Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.2019 16.03.2009 yildagi 70-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IKKILAMChI QOG‘OZ ChIQINDILARINI TO‘PLASh, TAYYORLASh VA QAYTA IShLASh UChUN YETKAZIB BERISh TIZIMINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqda nazorat, hisobga olish va boshqarishni maqbullashtirish asosida qog‘oz chiqindilarini tayyorlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, real sektor korxonalarining, kichik va xususiy biznes subyektlarining ikkilamchi qog‘ozga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘liq ta’minlash uchun ikkilamchi xomashyodan sanoat yo‘li bilan foydalanishning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek tarmoq korxonalarining, shu jumladan “Sanoatqalinqog’ozsavdo” XI OAJ va “O‘zbek qog‘ozi” OAJning mavjud quvvatlaridan foydalanishni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sanoatqalinqog’ozsavdo” XI OAJ va “O‘zbek qog‘ozi” OAJning kelgusida qayta ishlash uchun joylarda to‘plangan ikkilamchi xomashyo — qog‘oz chiqindilarini qabul qilish punktlari tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi foydalanilmayotgan turar joy bo‘lmagan binolarni qog‘oz chiqindilarini qabul qilish punktlari tashkil etish uchun “Sanoatqalinqog’ozsavdo” XI OAJ va “O‘zbek qog‘ozi” OAJga belgilangan tartibda bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ularning hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasdiqlangan prognoz ko‘rsatkichlarga muvofiq qog‘oz chiqindilarini to‘plash va topshirishni belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki, “Sanoatqalinqog’ozsavdo” XI OAJ va “O‘zbek qog‘ozi” OAJ qabul qilish punktlari qog‘oz chiqindilarini tayyorlash va topshirish bo‘yicha hisob-kitoblarni erkin narxlarda, shu jumladan ularni jismoniy shaxslardan qabul qilib olishda — naqd pul bilan va yuridik shaxslardan qabul qilib olishda — naqd pulsiz amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Sanoatqalinqog’ozsavdo” XI OAJ “O‘zbek qog‘ozi” OAJ hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qog‘oz chiqindilarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qog‘oz chiqindilarini to‘plash va topshirishning tashkil etilishi uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari javob beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari bo‘yicha qog‘oz chiqindilarini sotishdan olingan mablag‘lar ularning budjetdan tashqari hisob raqamiga o‘tkaziladi va ulardan tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Respublika tijorat banklariga tarmoq qayta ishlash korxonalariga, shu jumladan texnologik asbob-uskunalarni modernizatsiyalash uchun, kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari E.R. Shoismatov va N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 12-son, 131-modda; 2016-y., 52-son, 602-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)