14.01.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2067
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DARYO TRANSPORTI XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 14-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2067]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi 267-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Daryo transporti xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir v.b. A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76/1-B-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 10-dekabrdagi 76/1-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daryo transporti xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qoidalar daryo transporti xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 29-noyabrdagi 33-2022/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2067-1, 12.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2067-1/1078-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi ichki suv yoʻllarida daryo transportidan foydalanayotgan yoki foydalanishni taʼminlayotgan tashkilotlar (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) xodimlari uchun daryo transportida tashishlarni tashkil etish va amalga oshirish, daryo transportidan foydalanish va ularga texnik xizmat koʻrsatish ishlari uchun taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qoidalar tashkilotlarda binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish mutaxassislarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi va xizmatchilar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 29-noyabrdagi 33-2022/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2067-1, 12.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2067-1/1078-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 29-noyabrdagi 33-2022/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2067-1, 12.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2067-1/1078-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 29-noyabrdagi 33-2022/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2067-1, 12.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2067-1/1078-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari hamda bilimlari sinovdan oʻtkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tuzilmaviy boʻlinmalar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2026-yil 12-martdagi 6-2026/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3798, 27.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tashkilot xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, ishchilarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻirligi ish joylarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya qilish orqali tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Har bitta tashkilot yoki alohida ishlab chiqarish xavfli va zararli mehnat sharoitlariga ega boʻlgan kasblar, ish oʻrinlari va hududlarining Sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi koʻrsatilgan roʻyxatiga, ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik koʻrsatkichlari, mehnat jarayonining ogʻirlik koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ish hududiga yoki atrof muhitga zararli moddalarni bugʻ, gaz, chang koʻrinishida ajratishi mumkin boʻlgan texnologiyalardan foydalanishda ularning kimyoviy va mikrobiologik tarkibi va ruxsat etilgan eng koʻp miqdori koʻrsatilgan toʻliq roʻyxati tuzilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarni joriy qilishda roʻyxatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tashkilot xodimlari ish joylaridagi mehnat sharoitlarining ahvoli va muhofaza qilinishi, bunda lozim boʻlgan shaxsiy himoya vositalari, imtiyozlar va tovon pullari toʻgʻrisida axborot talab qilish huquqiga egadirlar, rahbariyat esa ularga bunday axborotni berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Daryo transportidan foydalanish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash davrida tashkilot ishchilari ishlab chiqarishning har xil taʼsir etuvchi fizik va kimyoviy xavfli va zararli omillariga duch kelishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishlab chiqarishning asosiy xavfli va zararli omillari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ish hududi havosining gazlanganligi va changlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ish hududi havosining yuqori yoki past harorati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ish joyidagi yuqori darajadagi shovqin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yuqori yoki kam havo namligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) havoning yuqori yoki kam harakati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ish hududining yetarlicha yoritilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) toʻgʻridan-toʻgʻri yoki aks etgan yaltirash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) ish joyining juda balandlikka joylashganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) harakatlanayotgan mashina va mexanizmlar, kran uskunalarining harakatlanayotgan qismi, koʻtarilayotgan va koʻchirilayotgan yuk, arqonlar, zanjirlar, stroplar, ilgaklar, traverslar, qisqichlar, muvozanatlantiruvchilar, yuk ushlagichlar va h.k., tashilayotgan yuklarning oʻtkir burchaklari, chiqib turgan boltlar, mixlar, harakatlanayotgan kranlar, daryo, avtomobil va temir yoʻl transportlari va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) elektr uzatkichli kranlarda qisqa tutashuv natijasida inson tanasi orqali oʻtuvchi elektr zanjiridagi yuqori kuchlanishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) avtomobil kranlarda, avtotransport texnikalarida va avto yuklagichlarda etil benzinining zaharli taʼsiri va boshqalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Harakatlanuvchi mashina va mexanizmlar, ishlab chiqarish uskunalarining harakatlanuvchi qismlari milliy standartlar talablariga muvofiq boʻlishi shart.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 14-iyundagi 43-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2067-2, 16.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y., 10/23/2067-2/0395-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sanitariya-gigiyena talablari mikroklimat koʻrsatkichlariga, shovqin va tebranish darajasi, yorugʻlik, Sanitariya qoidalari va meʼyorlari hamda milliy standartlarga muvofiq boʻlishi shart.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 14-iyundagi 43-2023/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2067-2, 16.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2023-y., 10/23/2067-2/0395-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ish hududidagi havoning zararli moddalar miqdori gigiyena meʼyorlariga mos kelishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ortish-tushirish ishlari bajarilayotgan joylarda zararli moddalar (aerozol, bugʻ) va ish hududining changlanishi ruxsat etilgan chegaralangan konsentratsiyadan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish tegishli standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlik oʻrinlari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jamoaviy himoya vositalari (ventilyatsiya, aspiratsiya, yerga ulash, mahalliy soʻrgʻichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yakka tartibdagi himoya vositalari Avtomobil va daryo transporti xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlarini tasdiqlash haqida (roʻyxat raqami 1511, 2005-yil 8-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 34 — 36-son, 269-modda) muvofiq taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Kasbiy tanlov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Har bitta tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xom ashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bogʻliq xavflar hisobga olinishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻta xavfli ishlarga xizmat koʻrsatish ishlari bilan shugʻullanish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan, maxsus oʻqitilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kasbiy tanlovdan soʻng ishga qabul qilingan xodimlarni kasbiy mahorati yuqori ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida nazorat oʻrnatish, zarur boʻlganda qayta yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tashkilot rahbariyati yoki ish beruvchi xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ularga nisbatan belgilangan talablarga muvofiq holda amalga oshirish uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga ruxsat berish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tashkilot xodimlari ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullari hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishga oʻqitilib, olingan bilimlari tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi lozim.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-son-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 29-noyabrdagi 33-2022/B-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2067-1, 12.12.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2067-1/1078-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 29-noyabrdagi 33-2022/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2067-1, 12.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2067-1/1078-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Tashkilot rahbariyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi majburiy tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tashkilotlarda xodimlarning ish vaqti, dam olish vaqti, shuningdek qisqartirilgan ish vaqti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻta zararli va oʻta xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan davomiyligining talablari inobatga olingan holda, tashkilotlarning ichki mehnat qoidalari asosida belgilanadi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan umumiy xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tashkilot maydonlari va binolarning joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” talablariga mos boʻlishi kerak.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Tashkilotda avtoyoʻllar yoki piyoda yoʻlkalari bilan tutashgan ichki tashkilot temir yoʻllari uchrashgan joylarda avtoyoʻllar va piyodalar uchun oʻtish yoʻllari boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Qurilish maydonida ishchilar uchun dam olish joylari boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Sutkaning qorongʻi vaqtlarida hududlarning yoritilishi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Yilning yoz vaqtida yoʻlkalar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarni (harorati, nisbiy namligi, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga muvofiq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ishlab chiqarish va yordamchi binolarda hojatxona, yuvinish xonasi, dush, ayollar shaxsiy gigiyenasi xonasi, yechinish xonasi, maxsus kiyimlarni quritish va changdan tozalash xonasi, ishchilar uchun isinish xonasi, dam olish va ovqatlanish xonasi, yigʻishtirish inventari bilan birga navbatchi xodim xonasi, dam olish xonasi, soqolni olish, boshni quritish, maxsus kiyimlarni yuvish xonasi, sogʻliqni saqlash punkti va boshqalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi kerak.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Hoʻl jarayonlardagi xonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlovchi ishchi joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanishni taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SanMvaQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talabiga mos kelishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ishlab chiqarish jarayonlarining yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirish, tashkillashtirish va olib borish GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari”ga, GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Tashkilotlarda mavjud meʼyorlar asosida mahalliy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma hamda yongʻin sodir boʻlgan vaqtda xodimlarni evakuatsiya qilish chizmasi ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Yongʻin xavfsizligi yoʻriqnomasi talablarini oʻrganish ishlab chiqarishdagi oʻqitish tizimiga kiritilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Har bir tashkilotda rahbariyat buyrugʻi bilan barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yongʻin xavfsizligiga masʼul xodim tayinlanishi lozim. Yongʻin xavfsizligiga masʼul shaxs familiyasi, yongʻin xavfsizligi qutqaruv xizmati telefonlari yozilgan peshtaxtalar koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Yongʻin xavfsizligiga masʼul shaxs majburiyatlari yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomada belgilangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Har bir tashkilotda yongʻinga qarshi asboblar toʻplami, yongʻin oʻchirish vositalari, soni va joylashtirilishi hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Barcha xodimlar ishlab chiqarishning oʻqitish tizimida yongʻin xavfsizligi qoidalarini oʻrganish maqsadida, tashkilot uchun yongʻin xavfsizligi boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtadilar. Xodimlarni yongʻinga qarshi tayyorgarligi yongʻinga qarshi yoʻriqnomadan oʻtkazish va yongʻin-texnik minimumi boʻyicha mashgʻulotlar tashkil etishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Yongʻin-texnik minimumi mashgʻulotlari natijasi boʻyicha xodimlarning olgan bilimlari sinovdan oʻtkazilishi lozim. Yongʻin-texnik minimumi boʻyicha oʻtkazilgan sinov natijalari hujjatlashtirilib, unda oʻtilgan mavzular boʻyicha baholar koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Yongʻinga qarshi tayyorgarlikdan oʻtmagan shaxslar ishga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Ishlab chiqarish uchastkasida, laboratoriyada, omborda va maʼmuriy binolarda (egallagan lavozimidan qatʼi nazar) ishlayotgan har bir xodim yongʻin xavfsizligi qoidalarini aniq va qatʼiyan bajarishi, yongʻinga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. 15 kishidan ortiq ishlovchi boʻlgan ish uchastkalarida koʻngilli yongʻin oʻchiruvchi drujina (KYOOʻD) va texnik-muhandis xodimlar boʻlganida esa, qoʻshimcha ravishda yongʻin-texnik komissiyasi (YOTK) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Koʻngilli yongʻin oʻchirish drujina aʼzosi, shuningdek jangovor hisobga kiritilgan shaxslar yongʻin xavfsizligi qoidalarini aniq bilishi, ularga rioya qilishi va buni boshqalardan talab qilishi, avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va birlamchi yongʻin vositalarining sozligini nazorat qilishi, yongʻin chiqqanda esa, uni oʻchirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini faol bajarishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Tashkilotning barcha bino va inshootlariga kirish joylarining boʻsh boʻlishi taʼminlanishi lozim. Bino va yongʻinga qarshi suv manbai yoʻlaklariga olib boruvchi, hamda yongʻin oʻchirish vosita va uskunalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak. Binolar oraligʻidagi yongʻinga qarshi oraliqlar materiallar, uskunalar, boʻsh idishlarni taxlash va avtomobil toʻxtov joyi tashkil etishga ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Daryo transporti vositalaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Daryo transporti vositalaridan foydalanish, ularga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash mazkur Qoidalarga muvofiq bajarilishi shart.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 25-apreldagi 11-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3626, 28.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. Daryo transportida yuklarni tashish, ularga ishlov berishda Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) talablariga rioya etilgan holda bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Suzuvchi vositalardan foydalanish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. Suzuvchi vositalarni kemachilikdagi xavfsizlik talablariga muvofiq suzishga tayyorlash tashkilotning vazifasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. Quyidagi hollarda kemalarga suzishga ruxsat beriladi, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonunchilik hujjatlarida belgilangan kemachilik xavfsizligi, shuningdek ekologiya va yongʻin xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya qoidalari va meʼyorlari talablariga muvofiq boʻlsa;
(76-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kemani suzishga chiqqan kunidagi ekipaj tarkibi soni kemaning ekipaj tarkibini minimal belgilangan talablariga muvofiq boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Tashkilot rahbariyati quyidagi talablarni bajarishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kemalardan xavfsiz foydalanishni taʼminlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kemalardan xavfsiz foydalanish uchun javobgar shaxsni tayinlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kemachilikdagi xavfsizlik talablariga muvofiq kemalardagi ekipaj aʼzolarining va boshqa xodimlarning mahoratini doimiy ravishda takomillashtirib borishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) mazkur Qoidalar bilan belgilangan kemachilikdagi xavfsizlik talablariga muvofiq kemalarni ekipaj bilan butlash va kemani texnik soz holatda saqlashni.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Kemachilikda xavfsizlikni nazorat qilishni qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2022-yil 29-noyabrdagi 33-2022/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2067-1, 12.12.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 10/22/2067-1/1078-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. Kemachilikdagi xavfsizlikni taʼminlash uchun tashkilot ichki suv yoʻllarini soz kemachilik holatida saqlanishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. Ichki suv yoʻllarida joylashgan gidrotexnika va boshqa inshootlarning egalari kemachilik xavfsizligiga tahdid soluvchi vaziyatlar paydo boʻlganda bu toʻgʻrisida oʻz vaqtida tegishli choralar koʻrilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Kemalarda barcha ishlar belgilangan tartib talablari, kemalarda yongʻin xavfsizligi talablari, kemalarda oʻrnatilgan mexanizmlar, jihozlar, uskunalarga xizmat koʻrsatish boʻyicha tayyorlovchi zavodlar yoʻriqnomalari va ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Har bir ekipaj aʼzosi oʻzining ish faoliyati turiga qarab mexanizmlar, qurilmalar, asboblar va tizimlardan foydalanish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlarni oʻrganishi, bilishi va bajarishi, ish joyida yoʻl-yoʻriq berishdan oʻtishi va shaxsiy yoʻl-yoʻriq varaqasiga ishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida belgiga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. Insonlar hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan jihozlar, tizimlar, qurilmalar va mexanizmlarning nosozligini aniqlagan ekipajning har bir aʼzosi bu toʻgʻrisida bevosita tegishli shaxslarni xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Ish joylari va ularga oʻtish joylari yuk va begona buyumlar bilan toʻsilmagan boʻlishi, toʻkilgan neft mahsulotlari, qor va muzlardan uzluksiz tozalanib turilishi shart. Kema palubasidagi taramli va sirpanishga qarshi qoplamalar yeyilishiga qarab yangilanib turilishi shart. Mashina — qozonxona boʻlimining plita toʻshamalari oʻz joyida va mahkamlangan, undagi barcha tirqishlar yopiq boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. Toʻshamaning vaqtincha ochilgan joyi toʻsilgan, qorongʻi vaqtda yoritilgan boʻlishi shart. Toʻshamaning yechilgan metall boʻlaklarining oʻz-oʻzidan siljishini oldini olish uchun ularni taxlab va bogʻlab qoʻyish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. Har bir ekipaj aʼzosi faqat egallab turgan lavozimida nazarda tutilgan mexanizmlar va qurilmalarga xizmat koʻrsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Kemadagi har qanday ishlar, kema harakatlanayotgan vaqtda bir ish joyidan boshqasiga koʻchib oʻtish faqat vaxta boshligʻining ruxsati bilan bajariladi. Barcha hollarda uning ruxsatisiz rumpel boʻlimiga, val quvuri tunneliga kirish, kofferdam va sisternalarga tushish taʼqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Reydda turgan va bir-biriga bogʻlangan kemalarning biridan ikkinchisiga odamlarni oʻtkazishga faqat kapitanning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Vaxta boshligʻi odamlarning xavfsizligini taʼminlashi, ushbu ishga bevosita rahbarlik qilishi shart. Oʻzboshimchalik bilan bortdan bortga oʻtishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Kemadagi ish joyida faqat shu ishlarga qatnashadigan ekipaj aʼzolari boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Toʻlqin vaqtida palubaga suv quyilayotganda kemadagi barcha harakatlanishlar va ishlar faqat vaxta boshligʻi yoki kapitanning farmoyishi boʻyicha bajarilishi shart. Bunda ishlovchilarga ishchi himoya nimchalari va belbogʻlar boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Dvigatellar, yordamchi mexanizmlar, elektr jihozlari, qurilmalar va uskunalarni taʼmirlash davrida ularga kelayotgan tok (yoki uzatmalar tizimi) oʻchirilgan boʻlishi shart, bu mexanizmlarni va ishga tushirish mumkin boʻlgan joylardagi qurilmalariga (boshqaruv pulti, boshqaruv posti, rubkalarga) “Ishga tushirilmasin — odamlar ishlayapti” degan xavfsizlik belgisi osib qoʻyilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. Bugʻ yoki issiq suv chiqadigan klapan va jumraklarni ochayotgan vaqtda issiq oqimi tegmasligi uchun yon tomonidan turish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. Yuqori xavf bilan bogʻliq ishlar (qozonlar, gaz quvurlari, sisterna va qobiq oraligʻi boʻshliqlari va hokazolarni tekshirish) kapitan (mexanik) rahbarligi ostida bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. Tryumlarni, lok-boʻyoq materiallari va yonuvchan gaz ballonlari saqlanadigan xonalarni tekshirishda va tozalashda, dvigatel, kompressor, tishli uzatma va yonilgʻi, moy va gaz bugʻi, portlashga xavfli konsentratlar yigʻilib qoladigan boshqa obyektlarni yechish va tekshirish, yoqilgʻi-moylash materiallari sisternalaridagi yonilgʻi sathini oʻlchash davrida portlashga xavfsiz ishlangan koʻchma akkumulyator fonarlar va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Nazorat oʻlchov asboblarining shkalalariga oʻlchanadigan kattaliklarning yuqori ruxsat etilgan chegarasini bildiruvchi (qizil chiziq) aniq belgilar chizilgan boʻlishi shart. Texnik vositalarga oʻrnatilgan hamda zaxirada turgan nazorat oʻlchov asboblari doimo soz, tamgʻalangan va tekshirilgan sanasi koʻrsatilgan belgi boʻlishi shart. Nosoz, tamgʻasi boʻlmagan hamda tekshirish muddati oʻtgan nazorat oʻlchov asboblaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Texnika vositalarining barcha himoya klapanlari va avtomatik tartibga keltiruvchilari ishonchli ishlashi, qoidalar va yoʻriqnomalarda belgilangan muddatlarda tekshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Kemani bogʻlashda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Palubaning bogʻlash va yakor qurilmalari joylashgan uchastkalari yakor va bogʻlash jarayonlariga aloqasi boʻlmagan biror-bir narsa bilan toʻsilmagan boʻlishi shart. Palubada bogʻlash chigʻirlari, knextlari yonida ishlash uchun ulardan arqonning tortilish chizigʻi boʻyicha 1,5 m dan kam boʻlmagan masofada boʻsh joy boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. Brashpillar, bogʻlash chigʻirlari, knextlar va yakor zanjirlari harakatlanayotgan hududda 0,5 m dan kam boʻlmagan masofada boʻrtib turgan qurilma va buyumlar boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. Bogʻlash klyuzlari va knextlaridagi uyumlovchi plankalarining oʻzaro joylashishi bogʻlovchining uchini knextlarga xavfsiz oʻtkazilishini taʼminlashi (stoporlarni qoʻyish bilan) va oʻramlarni oʻz-oʻzidan yechilib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun ularni mustahkam bogʻlanishi yoki knext boshiga ularni qisib turishini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Bogʻlash qurilmalari kemani qirgʻoqqa yoki boshqa kemaning bortiga ishonchli mahkam turishini taʼminlashi shart. Qirgʻoqqa yoki boshqa kemaning bortiga, ayniqsa yaxshi havo vaqtida turish davrida yumshoq kranslar qoʻllanilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Bogʻlash qurilmasining qismlari (knext, uyuvchi plankalar, bogʻlash lebedkalari, shpillar) kemani bogʻlovda toʻxtab turishini ishonchli taʼminlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Bogʻlov ishlari uchun poʻlat, oʻsimlik va sintetik arqonlarni qoʻllash mumkin. Nosoz bogʻlov qurilmasidan foydalanish, shikastlangan yoki tegishli sertifikatlarga ega boʻlmagan bogʻlash arqonlarini qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Barcha bogʻlash ishlari vaxta boshligʻi rahbarligi ostida oʻtkazilishi shart. Bogʻlash ishlarida band boʻlgan ekipaj aʼzolari qoʻlqop va ishchi himoya nimchalarida ishlashlari shart. Kechasi va sutkaning qorongʻi vaqtlarida bogʻlash joylari yoritilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Bogʻlash arqonlarini qirgʻoqqa yoki boshqa kemaga uzatish “Saqlan” ogohlantiruvchi chaqiriq ovozidan keyin amalga oshirilishi shart. Uzatiladigan uchlar uchun yuk sifatida faqat maxsus tayyorlangan qattiq boʻlmagan qoplamali qumli qopchalar yoki rezinali grushlarni qoʻllashga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Bogʻlash ishlarini bajarish vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tortilayotgan va boʻshatilayotgan arqonning taranglashish chizigʻida yoki koʻchish ehtimoli boʻlgan tomoniga turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) brashpilning (shpilning) aylanayotgan chigʻirigʻidan arqonni boʻshatish va tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) falshbort va leyer toʻsigʻining orqasida turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) arqonning harakatlanayotgan uchini ushlash vaqtida qoʻlni knextga (bogʻlash qurilmasi) 1 m dan yaqin tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) arqonni boʻshatish vaqtida uni qoʻlda sirpanishiga yoʻl qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) arqonni oyoqlar bilan bosib turish va bogʻlash arqonining uyumi yoki oʻrami ichida turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) kema inersiyasi toʻliq soʻnmasidan arqonning harakatdagi uchini knextga mahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Kemani jihozlanmagan qirgʻoqqa ekipaj kuchi bilan bogʻlash davrida vaxta boshligʻi ehtiyotlik bilan kemaning old qismini qirgʻoqqa yaqinlashtirib, bogʻlash arqonini uzatish va mahkamlash uchun uni mashina va chambarak yordamida qoʻzgʻatmasdan ushlab turishi shart. Bunday hollarda bogʻlash ishlarini kamida ikki kishi vaxta boshligʻining rahbarligi ostida harakat qilib bajarishi va bir kishi kemadan trapni uzatishi va ushlab turishi yoki vaqtincha bogʻlashi, boshqasi qirgʻoqqa oʻtishi va arqonni bogʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107. Agar arqon uchi ekipaj kuchi yordamida qirgʻoqqa yoki boshqa kemaga bogʻlansa vaxta boshligʻi kemani bogʻlanadigan obyekt yonida toʻxtatishi va shu obyektga tirab ushlab turishi shart. Kema bogʻlash obyektiga batamom kelmagunga qadar bortdan sakrash qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108. Harakat davrida bir kemani boshqasiga bogʻlash faqat toʻgʻri harakatlanish uchastkalarida va eng kichik harakatlanishda bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109. Bogʻlash uchun uzatilgan arqon paluba osti xonalariga kirish yoʻllarini kesib oʻtmasligi va qurilma va jihozlarga ishqalanmasligi va faqat bitta yoʻnaltiruvchi qurilma orqali oʻtishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110. Kemani qirgʻoq boʻylab tortishda knextga shuncha oʻramlar qoldirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Bogʻlash arqoni knextga avval knextning ikki tumbasi atrofiga oʻralib, keyin esa sakkiz shaklida yotqizilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Taxmondagi bogʻlash arqonini faqat u paluba boʻylab yetarli miqdorda yoyilgandan keyin uzatish mumkin. Chigallangan bogʻlash arqonlari yoki tugunlari boʻlgan arqonlarni uzatish, hamda bogʻlash arqonlarini uzatish davrida taxmon yoki oʻramlar ichida turish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Kapron arqonlarni qoʻllash davrida ular haddan tashqari choʻziluvchan, siljinuvchan, issiqlik (quyosh nuri, issiqlik manbai oldida turishi) taʼsiri ostida eskirish va yeyilish qobiliyatiga ega boʻlishini bilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114. Kapron arqonlar har oyda tekshirish va yaroqsizlikka jalb qilinishi shart. Tolalari uzilgan, yemirilish alomatlari boʻlgan va boshqa nuqsonlarga ega boʻlgan kapron arqonlardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115. Arqonni brashpil yoki shpil chigʻirigʻi bilan tortib olayotganda uni imkon qadar koʻproq oʻrash va arqonni chigʻiriqdan 1 m dan kam boʻlmagan yaqinlikda qoʻl bilan ushlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116. Faqat oʻsimlik arqonidan tayyorlangan stoporlardan foydalanishga ruxsat beriladi. Sintetik arqon yoki zanjirlardan tayyorlangan stoporlardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117. Brashpil yoki shpilni boshqarayotgan shaxs, arqonni tortib olish davrida oʻramlarni boʻshab qolishi va chigʻiriqdan chiqib ketishiga yoʻl qoʻymasdan, ularning ravon ishlashini kuzatib turishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118. Chigʻiriqdan tigʻiz toʻldirilgan arqonni boʻshatish taqiqlanadi. Arqonni boʻshatish brashpil, shpilni yuritib bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119. Bogʻlash mexanizmi chigʻirigʻiga u aylanayotgan vaqtda qoʻshimcha oʻramlarni yotqizish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120. Stoporni qoʻyib yuborish davrida arqonning tarang tortilgan tomonida turish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Leyer toʻsiqlari bilan toʻsilmagan paluba va palubadan tashqaridagi maydonlarda osma bort kranslari bilan ishlaganda bort orti ishlarida nazarda tutilgan xavfsizlik choralariga rioya etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Suzuvchi vositalarni shatakka olishda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122. Poʻlat arqonlarning tolalarida dastlabki diametridan 10 foizdan ortiq yemirilish va zanglash mavjud boʻlsa, uzilgan tolalarning miqdori esa oʻz diametrining olti karrasi uzunligida umumiy miqdordan 10 foiz ortiq boʻlsa shatakka olish sifatida qoʻllash taqiqlanadi. Bu talablar bogʻlash qurilmalari toʻplamiga kiruvchi arqonlarga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123. Shatakka oluvchi ilmoq va detallarda (shtirlar, halqalar, yopuvchi halqalar va h. k.) darzlar mavjud, hamda shatakka olish yoylari siniq boʻlsa shatakka olish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124. Shatakka olish bilan bogʻliq barcha ishlar vaxta boshligʻining rahbarligi ostida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125. Barcha shataklash peshtoqlarining ikki tomonida, koʻrinadigan joyga “Shatakdan saqlan” xavfsizlik belgisi yozilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126. Shataklovchi lebedka chigʻirigʻida boʻlgan shatak arqonining asosiy uchini shunday joylashtirish kerakki, zarurat boʻlganda uni erkin boʻshatish bilan tez uzatish mumkin boʻlsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127. Kemalar, plotlar va hokazolarni shataklayotgan vaqtda shataklovchi ilmoqning yaqinida, shatak arqonining harakatlanish hududida, hamda shataklovchining lebedkasi va ilmogʻining old tomonida turish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128. Shatakka oluvchining ekipaji bilan komandasi boʻlmagan barjalarga xizmat koʻrsatish davrida shataklovchidan barjalarga oʻtish davrida leyer toʻsiqli oʻtish traplari oʻrnatilishi shart. Komandasi boʻlmagan barjalarda bogʻlash va yakorni tushirish va koʻtarish ishlarini bajarayotgan ekipaj aʼzolari ishchi himoya nimchalarida ishlashlari shart. Shataklovchining vaxta boshligʻi bu ishlarni xavfsiz bajarilishini taʼminlashi va nazorat qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129. Shatakka oladigan arqonni qoʻl bilan uzatishda va tortishda arqon uzatilayotgan yoki tortilayotgan bort bilan arqon orasida turish taqiqlanadi. Shatakka oladigan ogʻir arqonlarni oʻtkazgich yordamida uzatish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130. Shatakka oluvchi arqonni ilmoqqa shunday kiydirish kerakki, qaysikim arqon tigʻiz toʻldirilganda uni tez va xavfsiz boʻshatilishi taʼminlangan boʻlsin. Shatakka oladigan arqonni ilmoqqa ildirishda uning yon tomonida turish shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131. Tarkib harakatni faqat barcha shatakka olinuvchi kemalar qirgʻoqdan boʻshatilgan, ularning yakorlari va bogʻlash arqonlari tortib olingan va mahkamlangan, shataklanuvchi kemalarni birlashtiruvchi arqonlar tortilgan va kemalardan tasdiqlovchi signal berilgandan soʻng boshlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132. Shataklovchi arqonni ilmoqdan olishdan oldin shataklovchi arqonni peshtoqdan tegishli kema bortiga tushirilishi toʻgʻrisida ishchilarni ogohlantirish shart. Shatakka oluvchi arqonni uzatish vaqtida shataklash peshtoqining tagida turish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133. Shatakka oladigan arqonni qoʻl bilan tortib olishda (qoʻyib yuborishda) vaxta boshligʻi kema tezligini arqonni tortib olish yoki qoʻyib yuborish tezligidan oshmagan eng sekin harakatini taʼminlashi shart. Bunda, u doim ishchi va arqonning holatini kuzatib borishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Suzuvchi vositalarning ichki yonish dvigatellaridan foydalanish va texnik xizmat koʻrsatishda xavfsizlik qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134. Ichki yonish dvigatellaridan foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish davrida quyidagi mehnat xavfsizligi talablarini bajarish shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bosh dvigatellari, bugʻ qozonlari, yordamchi mexanizmlari va qurilmalaridan foydalanish davrida mehnat xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalarga qatʼiy rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtomatik himoyasi va avariya-ogohlantiruvchi signal qurilmalari faqat soz mashina va mexanizmlarda ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) avtomatlashtirilmagan kemalarning mashina boʻlimi ish joylarida mehnat xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalar, boshqarish postida esa ventillari raqamlangan quritish, yoqilgʻi tizimi chizmalari osilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135. Mashina boʻlimining panjaralari, traplari va plita toʻshamalari doimo toza va quruq boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136. Foydalanish vaqtida yoqilgʻi sisternalarining barcha teshiklari (shu jumladan ogʻzi), hamda sisternalarni toʻldiruvchi quvurlar yopiq boʻlishi va oqish boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137. Barcha boʻlaklarga ajratilayotgan yoqilgʻi va moy quvurlari qismlarining (flanetsli bogʻlanish, mufta va h.k.) tagiga koʻchma poddonlar yoki chelaklar oʻrnatilishi va ish tugagandan soʻng darhol tozalab olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138. Barcha ventillar, klapanlar, zadvijkalarning sozligi va ularni ishonchli ochilishi va yopilishi, neft mahsulotlari sisternalarining gaz chiqaruvchi quvurlaridagi yongʻindan himoya qiluvchi klapanlari va uchqun soʻndiruvchi va chiqaruvchi quvurlari, yoqilgʻi bunkerlarining oʻlchash quvurlaridagi oʻzi yopiladigan moslamalarning holati bir yilda kamida ikki marta tekshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139. Ishga tushiruvchi ballonlarning, bugʻ va havo magistralidagi stopor va yopish klapanlarini tez ochish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140. Ishlayotgan dvigatelda, hamda quvurlarda va bosim ostida boʻlgan idishlarda biror-bir taʼmirlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Dvigatelni ishga tushirishdan oldin quyidagi talablar bajarilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) harakatlanuvchi qismlarning yaqinida odamlarning yoʻqligiga ishonch hosil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) havo oʻtkazuvchi quvurlar va ishga tushiruvchi ballonlarning ventilini asta-sekin (siltamasdan) ochish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Bosh va yordamchi dvigatellarga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha ishlarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bu ishlarga masʼul shaxs rahbarligi ostida bajarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. Dvigatel ishlayotgan vaqtida yonilgʻi quvurlarining rezbali birikmalarini qotirish taqiqlanadi. Forsunka quvurlaridagi uzilgan joylarini qidirishda ularni qoʻl bilan paypaslash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144. Bosh va yordamchi dvigatellarning havo quvurlarida portlashga xavfli moy bugʻlari konsentratsiyasining toʻplanib qolishining oldini olish uchun ularni siqilgan havo bosimi bilan tozalash shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Kema jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145. Jihozlarning harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlari, ochiq oʻtish joylari, jihozlardagi teshiklarning atroflari toʻsilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146. Paluba, bort, devorlar, falshbort va boshqa joylardagi ochiq oʻtish joylari va tirqishlar odamlarni tushib ketishi va jarohat olishini oldini oladigan toʻsiqlarga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147. Jihoz va quvurlarning barcha qizuvchi qismlari izolyatsiya qilingan va ularning moy va yonuvchan modda tushishi mumkin boʻlgan joylari esa metall kojuxlar bilan yopilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paluba perimetri boʻyicha, 0,5 m dan ortiq balandlikda joylashgan koʻprikchalar, ustki qurilmalar, ochiq oʻtish joylari va maydonchalar atroflarida balandligi 1,1 m dan kam boʻlmagan toʻsiqlar oʻrnatilgan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148. Balandligi 1,1 m boʻlgan leyer toʻsiqlar 4 ta leyerga (chiviqqa), balandligi 1,0 m — 3 leyer, balandligi 0,75 m — 2 leyerga ega boʻlishi shart. Pastki leyer qoplamadan 0,23 m balandlikda joylashgan boʻlishi, toʻsiqlarning orasidagi masofa esa 1,5 m dan oshmasligi shart. Leyer toʻsiqlari orasidagi, hamda toʻsiqlar va kemaning boshqa konstruksiyalari orasidagi uzilgan joylar 0,15 m dan oshmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149. Traplarni uzatish joylarida yopiq holatda ishonchli fiksatsiya qiladigan eshikchalar yoki yechiladigan (qaytarib qoʻyiladigan) toʻsiqlar koʻzda tutilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150. Dengiz, koʻl, suv omborlarida suzishga moʻljallangan kemalarda palubadan balandligi 1,1 — 0,9 m boʻlgan toʻlqin davrida tutqichlar, tashqi palubada esa toʻlqin davrida leyerlarni mahkamlab qoʻyish uchun qurilma (rama, skoba va h.k.) koʻzda tutilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuk lyuklari komings yoki balandligi 1,0 m dan kam boʻlmagan leyer toʻsiqlarga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Qirgʻoq va boshqa kemalar bilan bogʻlovchi yogʻoch zinalar barcha kemalarda boʻlishi shart. Yogʻoch zinalar bir biridan 0,3 — 0,4 m masofada joylashgan, kesimi 0,002 x 0,04 m boʻlgan koʻndalang plankalarga ega boʻlishi shart. Koʻndalang kesimli plankalar toʻrt burchakli boʻlishi shart. Ikki tomonlama harakat vaqtida yogʻoch zinalarning eni 1,5 m dan kam boʻlmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Koʻchma vertikal traplar (narvonlar) mustahkam va yengil materialdan tayyorlangan boʻlishi shart. Bu traplarning ogʻirligi 16 kg dan oshmasligi, uzunligi 3 m dan ortiq boʻlmasligi, tetivalarning orasidagi eni 0,3 m dan kam boʻlmasligi, zinalar orasidagi masofa 0,3 m boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Elektr xavfsizligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153. Elektr jihozlari, elektr instrumentlari, yoritish asboblari (keyinchalik — elektr qurilmalari) meʼyoriy hujjatlar talablariga javob berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154. Elektr qurilmalaridan meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq foydalanishni tashkil etish boʻyicha vazifalarni bevosita bajarish uchun tashkilot boʻyicha buyruq bilan elektr xoʻjalik uchun masʼul mutaxassis va shuningdek uni almashtiruvchi ishchi tayinlanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155. Elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatuvchi tarkib meʼyoriy, texnik hujjatlar (foydalanish boʻyicha qoidalar va yoʻriqnomalar, yongʻin xavfsizligi, himoya vositalaridan foydalanish, elektr qurilmalari tuzilishi) boʻyicha tegishli lavozim va kasbiga qoʻyiladigan talablar doirasida bilimlarini tekshirishdan oʻtkazishlari va elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli gruppaga ega boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156. Portlashga xavfli boʻlgan hududlardagi barcha elektr mashinalari, apparatlari hamda boshqa elektr jihozlari va elektr simlari vaqti-vaqti bilan mahalliy sharoitlar bilan belgilangan , biroq 3 oyda kamida 1-marta tashqi koʻrikdan oʻtkazishga jalb etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157. Uchqun, qisqa tutashuv, simlarning qizib ketishi va h.k. paydo boʻlishiga olib keladigan nosozliklar, shuningdek elektr simlarning osilib qolishi, ularning oʻzaro yoki bino elementlari va har xil buyumlarga tegib qolishi zudlik bilan bartaraf etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158. Akkumulyator batareyalarini, atsetilen generatorlarini zaryadka qilish xonalarida, boʻyoq tayyorlash va boʻyoq ishlarini bajarish uchun kuchlanish va yoritish jihozlari va elektr simlari portlashdan himoyalangan usulda tayyorlangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159. Chang chiqish ehtimoli boʻlgan sexlarda yonmaydigan materialdan tayyorlangan zich yopiladigan kojuxli oʻchirgichlar, rubilniklar, saqlagichlar va h.k. qoʻllanilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160. Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ochiq tipdagi rubilniklardan yoki dastak qobigʻi darz ketgan rubilniklarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tez alanga oluvchi, yonuvchi va portlovchi moddalar joylashgan xonalarda uchqun berishi mumkin boʻlgan oʻchirgich, rubilnik, saqlagich, tarqatish qalqonlari va boshqa jihozlarni oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qoʻlbola saqlagichlarni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) elektr qurilmalari qismlarining yerga tutashtiruvchi yoki nol himoya oʻtkazgichini ketma-ket ulash. Yerga tutashtirish faqat parallel boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Kema elektr jihozlariga boʻlgan xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Elektr jihozlariga xizmat koʻrsatuvchi ekipajning barcha aʼzolari ularning malakasini tasdiqlovchi va elektr jihozga xizmat koʻrsatish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarga (diplomlar, guvohnomalar) ega boʻlishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Kuchlanish ostida boʻlgan uchastkalarda ishlashda arra, egov, metall ruletka va boshqa izolyatsiya qilinmagan instrumentlarni qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163. Brashpil, shpil, bogʻlovchi, yuk va shatakka oluvchi lebedkalarning ishlashini tekshirishni elektr texnik tarkib (hamda vaxta mexanigi) bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chambarak qurilmasini, bosh dvigatelning distansion boshqaruv tizimini ish davrida tekshirishni elektr texnik tarkib ikkinchi mexanik bilan birgalikda bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164. Odamlar, texnik vositalarning shikastlanishi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar aniqlanganda vaxta elektr mexanigi vaxta mexanigi ruxsati bilan elektr jihozlarni oʻchirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165. Mazkur Qoidalarga rioya qilmagan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(165-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166. Ishlarni bajarish bilan bogʻliq holda xodimlarning salomatligiga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(166-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻi A. ABDUVALIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 25-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 25-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 25-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 25-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 25-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 25-noyabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 25-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 17-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 12.12.2022-y., 10/22/2067-1/1078-son; 17.06.2023-y., 10/23/2067-2/0395-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 29.05.2025-y., 10/25/3626/0480-son; 30.03.2026-y., 10/26/3798/0288-son)