Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti boshligʻining
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2034]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Departament boshligʻi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
36-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2009-yil 13-oktabrdagi 36-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
Qoidalari
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2025-yil 23-oktabrdagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-8, 30.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2025-y., 10/25/2034-8/0997-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllangan:
benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega boʻladigan yoki mijozni aniq nazorat qiladigan jismoniy shaxs, shu jumladan, uning manfaatlari yoʻlida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlash boʻyicha qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar faoliyati;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metallar — har qanday koʻrinish va holatdagi, shu jumladan yombi va affinaj qilingan holatdagi, shuningdek xom ashyodagi, qotishmalardagi, xomaki mahsulotlardagi, sanoat mahsulotlaridagi, kimyoviy birikmalardagi, qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlardagi, qimmatbaho metallardan tayyorlangan pul belgilaridagi, ishlab chiqarish hamda isteʼmol parchalaridagi va chiqindilaridagi oltin, kumush, platina hamda platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy);
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 21-fevraldagi 4-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-5, 28.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/2034-5/0168-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatbaho toshlar — tabiiy olmoslar, yoqutlar, zumradlar, sapfirlar, aleksandritlar, xom (tabiiy) va ishlov berilgan tarzdagi tabiiy marvarid. Qahraboning noyob hosilalari qimmatbaho toshlarga tenglashtiriladi;”;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 21-fevraldagi 4-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-5, 28.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/2034-5/0168-son)
mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida, ular topshirgan hujjatlar asosida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan mijozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash — qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan taʼsis hujjatlari (ustav va (yoki) taʼsis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali yuridik shaxs boʻlgan mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
mijoz — qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisida yozma yoki ogʻzaki topshiriq bilan murojaat qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida shubhali deb topilgan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan operatsiyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiya — qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlardan kelib chiqib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish yoxud ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
(1-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish yoxud ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
(1-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
(1-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2018-yil 31-iyuldagi 36-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-3, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 10/18/2034-3/1852-son — 2018-yil 8-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud koʻchirishni taqiqlash;
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni koʻchirish, konversiyalash, oʻzga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy, sud yoki harbiy organida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari, shu jumladan sobiq yuqori mansabdor shaxslar;
(1-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bogʻliq boʻlgan jismoniy shaxslar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 21-fevraldagi 4-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-5, 28.02.2022-y.) asosan yigirma birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/2034-5/0168-son)
Oldingi tahrirga qarang.
uchinchi tomon — Oʻzbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 22-dekabrdagi 41-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-6, 23.01.2023-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2023-y., 10/23/2034-6/0047-son)
2. Ichki nazorat maqsadlari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va ularni kamaytirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2018-yil 31-iyuldagi 36-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-3, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 10/18/2034-3/1852-son — 2018-yil 8-dekabrdan kuchga kiradi)
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarni qasddan yoki qasddan boʻlmagan jinoiy faoliyatiga jalb qilishga yoʻl qoʻymaslik.
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida qonunchilik hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
3. Ichki nazorat vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning faoliyati doirasida tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2018-yil 31-iyuldagi 36-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-3, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 10/18/2034-3/1852-son — 2018-yil 8-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini tekshirish boʻyicha mumkin boʻlgan chora-tadbirlar qoʻllash;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2018-yil 31-iyuldagi 36-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-3, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 10/18/2034-3/1852-son — 2018-yil 8-dekabrdan kuchga kiradi)
mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar asosida shubhali boʻlgan operatsiyalarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlarni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2018-yil 31-iyuldagi 36-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-3, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 10/18/2034-3/1852-son — 2018-yil 8-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarini toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish hamda toʻxtatib turilgan kunning oʻzida bunday operatsiyalar haqida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida saqlanishini taʼminlash;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bogʻliq shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro ayirboshlash.
(3-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va ularga yaqin boʻlgan shaxslar amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
(3-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2018-yil 31-iyuldagi 36-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-3, 06.09.2018-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 10/18/2034-3/1852-son — 2018-yil 8-dekabrdan kuchga kiradi)
II. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarda rahbar buyrugʻi bilan ushbu Qoidalarga rioya etilishi uchun masʼul shaxs (keyingi oʻrinlarda masʼul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Agar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs faoliyatni individual tarzda (yuridik shaxs tashkil etmagan holda) amalga oshirsa, ushbu Qoidalarga rioya etilishi uchun javobgarlik mazkur shaxs zimmasiga yuklatiladi.
5. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning ichki nazorat tizimi ularning faoliyat koʻrsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq mijozlar bazasi va tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, kamaytirish va hujjatlashtirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish tartibini nazarda tutuvchi ichki qoidalarni ishlab chiqishlari kerak.
Ichki qoidalar mazkur Qoidalar va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning baholanishidan kelib chiqib tuzilishi kerak.
Ichki qoidalar va ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tayinlangan masʼul shaxs haqidagi maʼlumotlarni har yili 15-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (bundan buyon matnda Asillik inspeksiyasi deb yuritiladi) va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etishlari shart.
Masʼul shaxs oʻzgargan taqdirda, bu haqda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs uch ish kuni mobaynida Asillik inspeksiyasini va maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilishi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2023-yil 28-sentabrdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-7, 16.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2023-y., 10/23/2034-7/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida masʼul shaxs quyidagi funksiyalarni bajaradi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazoratni va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etishni va amalga oshirishni tashkillashtiradi;
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsning faoliyatiga xos jihatlaridan kelib chiqib, ichki nazoratni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlashga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozlarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari va xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida yuborilishini, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydi;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2018-yil 31-iyuldagi 36-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-3, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 10/18/2034-3/1852-son — 2018-yil 8-dekabrdan kuchga kiradi)
mazkur Qoidalar va ichki nazorat dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazorat tizimini tashkil etish boʻyicha Asillik inspeksiyasi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha monitoringni amalga oshiradi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2023-yil 28-sentabrdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-7, 16.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2023-y., 10/23/2034-7/0780-son)
8. Masʼul shaxs ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
oʻz tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, tashkilotning elektron maʼlumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlaridagi fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida oʻtkazilayotgan operatsiyani toʻxtatish boʻyicha).
9. Masʼul shaxs ichki nazoratni amalga oshirishda quyidagilarga majburdir:
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish choralarni koʻrish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash chora-tadbirlarini koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga maʼlumot berish;
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2018-yil 31-iyuldagi 36-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-3, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 10/18/2034-3/1852-son — 2018-yil 8-dekabrdan kuchga kiradi)
olingan maʼlumotning maxfiyligiga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozlardan ish munosabatlarining maqsadi va koʻzlangan xususiyati, shuningdek, zarur hollarda pul mablagʻlarining kelib chiqish manbai toʻgʻrisida soʻrash;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) muvofiq yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga toʻgʻri kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) muvofiq sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni boʻlmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) muvofiq toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Masʼul shaxs zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(9-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
91. Operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Xodimlarning soʻnggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning, terrorizmni moliyalashtirishning va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonunchilik hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar Asillik inspeksiyasi va maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda masʼul xodimlarni doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2023-yil 28-sentabrdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-7, 16.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2023-y., 10/23/2034-7/0780-son)
III. Mijozlarning tegishli tekshiruvi
11. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar:
amaliy ish munosabatlari oʻrnatilganda;
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar oldi-sotdi bitimlar boʻyicha xizmatlar koʻrsatilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
naqd pulda oʻzaro hisob-kitob amalga oshirilganda operatsiyaning umumiy summasi bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan oshgan taqdirda;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 21-fevraldagi 4-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-5, 28.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/2034-5/0168-son)
Oldingi tahrirga qarang.
operatsiyaning summasi va toʻlov shaklidan qatʼi nazar mijozni, uning vakilini va benefitsiar mulkdorini jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida asoslangan shubhalar mavjud boʻlgan holatlarda;
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 21-fevraldagi 4-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-5, 28.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/2034-5/0168-son)
identifikatsiyalash uchun avval olingan maʼlumotlarning asliyligi va ishonchliligiga shubha tugʻilganda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar sotuvchisi va oluvchisiga, shu jumladan avvaldan mavjud boʻlgan mijozlarga nisbatan ham birdek amalga oshirilishi kerak.
(11-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
111. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish;
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazish.
Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha yuqorida koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga nisbatan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar:
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash boʻyicha oqilona choralarni koʻrishi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina tashkilotlarining rahbariyati ruxsati bilan kirishishi (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirilishi);
(111-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishlari lozim.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2018-yil 31-iyuldagi 36-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-3, 06.09.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 10/18/2034-3/1852-son — 2018-yil 8-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar yuqori mansabdor shaxslarning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslarga ham yuqorida koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrishlari shart.
Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar bunday mijoz bilan hamkorlik munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishdan voz kechishi yoxud u bilan har qanday amaliy ish munosabatlarini toʻxtatishi va bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi lozim.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
112. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mazkur Qoidalarning 111-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin. Mazkur hollarda mijozlarni tekshirish natijalari boʻyicha soʻnggi javobgarlik qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning zimmasida qoladi. Bunda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar:
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxalarini soʻrov asosida darhol olish imkoniyatiga ega boʻlishiga;
uchinchi tomon mazkur Qoidalar asosida ishlashiga ishonch hosil qilishi kerak.
Mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan talablaridan biriga rioya qilinmagan taqdirda, qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishlari kerak.
(112-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 22-dekabrdagi 41-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-6, 23.01.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2023-y., 10/23/2034-6/0047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
113. Mijoz — yuridik shaxsni va uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan mazkur Qoidalarning ilovasida nazarda tutilgan axborot asosida amalga oshiriladi.
(113-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 22-dekabrdagi 41-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-6, 23.01.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2023-y., 10/23/2034-6/0047-son)
12. Mijozlarni lozim darajada tekshirish, qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshirish paytidagi barcha bosqichlarida olib borilishi lozim.
Binefitsar mulkdorni aniqlash uchun qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mijoz boshqa mijoz nomidan harakat qilayotganligini aniqlashi kerak va undan keyin mijoz kimning nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, uni identifikatsiyalash hamda shaxsini lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ularning qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlaridan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari tekshirilishi shart.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
121. Agar, mavjud mijozning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud boʻlganida va unga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirayotganligi oshkor boʻlishi mumkinligini inobatga olgan holda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga shubhali operatsiya haqida xabar yuborilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 21-fevraldagi 4-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-5, 28.02.2022-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/2034-5/0168-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat) asosida amalga oshiriladi. Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi ham oʻrganilishi lozim.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 22-dekabrdagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-6, 23.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2023-y., 10/23/2034-6/0047-son)
14. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi tegishli hujjatni, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri, rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlarni tekshirishlari lozim.
Mijoz — yuridik shaxsni yanada batafsilroq oʻrganish uchun:
mijozning taʼsis hujjatlari (roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bilan) va mijozning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarning rasmiylashtirilishiga;
mijozning boshqaruv organlarining tuzilishi va ularning vakolatlariga;
mijozning roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav fondining (kapitalining) miqdoriga;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa kerakli maʼlumotlarga alohida eʼtibor berilishi lozim.
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
15. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni:
davlat organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz haqida olingan maʼlumotlardan foydalanish;
mijozning ishchanlik obroʻsi toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash;
Oldingi tahrirga qarang.
boshqa erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalari orqali tekshirishga majburdir.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz maʼlumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda yiliga kamida bir marotaba yangilanishi lozim.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 22-dekabrdagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-6, 23.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2023-y., 10/23/2034-6/0047-son)
16. Yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash jarayonida benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan, mijoz mol-mulkining tuzilishini oʻrganish yoʻli bilan, asoslangan va zarur chora-tadbirlarni qoʻllanishi lozim.
17. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlar tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ularga operatsiyalarni amalga oshirishda rad javobini beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
171. Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan, shuningdek tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan shaxs boʻlganda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarni koʻrishlari lozim.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
172. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
mijoz haqida qoʻshimcha maʼlumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq maʼlumotlar bazasi orqali olishi mumkin boʻlgan maʼlumot va boshqalar) olish va foydalanuvchi yoki benefitsiar mulkdor boʻyicha maʼlumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
mijozdan uning pul mablagʻlari yoki moliyaviy holatining manbasi haqida maʼlumot olish;
rejalashtirilgan yoki oʻtkazilgan operatsiyalarning sabablari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
qoʻshimcha tekshirishni talab qiladigan operatsiyalar (bitimlar) xususiyatini aniqlash hamda tekshirishlarning soni va ketma-ketligini oshirish yoʻli bilan ish munosabatlarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish.
(171 va 172-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
III1. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Oldingi tahrirga qarang.
173. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish yoxud ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasini (keyingi oʻrinlarda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
(173-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalari hamda boshqa kerakli maʼlumotlarni hisobga olgan holda masʼul shaxs tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi hamda Asillik inspeksiyasi va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilishi lozim.
(173-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2023-yil 28-sentabrdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-7, 16.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2023-y., 10/23/2034-7/0780-son)
174. Tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs avvaldan quyidagi mezonlarga javob beruvchi mijozlarni tegishli deb topish va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtiborni qaratishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoxud Roʻyxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi tashkilotlar yoki Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;
(174-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
(174-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
norezidentlar;
haqiqatda joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlardagi manzilga toʻgʻri kelmaydigan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdori ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxs boʻlgan tashkilotlar;
(174-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
muntazam ravishda (ketma-ketligi uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar;
(174-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
masʼul shaxsda asosli shubha uygʻotadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
175. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs zarur boʻlganda u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqishi lozim.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan operatsiyalarni amalga oshirishning gʻayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi kerak.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsining rahbariyatiga taqdim etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
176. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak. Bu maqsadlarda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs:
(176-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2018-yil 31-iyuldagi 36-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-3, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 10/18/2034-3/1852-son — 2018-yil 8-dekabrdan kuchga kiradi)
xizmatlarning yangi turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
yangi hamda amaldagi xizmat turlarida yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish natijasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholashlari lozim.
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval oʻtkazilishi lozim.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs bunday tavakkalchilikni monitoring qilish va ularni pasaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrishi lozim.
(III1 bob Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
IV. Xabar qilinishi lozim boʻlgan shubhali operatsiyalarni aniqlashning mezonlari va tartibi
18. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiya quyidagi alomatlar mavjud boʻlganda shubhali deb topilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxs tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba xarid qilish, agar uning umumiy summasi xarid qilish kuniga bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan ortiq miqdorga toʻgʻri kelganda;
jismoniy shaxs tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni qabul qilish punktiga sotish, agar uning umumiy summasi topshirish kuniga bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan ortiq miqdorga toʻgʻri kelganda;
jismoniy shaxs tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba tarkibida qimmatbaho metallar va affinlangan qimmatbaho metallar mavjud boʻlgan chiqindilarni hamda parchalarni qimmatbaho metalllar va qimmatbaho toshlarni qabul qilish punktiga sotish, agar uning umumiy summasi sotish kuniga bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan ortiq miqdorga toʻgʻri kelganda;
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni qabul qilish punktidan jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba xarid qilish, agar uning umumiy summasi xarid qilish kuniga bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan ortiq miqdorga toʻgʻri kelganda;
jismoniy shaxs tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba vositachilikka topshirish, agar uning umumiy summasi topshirish kuniga bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan ortiq miqdorga toʻgʻri kelganda;
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarni ishlab chiqarish uchun bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba buyurtma berish, agar uning umumiy summasi buyurtma berish kuniga bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan ortiq miqdorga toʻgʻri kelganda;
(18-bandning ikkinchi — yettinchi xatboshlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 21-fevraldagi 4-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-5, 28.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/2034-5/0168-son)
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalashni tugatish imkoni boʻlmagan yoki lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha u bilan ishga oid munosabatlarni oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar olinganda;
(18-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga yoki terrorizmni moliyalashtirishga yoxud ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida asoslangan shubhalar mavjud boʻlgan barcha holatlarda.
(18-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
19. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obroʻsi, amaliy ish munosabatlarining xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan toʻxtatilishi va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyilishi lozim, agarda:
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelsa;
operatsiya qatnashchilaridan biri Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
operatsiya qatnashchisi boʻlgan yuridik shaxs Roʻyxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.
Roʻyxatga kiritilgan shaxsning operatsiyasi toʻxtatib turilganda va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyilganda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mulkning miqdori koʻrsatilgan holda bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya toʻgʻrisida xabar yuborishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar toʻxtatilgan operatsiyani oʻtkazishni tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(20-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 21-fevraldagi 4-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-5, 28.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/2034-5/0168-son)
Oldingi tahrirga qarang.
201. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiya ham maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
21. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan soʻng, masʼul shaxs mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiya toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish haqida;
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2018-yil 31-iyuldagi 36-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-3, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 10/18/2034-3/1852-son — 2018-yil 8-dekabrdan kuchga kiradi)
mijoz bilan operatsiya oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratish haqida;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni toʻxtatish haqida.
(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq shubhali operatsiyalar haqidagi xabar va unga ilova qilinadigan maʼlumotlarning namunaviy shakli hamda hujjatlar roʻyxatida (roʻyxat raqami 3419, 2023-yil 7-fevral) belgilangan shaklda taqdim etiladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2025-yil 23-oktabrdagi 47-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-8, 30.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2025-y., 10/25/2034-8/0997-son)
Shubhali operatsiyalarga taalluqli har bir maʼlumot haqida axborot masʼul shaxs tomonidan qogʻoz va (yoki) elektron koʻrinishda yuritiladigan maxsus jurnallarga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday maʼlumotni maxsus vakolatli davlat organiga kechiktirmay topshirishlari zarur.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2018-yil 31-iyuldagi 36-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-3, 06.09.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 10/18/2034-3/1852-son — 2018-yil 8-dekabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
231. Bir marotabalik naqd mablagʻlar bilan bogʻliq amalga oshirilgan operatsiyalar summasi bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan oshgan taqdirda shubhali operatsiyalar deb topiladi va bunday operatsiyalar haqida belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi shart.
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 21-fevraldagi 4-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-5, 28.02.2022-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/2034-5/0168-son)
V. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash
Oldingi tahrirga qarang.
24. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi:
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
operatsiya turi va uni amalga oshirishning asoslari;
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
operatsiyani topshirigʻi boʻyicha va nomidan amalga oshirilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
ushbu shaxs nomidan operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning vakilini (ishonchli vakilini) indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qabul qiluvchi va uning vakilini indentifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash materiallarini va maʼlumotlarini shu jumladan, ish yozishmalarini, oʻtkazilgan har qanday tahlil natijalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar toʻxtatilganidan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatlar mobaynida saqlashlari shart.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 22-dekabrdagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-6, 23.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2023-y., 10/23/2034-6/0047-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uni tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga, ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga maʼlumot berilganligi toʻgʻrisida axborot berishga haqli emaslar.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni oʻz xodimlari tomonidan oshkor qilmaslikni (shaxsiy maqsadlari yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanilmasligini) taʼminlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
261. Masʼul shaxsning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (Asillik inspeksiyasi va maxsus vakolatli davlat organi bilan yozishmalar, shu jumladan yuborilgan xabarlarning qogʻozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qogʻozdagi va elektron anketalari, jurnallar va h. k.)dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu shaxs tomonidan saqlanishi lozim.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2023-yil 28-sentabrdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-7, 16.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2023-y., 10/23/2034-7/0780-son)
262. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qoʻyilishi hamda masʼul shaxs tomonidan ularning roʻyxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.
(261 va 262-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
263. Pul oʻtkazmalari va foydalanuvchilarni lozim darajada tekshirishga doir axborot, zarurat tugʻilgan taqdirda, operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash va axborotdan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan foydalanish mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
(263-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
VI. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
27. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Asillik inspeksiyasi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2023-yil 28-sentabrdagi 37-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-7, 16.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2023-y., 10/23/2034-7/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
271. Mazkur Qoidalar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha boshqa hujjatlar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning barcha xodimlariga yetkazilishi lozim.
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
272. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar ichki va tashqi vaziyatlar oʻzgarishini inobatga olgan holda ichki nazorat tizimi samaradorligini doimiy ravishda monitoring qiladi va baholab boradi, shuningdek ish samaradorligini taʼminlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlaydi.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsda ichki audit xizmati mavjud boʻlgan taqdirda, ichki nazorat faoliyati samaradorligini monitoring qilish ushbu xizmat tomonidan amalga oshiriladi.
(272-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2020-yil 24-noyabrdagi 19-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-4, 24.12.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son — 2021-yil 25-martdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
ILOVA
ILOVA
Mijoz — yuridik shaxsni va uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda zarur boʻlgan
MAʼLUMOT
1. Toʻliq, shuningdek agar davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi.
2. Davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi.
3. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.
4. Joylashgan joyi (pochta manzili).
5. Davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar.
6. Mavjud boʻlgan litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar (berilgan sanasi va tartib raqami, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati) yoxud xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma (berilgan sanasi va tartib raqami, kim tomonidan berilganligi) haqidagi maʼlumotlar.
7. Mijoz nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaxsni identifikatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
8. Mijozning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ulushlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
9. Roʻyxatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
10. Mijozning boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
11. Bogʻlanish maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta, veb-sayt (agar mavjud boʻlsa).
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining 2022-yil 22-dekabrdagi 41-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2034-6, 23.01.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2023-y., 10/23/2034-6/0047-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 492-modda; 2010-y., 44-45-son, 395-modda; 2014-y., 39-son, 494-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2018-y., 10/18/2034-3/1852-son; 24.12.2020-y., 10/20/2034-4/1668-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son, 28.02.2022-y., 10/22/2034-5/0168-son; 23.01.2023-y., 10/23/2034-6/0047-son; 17.10.2023-y., 10/23/2034-7/0780-son; 30.10.2025-y., 10/25/2034-8/0997-son)