Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish, foydali qazilmalar sanoat zaxiralari va qazib olinishi koʻpaytirilishini taʼminlaydigan mineral-xom ashyo resurslari bazasini ildam rivojlantirish kabi pirovard natijalarga yoʻnaltirilgan geologik qidiruvlarni olib borishni jadallashtirish va samaradorligini oshirish, respublikaning real iqtisodiyoti yetakchi bazaviy tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 450-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 450-modda)
3. Komissiya (R.S.Azimov) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Navoiy KMK” DK, “Olmaliq KMK” OAJ, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda 2011-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimiga kiruvchi ilmiy-ishlab chiqarish markazlari, geologiya-razvedka ekspeditsiyalari va aksiyadorlik jamiyatlarini 1-ilovaga* muvofiq belgilangan tartibda qayta tashkil etilishini taʼminlasin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berildi.
4. “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” OAJ:
2011-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatda yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, “Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi” hamda “Rangli metallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish, shuningdek ularni zarur moddiy-texnika bazasi bilan jihozlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 450-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy muddatda zamonaviy xalqaro tajribani va ilgʻor texnologiyalarni hisobga olgan holda, qimmatbaho, rangli metallar, uranga oid geologiya-razvedka ishlari tarkibini maqbullashtirish, shuningdek topshiriladigan tuzilmalar xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
“Qimmatbaho metallar va uran geologiyasi” IIMni hamda “Rangli metallar geologiyasi” IIMni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidan topshiriladigan tegishli tuzilmalarning shtat soni chegarasidan amalga oshirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2723-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 32-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 06/18/5594/2269-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3004-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 23-son, 450-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda unga boʻysunuvchi tashkilotlar boshqaruv xodimlarining attestatsiyasini tashkil etsin;
uch oy muddatda 2011 — 2016-yillardagi geologiya-razvedka ishlari Dasturini tasdiqlasin, unda geologiya-razvedka ekspeditsiyalari, xizmatlari va boshqa tuzilmalarning moddiy-texnika bazasini yangilash hamda mustahkamlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni nazarda tutsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” OAJ geologiya-razvedka ishlarini olib borish uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining har yili tasdiqlaydigan roʻyxatlari boʻyicha olib kiriladigan uskunalar, materiallar, maxsus transport vositalari, dasturiy hamda texnik vositalar, shuningdek ularning ehtiyot qismlari 2020-yilning 1-yanvarigacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda:
ikki oy muddatda ochiq savdo natijalari boʻyicha litsenziyalar berishni va konlardan tajriba-sanoat koʻlamida foydalanishning cheklangan normalari belgilanishini nazarda tutgan holda, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi yangi nizom loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqib, mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 27-avgust,
PQ-1396-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2016-y., 52-son, 601-modda; 2017-y., 2-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 06/18/5594/2269-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)