korxonalarga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona faoliyati uch yillik muddat o‘tmay turib to‘xtatilgan taqdirda soliq summasi uning butun faoliyat davri uchun to‘la miqdorda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar bo‘lgan davrda, ammo davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytidan e’tiboran uzog‘i bilan uch yil muddatga daromad (foyda) solig‘ini to‘lashdan ozod etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar daromad (foyda) olingan birinchi yili daromad (foyda) solig‘ining 50 foizini, ikkinchi yili — 75 foizini, uchinchi yilidan boshlab — 100 foizini to‘laydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-aksionerlik ipoteka banki ro‘yxatdan o‘tgan paytidan e’tiboran besh yil mobaynida daromad (foyda) solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi;
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondi ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan e’tiboran besh yil davomida daromad (foyda) solig‘ini to‘lashdan ozod etiladilar.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-sonli Qonuni asosida yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Soliqdan vaqtincha ozod etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yuridik shaxs bo‘lmish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) patent egasining (litsenziarning) sanoat mulki obyektlaridan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishdan, shuningdek ular uchun litsenziya sotishdan olinadigan daromadlariga, shu jumladan valyuta tushumlariga quyidagilarni qo‘llash boshlangan sanadan e’tiboran ularning amal qilish muddati doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent bo‘yicha ixtironi — 5 yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki patent bo‘yicha ixtironi — 3 yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent bo‘yicha sanoat namunasini — 3 yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki patent bo‘yicha sanoat namunasini — 2 yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma bo‘yicha foydali modelni — 2 yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) litsenziatning (litsenziya shartnomasi predmetidan foydalanishdan oladigan daromadlariga, shu jumladan valyuta tushumlariga quyidagilarni qo‘llash boshlangan sanadan e’tiboran:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent bo‘yicha ixtironi — 5 yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki patent bo‘yicha ixtironi — 3 yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patent bo‘yicha sanoat namunasini — 3 yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki patent bo‘yicha sanoat namunasini — 2 yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma bo‘yicha foydali modelni — 2 yil davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi —1 yil davomida (litsenziarning mahsulotini ishlab chiqarganda).
(11-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) xorijiy qatnashchining ustav fondidagi ulushi 30 foizdan ortiq bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlab chiqarishga (uzum vinolari va meva-rezavor vinolar, mast qiluvchi ichimliklar tayyorlashdan tashqari); xalq iste’moli mollari va binokorlik materiallari ishlab chiqarishga; tibbiyot uskunalar, qishloq xo‘jaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun mashinalar va uskunalar ishlab chiqarishga; ikkilamchi xomashyoni va ro‘zg‘or chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlashga ixtisoslashgan qo‘shma korxonalar, ularning filiallari va shu’balari ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab ikki yil davomida soliq solishdan ozod etiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda 2-bandining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) dehqon (fermer) xo‘jaliklari va xususiy korxonalar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlash, xalq iste’moli mollari chiqarish va binokorlik materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha — ro‘yxatdan o‘tgan paytdan boshlab dastlabki ikki yil davomida soliq solishdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga kapital mablag‘lar ajratayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari o‘z ishining dastlabki yetti yilida.
(11-modda 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) eksportga mo‘ljallangan va importning o‘rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi, chet el investitsiyalari ishtirokidagi yangi tashkil qilinayotgan ishlab chiqarish korxonalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish boshlangan paytdan e’tiboran 5 yil muddatga, agar ishlab chiqarish hajmida bolalarga mo‘ljallangan tovarlar assortimenti 25 foizdan ziyodni tashkil etsa. Keyingi yillarda bu korxonalarning foydasiga solinadigan soliq amaldagiga nisbatan ikki baravar kamaytirilgan stavka bo‘yicha olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar chet el kapitalining ulushi korxonaning ustav fondida 50 foizni va bundan ortiqni tashkil etsa, ishlab chiqarish boshlangan paytdan e’tiboran ikki yil muddatga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydaga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilingan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona imtiyozli davr belgilanganidan so‘ng bir yil o‘tmay tugatilgan taqdirda, soliq summasi uning butun faoliyat davri uchun to‘liq miqdorda undirib olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) xususiy tijorat banklari tashkil etilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yilda, bo‘shatib olinayotgan mablag‘larini o‘z moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va infrastrukturani rivojlantirishga yo‘naltirilgan holda.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-sonli Qonuni asosida 5 va 6-bandlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Soliq solinadigan bazani kamaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solish bazasi quyidagi summaga kamaytiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlarini saqlash bo‘yicha mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan normativlarga (smetalarga) muvofiq amalga oshiriladigan xarajatlar summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni qo‘riqlash tadbirlarini amalga oshirishga qilinayotgan xarajatlarning 30 foiziga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya, sog‘lomlashtirish va o‘zga xayriya jamg‘armalariga kiritilgan badallar, ijtimoiy soha muassasalari va tashkilotlariga qilinadigan ajratmalar summasiga, lekin soliq solinadigan foydaning (daromadning) ko‘pi bilan 1 foiziga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya jamg‘armalarining mulki bo‘lgan korxonalar foydasidan ana shu tashkilotlar ustav faoliyatini amalga oshirishga qaratiladigan ajratmalar summasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar investitsiyalarga yo‘llaydigan, shuningdek investitsiyalarni amalga oshirish uchun olingan kreditlarni uzishga sarflaydigan mablag‘lar summasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaga muvofiq beriladigan soliqqa doir imtiyozlarni e’tiborga olgan holda foydaga (daromadga) solinadigan soliqning umumiy summasi imtiyozlarni hisobga olmasdan hisoblab chiqarilgan hisob-kitob summasining 50 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Ajnabiy sheriklarga imtiyozlar berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan, ustav fondida chet el kapitali bo‘lgan qo‘shma korxonaning O‘zbekiston Respublikasi tuzgan xalqaro shartnomaga muvofiq taqsimot tartibiga ko‘ra o‘ziga tegishli daromaddan soliq to‘lashdan butunlay yoki qisman ozod bo‘lish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy qatnashchisi soliqni kamaytirish yoki bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ariza taqdim etadi. Agar ariza daromad chet elga o‘tkazilganidan keyin berilsa, u daromad o‘tkazilgan kundan boshlab kalendar yili ichida taqdim etilishi lozim. Bir yil muddat o‘tib ketgach berilgan arizalar qarab chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan oladigan daromadidan soliq to‘lashdan butunlay yoki qisman ozod etilish huquqiga ega bo‘lgan ajnabiy yuridik shaxslar ushbu huquqdan mazkur moddaning 1-bandida bayon etilgan tartibda foydalanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Davlatning qimmatli qog‘ozlaridan keladigan daromadlarga soliq solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha olinadigan foizlar va dividendlar soliq solishdan ozod qilinadi.
(II bob O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 521-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 177-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOB. QO‘ShILGAN QIYMATGA SOLINADIGAN SOLIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shilgan qiymatga solinadigan soliq tovarlarni sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini budjet daromadiga olib qo‘yishning bir shaklidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Soliq to‘lovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkchilikning barcha shakllariga kiruvchi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, ushbu Qonunning 1-moddasida sanab o‘tilgan ularning mustaqil bo‘linmalari va filiallari soliq to‘lovchilardir, banklar va sug‘urta tashkilotlari bundan istisno.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-modda ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni realizatsiya qilish oborotlari soliq solish obyektlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zi ishlab chiqargan tovarlarni ham, chetdan sotib olingan va chetda tayyorlangan tovarlarni ham sotish oborotlariga soliq solinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar ham soliq solish obyektlari bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonaning ichida o‘z iste’moli uchun amalga oshirilib, xarajatlarini mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritmaydigan holda, shu jumladan o‘z xodimlariga tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish oborotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni bevosita pul to‘lamasdan boshqa tovarlar (xizmatlar)ga ayirboshlash yo‘li bilan sotish oborotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni boshqa korxonalar yoki shaxslarga tekinga berish yoki qisman haq olib berish bo‘yicha oborotlar, budjetda turadigan muassasalarga va boshqa tashkilotlarga hayriya maqsadlarida berish hollari bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida import tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chet el valyutasida realizatsiya qilish oborotlari.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksizlarga tenglashtirilgan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymatga solinadigan soliqni hisoblab chiqishda aksizlar summasi soliq solinayotgan oborotga qo‘shiladi.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Soliq stavkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘shilgan qiymatga soliq 17 foiz stavka bo‘yicha to‘lanadi.
(18-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Soliq imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shahar passajir transporti (taksidan, marshrutli taksidan tashqari) xizmatlari, shuningdek shahar atrofiga qatnaydigan temir yo‘l va avtomobil transportida passajirlar tashish xizmatlari;
(1-band O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) aholiga ko‘rsatiladigan uy-joy kommunal xizmati va uy-joydan foydalanish xizmati (bunga ijara haqi va yotoqxonalarda yashaganlik uchun to‘lanadigan haq ham kiradi);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) xususiylashtirilib olinayotgan davlat mol-mulkining qiymati;
(19-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) sug‘urta va qayta sug‘urta yumushlari, shu jumladan sug‘urta bo‘yicha vositachilar va agentlar amalga oshirgan ana shunday yumushlar bilan bog‘liq xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ssuda berish va ssuda o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) pul jamg‘armalari, joriy schyotlar, pul to‘lovlari, pul o‘tkazish, cheklar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga taalluqli yumushlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) qonunga ko‘ra to‘lov vositalari hisoblanmish valyutalar, pullar va banknotlar muomalasiga taalluqli yumushlar, numizmatika maqsadlarida foydalaniladigan valyutalar, pullar va banknotlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) qimmatli qog‘ozlar: aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar, veksellar, cheklar, lotereya biletlari muomalasiga taalluqli yumushlar, qimmatli qog‘ozlar tayyorlash va saqlashga doir yumushlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) pochta markalari (kolleksiya uchun mo‘ljallanganlaridan tashqari), markasi bor otkritkalar, konvertlar sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) maxsus vakil qilingan idoralarning ko‘rsatgan xizmati uchun davlat poshlinasi undirib olinadigan ishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(19-moddaning 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar ta’minoti yuzasidan, bemorlar va keksalarni boqish hamda parvarishlash yuzasidan ko‘rsatilgan xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) dafn byurolari, qabriston va krematoriylarda ko‘rsatiladigan marosim xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) xalq ta’limi sohasida o‘quv-ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) haqini bevosita aholining o‘zi to‘laydigan kurslar, to‘garaklar, seksiyalar, studiya yoki darslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqini olganlik uchun patent boji ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi va litsenziya to‘lovi;
(19-moddaning 16-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) advokatlar hay’atlari a’zolarining odil sudlov sohasida ko‘rsatadigan xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) diniy tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan rasm-rusm va marosimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) pensiya va nafaqalar to‘lashga doir aloqa xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20) gidrometerologiya va aerologiya ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) geologiya va topografiya ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) umumiy foydalanishdagi yo‘llarni ishlatish va ularni ta’mir etish yuzasidan bajarilgan ishlar hajmidan tushgan pul;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) yakka tartibda kiyim tikish, kiyimlarni, trikotaj buyumlarni, poyabzalni, murakkab maishiy texnikani, soatlar, mebelni ta’mirlash, buyumlarni ijaraga berish, bolalar uchun trikotaj buyumlari tayyorlash va ularni ta’mirlash, kiyimlarni kimyoviy tozalash bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar, sartaroshxona xizmatlari, hammomlar va kir yuvish korxonalarining aholiga ko‘rsatadigan xizmatlari”;
(19-moddaning 23-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24) sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, jismoniy-tarbiya va sport muassasalari, pioner lagerlari xizmatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25) protez-ortopediya buyumlari va nogironlar uchun ashyolar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning mahsuloti va nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko‘rsatish, davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalarining mahsulotlari.
(19-moddaning 25-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26) nashriyotlar, ro‘znomalar va oynomalarning muharririyatlari, matbaa va kitob savdosi korxonalari, Davlat teleradioeshittirish kompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi chiqaradigan mahsulotlar va ko‘rsatadigan xizmatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27) O‘zbekiston Respublikasi Qizil Yarim oy va “Yodgorlik” jamiyatlari, O‘zbekiston Teatr arboblari uyushmasi, “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro xayriya jamg‘armasi korxonalarining mahsulotlari va xizmatlari — soliqdan ozod qilingan mablag‘lar jamiyatlar, uyushma va jamg‘armalarning ustav vazifalarini bajarishga ishlatilishi sharti bilan;
(19-moddaning 27-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28) stenografiya xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29) vakolatli davlat tashkilotlari o‘tkazadigan ekologik ekspertiza xizmatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(19-moddaning 30-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
(19-moddaning birinchi qismi matni O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) eksport qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar), O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) eksport qilishga nisbatan soliq solish tartibini qo‘llayotgan davlatlarga tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) realizatsiya qilish bundan mustasno”;
(19-moddaning 31-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32) eksport qilinadigan mollarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tiladigan chet el yuklarini (tranzit yuklarni) tashish, ortish, tushirish, qayta yuklash yuzasidan ko‘rsatilgan xizmatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(19-moddaning 33-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34) arxiv hujjatlariga ilmiy-texnikaviy ishlov berish, ularni ta’mirlash, muqovalash va ulardan foydalanish, ish yuritishni takomillashtirish yuzasidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni asosida 31-34-bandlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(19-moddaning 35-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36) davlat tilini o‘qitish va ish qog‘ozlarini davlat tilida yuritishga o‘rgatish borasidagi xizmatlar.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni asosida 35 va 36-bandlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37) respublikada ishlab chiqariladigan hamda yakka tartibda uy quruvchilarga va uy-joy qurilishi kooperativlariga sotiladigan binokorlik materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38) xususiy va kooperativ uy-joy qurilishida binokorlik hamda maxsus montaj ishlarini amalga oshiruvchi, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, pudratchi, remont-qurilish, maxsus montaj tashkilotlarining bajargan ish hajmi.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-sonli Qonuni asosida 37 va 38-bandlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39) o‘z ixtiyoridagi yerdan foydalanib yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni asosida 39-band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40) O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondi, ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan e’tiboran besh yil davomida.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-sonli Qonuni asosida 40-band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41) “Toshkentuyjoyjamg‘armabank” tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq uy-joy qurilishida bajarilgan ishlar hajmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42) Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi tovarlari yetishtiruvchilarga yetkazib berilayotgan mineral o‘g‘itlar va yonilg‘i-moylash materiallari.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-sonli Qonuni asosida 41 va 42-bandlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda;)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq stavkalarining miqdori va soliq imtiyozlari tarkibi har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan kelgusi moliyaviy yil uchun budjetni tasdiqlash vaqtida aniqlashtirilishi mumkin.
(III bob O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 521-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 177-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOB. AKSIZ SOLIG‘I
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Soliq solish obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz solig‘i solinadigan, ishlab chiqarilgan va sotilgan ayrim turdagi tovarlarning (shu jumladan chetdan keltiriladigan tovarlarning) hajmi soliq solish obyekti bo‘ladi, bunday tovarlarning ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Soliq to‘lovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi korxonalar soliq to‘lovchilardir.
(20 va 21-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Soliq stavkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz solig‘i solinadigan tovarlar ro‘yxatini, aksiz solig‘i stavkalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Soliq bo‘yicha imtiyozlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zi ishlab chiqargan mollarni va Qizil Yarim Oy jamiyatining korxonalari bilan tashkilotlari ishlab chiqarayotgan mollar, basharti bu mablag‘lar, jamiyatning ustavda belgilab qo‘yilgan vazifalarini bajarishda ishlatilgan taqdirda chet ellarga yetkazib berilganda aksiz olinmaydi.
(23-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 631-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 337-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Soliq summasini aniqlash va uni to‘lash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksizlarning summasini soliq to‘lovchi sotilgan tovarlar ro‘yxati va hajmi hamda ana shu tovarlar yuzasidan belgilangan aksiz stavkalariga qarab mustaqil belgilaydi”.
(IV bob O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 521-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 177-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV1 bob O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(V bob O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(V bob O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(VI bob O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII BOB. KORXONALARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Soliq to‘lovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkchilikning barcha shaklidagi yuridik shaxslar, shuningdek korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning yuridik shaxs bo‘lmasa-da, o‘z mustaqil balansiga ega bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida bo‘linmalari korxona mol-mulki uchun soliq to‘lovchilar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Soliq solish obyekti va soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati korxonalar mulkiga soliq solish obyekti hisoblanadi.
(33-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq solinadigan baza:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq to‘lovchining balansida butunlay yoki qisman turadigan uy-joy, kommunal va ijtimoiy-madaniy soha obyektlarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash va yong‘inga qarshi maqsadlarda foydalaniladigan obyektlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va seleksiyasi uchun, baliq boqish, ovlash va qayta ishlash uchun foydalaniladigan mol-mulkning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat uzatkichlar, yo‘llar (shu jumladan avtomobil yo‘llari), aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek ularga tutash yerlarning, ushbu obyektlarni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish maqsadlarida ishga tushiriladigan inshootlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar avtotransport vositalarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa yo‘ldoshlarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika Hukumatining qarorlariga binoan to‘xtatib qo‘yilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining balans qiymatiga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar, sug‘urta tashkilotlari, birjalar, shuningdek xalq xo‘jaligining ba’zi tarmoqlariga soliq solish xususiyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Soliq stavkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarning mol-mulkiga 2 foiz stavka bo‘yicha soliq solinadi.
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Soliq imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Korxonalar mol-mulkiga solinadigan soliq quyidagi mol-mulklarga solinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) budjet tashkilotlari va muassasalarining davlat boshqaruvi idoralarining mol-mulkiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish, seleksiyalash va saqlash, baliq yetishtirish, ovlash va qayta ishlash sohasidagi korxonalarning mol-mulkiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xalq ta’limi va madaniyat muassasalarining ehtiyojlari uchun ishlatiladigan mol-mulkka;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, Qizil Yarim oy jamiyati va ular ta’sis etgan korxonalar va tashkilotlar mol-mulkiga, ushbu mablag‘lar jamg‘arma va jamiyatning ustav vazifalarini bajarishga ishlatilishi sharti bilan; diniy birlashmalar va tashkilotlar mol-mulkiga;
(35-moddaning “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) umuman fuqarolarga mo‘ljallangan uy-joy, kommunal va shahar xo‘jaligidagi o‘zga mol-mulkka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) yangi ochilgan korxonalarning mol-mulkiga ro‘yxatga olingan kundan boshlab dastlabki ikki yil davomida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarga, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar bo‘lgan davrda, ammo davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytidan e’tiboran uzog‘i bilan uch yil muddatga.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-sonli Qonuni asosida “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Markaziy bank va uning muassasalari mol-mulkiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash fondining mol-mulkiga ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytdan e’tiboran besh yil davomida.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 231-I-sonli Qonuni asosida “z” va “i” bandlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) ustav fondida chet el kapitalining ulushi kamida 500 ming AQSh dollari bo‘lgan korxonalar mol-mulkiga.
(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-sonli Qonuni asosida “k” band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda;)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“e” kichik bandida ko‘rsatilgan soliq imtiyozi tugatilgan (qayta tashkil etilgan korxonalarning, ular filiallari va tarmoq bo‘linmalari asosida tuzilgan korxonalarga, shuningdek korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar huzurida tuzilgan korxonalarga (basharti, ular ana shu korxonalardan ijaraga olingan uskunalar bilan ishlasa) taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari mol-mulki o‘z hududlarida joylashgan soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha imtiyozlar berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. To‘lovlarni budjetga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkka solingan soliq mahalliy budjetga kiritiladi.
(VIII bob O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni asosida VII bob deb hisoblangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(IX bob O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvardagi 521-XII-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 177-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII1. YER OSTI BOYLIKLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN OLINADIGAN SOLIQ
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
361-modda. Soliq to‘lovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshirayotgan yoki yer osti boyliklaridan o‘zgacha tarzda foydalanayotgan mulkchilikning barcha shakllariga mansub korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
362-modda. Soliq obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qazib olingan mineral xomashyoning hajmi yoki yer osti boyliklaridan mineral xomashyo qazib olish va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lmagan holda o‘zgacha tarzda foydalanish soliq solish obyekti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer osti boyliklaridan foydalanuvchilar qazib olgan hamma mineral xomashyo uchun — asosiy foydali qazilma uchun ham ularga qo‘shilib chiqadigan foydali qazilmalar va komponentlar uchun ham soliq to‘laydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
363-modda. Soliq stavkalari va imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mineral xomashyo turlari bo‘yicha soliq stavkalarining miqdorlarini, yer osti boyliklaridan foydalanuvchilarning ayrim toifalari uchun qo‘shimcha imtiyozlarni, soliqni to‘lash va budjetga kiritish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(4VII1 bob O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-sonli Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII BOB. MAXSUS QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Ajnabiy yuridik shaxslarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar SSSR va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagi qoidalardan boshqacha qoidalar belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning qoidalari xalqaro huquqning umumiy normalarida hamda SSSR va O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan maxsus bitimlarida belgilab qo‘yilgan soliq sohasidagi imtiyozlarga tegishli bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ajnabiy yuridik shaxslarning daromadlaridan soliq olish tegishli chet davlatda xuddi shunday yoki shunga o‘xshash soliqlar yuzasidan sovet yuridik shaxslariga nisbatan aynan shunday chora-tadbirlar amalga oshirish belgilangan hollarda o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatilishi yoki cheklanishi mumkin, bu hol ushbu davlatning soliq idoralari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ajnabiy firmalar bilan tijorat bitimlarini tuzish chog‘ida daromad to‘layotgan korxona, muassasa yoki tashkilot ajnabiy yuridik shaxslarning daromadidan soliq to‘lash borasidagi xarajatlarni o‘z zimmasiga olishi haqidagi soliq shartlarini shartnomaga qo‘shishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Ikki tomonlama soliq solinishini bartaraf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda olingan daromad summasi O‘zbekiston Respublikasida soliq solinishi kerak bo‘lgan daromadning umumiy summasiga kiritiladi hamda soliq miqdorini belgilash chog‘ida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida olingan daromaddan chet mamlakatlar qonunlariga muvofiq chet eldagi korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar to‘lagan soliq summasi ular O‘zbekiston Respublikasida daromaddan soliq to‘layotgan paytlarida hisobga olinadi. Bunda hisobga olinadigan mablag‘larning miqdori chet elda olingan daromadga nisbatan O‘zbekiston Respublikasida to‘lanishi kerak bo‘lgan daromadga solingan soliq hajmidan oshib ketmasligi lozim.
(IX bob O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni asosida VIII bob deb hisoblangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX BOB. SOLIQ TO‘LOVChILARNING MAJBURIYAT HAMDA MAS’ULIYATLARI VA SOLIQLAR TO‘G‘RISIDAGI QONUNLARGA RIOYA ETILIShINI NAZORAT QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Soliq to‘lovchilarning vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qonunda ko‘zda tutilgan soliqlarni to‘lovchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida belgilab qo‘yilgan tartibda buxgalterlik hisobini va hisobotlarini yuritishlari hamda moliya idoralariga buxgalterlik hisobotlari va balanslarini, soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarni hamda soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq boshqa zarur hujjatlar va ma’lumotlarni berishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) respublika hududidagi banklarda valyuta schyotlari ochilganliklari to‘g‘risidagi axborotni bir hafta muddat ichida taqdim etishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soliqlar sohasida imtiyozlarga ega bo‘lish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlarni ko‘rsatishlari, tegishli hollarda esa topshirishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) to‘lanishi kerak bo‘lgan soliq summalarini o‘z vaqtida va to‘la-to‘kis to‘lab turishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) moliya idoralarining mansabdor shaxslariga daromadlar olish bilan yoki soliq solinadigan obyektlarni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan binolarni tekshirib chiqish uchun, shuningdek soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash masalalari yuzasidan tekshirishlar o‘tkazish uchun imkoniyat yaratib berishlari shart.
(39-moddaning O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-sonli Qonuni asosida 1-bandi “b” band bilan to‘ldirilgan, “b”, “v” va “g” kichik bandlar tegishli ravishda “v”, “g” va “d” kichik bandlar deb hisoblangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va tegishli mansabdor shaxslari soliq idorasi o‘tkazgan tekshirish haqidagi hujjatni imzolashlari, hujjatda bayon etilgan faktlarga rozi bo‘lmaganlari taqdirda esa rozi bo‘lmaslik sabablari haqida yozma tushuntirish taqdim etishlari shart. Ular soliq idorasining soliqlar to‘g‘risidagi qonunlar borasida aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish haqidagi talablarini bajarishga ham majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida soliqlarga oid buxgalteriya hisobotlarini va balanslarini, soliqlarga oid hisob-kitoblarni yoki daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni soliq idoralariga taqdim etish majburiyati belgilab qo‘yilgan soliq to‘lovchilar ularni moliyaviy faoliyatni tekshiruv xo‘jalik hisobidagi tashkilot tekshirgach hisobot yilidan keyingi bir yil davomida soliq idorasiga tekshirish o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hujjatlarni taqdim etmagan soliq to‘lovchilarga ushbu Qonunning 40-moddasida ko‘zda tutilgan choralar qo‘llaniladi. Basharti, tekshirish soliq to‘lovchi aybdor bo‘lmagan holda belgilangan muddatlarda o‘tkazilmagan bo‘lsa, mazkur choralar qo‘llanilmaydi.
(39-modda 3-bandining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mahsulotlarni chet el valyutasida sotishdan (chet el valyutasida ishlar bajarishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan), sotuvdan bo‘lak operatsiyalar natijasida, shuningdek o‘zga tadbirkorlik faoliyatidan kelgan tushum O‘zbekiston Respublikasining, chet ellik sheriklari bilan hisob-kitob ishlarini olib boradigan, vakolatli banklaridagi schyotlarga o‘tkazilishi shart, basharti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘zgacha yo‘l tutishga ruxsat bermagan bo‘lsa.
(39-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 856-XII-sonli Qonuni asosida 4-band bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 240-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. To‘lovchilarning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish, ularni budjetga to‘liq va o‘z vaqtida to‘lash, soliq solishga doir amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilish uchun javobgarlik soliq to‘lovchilar va ularning mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan, soliq to‘lash uchun o‘rnatilgan muddatda tegishli hisobot davri uchun belgilab qo‘yilgan shaklda buxgalterlik hisobotlari va balanslariga, soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblariga ega bo‘lmagan soliq to‘lovchilar oldingi hisobot davri uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasining 110 foizi miqdorida soliq to‘laydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aytib o‘tilgan hujjatlar taqdim etilganidan keyin, amalda olingan foydaga (daromadga), soliq solinadigan oborotga va soliq solishning boshqa obyektlariga asoslanib, qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazolar va ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan holda soliq qaytadan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchilar, mansabdor shaxslar daromad yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarning hisobi yo‘qligi, bunday hisob belgilangan tartibni buzib olib borilganligi, shuningdek soliq organlariga soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun kerakli hisobotlarni, hisob-kitoblarni hamda boshqa hujjatlarni umuman yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik, foydani (daromadni) yoki boshqa soliq solish obyektlarini yashirganlik (kamaytirib ko‘rsatganlik) uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘lovchi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning summalari budjetga umuman yoki to‘liq to‘lanmaganligiga sabab bo‘lgan xatolarni soliq organi tekshirgunga qadar mustaqil aniqlab, buxgalterlik hisobotlari hamda soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarga belgilangan tartibda tuzatishlar kiritgan taqdirda, moliyaviy jazolar qo‘llanilmaydi”.
(40-modda O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Noto‘g‘ri to‘langan soliqlarni budjetga undirib olish va budjetdan qaytarib berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlarning summalari, shuningdek yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) daromad solig‘i summalari yoki soliq solinadigan boshqa yashirilgan obyekt uchun soliq summasi hamda daromadni yashirganlik (kamaytirib ko‘rsatganlik) va soliq solinadigan obyektni yashirganlik uchun jarima soliqlar to‘lashdan bosh tortib yurilgan butun davr uchun soliq idoralarining ko‘rsatmasiga muvofiq qat’iy tarzda undirib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasi kechiktirilgan har bir kun (to‘langan kunni ham qo‘shib hisoblanganda) uchun to‘lanmagan qarz summasiga 0,2 foiz miqdorida penya qo‘shib hisoblab, budjetdan qarzdor bo‘lingan butun davr uchun undirib olinadi.
(41-moddaning 1-bandining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-maydagi 1083-XII-sonli Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 159-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xo‘jalik yurituvchi subyektning joriy hisobvarag‘ida budjet oldidagi kreditorlik qarzini uzishi uchun pul mablag‘lari bo‘lmagani taqdirda soliq organlari soliqlar va budjetga to‘lovlar bo‘yicha undiruvchi qarzdor korxona mol-mulkiga qaratish huquqiga egalar.
(41-modda O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi 357-I-sonli Qonuni asosida 11- band bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 56-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qonunning 37 va 38-moddalarida ko‘rsatib o‘tilgan ajnabiy yuridik shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq summasi daromadlarni to‘laydigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan budjetga o‘tkazilmagan taqdirda ajnabiy daromad oluvchiga qaysi davr uchun daromad to‘laganligidan qat’i nazar, budjet bilan hisob-kitob qilingandan keyin ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ixtiyorida qoladigan mablag‘lardan qat’iy tarzda undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliqlar noto‘g‘ri hisoblab chiqilishi yoki undirib olish sohasida belgilab qo‘yilgan tartib buzilishi natijasida ortiqcha tushgan soliqlar bo‘yicha to‘lovlar summasi qaytarib berilishi yoki, ular tushgan kundan boshlab bir yil muddat o‘tmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchidan olinishi kerak bo‘lgan boshqa to‘lovlar o‘rniga o‘tkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha tushgan summani qaytarib berish haqida ariza topshirish mazkur muddat o‘tishini to‘xtatib qo‘yadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noto‘g‘ri to‘langan soliqlarni budjetdan qaytarib berish noto‘g‘ri to‘lov aniqlangandan avvalgi ko‘pi bilan 1 yil uchun amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Soliq idoralarining nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq to‘g‘risidagi qonunlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazoratni soliq idoralari O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari soliq idoralari hamda ularning o‘z xizmat burchlarini bajarib turgan mansabdor shaxslarning ushbu Qonundan kelib chiqadigan talablari, ko‘rsatmalari va farmoyishlarini bajarmasligi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Soliq idoralari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq idoralari mansabdor shaxslarining soliqlarni undirish chog‘idagi xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar ana shu shaxslar bevosita bo‘ysunadigan idoraga beriladi. Shikoyatlar shikoyat tushgan paytdan boshlab kechi bilan 30 kun muddat ichida ko‘rib chiqiladi va ular yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyatlar yuzasidan chiqarilgan qarorlar xususida bir oy muddat ichida yuqori soliq idorasiga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soliq idoralari mansabdor shaxslarining ma’muriy jazo berish borasidagi xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shikoyat berilishi soliqlarning undirib olinishini to‘xtatib qo‘ymaydi. Shikoyatni ko‘rayotgan idora shikoyat hal qilingunga qadar soliqning tegishli summasini undirib olishni to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Ushbu Qonunni qo‘llashga oid yo‘riqnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunni tatbiq etishga doir yo‘riqnomalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh davlat soliq boshqarmasi tomonidan birgalikda chiqariladi.
(X bob O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 739-XII-sonli Qonuni asosida IX bob deb hisoblangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 20-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 4-son, 86-modda; 8-son, 191-modda; 1992-y., 1-son, 49-modda; 4-son, 177-modda; 9-son, 337-modda; 1993-y., 6-son, 266-modda; 6-son, 240-modda; 1994-y., 5-son, 159-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda; 1997-y., 9-son, 241-modda)