O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
INVESTITSIYa LOYIHALARINI AMALGA OShIRIShNI RAG‘BATLANTIRISh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartishlar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish, korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, qo‘shma korxonalarni barpo qilishga xorijiy sarmoyalarni keng ko‘lamda jalb etish hisobiga iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishlarini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi hududiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq olib kelinadigan texnologik uskunalar, shuningdek texnologik uskunalar yetkazib berish kontrakti shartlarida butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar yetkazib berish nazarda tutilgan taqdirda, ular qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilsin:
(1-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-iyundagi PF-3883-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 232-modda)
1998-yilgi investitsiya programmasiga kiritilgan ustuvor obyektlar*ni jihozlash uchun;
* Obyektlar ro‘yxati rus tilidagi matnda berilgan.
hukumatning kafolati bilan beriladigan xorijiy kreditlar hisobiga moliyalanadigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun;
xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan, yangi barpo etilayotgan va qayta qurilayotgan korxonalar uchun;
xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarning ustav mablag‘iga qo‘yilma sifatida xorijiy sarmoyadorlar tomonidan keltiriladigan texnologiya uskunalari.
2. Belgilab qo‘yilsinki, import bo‘yicha yetkazib beriladigan hamda hukumat qarorlariga muvofiq “O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish” qo‘mitasi va “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasi tomonidan olib kelinib, mashina-traktor saroylariga sotiladigan qishloq xo‘jalik texnikasi, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari olib kelinganida ikki yil mobaynida qo‘shilgan qiymat solig‘iga tortilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi korxonalarni tashkil etish, shuningdek ishlab turganlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq respublika hududiga olib kelinadigan texnologik uskunalar, shuningdek texnologik uskunalar yetkazib berish kontrakti shartlarida butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar yetkazib berish nazarda tutilgan taqdirda, ular qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-iyundagi PF-3883-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 232-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 19-yanvar,
PF-1919-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y.,1-son, 32-modda; 8-son, 145-modda; 2007-y., 23-son, 232-modda)