14.05.1998 yildagi 207-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻZKEYSTRAKTOR” OʻZBEKISTON-AMERIKA QOʻSHMA KORXONASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 25-iyuldagi 263-son qarorini bajarish yuzasidan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan “Keys Korporeyshn” (AQSH) kompaniyasi oʻrtasidagi Bitimga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Keys Ekvimpent Xoldingz Limited” firmasi (AQSH), “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi va “TTZ” davlat aksiyadorlik birlashmasi bilan masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “OʻzKeysTraktor” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida Bitim imzolanganligi va uning Ustavi tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dastlabki miqdori 15 mln AQSH dollariga teng boʻlgan ustav jamgʻarmasining qoʻshma korxona muassislari oʻrtasida 1-ilovaga* muvofiq taqsimlanishiga rozilik berilsin, Oʻzbekiston tomonining ulushi 7,350 mln AQSH dollari (49 foiz), Amerika tomonining ulushi 7,650 mln AQSH dollari (51 foiz).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Keys Korporeyshn” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga muvofiq traktorlar ishlab chiqarishni 1998-yildagi 350 tadan 2003-yilda 8300 tagacha koʻpaytirish nazarda tutilayotganligi qayd etilsin, bunda ishlab chiqarishlar quyidagi sxemada joylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma korxona doirasida 2-ilovaga* muvofiq hajmda kuchlanish agregati uzellarini, transmissiyani va 100 ot kuchi quvvatiga ega boʻlgan “SX” va 135 ot kuchi quvvatiga ega boʻlgan “MX” turkumli universal-chopiq traktorlarini yigʻish va sinab koʻrish ishlari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
traktorlarning detallari, uzellari va transmissiyalari “Keys Korporeyshn” kompaniyasi rahnamoligida “TTZ” davlat aksiyadorlik birlashmasi va Avstriyaning “Shtayer” firmasi tomonidan tashkil etiladigan qoʻshma korxona tomonidan tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TTZ” davlat aksiyadorlik birlashmasida va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasining boshqa korxonalarida “Keys” energetika kuchlanish uzelidan foydalangan holda paxtachilik traktorlari tayyorlanadi, shuningdek joyning oʻzida 3-ilovaga* muvofiq uzellar va detallar ishlab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnida berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, “TTZ” davlat aksiyadorlik jamiyati “Keys Ekvimpeit Xoldingz Limited” firmasi bilan birgalikda bir oy muddatda “Texnologiyalarni litsenziyalash toʻgʻrisida”, “Tovar belgilarini litsenziyalash haqida”, “Boshqaruv xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Bitimlarni ishlab chiqishni tugatsinlar va imzolasinlar, ularni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda “TTZ” davlat aksiyadorlik birlashmasi hududidagi mol-mulkni qoʻshma korxonani tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasining “OʻzKeysTraktor” qoʻshma korxonasi ustav jamgʻarmasidagi ulushi sifatida “OʻzKeysTraktor” qoʻshma korxonasiga berilishini rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi uzellar va traktorlar detallari ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun qoʻshma korxonalar dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimini tashkil etsin. Vazirlar Mahkamasiga kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi va shtat jadvali loyihalarini ikki hafta muddatda taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-yanvardagi PF-1919-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar “Keys” kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi hamda lizing va servis xizmati koʻrsatuvchi qoʻshma korxonalarga joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil va keyingi yillarda “OʻzKeysTraktor” qoʻshma korxonasi tomonidan traktorlar ishlab chiqarish loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TTZ” davlat aksiyadorlik birlashmasini texnik qayta jihozlash loyihasini, jumladan, 1999-yildan boshlab uzellar va detallarni joyning oʻzida ishlab chiqarish dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasining buyurtmanomalari boʻyicha “OʻzKeysTraktor” qoʻshma korxonasi loyihasi boʻyicha ishlash uchun kelayotgan mutaxassislarga, ularni konsullik yigʻimlari toʻlashdan ozod qilgan holda, kelish-ketish vizalarini belgilangan tartibda bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “OʻzKeysTraktor” qoʻshma korxonasining buyurtmanomalari boʻyicha koʻp martalik vizalarni belgilangan tartibda berishni va ularning muddatini uzaytirishni, shuningdek qoʻshma korxonaning chet ellik mutaxassislarining pasportlari, yigʻimlar toʻlash va davlat bojlaridan ozod qilingan holda, roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “OʻzKeysTraktor” qoʻshma korxonasi loyihasi boʻyicha ishlash uchun kelayotgan chet ellik mutaxassislarga yashashlari va respublika hududida transportning barcha turlarida yurishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 14-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207-son