Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2017 21.09.2000 yildagi 360-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VOYAGA YETMAGANLAR IShLARI BO‘YIChA KOMISSIYALAR FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqiy-tarbiyaviy ishlar susaytirib yuborilganligi, ular ustidan bo‘lgan nazoratning bo‘shligi, ish bilan ta’minlash va boshqa muammolar qoniqarli darajada hal etilmayotganligi oqibatida ko‘plab yoshlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etish, giyoxvandlik va ichkilikbozlikka berilish, diniy aqidaparastlik yoki turli zararli oqimlar, guruhlar ta’siriga tushib qolish kabi salbiy holatlar uchrab turibdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarni ijtimoiy mehnatga jalb etish, tarbiyalash, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mutasaddi bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish organlari, o‘quv muassasalari va boshqa idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mahalliy hokimliklar huzuridagi mavjud komissiyalar o‘z faoliyatini deyarli to‘xtatib qo‘ygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, bu yo‘nalishda mas’ul bo‘lgan davlat idoralari, jamoat tashkilotlari hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish va yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-yanvardagi 13-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 3-son, 23-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qo‘yilsinki, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo‘yicha o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi organlar hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 3-son, 23-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari o‘z tasarrufidagi mavjud voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini ko‘rib chiqib, ularning yangi tarkiblarini tuzsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyalar faoliyati izchil amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ularning tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari hisobidan alohida mas’ul kotib lavozimi joriy etilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsiz qolishi, huquqbuzarligi va boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlariga olib keluvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarda voyaga yetmaganlarni saqlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish sharoitlarini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarning ongini va tafakkurini shakllantirish va darajasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni faollashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish joylaridan ozod bo‘lib kelgan yoki maxsus o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytgan voyaga yetmaganlarni turar joy va ish bilan ta’minlashda yordam berish, shuningdek voyaga yetmaganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha qonunda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni amalga oshirish.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 3-son, 23-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar to‘g‘risidagi qonunlar ijrosi yuzasidan nazoratni kuchaytirsin, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarning kelib chiqishi sabablari va shart-sharoitlarini puxta o‘rganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 3-son, 23-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari ishlari samaradorligini oshirsin, ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi har bir inspektori va profilaktika inspektoridan o‘z tasarrufidagi hududda sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlar uchun mas’ul ekanligini qat’iy talab qilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 3-son, 23-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va targ‘ibot markazi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro hukumatga qarashli bo‘lmagan xayriya jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bolalarni tarbiyalash va o‘qitish ishlari yuzasidan nazoratni kuchaytirsinlar, yashash joylarida ijtimoiy notinch ahvoldagi voyaga yetmaganlar va oilalarni aniqlash, ular bilan yakka tartibda profilaktika ishlari olib borish masalalarini doimiy nazoratga olsinlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki intellektual-irodaviy faoliyatga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa moddalarni muntazam iste’mol qiluvchi voyaga yetmaganlarni aniqlash, hisobga olish, tekshirish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish, rivojlanishi va xulq-atvorida nuqsonlari bo‘lgan voyaga yetmaganlarga ixtisoslashtirilgan diagnostika va davolash-tiklash yordami ko‘rsatish ishlarini qat’iy yo‘lga qo‘ysinlar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-yanvardagi 13-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 3-son, 23-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, hokimliklar, ichki ishlar organlari mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod bo‘lib kelgan yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytgan voyaga yetmaganlarni turar joy va ish bilan ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatsinlar va ularning bu masalada bevosita mas’ul ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya har yarim yilda voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda huquqiy-tarbiyaviy ishlarning ahvolini muhokama etib, bu borada mutasaddi idoralar rahbarlarining va quyi komissiyalarning hisobotlarini eshitib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O‘. Komilov va Bosh vazir o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 21-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
360-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-yanvardagi 13-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 3-son, 23-modda)