Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.10.2008 07.09.1995 yildagi PF-1270-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.10.2008
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINI RIVOJLANTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-oktabrdagi PF-4045-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish, chuqurlashtirish va kengaytirish borasida davlat siyosatini amalga oshirish, uni jonlantirish yo‘lidagi mavjud to‘siqlarni olib tashlash, shuningdek aksiyador investorlarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 26-martdagi PF-1414-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 3-son, 30-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari bo‘yicha Davlat komissiyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— investitsiya institutlarining fond birjasidagi savdolarga bab-baravar kirishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— haqiqiy talab va taklifni, emitentlarning moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, qimmatli qog‘ozlarning sotilish darajasini hisobga olgan xolda qimmatli qog‘ozlar ochiq savdoga qo‘yilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 Qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining manfaatdorligini oshirish, fond bozorida operatsiyalarni faollashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— 1995-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarning dividendlar holida qimmatli qog‘ozlarning aylanishidan, qimmatli qog‘ozlarning sotib olish va sotish narxlari o‘rtasidagi tafovutdan olingan daromadlari uch yil muddatgacha soliqqa tortilishdan ozod qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— 1995-yil 1-sentabrdan boshlab qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasini tuzish chog‘ida bitim qatnashchilaridan olinadigan qimmatli qog‘ozlar operatsiyasi solig‘i bekor qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— 1995-yil 1-sentabrdan boshlab qimmatli qog‘ozlar emissiyasi prospektini ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida emitentdan olinadigan qimmatli qog‘ozlar operatsiyasi solig‘ining stavkasi emissiya o‘z qiymatining 0,5 foizidan 0,1 foiziga kamaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qimmatli qog‘ozlar bozorida xorijiy investorlarning qatnashishini rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari Davlat komissiyasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy investorlarning O‘zbekiston Respublikasi emitentlarining qimmatli qog‘ozlarini sotib olishga, qo‘yilgan mablag‘larni va ular bo‘yicha olingan daromadlarini konvertatsiyalashga, keyinchalik amaldagi qonunchilikka muvofiq repatriatsiya qilishga bo‘lgan huquqlarning amalga oshirilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida va O‘zbekiston emitentlarinikini chet mamlakatlarga kiritish, ro‘yxatdan o‘tkazish va joylashtirish tartibini 10 kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki korxonalarini aksiyalashtirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini takomillashtirishni jadallashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni 6-bandining 2-xatboshisi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 10 kun muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartishlarni kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan tashkiliy tadbirlar to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 7-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1270-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 225-modda; 1996-y., 3-son, 30-modda)