Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2017 17.01.2011 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VOYAGA YETMAGANLAR IShLARI BOʻYIChA KOMISSIYALAR FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashda voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar rolini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi yangilangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida” 2000-yil 21-sentabrdagi 360-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 9-son, 60-modda) 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari oʻz huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatini ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 17-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-yanvardagi 13-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar (keyingi oʻrinlarda komissiyalar deb ataladi)ni tashkil etish va ularning faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish organlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish, ularga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish maqsadida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiyalar tumanlar (shaharlar), viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar (shaharlar), viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi komissiyalar tegishli hududlar hokimlari tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi komissiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiyalar oʻz faoliyatida yuqori komissiyalarga, shuningdek tegishli hududlar hokimlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tumanlar (shaharlar), viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi komissiyalar yuqori komissiyani har yarim yillik yakunlari boʻyicha oʻz faoliyati toʻgʻrisida xabardor qilib turadilar va ularga hisobot beradilar, tegishli hududlar hokimlarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisini esa — har yil yakunlari boʻyicha xabardor qilib turadilar va ularga hisobot beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi komissiya yil yakunlari boʻyicha oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini xabardor qilib turadi va unga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiyalar rais (tuman (shahar), viloyat va Toshkent shahar hokimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki ularning oʻrinbosari), rais oʻrinbosari, masʼul kotib va komissiyaning 6—12 nafar aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya aʼzolari soni komissiyaning ish hajmiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning masʼul kotibi joriy ishlarni va komissiya qarorlarining bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi. Tumanlar (shaharlar), viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi komissiyalarda masʼul kotib lavozimi, zaruriyat boʻlganda esa voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻyicha inspektor lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga tegishli ravishda xalq taʼlimi, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, sogʻliqni saqlash, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ichki ishlar organlari, shuningdek xotin-qizlar qoʻmitasi, kasaba uyushmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, mudofaaga koʻmaklashish jamiyati, mehnat jamoalari, madaniy-maʼrifiy va boshqa muassasalarning vakillari kiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar tarkibida: voyaga yetmaganlar oʻrtasida madaniy-tarbiyaviy ishlar boʻyicha, taʼlim muassasalari oʻquvchilari bilan ishlash boʻyicha, voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirish va ularning maishiy turmushi sharoitlarini yaxshilash masalalari boʻyicha, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan va tarbiyalash koloniyalaridan ozod qilingan voyaga yetmaganlarni nazorat qilish boʻyicha seksiyalar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiyalarning faoliyati keng jamoatchilik ishtirokida amalga oshiriladi. Komissiya ishiga kasaba uyushmalari, taʼlim muassasalarining ota-onalar qoʻmitalari, vasiylik kengashlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari va jamoatchilikning boshqa vakillari jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar ishlashga jalb qilingan shaxslardan voyaga yetmaganlar bilan ishlovchi jamoatchi inspektorlar va jamoatchi tarbiyachilar ajratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiyalar oʻz vakolatlariga kiritilgan masalalar boʻyicha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar komissiya qarorlarini bajarish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida komissiyaga oʻn kun mobaynida xabar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiyalarni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etish boʻyicha vazifalar tegishli ravishda tumanlar (shaharlar), viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi komissiyalar faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Komissiya oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar), viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi komissiyalar faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi, ularning faoliyatini tahlil qiladi, ularga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning ijobiy ish tajribasini umumlashtiradi hamda ommalashtiradi, ularga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish, ularning nazoratsizligi va huquqbuzarliklari, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish bilan bogʻliq masalalarni oʻrganadi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kelishib olingan yondashishlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi, shuningdek ushbu tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya vakolatiga kiritilgan muammolarni hal etish bilan bogʻliq maqsadli dasturlar loyihalarini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlikni, qarovsizlikni, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalar faoliyatini oʻrganadi, uni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalarning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va tiklash, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi komissiyalar (keyingi oʻrinlarda tumanlar (shaharlar komissiyalari deb ataladi) faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi komissiyalar oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri, tegishli viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ushbu hodisalarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish, bolalarni joylashtirish va ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) komissiyalarining faoliyatini nazorat qiladilar, yoʻnaltiradilar va muvofiqlashtiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning ijobiy ish tajribalarini umumlashtiradilar va ommalashtiradilar, ularga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) komissiyalarining qarorlarini tekshiradilar va noqonuniy yoki asossiz qarorlarni bekor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalarning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va tiklash, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni tarbiyalash, oʻqitish, taʼminlash sharoitlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi muassasalarida voyaga yetmaganlar bilan muomala qilish yuzasidan nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoxud ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirish va ularning maishiy yashash sharoitini yaxshilashda yordam koʻrsatish, davlat yordamiga muhtoj boʻlgan boshqa voyaga yetmaganlarni joylashtirish shakllarini aniqlashda, shuningdek, voyaga yetmaganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishga doir qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshirishda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi komissiyalar oʻzlariga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi, sogʻliqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, madaniyat, ichki ishlar organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning bolalarni tarbiyalash, ularni joylashtirish, salomatligini mustahkamlash, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) hududidagi voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi, ularning keltirib chiqaruvchi sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, bolalarni joylashtirish, shuningdek ularning huquqlarini himoya qilish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamoat yordamiga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlarni aniqlash va hisobga olish tadbirlarini amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar, pedagogik jamoalar va jamoatchilik oʻrtasida huquqiy targʻibotni amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning, ularning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslarning, shuningdek voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq boshqa shaxslarning shikoyatlari va arizalarini koʻrib chiqadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirishga va ularning maishiy yashash sharoitlarini yaxshilashga, davlat tomonidan ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlarni joylashtirish shakllarini aniqlashga yordam beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq komissiyalar vakolatiga kiritilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarga nisbatan taʼsir koʻrsatish chora-tadbirlarini koʻradilar va mazkur Nizomda hamda boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Tuman (shahar) komissiyalarining nazorat funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiyalar ichki ishlar organlari bilan birgalikda tarbiyaviy taʼsir qilish yoki maʼmuriy jazolash choralari koʻrilgan, ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan, jazoga shartli hukm qilingan va jazoni oʻtashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan yoki tarbiya koloniyalarida jazoni oʻtagan voyaga yetmaganlarning xulq-atvorini kuzatib borishni tashkil etadilar, shuningdek ushbu toifadagi voyaga yetmaganlarning hisobini olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar, zarur boʻlgan hollarda, voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirish yoki ularni taʼlim muassasalariga yuborish chora-tadbirlarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiyalar bolalarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida hamda yetim va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar uchun moʻljallangan taʼlim muassasalarida saqlash va tarbiyalash sharoitlari, bolalarning istiqomat joylarida madaniy dam olishlari uyushtirilishi, shuningdek, zarur hollarda, umumiy taʼlim maktablarida, boshqa taʼlim muassasalarida, madaniy-maʼrifiy muassasalar va sport tashkilotlarida voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlarni umumtaʼlim maktablaridan yoki boshqa taʼlim muassasalaridan chiqarish faqat komissiyaning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiyalar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda voyaga yetmaganlarga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinayotganligi, ular bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ahvoli, ularning umumiy taʼlim, madaniy va kasbiy darajasini oshirish uchun zarur moddiy-maishiy sharoitlar yaratib berilganligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar, agar ishlarni davom ettirish voyaga yetmaganlarning sogʻligʻiga xavf soladigan yoki ular uchun boshqacha ziyon keltiradigan boʻlsa, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini toʻxtatishni talab qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiyalar mazkur tuman (shahar) hududida joylashgan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida, tarbiya koloniyalarida, ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻlinmalarida va voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarida tarbiyaviy ishlar, umumiy taʼlim va kasb-hunar oʻquvlarining olib borilishi, ularni saqlash va mehnatining toʻgʻri tashkil etilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar, shuningdek ushbu muassasalarga koʻrsatib oʻtilgan ishlarni amalga oshirishda yordam koʻrsatadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Tuman (shahar) komissiyalarining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tuman (shahar) komissiyalari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarda voyaga yetmaganlarni saqlash, tarbiyalash va oʻqitish sharoitlarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun taʼlim muassasalarida, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida, tarbiya koloniyalarida hamda ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarida voyaga yetmaganlarni saqlash va tarbiyalash sharoitlarini, shuningdek ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalaridagi ishlarning holatini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim maktablari va boshqa taʼlim muassasalarida, madaniy-maʼrifiy muassasalarda, shuningdek voyaga yetmaganlar ishlayotgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda voyaga yetmaganlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ahvolini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi uy-joy mavzelari va tumanlarni qurish loyihalashtirilganda oʻyin va sport maydonchalari, bolalar stadionlari va bolalar dam olish zonalari qurish uchun yer maydonlari ajratilishini nazorat qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan komissiya ishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha axborot va tushuntirishlar olish uchun oʻz majlislariga mansabdor shaxslarni, mutaxassislarni va boshqa shaxslarni taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya majlislarida korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning tegishli organlari rahbarlarining voyaga yetmaganlarni saqlash va tarbiyalash sharoitlariga oid masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni, ota-onalarni shaxsan qabul qilish, ularning shikoyat va arizalarini koʻrib chiqish, ularning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur tayyorgarlikka, hayotiy tajribaga yoki bolalar bilan ishlash tajribasiga ega boʻlgan fuqarolarni ularning roziligi bilan ota-onalarga yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslarga yordam berish uchun huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan voyaga yetmaganlarni qayta tarbiyalashga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokuratura organlariga voyaga yetmaganlar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi hollari, shuningdek komissiyalarning taqdimnomalarida koʻrsatilgan voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishlarini bartaraf etish choralarini koʻrmagan shaxslar toʻgʻrisida xabarlar yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy ish olib borish, ularni oʻqishga yuborish va ishga joylashtirish masalalari yuzasidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tegishli organlariga taqdimnoma kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni afv etish toʻgʻrisida iltimos qilish, ularni javobgarlikdan ozod qilish, ularga ancha yengilroq boʻlgan jazoni qoʻllash, ularni shartli ravishda hukm etish, sudlanganlikni muddatidan ilgari olib tashlash toʻgʻrisidagi tavsiyanomalar bilan jinoiy ishlar boʻyicha tuman (shahar) sudiga murojaat qilish; jazoni ijro etuvchi organ bilan birgalikda voyaga yetmaganlarni jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoning oʻtalmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirish toʻgʻrisida jinoiy ishlar boʻyicha tuman (shahar) sudiga tavsiyanoma kiritish; ichki ishlar organi bilan birgalikda ozodlikdan mahrum etish toʻgʻrisidagi hukmning ijrosini kechiktirishni bekor qilish hamda mahkumni hukmda belgilangan ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtash uchun yuborish toʻgʻrisida jinoiy ishlar boʻyicha tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish; tarbiya koloniyasining maʼmuriyatiga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni oʻtash vaqtida saqlab turish sharoitlarini oʻzgartirish haqida jinoiy ishlar boʻyicha tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish toʻgʻrisida rozilik berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy ish olib borishning, ular kasb-hunar taʼlimining, ularni ishga joylashtirish va oʻqishga yuborishning ahvoli toʻgʻrisidagi masalalarni tuman (shahar) hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tegishli organlari va boshqa tashkilotlarga ularning komissiyalar qarorlarini bajarmagan mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish toʻgʻrisida taklif kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi komissiyalar oʻz funksiyalarini bajarishda ushbu bandda nazarda tutilgan huquqlardan ham foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Voyaga yetmaganlarni joylashtirish chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tuman (shahar) komissiyalari taʼlim, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, sogʻliqni saqlash, ichki ishlar organlari bilan birgalikda va jamoatchilikning faol ishtirokida yetim va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni; voyaga yetmaganlarni va ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarni; taʼlim muassasalarida mashgʻulotlarga uzrli sababsiz muntazam bormaydigan voyaga yetmaganlarni, shuningdek davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj boʻlgan boshqa voyaga yetmaganlarni aniqlaydilar va hisobga qoʻyadilar hamda ularni joylashtirish chora-tadbirlarini koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tuman (shahar) komissiyalarining voyaga yetmaganlarni joylashtirish shakli koʻrsatilgan qarorlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) taʼlim organlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlariga joylashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy yoki aqliy rivojlanishida yetishmovchiligi bor bolalarni ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktablariga va boshqa tegishli oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlariga — nogiron bolalarni joylashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) vasiylik va homiylik organlariga — yetim va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni joylashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) sogʻliqni saqlash organlariga — spirtli ichimliklar, giyohvand vositalar, psixotrop yoki intellektual-oʻzini idora qilish faoliyatiga taʼsir etadigan boshqa moddalarni muntazam isteʼmol qiladigan voyaga yetmaganlarni davolashni, rivojlanishida yoki xulq-atvorida nuqsonlari boʻlgan voyaga yetmaganlarga ixtisoslashtirilgan diagnostika va davolash-tiklash yordami koʻrsatishni tashkil etish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) ichki ishlar organlariga — voyaga yetmaganlar va ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalar bilan yakka tartibda profilaktika ishlari olib borishni tashkil etish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlariga (mehnat organlaridan boʻsh ish joylari va boʻsh lavozimlar borligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olingandan keyin) — ishga qabul qilish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladigan ishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tuman (shahar) komissiyalari zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrt yoshga toʻlmasdan jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlar sodir etgan, oʻn uch yoshga toʻlgandan keyin ogʻirlashtiruvchi holatlarda qasddan odam oʻldirgan voyaga yetmaganlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrt yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan davrda ular uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan, jamiyat uchun xavfli xatti-harakatlar sodir etgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan davrda jinoyat alomatlari boʻlgan xatti-harakatlar sodir etib, ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatish rad qilingan yoki jinoiy ish toʻxtatilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn olti yoshgacha boʻlgan davrda yoʻl harakati qoidalarini buzgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalarida (umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida) oʻqishdan bosh tortgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat uchun katta xavfli boʻlmagan jinoyatni birinchi marta sodir etganida tergovchi yoki prokurorning qarori yoxud sud ajrimi asosida javobgarlikdan ozod qilingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etgan voyaga yetmaganlar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Komissiyalar tomonidan qoʻllaniladigan taʼsir koʻrsatish choralari va ularni qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tuman (shahar) komissiyalari ushbu Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmaganlarga nisbatan quyidagi taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllashlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganga jabrlanuvchidan uzr soʻrash majburiyatini yuklash toʻgʻrisida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogohlantirib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn besh yoshga toʻlgan voyaga yetmagan zimmasiga, agar u mustaqil ish haqiga ega boʻlsa va zarar miqdori belgilangan eng kam oylik ish haqidan ortiq boʻlmasa yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash yoki uni bartaraf etish majburiyatini yuklash yoki belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan ortiq boʻlmagan moddiy zararni oʻz mehnati bilan qoplash majburiyatini yuklash toʻgʻrisida tuman (shahar) sudiga taqdimnoma kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn olti yoshga toʻlgan va mustaqil ish haqiga ega boʻlgan voyaga yetmaganga Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan hollarda va miqdorlarda jarima solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganni oʻz ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga, shuningdek ularning roziligi bilan mehnat jamoasi yoki nodavlat notijorat tashkilot kuzatuviga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir aniq holat boʻyicha qabul qilingan taʼsir koʻrsatish choralari toʻgʻrisida komissiyalar voyaga yetmaganning yashash, oʻqish yoki ish joyi boʻyicha huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻlinmalari tomonidan voyaga yetmaganlar oʻrtasida yakka tartibda profilaktika oʻtkazilishini taʼminlash uchun ichki ishlar tegishli hududiy organlarini xabardor qilishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tuman (shahar) komissiyalari voyaga yetmaganlarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nisbatan, voyaga yetmagan shaxsni saqlash, tarbiyalash va oʻqitish boʻyicha oʻz vazifalarini bajarishdan bosh tortganligi yoki oʻz vazifalarini zarur darajada bajarmaganligi yoxud voyaga yetmaganlarning xulq-atvoriga salbiy taʼsir koʻrsatganligi yoki ular bilan shafqatsiz muomalada boʻlganligi uchun, shu jumladan voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishga jalb qilganligi uchun, shuningdek voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun quyidagi taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllashi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tanbehi berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogohlantirib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan miqdorlarda jarima solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda hollarda, bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita xavf solinganda ish sud tomonidan hal etilgungacha bolani vaqtincha ota-onasidan yoki bola ularning vasiyligida boʻlgan boshqa shaxslardan olib qoʻyish toʻgʻrisida vasiylik va homiylik organlariga iltimosnoma kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ota-onalarning muomala layoqatini cheklangan deb topish, ularni ota-onalik huquqidan mahrum etish, bolalarni ota-onalaridan ularni ota-onalik huquqidan mahrum etmasdan olib qoʻyish, shuningdek agar bolalarning ota-onalari ota-onalik huquqidan mahrum qilingan boʻlib, shu bolalari bilan birgalikda yashashlari mumkin emas deb topilsa, ularni boshqa turar joy bermasdan koʻchirib yuborish toʻgʻrisida fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga daʼvo bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga yuborish komissiyaning iltimosnomasi asosida chiqarilgan jinoiy ishlar boʻyicha tuman (shahar) sudining ajrimi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tuman (shahar) komissiyalari oʻz bolalarini tarbiyalashga notoʻgʻri munosabatda boʻlayotgan yoki komissiya chiqargan qarorning bajarilishiga toʻsqinlik qilayotgan ota-onalarga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nisbatan taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash haqida, shuningdek bolalarning huquqbuzarliklar qilishlari uchun sharoit yaratib berayotgan yoxud voyaga yetmaganlarni jinoyat va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar qilishga undayotgan yoki jalb etayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga taqdimnoma kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllanilayotganda tuman (shahar) komissiyasi huquqbuzarlikning xususiyatini va sabablarini, voyaga yetmaganning yoshini va uning hayot sharoitlarini, uning huquqbuzarlik qilishda qay darajada ishtirok etganligini, shuningdek uning turmushidagi, taʼlim muassasasidagi va ishdagi xulq-atvorini albatta hisobga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning ogohlantirish berish toʻgʻrisidagi qarori bir yil mobaynida amal qiladi. Agar taʼsir koʻrsatish chorasi qoʻllanilgan voyaga yetmagan shu muddat ichida yangi huquqbuzarlik sodir etmasa taʼsir koʻrsatish chorasi tugallangan hisoblanadi. Taʼsir koʻrsatish chorasini qoʻllagan komissiya oʻz qaroriga binoan, agar ana shunday taʼsir koʻrsatish chorasi qoʻllanilgan voyaga yetmagan namunali axloqi bilan oʻzini koʻrsatsa, jazoni bir yil oʻtmasdan ham bekor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning voyaga yetmaganni oʻz ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud jamoat tarbiyachilari nazoratiga yoki mehnat jamoasi, nodavlat notijorat tashkilot kuzatuviga topshirish toʻgʻrisidagi qarorining amal qilish muddati, agar voyaga yetmagan oʻzining namunali axloqi va ishga hamda oʻqishga boʻlgan halol munosabati bilan oʻzining tuzalganligini isbot etsa, mazkur shaxslar yoki tashkilotlar iltimosnomasiga binoan istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlab olingan tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish chorasi voyaga yetmaganga taʼsir qilmagan taqdirda komissiya bunday voyaga yetmaganga nisbatan ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan taʼsir koʻrsatish choralaridan qattiqrogʻini qoʻllashga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tuman (shahar) komissiyasining jarima solish toʻgʻrisidagi qarori shu qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kun mobaynida ana shunday jarima solingan shaxs tomonidan toʻlanishi lozim, bunday qaror ustidan shikoyat yoki protest berilgan taqdirda esa — mazkur shikoyat yoki protest qondirilmaganligi haqida maʼlumotnoma olingan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslar mustaqil ish haqiga ega boʻlmasa, jarima ularning ota-onasidan yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qarori bilan solingan jarima tegishli bank muassasasiga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jarima muddatida toʻlanmagan taqdirda komissiyaning jarima solish toʻgʻrisidagi qarori jarima summasini sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq jarima solingan shaxsning ish haqidan yoki boshqa maoshidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan majburiy tartibda ushlab qolish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jarima solingan shaxs ishlamayotgan boʻlsa yoki solingan jarimani boshqa sabablarga koʻra uning ish haqidan yoki boshqa maoshidan, pensiyasi yoki stipendiyasidan undirib olishning iloji boʻlmasa, jarima komissiyaning jarima solish toʻgʻrisidagi qarori asosida undiruvni huquqbuzarning mol-mulkiga, shuningdek uning umumiy mulkdagi ulushiga qaratish yoʻli bilan sud ijrochisi tomonidan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Voyaga yetmaganlar ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻn besh yoshga yetgungacha, ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarida esa — oʻn sakkiz yoshga yetgungacha saqlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda hollarda bunday oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan maktablarda saqlash muddati ular oʻn olti yoshga yetgungacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida axloqan tuzalgunlarigacha saqlanadilar, lekin bu muddat uch yildan ortiq boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari joylashgan joydagi tuman (shahar) komissiyasi oʻquvchiga koʻrsatib oʻtilgan muassasalarda joriy oʻquv yilida oʻrta umumtaʼlim maktabi yoki kasb-hunar kollejining tegishli sinfini tugallagungacha uch yil muddat oʻtgandan keyin ham qolishga ruxsat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻn besh yoshga toʻlgan, ammo axloqan tuzalmagan oʻquvchilari shu maktablar joylashgan joydagi tuman (shahar) komissiyasi tomonidan ixtisoslashtirilgan maxsus kasb-hunar kollejlariga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlarning ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida bundan keyin boʻlishlarining maqsadga muvofiq-nomuvofiqligi masalasi vaqt-vaqti bilan, lekin yiliga kamida bir marta shu muassasalar joylashgan joydagi tuman (shahar) komissiyalari tomonidan, mazkur komissiyalarning oʻz tashabbusi bilan, ana shu muassasalar maʼmuriyatlarining taqdimnomasi yoki voyaga yetmaganlarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar iltimosnomasiga binoan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga jismoniy nuqsonlari, ushbu muassasalarda saqlash, tarbiyalash va oʻqitishga toʻsqinlik qiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan kasalliklar roʻyxatiga kiritilgan kasalliklari boʻlgan voyaga yetmaganlarning joylashtirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Voyaga yetmaganning ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasida boʻlishi pedagoglar kengashining shu muassasa rahbari tomonidan tasdiqlangan qarori asosida mazkur muassasa joylashgan joydagi tuman (shahar) komissiyasining qarori bilan toʻxtatiladi, bu haqda voyaga yetmagan shu muassasadan chiqqunga qadar kamida bir oy oldin uning yashab turgan joyidagi komissiyaga xabar beriladi, komissiya voyaga yetmaganni ishga joylashtirish yoki taʼlim muassasasiga yuborish hamda unga zarur moddiy-maishiy sharoitlar yaratish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agar voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasidan, yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar uchun moʻljallangan taʼlim muassasasidan chiqarilganidan keyin, uni ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar qonunda belgilangan tartibda ota-onalik yoki vasiylik huquqlaridan mahrum etilganligi tufayli ular huzuriga yuborish mumkin boʻlmasa, shuningdek uning avvalgi istiqomat joyiga kelishi bir qancha sabablarga koʻra (ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoʻqligi, turmushi va mehnat qilishi hamda bundan keyin tarbiyalanishi uchun qulay sharoitlar yoʻqligi sababli) mumkin boʻlmasa, ushbu muassasa joylashgan joydagi tuman (shahar) komissiyasi voyaga yetmaganni mazkur shaxsning maishiy yashash sharoitini yaxshilash, uni oʻqish yoki ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻradi. Zarur hollarda tuman (shahar) komissiyasi voyaga yetmagan shaxsga vasiy, homiy tayinlash toʻgʻrisidagi taqdimnoma bilan tegishli tuman (shahar) hokimligiga murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu masalalarni hal qilishda mazkur bandda koʻrsatilgan muassasalar joylashgan joydagi tuman (shahar) komissiyasi voyaga yetmagan ilgari yashab kelgan joydagi yoki uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar turgan joydagi komissiyaning tegishli xulosasini olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tarbiya koloniyasidan ozod boʻlgan voyaga yetmagan istiqomat qilayotgan joydagi komissiya u oʻn sakkiz yoshga yetgungacha uni ishga yoki oʻqishga joylashtirish choralarini koʻradi va uning axloqini nazorat qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ozod boʻlgan voyaga yetmaganning oʻz ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslar huzuriga qaytishiga ularning yoʻqligi yoxud ota-onalik huquqidan yoki vasiylik huquqidan mahrum etilganligi munosabati bilan imkon boʻlmasa, ozod boʻlgan voyaga yetmaganning ilgari yashab kelgan joyidagi komissiya tarbiya koloniyasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga binoan uni ixtisosiga muvofiq keladigan ishga yoki oʻqishga joylashtirish, shuningdek unga tegishli uy-joy-maishiy sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarbiya koloniyasidan ozod boʻlgan voyaga yetmaganni tarbiyaviy mulohazalar sababli ilgarigi istiqomat joyiga yuborish maqsadga muvofiq emas deb topilgan favqulodda hollarda uni ishga joylashtirish tarbiya koloniyasi maʼmuriyatining taqdimnomasiga binoan shu tarbiya koloniyasi joylashgan joydagi komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarbiya koloniyasidan ozod boʻlgan voyaga yetmaganni u yordam soʻrab murojaat qilgan kundan boshlab oʻn kun muddatdan kechiktirmay joylashtirish masalasini hal qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Komissiyalar tomonidan ishlarni tayyorlash va koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Komissiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda topshirilgan ishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari, taʼlim muassasalari taqdimnomasi boʻyicha berilgan ishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasaba uyushmalari, taʼlim muassasalari huzuridagi ota-onalar qoʻmitalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar taqdimnomasi boʻyicha topshirilgan ishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning arizalari boʻyicha koʻriladigan ishlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tashabbusi bilan koʻriladigan ishlarni koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar ishlarni ular komissiyaga tushgan paytdan boshlab koʻpi bilan oʻn besh kun muddatda koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Voyaga yetmagan shaxslarning huquqbuzarliklar qilganligi toʻgʻrisida tuman (shahar) komissiyasi koʻrib chiqishi lozim boʻlgan materiallar komissiyaning raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan oldindan oʻrganib chiqiladi va ular:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni komissiya majlisida koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga oid materiallarni qoʻshimcha ravishda tekshirish yoki tushgan arizalar, taqdimnomalar boʻyicha tekshirib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unchalik zararli boʻlmagan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi materiallarni, agar huquqbuzarga nisbatan tarbiyaviy taʼsir koʻrsatishga muvaffaq boʻlinsa, voyaga yetmagan yashayotgan yoki oʻqiyotgan joy boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yoki nodavlat notijorat tashkilotlarga topshirish xususida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish komissiyada qoʻrib chiqilgunga qadar voyaga yetmagan oʻz ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar kuzatuviga topshirilishi mumkin, yetim va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar uchun taʼlim muassasalarida yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi voyaga yetmagan esa — shu muassasalar maʼmuriyatining nazoratiga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishini komissiya koʻrib chiqishi kerak boʻlgan voyaga yetmagan, uning ruhiy jihatdan sogʻlom ekanligiga shubha tugʻilgan taqdirda, mazkur shaxs tibbiyot tekshiruvidan oʻtish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Komissiya ishlarni tayyorlash va koʻrib chiqish paytida voyaga yetmaganning yoshini, mashgʻulotini, yashab turgan va tarbiyalanayotgan sharoitini, huquqbuzarlik qilganligi faktini va uning mazmunini tasdiqlovchi maʼlumotlarni, huquqbuzarlik qilishga daʼvat etgan katta yoshdagi kishilar va boshqa qatnashchilar boʻlgan-boʻlmaganligini, voyaga yetmaganlarga ilgari taʼsir koʻrsatish chorasi qoʻllanilgan-qoʻllanilmaganligini aniqlashi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya voyaga yetmaganning huquqbuzarliklar sodir etishiga olib kelgan sabab va sharoitlarni tekshirib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Komissiya zarur maʼlumot va hujjatlarni talab qilib olishi, shuningdek komissiyada koʻrilayotgan masalalar yuzasidan izohlar olish uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarni chaqirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mansabdor shaxslar va fuqarolar komissiya chaqirigʻi boʻyicha uzrsiz sabablar bilan kelmagan taqdirda komissiya ishni koʻrib chiqishni qoldirishi, ularni ishlayotgan yoki oʻqiyotgan joyidagi maʼmuriyat, nodavlat notijorat tashkilotlar orqali keltirishni taʼminlash choralarini koʻrishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishi koʻrilayotgan voyaga yetmagan, shuningdek uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar komissiya majlisiga uzrsiz sabablar bilan kelishdan bosh tortgan taqdirda ular ichki ishlar organlari orqali komissiyaning asoslangan qarori boʻyicha olib kelinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ish koʻrishga tayyor deb topilgach, shu ishni tayyorlash vazifasi topshirilgan komissiya raisi, rais oʻrinbosari yoki aʼzosi ish koʻrib chiqilishidan oldin voyaga yetmaganni, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni, zarur hollarda esa taʼlim muassasalarining vakillarini ham barcha materiallar bilan tanishtirib chiqadi, komissiya majlisiga kimlarni chaqirish kerakligini aniqlab oladi hamda ish koʻriladigan vaqt va joyni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisi boʻladigan kun prokurorga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Komissiyaning majlisi komissiya tarkibining yarmidan koʻpi hozir boʻlgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning majlisida ishi koʻrilayotgan voyaga yetmagan, shuningdek uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, zarur hollarda esa taʼlim muassasalarining vakillari boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm etilgan voyaga yetmaganlarni jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, ularga tayinlangan jazoni yengilroq jazo bilan almashtirish toʻgʻrisidagi jinoiy ishlar boʻyicha tuman (shahar) sudiga iltimosnomalarni va mahkumlar xususidagi boshqa iltimosnomalarni qoʻzgʻatish masalalarini koʻrib chiqishda komissiya majlisida tarbiya koloniyasi maʼmuriyatining vakili va mahkumning oʻzi hozir boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar holatlarni tekshirib chiqish va muhokama qilish voyaga yetmaganga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, komissiya materiallarni majlisda voyaga yetmaganning ishtirokisiz koʻrib chiqishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Komissiyalar voyaga yetmaganlarning maʼmuriy huquqbuzarliklari toʻgʻrisidagi oʻzlariga tegishli ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Komissiya ish yuzasidan toʻplangan materiallarni koʻrib chiqadi, voyaga yetmaganning, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning, jabrlanganning va guvohlarning tushuntirishlarini tinglaydi va ishning barcha holatlarini har tomonlama koʻrib chiqqach, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 23 va 24-bandlarida nazarda tutilgan taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni toʻxtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni koʻrishni qoldirib, qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni tergov yoki surishtiruv organlariga topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Komissiya majlisida protokol tuziladi, unda majlis boʻlgan sana va joy, koʻrib chiqilayotgan ishning mazmuni, ishni koʻrishda qatnashayotgan shaxslarning majlisga kelgan-kelmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning bergan izohlarining qisqacha mazmuni, ishga oid boshqa maʼlumotlar, shuningdek qabul qilingan qarorni oʻqib eshittirish va uning yuzasidan shikoyat berish va muddatlarini tushuntirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Protokolni raislik qiluvchi va komissiya kotibi imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishi koʻrilayotgan shaxslarning ishlaydigan yoki yashaydigan joyida sayyor majlislar oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Komissiya qarorlari majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarori yozma shaklda, dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning nomi; ishni koʻrib chiqish sanasi; ishi koʻrib chiqilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ishni koʻrib chiqish chogʻida aniqlangan holatlar; mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat, ish yuzasidan qabul qilingan qaror koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror raislik qiluvchi va komissiyaning masʼul kotibi tomonidan imzolanadi va qabul qilingandan keyin eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorining nusxasi uch kun mobaynida voyaga yetmaganga, uning ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga, zarur hollarda esa — voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida komissiya voyaga yetmagan huquqbuzarning ishlab, oʻqib turgan joyiga yoki yashash joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga, shuningdek uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yashab turgan joydagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Jinoiy ishlar boʻyicha tuman (shahar) sudining voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga yuborish toʻgʻrisidagi qarori bajarilishini taʼminlash uchun voyaga yetmagan ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga joylashtirilishi mumkin, u bu yerda barcha zarur hujjatlar rasmiylashtirilgungacha, Xalq taʼlimi vazirligi yoki Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan yoʻllanma olingungacha, koʻpi bilan oʻttiz kun saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda hollarda voyaga yetmaganning ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarida turish muddati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻpi bilan oʻn besh kunga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari voyaga yetmagan uchun shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini rasmiylashtirishni tugallaydilar hamda Xalq taʼlimi vazirligi yoki Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan yoʻllanma olinganidan keyin voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya materiallari boʻyicha jinoiy ishlar boʻyicha tuman (shahar) sudining chiqarilgan ajrimi asosida voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasiga keltiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi sharoitlar va sabablarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida komissiyalar oʻz majlislarida koʻrib chiqilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar hisobini yuritadilar va tuman (shahar), viloyat, Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi doirasida ushbu hisobga olish maʼlumotlarini har chorakda umumlashtirib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Komissiya qarori yuzasidan voyaga yetmagan, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi, shuningdek jabrlanuvchi tomonidan yuqori komissiyaga yoki sudga shikoyat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarori yuzasidan yuqori komissiyaga u chiqarilgan kundan boshlab oʻn kun muddatda shikoyat berilishi mumkin. Yuqori komissiyaning shikoyat boʻyicha qarori oʻn besh kundan kechikmay qabul qilinishi kerak va u uzil-kesil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarori yuzasidan sudga shikoyat berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqargan qarori yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qarori va shikoyat boʻyicha chiqarilgan qaror yuzasidan prokuror protest bildirishi mumkin. Prokurorning protest bildirishi shu protest koʻrib chiqilgunga qadar komissiya qarorining va shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorning ijrosini toʻxtatib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-yanvardagi 13-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida” 2000-yil 21-sentabrdagi 360-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1-band va qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Belgilab qoʻyilsinki, voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻyicha oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi organlar hisoblanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 4 — 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Quyidagilar voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsiz qolishi, huquqbuzarligi va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlariga olib keluvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarda voyaga yetmaganlarni saqlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish sharoitlarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning ongini va tafakkurini shakllantirish va darajasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni faollashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish joylaridan ozod boʻlib kelgan yoki maxsus oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan voyaga yetmaganlarni turar joy va ish bilan taʼminlashda yordam berish, shuningdek voyaga yetmaganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish boʻyicha qonunda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar toʻgʻrisidagi qonunlar ijrosi yuzasidan nazoratni kuchaytirsin, voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning kelib chiqishi sabablari va shart-sharoitlarini puxta oʻrganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari ishlari samaradorligini oshirsin, ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi har bir inspektori va profilaktika inspektoridan oʻz tasarrufidagi hududda sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlar uchun masʼul ekanligini qatʼiy talab qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va targʻibot markazi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Sogʻlom avlod uchun” Xalqaro hukumatga qarashli boʻlmagan xayriya jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bolalarni tarbiyalash va oʻqitish ishlari yuzasidan nazoratni kuchaytirsinlar, yashash joylarida ijtimoiy notinch ahvoldagi voyaga yetmaganlar va oilalarni aniqlash, ular bilan yakka tartibda profilaktika ishlari olib borish masalalarini doimiy nazoratga olsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki intellektual-irodaviy faoliyatga taʼsir koʻrsatadigan boshqa moddalarni muntazam isteʼmol qiluvchi voyaga yetmaganlarni aniqlash, hisobga olish, tekshirish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish, rivojlanishi va xulq-atvorida nuqsonlari boʻlgan voyaga yetmaganlarga ixtisoslashtirilgan diagnostika va davolash-tiklash yordami koʻrsatish ishlarini qatʼiy yoʻlga qoʻysinlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 9-banddagi “jazoni ijro etish joylaridan” va “maxsus oʻquv-tarbiya muassasalaridan” soʻzlari tegishli ravishda “jazoni ijro etish muassasalaridan” va “ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 3-son, 23-modda)