22.07.2010 yildagi 155-son
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 7-iyundagi 291-son qarorida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 8-iyundagi PQ-117-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar keyingi yillarda qog‘ozning yozuv, gazeta va ofset turlaridan yanada oqilona foydalanish va ularni tejashni ta’minladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
T/r

Chora-tadbirlar (tadbirlar)

Bajarish muddatiMas’ul bajaruvchilarAmalga oshirish shakliKutilayotgan natija
I bo‘lim. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanishni ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar.
1.1.Qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanish bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish, ushbu qaror bilan tasdiqlangan vazifalarni va Qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha yangidan tuzilayotgan 4 ta kichik guruhning funksiyalari va vazifalarini belgilash.1-avgustga qadarRespublika komissiyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligiQog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanish bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizomQog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanish bo‘yicha Respublika komissiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining qarorini va Qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksi bajarilishini nazorat qilish va monitoring olib borish bo‘yicha yangidan tuzilayotgan 4 ta kichik guruhning funksiyalari, vazifalari va vakolatlarini belgilash.
1.2.Ushbu qaror talablarini tushuntirish hamda respublikaning 19 ta vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmasi, hokimliklar va gazetalar tahririyatlarida ishlarning ahvolini tahliliy o‘rganish materiallari bo‘yicha tasdiqlangan Qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksi to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash uchun vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida Respublika komissiyasining tashkiliy majlisini o‘tkazish.1-avgustga qadarRespublika komissiyasiTashkiliy chora-tadbirlarni tasdiqlash bo‘yicha Respublika komissiyasi majlisi protokoli.Ushbu qarorda belgilangan vazifalar to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash.
1.3.Quyidagilarning:

2010-yil III-IV chorak

Respublika komissiyasiTahliliy materiallarni tayyorlash, ularni Respublika komissiyasi muhokamasiga kiritish va tegishli chora-tadbirlar ko‘rish.Qog‘ozni hisobga olish va uning sarfi tizimini takomillashtirish, qog‘ozdan foydalanishga nisbatan isrofgarchilik bilan munosabatda bo‘lish holatlari bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish.
a) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining;

jadval bo‘yicha

Respublika komissiyasining 1-guruhi
b) uyushmalar, kompaniyalar va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarida;

jadval bo‘yicha

Respublika komissiyasining 1-guruhi
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, respublika viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimliklarida qog‘ozni hisobga olish va uning sarfi holatini tanqidiy tahlil qilish.

jadval bo‘yicha

Resp�blika komissiyasining 1-guruhi
1.4.Boshqaruv apparatlarida, noshirlik va matbaa faoliyati, ommaviy axborot vositalari sohasida qog‘ozdan oqilona foydalanish bo‘yicha xorijiy tajribani, shu jumladan xorijiy moliyaviy va iqtisodiy institutlarning tajribasini o‘rganish.2010-yil III-IV chorakRespublika komissiyasi Respublika komissiyasining 1 va 2-guruhlariO‘rganish yakunlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomalar va Respublika komissiyasida ko‘rib chiqish uchun aniq takliflar tayyorlash.Boshqaruv jarayonlarida va xo‘jalik faoliyatida qog‘ozni tejashni takomillashtirish va uning zamonaviy usullarini joriy etish.
1.5.Kollegial organlar, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar sonini, dolzarbligini va kun tartibini tahlil qilish.2010-yil avgustRespublika komissiyasining 1-guruhi, Vazirlar Mahkamasining ATDO‘tkaziladigan majlislar va yig‘ilishlarni maqbullashtirish, qog‘oz sarfini qisqartirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.O‘tkaziladigan majlislar va yig‘ilishlarni maqbullashtirish, sarf-xarajatlarni, shu jumladan ularni tayyorlash va o‘tkazishga moliyaviy mablag‘lar va qog‘ozni qisqartirish.
1.6.Davlat budjeti xarajatlari klassifikatsiyasiga “Qog‘oz sotib olish xarajatlari” alohida moddasini kiritish. 2010 — 2012-yillarda qog‘oz sarfini kamida 30 foizga, har yili — 10 foizdan qisqartirishni nazarda tutgan holda qog‘oz sotib olishga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanilishi ustidan g‘aznachilik tomonidan muntazam monitoringni amalga oshirish.2010-yil va keyingi yillarMoliya vazirligi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — budjetdan mablag‘ oluvchilarMoliya vazirligining buyrug‘i va idoraviy tadbirlar rejalari.Qog‘oz sotib olishga xarajatlarni, ortiqcha qog‘oz hujjatlar aylanishini va hisobotlarni qisqartirish, bo‘shaydigan mablag‘larni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirish.
1.7.Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida qog‘oz sotib olish, undan foydalanish, hisobdan chiqarish, qog‘oz chiqindilarini to‘plash va muntazam ravishda makulaturaga topshirishning holatini tizimli asosda tekshirish.jadval bo‘yicha
doimo
Respublika komissiyasining 1-guruhi, Hisob palatasi, Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiTekshirishlar va taftishlar materiallarini tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun Respublika komissiyasiga va Moliya vazirligiga kiritish.Qog‘ozdan oqilona foydalanishning holati va ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan budjetdan tashqari mablag‘lar ustidan muntazam nazorat qilish.
II bo‘lim. Kompyuter texnikasidan samarali foydalanish, elektron hujjat aylanishi tizimi joriy etilishini takomillashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish.
IIa. Kompyuter texnikasidan samarali foydalanish.
2.1.Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining kompyuter texnikasi bilan jihozlanganligini va undan foydalanish samaradorligini tahlil qilish.2010-yil III chorakRespublika komissiyasining 2-guruhi, O‘zbekiston aloqa va axborotla�tirish agentligi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariKompyuter texnikasidan foydalanishning holati to‘g‘risida tahliliy ma’lumotnoma va uning samaradorligini oshirish to‘g‘risida takliflar.Kompyuter texnikasidan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy mablag‘larni va qog‘oz sarfini qisqartirish, boshqaruv apparati faoliyatini takomillashtirish.
2.2.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish sohasida rahbarlar, mutaxassislarning malakasi va ko‘nikmasini oshirish dasturini ishlab chiqish, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida kadrlarni kompyuter savodxonligi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish tizimini joriy etish.2010-yil avgust
har yili
Respublika komissiyasining 2-guruhi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiDastur va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini tasdiqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori.Boshqaruv organlari rahbarlari va mutaxassislarining boshqaruv jarayonida, shu jumladan qog‘oz sarfini qisqartirish maqsadida, kompyuter texnikasidan foydalanishi bo‘yicha ularning malakasini oshirish va saviyasini baholash.
2.3.Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ma’muriy-boshqaruv xodimlarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash, lokal va korporativ kompyuter tarmoqlarini yaratish, zarur server uskunalari bilan jihozlash yuzasidan takliflar tayyorlash va jihozlashni yakunlash.2010-yil III choragi — ishlab chiqish 2011-yil va keyingi yillar — amalga oshirishRespublika komissiyasining 2-guruhi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariChora-tadbirlar rejasini tasdiqlash bo‘yicha Respublika komissiyasining qarori.Ma’muriy-boshqaruv xodimlari kompyuter texnikasi va elektron hujjatlar aylanishi tizimi imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish.
2.4.Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari va mutaxassislari uchun kompyuter texnikasidan samarali foydalanish bo‘yicha metodik qo‘llanma ishlab chiqish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:
— shaxsiy kompyuterlardan, lokal va korporativ tarmoqlardan foydalanish;
— funksional va tarmoq vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha ma’lumotlarning yig‘ma bazasini shakllantirish;
— ichki va idoralararo tarmoqlarda axborot ayirboshlash;
— kompyuter texnikasidan va internet tarmog‘idan foydalanishda axborot xavfsizligini ta’minlash.
2010-yil III chorakRespublika komissiyasining 2-guruhi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiMetodik qo‘llanmalarni tasdiqlash bo‘yicha Respublika komissiyasining qarori.Ishlarning holati tizimli tahlil qilinishini ta’minlash, tarmoq vazifalarini tezkor hal etish hamda respublika iqtisodiyoti sohalari, tarmoqlari va hududlarini rivojlantirishni prognozlashtirish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishi samaradorligi va natijadorligini oshirish.
IIb. bo‘lim. Elektron hujjat aylanishini joriy etishni takomillashtirish.
2.5.Elektron hujjat aylanishi joriy etilishining holatini va undan foydalanish samaradorligini tanqidiy tahlil qilish hamda ichki idoraviy yozishmalarni keskin qisqartirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish.2010-yil IV chorakRespub�ika komissiyasining 2-guruhi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariIchki idoraviy yozishmalarni qisqartirish bo‘yicha ma’lumotnoma va chora-tadbirlarni tasdiqlash.Elektron hujjatlar aylanishi tizimlaridan foydalanishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va uning samaradorligini oshirish.
2.6.Vazirlar Mahkamasi bilan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasida “E-Xat” himoyalangan yagona korporativ elektron pochtani va “E-Hujat” tizimini joriy etish va ulardan belgilangan tartibda foydalanish.2011-yil I chorakRespublika komissiyasining 2-guruhi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariTadbirlarni tasdiqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori.Elektron shaklda xat-xabarlar, normativ-huquqiy hujjatlarning himoyalangan tarzda jo‘natilishini ta’minlash, hujjatlarni jo‘natishda qog‘oz sarfini qisqartirish.
2.7.Elektron hujjat aylanishi tizimlariga va elektron hujjatlarni idoralararo ayirboshlash standartiga qo‘yiladigan namunaviy talablarni ishlab chiqish.2011-yil I chorakKompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, “O‘zarxiv”, “O‘zstandart” agentligiNizomni tasdiqlash, Davlat standarti.Joriy etiladigan elektron hujjat aylanishi tizimlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash uchun ularning keyinchalik integratsiyalashuvi hisobga olingan holda yagona talablarni yara�ish.
IIv. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.
2.8.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish samaradorligini tanqidiy tahlil qilish:
a) axborot tizimlari;
b) davlat axborot resurslari;
v) interaktiv xizmatlar ko‘rsatish;
g) korporativ elektron pochtada.
2010-yil IV chorak — 2011-yil I chorakRespublika komissiyasining 2-guruhi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariTahliliy ma’lumotnoma va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga doir takliflar.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishni va ularni joriy etish samaradorligini oshirishni ta’minlash.
2.9.Axborot tizimlarini joriy etish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini lokal va korporativ kompyuter tarmoqlari yaratish, zarur kompyuter texnikasi va server uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va uni moliyalashtirishni tashkil etish.2010-2011-yillarRespublika komissiyasining 2-guruhi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariRespublika komissiyasida ko‘rib chiqish uchun takliflar.Elektron hujjat aylanishi tizimini takomillashtirish uchun zarur platforma yaratish. Ma’lumotlar ayirboshlashning yuqori tezlikdagi himoyalangan infratuzilmasini yaratish.
2.10.Boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish va maqbullashtirish uchun Korporativ axborot tizimlarini yaratish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish.2010-yil dekabr — ishlab chiqish
2011 — 2016-yillar — amalga oshirish
Respublika komissiyasining 2-guruhi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston �eyespublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariChora-tadbirlar dasturini tasdiqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori.Boshqaruv jarayonlarini qog‘ozsiz amalga oshirishga bosqichma-bosqich o‘tish uchun axborot tizimlarini yaratish.
2.11.Rasmiy veb-saytlar orqali interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir talablarni ishlab chiqish.2010-yil III chorakRespublika komissiyasining 2-guruhi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiKompyuterlashtirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadigan normativ hujjat.Interaktiv davlat xizmatlari yordamida rasmiy veb-saytlar orqali murojaatlarni qabul qilish va ularga javob berish uchun shart-sharoitlar yaratish.
2.12.2011 — 2015-yillarda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, ma’lumotlar uzatishni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni rivojlantirishning yangi maqsadli parametrlarini qayta ko‘rib chiqish va belgilash.2010-yil III chorakRespublika komissiyasining 2-guruhi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi.Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish darajasini oshirish.
III bo‘lim. Respublika nashriyotlari, ommaviy axborot vositalari tahririyatlari va matbaa korxonalarida gazeta va ofset qog‘ozidan oqilona foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.
3.1.Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar rezidentlar va/yoki norezidentlar tomonidan yetkazib berilayotgan qog‘ozning gazeta va ofset turlarini olib kirishning respublikada amalda bo‘lgan tartibini tanqidiy tahlil qilish, qog‘ozni olib kirish, xarid qilishni tartibga solish, hisobga olish va sarflash, narx-navo tizimini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.2010-yil 1-sentabrga qadarRespublika komissiyasining 3-guruhi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligiRespublika komissiyasida ko‘rib chiqish uchun aniq takliflar bilan birgalikda tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash.Qog‘oz olib kirish va xarid qilishni tartibga solish va maqbullashtirish, qog‘ozning gazeta va ofset turlarini hisobga olish va sarflash tizimini takomillashtirish.
3.2.Nashriyot-matbaa jarayonini maqbullashtirish maqsadida tarmoq standartlarini va boshqa normativ hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish hamda ishlab chiqish.2010-yil III chorakO‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zstandart” agentligiTarmoq standartlari va normativ hujjatlarni ishlab chiqish.Noshirlik va matbaa ishlab chiqarishi jarayonida chiqindilarni qisqartirish, tejash rejimini mustahkamlash, xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish.
3.3.O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimiga kiradigan korxonalarda va “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida, shuningdek gazetalar, jurnallar tahririyatlarida, respublika matbaa korxonalarida qog‘ozning gazeta va ofset turlarini tejashning holatini tanqidiy o‘rganish va chora-tadbirlar ishlab chiqish.2010-yil iyul — sentyabrRespublika komissiyasining 3-guruhi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariQog‘ozning gazeta va ofset turlarini tejashning holati va chora-tadbirlar to‘g‘risida tahliliy ma’lumotnoma.Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublika korxonalari va muassasalarida qog‘ozning gazeta va ofset turlarini tejash rejimini mustahkamlash.
3.4.Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar nashriyotlarning mavzu rejalarini ko‘rib chiqish va tahlil qilish, ijtimoiy kam ahamiyatli, takrorlanadigan yoki mavzusi bir xil bo‘lgan adabiyotlar nashr etishni bartaraf qilish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish. 2010-yil avgustRespublika komissiyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasiVazirlar Mahkamasining Muvofiqlashtiruvchi kengashi tarkibini va Kengash to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash bo‘yicha qarori.Bosib chiqarilayotgan bosma nashrlar sifatini oshirish, bozorning ehtiyojini hisobga olgan holda hajmlar va tirajlarni belgilash, qog‘ozning gazeta va ofset turlarini tejab sarflash.
3.5.Nashriyotlar va matbaa korxonalari omborlaridagi tayyor mahsulotlar qoldig‘ini o‘rganish va qoldiqlarni qisqartirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish, bosma mahsulotlarni tarqatish tarmoqlarida tizimli monitoringni tashkil etish.2010-yil iyul — sentya�rRespublika komissiyasining 3-guruhi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, nashriyotlar, matbaa korxonalariTayyor bosma mahsulotlar qoldig‘i va ularni qisqartirish choralari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotnoma. Respublika komissiyasining qarori.Nashriyotlar va matbaa korxonalari omborlaridagi tayyor bosma mahsulotlar qoldig‘ini qisqartirish.
3.6.Sotish uchun shartnomalar mavjudligini, bosma nashrlarning savdodan qaytgan qoldiqlari hajmini, moddiy va moliyaviy xarajatlarni tahlil qilishni nazarda tutgan holda respublikaning viloyat markazlari, shaharlari va tumanlarida joylashgan kitob savdosi tashkilotlari faoliyati samaradorligini o‘rganish. 2010-yil 1-sentabrga qadarRespublika komissiyasining 2-guruhi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “O‘zbekiston pochtasi” OAJ, “Matbuot tarqatuvchi” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariAniq takliflar bilan birgalikda tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash.
Respublika komissiyasining qarori.
Bosma ommaviy axborot vositalari va kitob savdosi tashkilotlarining moddiy va moliyaviy xarajatlarini, faoliyati samaradorligini baholash.
3.7.Ta’lim muassasalari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yangilash va nashr etish davriyligi yuzasidan takliflar tayyorlash.jadval bo‘yicha,
har yili
Davlat komissiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markaziDarsliklar va qo‘llanmalar tayyorlash va nashr etish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori.Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yangilash va nashr etish davriyligini maqbullashtirish, ulardan foydalanish muddatlarini uzaytirish.
3.8.Ommaviy axborot vositalari nashrlarini tarqatishni tartibga solish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish.2010-yil oktyabrRespublika komissiyasining 3-guruhi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “O‘zbekiston pochtasi” OAJ, “Matbuot tarqatuvchi” AK, Adliya vazirligiNormativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.Davriy n��rlarni nashr etish va tarqatishning noqonuniy shakllarini bartaraf etish.
3.9.Nashriyot-matbaa faoliyati korxonalarining texnik jihatdan jihozlanganligini o‘rganish hamda ularni yanada modernizatsiya qilish va bosma mahsulotlar ishlab chiqarishda resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.2010-yil III chorakRespublika komissiyasining 3-guruhi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot vazirligiTahliliy ma’lumotnoma va Nashriyot-matbaa faoliyati korxonalarini yanada modernizatsiya qilish dasturini tayyorlash.Nashriyot-matbaa korxonalarining texnik jihatdan jihozlanganligini baholash va ularni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish.
IV bo‘lim. Qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqaradigan mahalliy korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan yangilash.
4.1.Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar respublikada ishlab turgan qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini o‘rganish, bunda ularning moddiy-texnika bazasini, quvvatlardan foydalanishini, chiqarilayotgan mahsulotlar hajm� va nomenklaturasini, shuningdek moliyaviy-iqtisodiy ahvolini har tomonlama tahlil qilish.2010-yil 1-sentabrgachaRespublika komissiyasining 4-guruhi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariTahliliy ma’lumotnoma hamda qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar pasportlariQog‘oz mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning joriy holatini va ularni rivojlantirish istiqbollarini baholash.
4.2.Qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini yanada ko‘paytirish va nomenklaturasini kengaytirish maqsadida korxonalarni modernizatsiya qilishni, texnik va texnologik jihatdan jihozlashni ta’minlash uchun Korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari dasturini tayyorlash.2010-yil 15-sentabrRespublika komissiyasining 4-guruhi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatimizda qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash bo‘yicha qarori.Korxonalarni yanada rivojlantirish, mamlakatimizda qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va nomenklaturasini kengaytirish.
4.3.Ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash hisobiga “Toshkent qog‘ozi” MChJ, “Sanoatqalinqog‘ozsavdo” OAJ va “O‘zruberoid” MChJni ish hajmi bilan ta’minlash tadbirlari rejasini ishlab chiqish.2010-yil 15-sentabrIqtisodiyot vazirligi, “O‘zmilliybank”, Toshkent shahri va Toshkent va Namangan viloyati hokimliklariTadbirlar rejasiKorxonalarni modernizatsiya qilish va ularning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish, chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini ko‘paytirish va nomenklaturasini kengaytirish, korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini mustahkamlash.
4.4.Quyidagilar bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:
respublikaning yozuv qog‘oziga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun “Namangan qog‘ozi” MChJda o‘ramda yozuv qog‘ozi ishlab chiqarishni to‘liq yo‘lga qo‘yish, keyinchalik uni qirqish va o‘rashni tashkil etish;
“Toshkent qog‘ozi” MChJda qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishni tiklash
2010-yil 15-sentabr“O‘zmilliybank”, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri hokimliklariQog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishni tiklash va kengaytirish bo‘yicha takliflar.Korxonalarning mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish, qog‘oz ishlab chiqarishni tiklash.
4.5.Qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.2010-yil 15-sentabrMarkaziy bank, tijorat banklariBanklar kredit qo‘mitalari qarorlari.Qog‘oz ishlab chiqarish tarmog‘i korxonalarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash.
4.6.Import qilinadigan qog‘oz xomashyosi va qog‘oz mahsulotlari uchun boj to‘lovlari stavkalarini maqbullashtirish, shuningdek linter va yog‘och sellyulozasi�an qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxonalarga soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalar berish yuzasidan takliflar tayyorlash.2010-yil 15-sentabrIqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.Boj to‘lovlari stavkalarini maqbullashtirish va mamlakatimizning qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash.
4.7.Qog‘oz-karton, shu jumladan paxta tolasi va xomashyoning noan’anaviy turlari (sun’iy tola materiallari, somon, yarimlatta massasi va boshqalar)dan qog‘oz-karton mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. 2010-yil 15-sentabrRespublika komissiyasining 4-guruhi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasiInnovatsiya hamda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari loyihalarini ishlab chiqishQog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xomashyo bazasini kengaytirish.
4.8.Kelgusida qog‘oz mahsuloti ishlab chiqarish xomashyosi bazasini rivojlantirishni nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasining “Ikkilamchi qog‘oz chiqindilarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 16-martdagi 70-son qarori talablari bajarilishini tanqidiy tahlil qilish va unga qo‘shimchalar kiritish.Alohida
jadval bo‘yicha
Qog‘oz chiqindilarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariIkkilamchi qog‘oz chiqindilarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish tizimini takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar bilan tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash.Ikkilamchi qog‘oz chiqindilarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish tizimini takomillashtirish.
4.9.Ishlatilgan qog‘oz chiqindilarini makulaturaga topshirish bo‘yicha aniqlashtirilgan prognoz topshiriqlarni tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.tasdiqlanganQog‘oz chiqindilarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariIshlatilgan qog‘oz chiqindilarini makulaturaga topshirish bo‘yicha aniqlashtirilgan prognoz topshiriqlarni tasdiqlash.Qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish uchun resurs bazasini ko‘paytirish.
4.10.Qog‘oz chiqindilarini to‘plashdan boshlab, uni qayta ishlash va ikkilamchi xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan texnologik jarayonning amaldagi mexanizmi samaradorligini tahlil qilish va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.2010-yil 15-sentabrQog‘oz chiqindilarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiQog‘oz chiqindilarini to‘plash va tayyorlash bo‘yicha amaldagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish. Takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga kiritish — 4.2-band.Qog‘oz chiqindilarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlash mexanizmini takomillash-tirish, ikkilamchi xomashyodan qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish.